Zbekiston respublikasi navoiy davlat konchilik instituti



Download 21 Kb.
Sana15.07.2021
Hajmi21 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI

ENERGO-MEXANIKA fakulteti

Elektrotexnika va elektronika fanidan


Mustaqil ish


Bajardi:15A-19 MT guruh Baxronov Firdavs

Qabul qildi: ____________________________

Navoiy-2020


Mavzu:Magnit materiallar
Reja:

1.Magnit materiallar haqida umumiy tushuncha
2.Ularning ichki tuzilishi
3.Foydalanilgan adabiyotlar
Magnit materiallar - kuchsiz magnit maydonlarda magnitlanadigan va bu maydonlarning qiymatini jiddiy oʻzgartiradigan materiallar. Tabiiy magnitlangan mineral — magnetit (magnit temirtosh) qadimdan maʼlum boʻlgan. Xitoyda 2 ming yillar ilgariyoq undan magnit kompasining mili (strelkasi) yasalgan. Magnetit — kuchsiz magnetik. 19-asrdaX. K. Ersted, M. Faradey, E. X. Leni, elektr magnetizm qonunlarini ochishdi, B. S. Yakobi oʻzgarmas tok mashinalarini, P. N. Yablochkov oʻzgaruvchan tok generatori va transformatorini yaratishdi, M. O. Dolivo-Dobrovol-skiy uch fazali tokni kashf etdi. Shundan soʻng ancha kuchli magnetik — temir amadda Magnit materiallar sifatida ishlatila boshladi. 1990-yildan telektrotexnikada temir silitsiyli poʻlat, aloqa texnikasida temirnikelli qotishmalar keng tarqaldi. Ferromagnetizm nazariyasining taraqqiyoti yangidan-yangi Magnit materiallar ishlab chiqarishni ancha tezlashtirdi. 20-asr oʻrtalarida oksid Magnit materiallar — ferritlar paydo boʻldi. Magnitlanish va qayta magnitlanish xossalariga qarab Magnit materiallar ferromag-netiklar, ferritlar, magnit jihatdan yumshoq va magnit jihatdan qattiq materiallarga boʻlinadi. Magnit jihatdan yumshoq materi allarning boshlangʻich va maksimal magnit kirituvchanligi yuqori; toʻyinish magnit in-duksiyasi — 0,2 — 2,4 T, koersitiv kuchi — 0,5 — 10 A/m, solishtirma elektr qarshiligi 10~7 — 10~8 Om-m. Bularga molibden bilan legirlangan temir, temirnikelli qotishmalar, vanadiy qoʻshilmali temir-kobaltli qotishmalar, temirnikel-kobaltli qotishmalar, marganetsruxli, nikelruxli ferritlar, elektrotexnika poʻlati, shuningdek, magnit dielektriklar, magnitostriksion materiallar va boshqa kiradi. Ulardan magnit oʻtkazgichlar, drossellar, elektromagnit rele, transformator oʻzaklari, ferritlardan magnit antennalar va boshqa tayyorlanadi. Magnit jihatdan qattiq material l arning koersitiv kuchi (5-YU3 — 1 ■ 105 A/m), qoldiq magnit induksiyasi (0,2—1,2 T) va magnit energiyasi (103—105 T A/m)ning kattaligi bilan farq qiladi. Bularga magnitli poʻlat, temir-kobaltmolibdenvolfram, temirnikel-alyuminiykobalt asosidagi qotishmalar, platina-kobalt, berilliyli, stronsiyli va kobaltli ferritlar, magnit jihatdan qattiq dielektriklar kiradi. Magnit jihatdan qattiq materiallardan, asosan, oʻlchash asboblarida, mikrodvigatel va gisterezis elektr dvigatellarda, soat mexanizmlarida ishlatiladigan doimiy magnit tayyorlanadi.
Elektrotexnika poʻlatiga oltingururt bilan legirlangan temir asosidagi krtishmalar kiradi. Tarkibida 0,1—0,3% marganets ham boʻladi. Bulardan elektr toki generatorlari, transformatorlar, elektr dvigatellar va boshqa ishlab chiqariladi. Maxsus Magnit materiallarga termomagnit qotishmalar va magnitostriksion materiallar kiradi. Termomagnit qotishmalar temperatura taʼsirida asboblarning magnit tizimlarida magnit oqimlari oʻzgarishlarini sezdirmaslik uchun ishlatiladi. Magnitostriksion materiallar yordamida elektromagnit energiya mexanik energiyaga aylantiriladi.[1]
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим