Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазрлиги тошкент давлат аграр университети



Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana10.05.2021
Hajmi1.86 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
 

9-rasm. Oniy aylanish markazi 

𝝅

1



 ning (

𝝅



oldida (a) va orqada (b) 

joylashishi) plug holatiga ta’siri.  

Traktorning bo‘ylama - vertikal tekislikda engashishining osma plug ishiga ta’siri 

Shudgorlash agregati ishlayotgan paytda plugning shudgorlash chuqurligi uzliksiz 

ravishda o‘zgarib turadi. Bunga asosiy sabab, ishlov berilayotgan yer relefining mikro va 

makro  notekisligidir.  Ular  ta’sirida  shudgorlash  agregati  gorizantal  tekislikka  nisbatan 

bo‘ylama- vertikal hamda ko‘ndalang tekislik bo‘ylab u yoki bu tamonga engashgan holda 



harakatlanadi,  natijada  plugning  biror  korpusi  tuproqqa  tayinlanganidan  chuqurroq, 

boshqalari esa sayozroq ishlov beradi. Bunda traktor orqa g‘ildiraklarning tashqi chetlari 

orasidagi masofa bilan unga osiladigan plugning qamrov kengligi nisbatan bir-biriga yaqin 

bo‘lganligi  sababli,  ishlov  berish  chuqurligining  o‘zgarishi  deyarli  sezilmaydi.  Ammo 

traktorning  bo‘ylama-vertikal  tekislikda  u  yoki  bu tamonga  engashishi,  plugning ishchi 

qismlari, g‘ildirakli traktorlarda, uning orqa g‘ildiraklarining markaziy tayanch nuqtalariga 

yoki  zanjirli  traktorlarida  zanjirlarining  tayanch  tekisliklariga  nisbatan  birmuncha  uzoq 

joylashganligi  sababli,ularning  ishlov  berish  chuqurliklari  tayinlanganidan  sezilarli 

darajada farq qiladi. Ushbu o‘zgarishlarni kamaytirish maqsadida ishlov beriladigan yer 

yuzasining notekisliklari (mikro- makro notekisliklar) talab darajasida tekislanib turiladi. 

Kurs  loyihasini  bajarishda  traktor  harakatlanayotib  o‘zining  bo‘ylama  -  vertikal 

tekislik bo‘ylab orqaga engashishi va uning osma plug ishiga ta’sirini o‘rganiladi. Buning 

uchun  traktorning  biron-bir  to‘siqdan  o‘tayotgan  holati,  ya’ni  uning  orqaga  0

3

  nuqta 



atrofida  biron  a  burchakka  engashgan  holati  va  unga  mos  ravishda  plugning  yangi, 

o‘zgargan holati quriladi (9-rasm) va tahlil qilinadi.  



 

 

 



Traktor  g‘ildiraklari  biror  to‘siqqa  uchrab,  uning  old  qismi  gorizantal  tekislikka 

nisbatan a (a = 5...10

0

) burchakka ko‘tariladi deb faraz qilinadi. Bunda traktorning orqa 



qismida joylashgan osish mexanizmining 1va 4 sharnirlari ham 0

3

 nuqta atrofida soat mili 



yo‘nalishi  bo‘ylab  a  burchakka  buriladi.  Bunda  traktor  ramasi  bikr  yoki  yarim  bikr 

osmalarga  ega  bo‘lsa,  (10-rasmda  ko‘rsatilgandek  )  uning  tayanch  aylanish  nuqtasi  0з 

nuqtada; rama  osmasi  elastik bo‘lsa, tayanch aylanish nuqtasi  - 0з orqa balansirli osma 

g‘ildirakchasining  vertikal  diametri  chizig‘ining  er  yuzasi  tekisligi  bilan  kesishgan 




nuqtasida bo‘ladi  deb faraz qilinadi. G‘ildirakli  traktorlarda  tayanch  aylanish  nuqtasi 0

3

 



orqa  g‘ildiraklari  vertikal  diametri  chizig‘ining  yer  yuzasi  tekisligi  bilan  kesishgan 

nuqtasida bo‘ladi deb faraz qilinadi. 

1 va 4 nuqtalarning yangi holatini belgilash uchun 0

3

 va 1, 0



3

 va 4 nuqtalar o‘zaro 

ingichka  chiziq  bilan  tutashtiriladi,  ushbu  chiziqlarni  a  burchakka  burib,  yana  chiziq 

o‘tkaziladi. Undan keyin 0

3

 va 1, 0


3

 va 4 nuqtalar orasidagi masofa o‘lchanib, unga teng 

radiusda yoy chiziladi, keyin o‘tkazilgan chiziq bilan kesishgan joyda 1

3

 va 4



3

 nuqtalarning 

o‘rni belgilanadi. 1 va 4 sharnirlarning siljishi, 2 va 3 sharnirlar holatining o‘zgarishiga 

sabab bo‘lib, u quyidagicha topiladi: 1 va 4 sharnirlarni markaz sifatida qabul qilib,undan 

bo‘g‘inlar  1-2  va  4-3  uzunligiga  teng  radius  bilan  Sh  va  S  yoylari  chiziladi,  3,  2  va  F 

nuqtalarning tasviri tushirilgan shaffof qag‘oz (kalka) chizma ustiga shunday qo‘yiladiki, 

3-nuqta S yoyi, 2-nuqta Sh yoyi, F nuqta shudgor tubi chizig‘i bo‘ylab surilib F

1

, 2



3

 va 4


3

 

nuqtalarning o‘rni topiladi 



Bu nuqtalar asosida traktor a burchakka engashib harakatlangandagi plugning yangi 

holati quriladi. 

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, traktorning old qismi ko‘tarilib, gorizantal tekislikka 

nisbatan a burchakka burilganida plugning oxirgi korpusi tayinlangan chuqurliqda ishlov 

bersada,  uning  oldingi  -  birinchi  korpusi  nisbatan  sayoz  a

3

  chuqurlikda  shudgorlaydi. 



Birinchi korpusning ishlov berish chuqurligini chizmadan aniqlab topiladi. 

To‘siqdan  o‘tyotgan  traktorning  osish  mexanizmi (3-4 bo‘g‘in)  markaziy  tortqisi 

bikir bo‘lganda, plug korpuslari (ayniqsa old korpuslarining) ishlov berish chuqurligining 

o‘zgarishi  sezilarli  darajada  bo‘ladi.  Shuning  uchun,  osma  pluglar  bilan  ishlatiladigan 

ko‘pchilik  traktorlarning  osish  mexanizmi  markaziy  tortqisi  (34)  teleskopik  shaklda 

tayyorlangan  va  prujina  bilan  jihozlangan.  Bunday  tuzilishga  ega  bo‘lgan  markaziy 

tortqining  uzunligi  traktor  to‘siqdan  o‘tganda  o‘zgaradi,  unga  osilgan  plugning  holati 

deyarli o‘zgarmaydi, bu esa haydash chuqurligini bir tekis bo‘lishini ta’minlaydi. 




Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari