Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги самарқанд қишлоқ ХЎжалик институти



Download 167,75 Kb.
bet1/5
Sana08.04.2017
Hajmi167,75 Kb.
#6322
  1   2   3   4   5

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ

ҚИШЛОҚ ВА СУВ ХЎЖАЛИГИ ВАЗИРЛИГИ
САМАРҚАНД ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ

Иқтисодиёт ва бошқарув факултети
«ТАСДИҚЛАЙМАН»

Иқтисодиёт ва бошқарув

факултети декани и.ф.н.,

доцент ________ Ф.Б.Ахроров

«____» ________ 2013 йил

«Қишлоқ хўжалиги иқтисодиёти ва бошқаруви» кафедраси


5340100-«Иқтисодиёт» (қишлоқ хўжалиги) йўналиши бўйича





Мавзу: “Ўсимликчиликда табий ресурслардан фойдаланиш самарадорлиги” (Ургут тумани мисолида)

Бажарди: 5340100-«Иқтисодиёт»

(қишлоқ хўжалиги) йўналиши

4- босқич талабаси Насруллаев Шерали


Илмий раҳбар: доцент Ф.Ахроров

Битирув малакавий иш муҳокама қилинди ва ҳимояга рухсат берилди



Кафедра мудири, и.ф.д., профессор

__________ О.Муртазаев

«____» _________ 2013 йил.




САМАРҚАНД – 2013

Ўсимликчиликда табий ресурслардан фойдаланиш самарадорлиги








Kirish………………………………………………………………….

3

1.

Mavzuni nazariy asoslash va adabiyotlar sharhi…………………

6

2.

Tuman fermer xo`jaliklarining resurslar salohiyati………...........

11

2.1.

Tuman fermer xo`jaliklarining yer-suv  tarkibi va salohiyati tahlili….

11

2.2.

Tuman fermer xo`jaliklarining mehnat resurslari tahlili……………..

16

2.3.

Tuman fermer xo`jaliklarining moddiy-texnika resurslari tahlili…….

20

3.

Tabiiy resurslaridan foydalanish samaradorligi tushunchasi va ularning hozirgi holati………………………………………………..

29

3.1.

Tabiiy resurslaridan foydalanish samaradorligi tushunchasi va ko`rsatkichlari...................................................................................

29

3.2.

Urgut tumani xo`jaliklarida tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligining hozirgi holati va dinamikasi……………………...

35

4.

Fermer xo`jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari……………………………..

42

4.1.

Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari..

42

4.2.

Qishloq xo'jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari………………………………………………………...

47

4.3.

Qishloq xo‘jalik yerlarida irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda davlatning rolini oshirish……………………..

52

5.

Tabiiy resurslaridan foydalanishda mehnat havfsizligi……………

56

 

Xulosa va takliflar…………………………………………………....

62

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………....

65


Kirish
O’simlikchilik tarmoqlarining respublika hamda qishloq xo’jalik korxonalari iqtisodiyotidagi o’rnini, ahamiyatini e’tiborga olgan holda kelajakda ularni rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish eng asosiy vazifalardan biridir. Bu muammoni ijobiy hal etish uchun, avvalo, erkin bozor talablarini e’tiborga olgan holda qanday turdagi dehqonchilik mahsulotlarini va qancha miqdorda yetishtirish zarurligini aniqlab olish lozim. Bunda davlatning qanday mahsulotlarga va qancha miqdorda ehtiyojmand ekanligini aniqlashga alohida e’tibor berish lozim. Chunki davlat o’z ehtiyojini qondiradigan tovar ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar yaratmoqda.

Xo’jaliklar boshqa iste’molchilarning qisqa va uzoq muddatli talablarini ham chuqur o’rganishlari, o’z ichki ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda boshqa talablarini aniqlab olishlari lozim. Qaysi mahsulotni va qancha miqdorda yetishtirish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashda ularning samaradorligini, albatta, e’tiborga olish zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo’jalik o’z talabini qondiradigan miqdorda foyda keltiradigan mahsulotlarni yetishtirish bilan shug’ullanishi lozim. Yuqorida ta’kidlangan masalalarni hal etishda ekinlarni almashlab ekishning nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan tizimi joriy etilishiga ham alohida e’tibor berish kerak. Chunki bu tuproqning unumdorligi oshishini ta’minlaydi.

O‘simlikchilikda foydalaniladigan asosiy resurs – bu yer, pichаnzоr, yaylоv, bоg‘lar). Hаydalаdigan yer maydonini ekinlar bo‘yicha taqsimlash uzоq vaqtlargachа qabul qilingan dehqonchilik tizimiga bog‘liq bo‘ldi. Xo‘jaliklar daromadlirоq ekinlarni tаnlаy bоshlаdilar va ekin ekilаdigan, yer maydoni strukturаsi nаrх ta’siri оstida o‘zgarа bоshlаdi.

Shu tаrzda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hammа turini, chorvachilikni va qayta ishlаshni ham qo‘shib ishlab chiqish, bеvosita o‘simlikchilikni shаrtli rаvishda quyidagi tarmoqlarga аjrаtish mumkin: pахtа ishlab chiqarish, g‘alla ishlab chiqarish, yog‘li ekinlar ishlab chiqarish, kаrtоshkа va sаbzаvоt ishlab chiqarish, mеva va pоlizlar o‘stirish. Bu tarmoqlarda ishlab chiqаrilgan mahsulotlarni rеаlizаtsiya qilish texnologiyasi hаr biri o‘ziga xosligi bilan fаrqlаnаdi.

Ushbu shаrоitda eng rеntаbеlli bo‘lаdigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini tаnlаshda tаbiiy-iqlim omillari, trаnspоrt tarmoqlarining rivojlanishi, mintаqаda u yoki bu mahsulotlarni qayta ishlаshga mo‘ljallangan qayta ishlаsh korxonalarining mavjudligi kаttа ta’sir o‘tkаzаdi.

O’simlikchilik mahsulotlarini belgilangan miqdorda yetishtirish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalarini: ularning turlarini, miqdorini hamda holatini aniqlab olish alohida ahamiyatga egaligini unutmaslik zarur. Chunki shular yordamida mahsulot yetishtirish jarayonlari belgilangan muddatlarda, sifatli bajarilishi ta’minlanadi. Natijada ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlari ma’lum miqdorda tejalishi mumkin.

Barcha vositalardan yil davomida to’g’ri, to’liq hamda samarali foydalanish orqali talabni qondiradigan miqdorda sifatli o’simlikchilik mahsulotlari yetishtirish, ularning samaradorligini yuksaltirish uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir .

O’simlikchilik mahsulotlari yetishtirishni ikki yo’li – ekstensiv va intensiv yo’li mavjud.

Ekstensiv yo’lda mahsulot miqdori asosan ekinlar maydonini ko’paytirish hisobiga, intensiv yo’lda esa ekinlarning hosildorligini oshirish hisobiga ta’minlanadi. Mahsulot miqdorini intensiv yo’l orqali ko’paytirish uchun tuproq unumdorligi oshishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, masalan, irrigasiya-meliorasiya tizimini qurish, ta’mirlash, yerlarni tekislash, sho’rini yuvish, o’g’itlardan samarali foydalanish, almashlab ekishni joriy etish kerak.

Yetishtirilayotgan mahsulotlar samaradorligini yuksaltirish uchun esa ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlari tejalishini ta’minlaydigan ishlarni, tadbirlarni oqilona amalga oshirish zarur. Buning uchun mehnatni tashkil etishning pudrat, ijara kabi maqsadga muvofiq shakllarini tatbiq qilish, ishlab chiqarish, hosilni yig’ishtirib olish, saqlash jarayonlarini mexanizasiyalashtirsh, ishlab chiqarish vositalaridan to’liq va samarali foydalanish, yangi texnika, ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ishchi-xizmatchilar moddiy va ma’naviy rag’batlantirilishini izchillik bilan amalga oshirish kerak.

Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish, uning samaradorligini yuksaltirish maqsadida xo’jaliklarda faoliyat ko’rsatayotgan barcha a’zolarning ishlab chiqarishga bo’lgan munosabatlarini bozor talablari asosida tubdan o’zgartirish lozim. Ya’ni, ular mahsulot yetishtirish, yig’ishtirib olish, saqlash va sotish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni vaqtida, oqilona amalga oshirishga alohida e’tibor berishlari kerak.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishi maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:



  1. Urgut tumani fermer xo`jaliklari resurslar faoliyatini tahlil qilish va foydalanish darajasini o`rganish.

  2. Tuman fermer xo`jaliklarining tabiiy resurslari va ulardan foydalanish darajasining hozirgi holatini tahlil qilish.

  3. Tumanda yer va suv resurslaridan foydalaish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini o`rganish.

  4. Mamlakatimizda tabiiy resursladan foydalanish samaradorligini oshirish bo`yicha olib borilayotgan tadbirlarning tuman o`simlikchilik tarmog`iga ta`sirini o`rganish.



  1. Mavzuni nazariy asoslash va adabiyotlar sharhi.

O’zbekistonda agrosanoat tarmoqlarini rivojlantirish, tabiiy resuslardan foydalanish va samaradorligini oshirishga, jumladan qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari bo’yicha mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.A.Abdug’aniyev, A.M.Qodirov, A.Q.Ismoilov, A.M.Jo’rayev, F.J.Jo’rayev, O.Murtazayev, I.I.Raskin, I. G`aniyev, L.I.Raskin, Q.A.Choriyev, A.A.Shokirov, F.Q.Qayumov, M.Q.Husanov, R.Q.Husanov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari tarmoq rivojlanishi va takomillashishi uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Ushbu ishlarda qishloq xo’jalida rsurslardan foydalanish va uni takomillashtirish, maqsulot ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish qator masalalar o’rganilib tegishli takliflar berilgan.

  1. Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi: Prezident Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi//Xalq so’zi. 20.01.2012.

Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining har bir nutqida aholi bandligiga, yangi ish o’rinlari yaratilishi mavzusiga takror-takror to’xtalib o’tadi. Mazkur nutqda ham, jumladan, shunday fikrlarni bildirib o’tadi: «… Bu haqda gapirganda, avvalo, murakkab ob-havo va iqlim sharoiti tufayli vujudga kelgan muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, qishloq mehnatkashlarining fidokorona mehnati hisobidan 2011-yili yeng muhim qishloq xo’jalik mahsulotlari davlat xaridi bo’yicha shartnoma majburiyatlari nafaqat bajarilgani, balki ortig’i bilan bajarilganini ta’kidlash o’rinlidir.

Mamlakatimizda o’tgan yili 6 million 800 ming tonna g’alla, 3 million 500 ming tonnaga yaqin paxta, 8 million 200 ming tonnadan ortiq sabzavot va poliz, qariyb 3 million tonna bog’dorchilik mahsulotlari yetishtirildi. Shu bilan birga, 6 million 600 ming tonna sut, 1 million 500 ming tonnadan ortiq go’sht, 3 milliard 500 million donadan ziyod tuxum tayyorlandi.

Ayni paytda biz qishloq xo’jaligi sohasida birinchi navbatda tuproq unumdorligini oshirish choralarini ko’rish, barcha agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida bajarish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy qilish, seleksiya va urug’chilikni yanada rivojlantirish, mehnatni tashkil etish va rag’batlantirish bilan bog’liq, hali-beri ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini ham e’tirof etishimiz zarur.


  1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi// Xalq so’zi. 22.01.2011

Mazkur ma’ruzada Prezidentimiz tomonidan qishlok xo’jaligida olib brilayotgan iqtisodiy islohotlarga to’xtalib o’tilib, jumladan shunday fikrlar bildirilgan:

«… Qishloq xo’jaligini isloh qilish, fermer xo’jaliklariga biriktirilgan yer uchastkalarini optimallashtirish, paxta va g’allaning xarid narxlarini oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan izchil ishlar natijasida iqtisodiyotimizning agrar sektorida tarkibiy sifat o’zgarishlari yuz bermoqda.



Paxta va g’alla kabi strategik muhim qishloq xo’jaligi ekinlari bilan bir qatorda, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida ham ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada o’sdi, qayta ishlash tarmoqlari va ichki bozorni sut, go’sht, kartoshka, sabzavot kabi eng muhim oziq-ovqat hamda boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan yanada ko’proq to’ldirish uchun mustahkam xomashyo bazasi yaratilmoqda».

  1. Karimov I. Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. – Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 28.01.2010.

Ma’ruzada o’tgan yil –Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili deb e’lon qilinishi va Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich chuqurlashtirish, fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, imtiyozlar berish, qishloqda shakllanadigan yangi mulkiy munosabatlarni, o’rta tabaqa–mulkdorlarning, tadbirkorlarning va ishbilarmonlarning manfaatlarini ishonchli himoya qilishga e’tibor berilishi natijasida murakkab iqlim sharoitiga qaramasdan 3,4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirilganiga alohida e’tibor qaratiladi.

  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –T.: O’zbekiston, 2009

Mazkur asarda bugungi davrda vujudga kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, uning kelib chiqish sabablari, jahon mamlakatlariga uning ta’siri va ularning unga qarshi chora-tadbirlari, kurash yo’llari, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining O’zbekistonga ta’siri, uning salbiy oqibatlarini kamaytirish chora-tadbirlari, bank tizimini qullab quvvatlash kabi masalalar haqida bayon etilgan

  1. Azizqulov B. Ilg’or texnologiyalar iqtisodiy samaradorligi. //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2008. -9-son. -35-b.

Mehnat unumdorgini oshirishda iqtisodiy samaradorlikni muallif sifatli urug’, biologik vositalar, tejamkor suv texgnologiyalari, moddiy resurslarni tejash hisobiga erishish mumkinligini bayon etgan.

  1. Doliyev T. Sarhisob pallasi. //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. 2008 yil 10-son -1-bet.

Mazkur maqola bugunning mavzusi rukni ostida berilgan bo’lib, paxtachilikda yuqori hosil olgan fermer xo’jaliklarining tajribalari bayon etilgan va paxtachilikda rentabellikni ta’minlash bo’yicha fikr-mulohazalar berilgan.

  1. Bezborodov K., Komilov B., Esanbekov M. Tomchilatib sug’orish: qulay, arzon va samarali//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2008. -№3. -7-b.

Mualliflar maqola orqali suv resusrlarining hozirgi cheklangan sharoitida qulay, arzon, samarali bo’lgan tomchilatib sug’orishni g’o’za misolida o’rganib chiqib quyidagi xulosalarga kelishgan:

«Tomchilatib sug’orish quyidagi afzalliklarga ega:



    • Paxta bir vaqtda va bir me’yorda sug’oriladi;

    • Mavsumiy suv me’yori 31,9% tejaladi;

    • Yoqilg’i moylash materiallari – 30-40%, mineral o’g’itlar – 20-25% tejaladi, begona o’tlar kamayadi, tuproq tarkibi yaxshilanadi;

    • Tuproq eroziyasi to’xtaydi;

    • Hosildorlik 4-5s/ga.ga oshadi;

    • G’o’za kamalliklari kamayib, bir vaqtda bir ishchi 10 soatda 4 ga yerni sug’orishi mumkin»

  1. Ismoilov A., Murtazayev O. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti». Toshkent, «Moliya», 2005 yil.

Mazkur adabiyotning qishloq xo’jalik iqtisodiyotini umumiy holda tavsiflab berish bilan birgalikda qishloq xo’jaligidagi ayrim soxalar haqida muhim ma’lumotlar berilgan. Qishloq xo’jalik korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va uning imkoniyatlariga alohida axamiyat berilgan.

  1. Murtazayev O., G’aniyev I.M., Hasanov Sh.T., Ahrorov F.B.– Agrar siyosat va qishloq xo’jalik bozorlari. (O’quv qo’llanma) – S.: 2009 – 186 bet.

Mazkur o`quv qo`llanmada O`zbekistonning agrar siyosati asosiy yo`naishlari, qishloq xo`jaligida yer va suv islohotlarini chuqulashtirish, qishloq xo`jalik bozorlari va turlari, oziq-ovqat havfsizligi muammoari, Jahon dsavdo tashkiloti faoliyati, moddiy-texnik resurslar, xizmat va savdo xizmati bozorlarining o`ziga xos hususiyatlari yoritib berilgan.

  1. Olimjonov O., Farmonov T., Qosimbekov P., Sirojiddinov S., Qosimov M., Rafiqov I. Fermerlik faoliyatining huquqiy va moliyaviy asoslari. Toshkent, «Universitet», 2005.

Ushbu kitob O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan Amerika Qo’shma shtatlarining xalqaro rivojlantirish Agentligi ko’magida va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini qo’llab-quvvatlash Dasturi bilan hamkorlikda tayyorlangan. Unda qishloq xo’jaligida fermerlik faoliyatining huquqiy asoslari, fermer xo’jaliklari faoliyati qonun himoyasida, fermer xo’jaligi faoliyatini tashkil qilish, fermer xo’jaligida shartnomaviy munosabatlar yoritilgan bo’lib, shuningdek, qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash va sotishni tashkil qilish tartibi misollar yordamida ko’rsatilgan.

  1. Ergashev R.X. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: EXTREMUM PRESS, 2011. -416 b.

Darslikda qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti fanining nazariy va amaliy asoslari kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida bayon etilgan bo’lib, agrar iqtisodiy islohotlar natijasida qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning erkin bozor shakllariga o’tish va mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar salmog’i o’sib borishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari va qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga asoslangan. Qishloq xo’jaligida mavjud yer-suv, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan samarali foydalanishning hozirgi holati, qishloq xo’jalik korxonalarining barqaror shakllanishi, iqtisodiy samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan holda tahlil qilinib, istiqbolda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining barqaror sur’atda rivojlanish yo’nalishlari ochib berilgan. Shuningdek, 16-bobida g’allachilik iqtisodiyoti va davlatning g’alla siyosatiga to’xtilib o’tilgan.

2. Urgut tumani fermer xo`jaliklarining resurslar salohiyati tahlili.

2.1. Tuman yer-suv  tarkibi va salohiyati tahlili.
Urgut tumani Zarafshon tog’ tizmalarining davomi bo’lgan Chaqikalon va Qoratepa tog’larining yon bag’irlarida, dengiz sathidan taxminan 1000 metr balandlikda joylashgan. Sharqiy, janubiy va g’arbiy qismlari Chaqikalon va Qoratepa tog’lari, adirlar va qirlar bilan band. Shimoliy va markaziy qismlari past-baland tekislik bo’lib, bir qancha soyliklar bor.

Zarafshon daryosi Zarafshon va Turkiston tog’ tizmalarini olgan Matchi tog’ tuguni muzliklari va qorlaridan boshlanib, Samarqand vohasi uchun asosiy sug’orish manbaasi bo’lib xizmat qiladi.

Zarafshon vodiysi qadim davrlardan yuqori unumdorligi va dehqonchilik madaniyati bilan mashhur bo’lgan. Vodiy tabiiy shart-sharoitlarga ko’ra uch hududga bo’linadi : tog’li, tog’ oldi va tekislik.

Zarafshon vodiysida bo’z tuproqning qo’yidagi tiplari eng keng tarqalgan: och, tipik, to’q va to’q kuchsiz ishqorlangan. Tamaki och, tipik, to’q turli tuproqlarda yetishtiriladi.

Och bo’z tuproqlar dengiz sathidan 400-450 metr baland bo’lgan tog’ oldi tekisliklari va 600—700 metrdan baland bo’lmagan qirlarni egallab, gumus miqdorining pastligi (1-1,5%) va karbonat hamda gips qatlamlarining yaqin joylashganligi bilan tavsiflanadi.

Tipik bo’z tuproqlar balandligi 1000-1200 metrgacha bo’lgan adirlarni egallaydi. Gumus miqdori ularda yuqoriroq bo’lib (1,5-2,5%), karbonat qatlami 0,4-0,8 metrgacha, gips qatlami esa 1,5 metrgacha chuqurda joylashgan.

To’q bo’z tuproqlar 2000-2200 metr balandlikda joylashgan. Gumus miqdori 2-4%, karbonat va gips qatlamlari esa yanada chuqurda joylashgan.

Barcha tuproq turlari gidrologik filtrasiya zonasida joylashgan bo’lib, tuproqning yuza qatlamlarida shurlanish deyarli uchramaydi. Yuqori gumus darajali va kuchli dern qatlamiga ega o’tloq tuproqlar keng tarqalgan. Bunda ikki tip uchraydi: o’tloq va o’tloq-botqoq. O’tloq tuproqlar tog’ oldi qiyaliklari va doimiy yoki davriy namlanadigan daryo vohalari qatlamlarini egallagan. Ularning ochlari 1,5-2,5% gumus miqdoriga ega va yer osti suvlari darajasining pastligi bilan ajralib turadi; to’qlari 3-4% gumusga ega va yuqori namlik sharoitida shakllanadi.

O’tloq-botqoq tuproqlar- bu yuqori namlikka ega, yer osti suvlari 1-1,5 metrda turg’un, gumus miqdori 4-6% va deyarli to’liq soz tuproqlardir.

Kashtan tuproqlar Zarafshon va Turkiston tizmalarining past tog’liklari va qirlarining yuqori va qisman o’rta qismida tarqalgan. Tuproq o’ziga xos to’q kashtan rangi bilan ajralib turadi va gumus miqdori 3-3,5% ni tashkil etadi. Och kashtan tuproqlar sug’oriladigan yerlarning nisbatan baland yerlarini egallaydi. Kashtan tuproqlardan u ochiqroq rangi va nisbatan past gumus miqdori (2-2,5%) bilan farqlanadi. Hozirgi paytda tamaki yetishtirishda yuqorida barcha keltirilgan tuproq tiplaridan foydalaniladi. Yuqori sifatli xom-ashyo olish uchun bo’z tuproqlarning dastlabki uch xili va ochiq kashtan turidagi tuproqlar eng maqbul hisoblanadi.

Zarafshon vodiysining tamakichilik zonasi iqlim sharoitlari, mos ravishda dengiz sathidan 695 va 990 metr balandlikda joylashgan Samarqand va Urgut meteorologik stansiyalari ma’lumotlari bilan aniqlanadi.

Vodiyning iqlimi yil fasllari va sutka davomida keskin kontinentaldir. Samarqandda havoning o’rtacha darajasi 13,10 ni, Urgutda esa 11,90 ni tashkil etadi. Bu nuqtalarda havoning ekstremum darajalari mos ravishda +40,40 dan -20,90 gacha va +39,50 dan -22,60 gachani tashkil qiladi. Vegetasion davrning o’rtacha darajasi Samarqandda 21,10 ni, Urgutda 19,90 ni tashkil qiladi.

O’zbekistonning 450 35’ kenglikda joylashgan eng shimoliy nuqtalarida quyoshning yuqori turish nuqtasi 380 ga yetib, eng janubiy nuqtalarida 370 10’ kenglikda 760 ni tashkil qiladi. Qish faslida quyoshning eng past nuqtasi(kunduzi, tush payti) shimoliy hududlarda 210 , janubiy hududlarda 250 12’ ni tashkil qiladi. Bu quyoshdan yil davomida juda yuqori darajada issiqliq tushishini ta’minlaydi. Samarqandda bu ko’rsatkich 118200 kaloriyaga tengdir. O’rtacha oylik yog’in miqdori 26,6 mmni tashkil qilib, ularning 50%dan ko’prog’i kuzga, asosan oktyabr oyiga to’g’ri keladi. Yoz davrida deyarli yog’ingarchilik kuzatilmaydi. Havoning nisbiy namligi 44,7%ni tashkil qiladi. Barcha ekin turlari uchun vegetasion davr uzunligi 220 kunni tashkil qilib, ba’zi yillarda 250 kungacha cho’ziladi. Bahor faslidagi so’nggi muzlashlar martning oxiriga to’g’ri kelib, bu xo’jaliklarning ochiq ko’chatxonalaridagi tamaki ko’chatlarining nobud bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Kuzda dastlabki muzlash oktyabrning birinchi o’n kunligida kuzatilgan. Tuproq va havoning yoz oylaridagi past darajadagi namligi qishlok xo’jaligi ekinlarini parvarish qilishda qo’shimcha sug’orish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ob-havo kech kuzda, qish va erta bahor oylarida tez o’zgaruvchan bo’lib, yozda turg’un.

Umuman olganda, Zarafshon vodiysining tabiiy va tuproq iqlim sharoitlari ko’plab qishlok xo’jaligi ekinlari, ayniqsa tamaki yetishtirish uchun qulay hisoblanadi.

Xo’jaliklarda yerdan foydalanish darajasini aniqlashda ma’lum bir tuproq unumdorligiga ega xo’jaliklar guruhi bo’yicha o’rtacha tuproq bonitet bali darajasi tuman bo’yicha o’rtacha tuproq boniteti balliga nisbati ko’rsatkichi ushbu guruh bo’yicha o’rtacha hosildorlikka ko’paytirilib, o’rtacha xo’jalik yuritish darajasidan kelib chiqqan xolda tuprok bahosiga mos hosildorlik (s/ga) aniqlandi. Ushbu ko’rsatkichning haqiqiy hosildorlik darajasiga nisbati tuprok unumdorligidan foydalanish koeffisiyentini.beradi.

Ma’lumki tuman xo’jaliklari iqtisodiyotida yuqori natijalarga erishish eng avvalo yuqorida ko’rib chiqilganidek tabiiy-iqlim sharoitlarga bog’liq bo’lsa, boshqa tomondan mavjud resurslar salohiyati va undan foydalanish darajasiga bog’liqdir. Ularning mavjud yer, mehnat va moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanganligi xo’jalik faoliyatining pirovard natijasini qanday yakunlanganligida yaqqol namoyon bo’ladi.

Urgut tumanining tog’ oldi va voha hududlar aholi zichligi anchagina yuqori bo’lib, 1 kishiga o’rtacha 0,06 gektardan qishloq xo’jaligiga yaroqli yer to’g’ri keladi. Aholining zich joylashganligi va qishloq hududlarida sanoatning kam rivojlanganligi qishloq xo’jalik korxonalarida ortiqcha ish kuchining band bo’lib kolishiga sabab bo`lmoqda. Tuman xo’jaliklarida 1 xo’jalik a’zosiga o’rtacha 0,26 gektardan qishloq xo’jaligiga yarokli yer, shu jumladan, 0,21 gektardan sug’oriladigan yer to’g’ri kelmoqda. Tumanda tamakichilik tarmog’ida mehnatni tashkil qilishning asosiy shakli bo’lgan oilaviy pudrat sharoitida tamaki yetishtirishda xo’jalik a’zolarining oila a’zolari mehnatidan foydalanilishini e’tiborga oladigan bo’lsak, bu ko’rsatkich 2-3 baravarga kamayadi. Ma’lumki, resurs qaytimining pasayib borishi qonuni tamoyillariga ko’ra har bir ishlovchiga to’g’ri keladigan ekin maydoni optimal hajmidan oshib yoki kamayib borishi bilan undan keladigan naf ham pasayib boradi. Bunga ko`ra, har bir ishlovchiga to’g’ri keladigan yer maydoni hajmini biologik navni yetishtirish agrotexnik xaritasiga mos ravishda ushlab turishni, garchi ijtimoiiy ziddiyatlarga olib kelsada, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq.



Urgut tumani fermer xo`jaliklarining yer resurslari tarkibi tahlilini quyidagi jadvalda keltirdik(1-jadval).

1-jadval

Urgut tuman fermer xo`jaliklari yer resurlari tarkibi

Т/р

Курсаткичлар

2010 йил

2011 йил

2012 йил

2012-yilda 2010-yilga nisbatan o`zgarishi

+, -

%

1

Jami yer maydoni

27117,9

28517,8

29420

2302,1

8,5

2

Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar

26239

27626

28500

2261

8,6

3

Ekin maydoni

21880

22744

24095

2215

10,1

4

Haydaladigan yerlar

21627

22567

23649

2022

9,3

5

Ko`p yillik daraxrzorlar

3095

3114

3123

28

0,9

6

Bo`z yerlar

19,2

20,4

21,9

2,7

14,1

7

Yaylov va pichanzorlar

1264

1768

1282

18

1,4

8

Terakzorlar

23,7

28,4

36,1

12,4

52,3

9

Boshqa yerlar

836

843

862

26

3,1

10

Sug`oriladigan yerlar

21284

21984

22867

1583

7,4

11

Lalmi yerlar

596

760

1228

632

106,0

Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki, tuman fermer xo`jaliklarining umumiy yer maydoni 2012-yilda 29420 gektarni tashkil etib, 2010-yilga nisbatan 2302,1 gektarga yoki 8,5 foizga oshgan. Bunda ekin maydonlari 2215 gektar yoki 10,1 %ga, terakzorlar 12,4 gektar yoki 52,3 %ga, ko`p yillik daraxtzorlar 28 gektar yoki 0,9 %ga, yaylov va pichanzorlar 18 gektar yoki 1,4 % oshgan. Ekin maydonlarining 22867 gektari sug`oriladigan yerlar bo`lib, 2010-yilga nisbatan 1583 gektarga, lalmi yerlar esa 632 gektarga oshgan.

Urgut tumani fermer xo’jaliklarida xam yer resurslaridan unumli foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadida 2010-yilda maqbullashtirish ishlari amalga oshirilgan va natijada fermer xo’jaliklari soni 2012 yillarda 805 tani tashkil (2-jadval).



2-jadval

Urgut tumani fermer xo’jaliklari yer maydoni tahlili, 2012-yil



Хўжаликлар

Сони

Ер майдони, га

Ўртача ер майдони, га

1

Фермер хўжаликлари-жами

805

29420

36,5

2

Сабзавот-полизчилик

72

1190

16,5




салмоғи, %

8,9

4,0

45,2

3

Боғдорчилик-узумчилик

191

3121

16,3




салмоғи, %

23,7

10,6

44,7

4

Чорвачилик

9

696,2

77,4




салмоғи, %

1,1

2,4

211,7

5

Бошқалар

533

24412,8

45,8




салмоғи, %

66,2

83,0

125,3

Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari

2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Urgut tumani fermer xo’jaliklarida 2012 yilda 29420 gektar maydonda dehqonchilik qilishgan. Foydalanib kelinayotgan yer resurslarinng 8,9 %i sabzavot-polizchilik, 23,7 %i bog’dorchilik-uzumchilik, 1,1 %i chorvachilik, 66,2 %i boshqa yo’nalishlarda foydalanib kelinmoqda. Bog`dorchilik-uzumchilik yo`nalishida 191 ta fermer xo`jaligi 3121 gektar maydonda dehqonchilik qilib kelishmoqda.



2.2. Tuman fermer xo`jaliklarining mehnat resurslari tahlili.
Mamlakatimizning qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan barcha talablarini qondirishda jonli va buyumlashgan mehnatning ahamiyati ulkan. Chunki u qiymatni yaratadi, qolaversa, insonning ongli–maqsadga yo’naltirilgan faoliyatidir. U bilan mehnat predmetlari hamda vositalari uyg’unlashgan holda ish jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayonning mahsuli qiymat hisoblanadi. Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo’lgan mahsulotlarni yetishtirish, xizmatlarni bajarish insonning jonli faoliyati (mehnati) bilan mehnat predmetlari va vositalarining maqsadga muvofiq bog’lanishiga bog’liq. Ya’ni, inson mehnati, yer, traktor, chigit (urug’), yoqilg’ilar ijobiy bog’lanishi natijasida paxta yoki bug’doy va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladi. Ularning miqdori, sifati bevosita yuqoridagi omillarga bog’liq. Lekin inson va uning ongli faoliyati bo’lmasa hyech qanday mahsulot yaratilmaydi, ish yoki xizmat bajarilmaydi. Shunday ekan, faqat inson o’zining ongli faoliyati bilan mahsulotlarni yaratadi.

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda tabiiy sharoitning (harorat, yog’in va issiq kunlar miqdori) ahamiyati katta. Ishlab chiqarish inson mehnati hamda mehnat proyedmetlari va vositalari, tabiiy sharoitlarni e’tiborga olgan holda samrali uyg’unlashishini talab etadi. Inson shu ishlab chiqarish vositalarini ma’lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi. Bu jarayon bir qancha mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Jumladan, ekinlar ekiladigan yerlarni haydash, ekishga tayyorlash, ekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar. Ishlab chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, insonning ongiga, bilimiga, malakasiga, munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga bog’liq. Demak, inson o’z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida mehnat tarmoqning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi xususiyatlarga ega:



  • mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog’liqligi;

  • mehnatdan foydalanishga ishlab chiqarish mavsumiyligining ta’sir qilishi;

  • qishloq xo’jaligidagi mehnatning o’simliklar hamda tirik mavjudotlar (hayvonlar, o’simliklar) bilan uzviy bog’langanligi;

  • qishloqdagi mehnat saviyasi va bilim darajasining nisbatan pastligi;

  • o’simchilik va chorvachilik tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilganlik va mexanizasiyalashtirilganlik hamda elektrlashtirilganlik darajasi pastligi;

  • tarmoqda tor doiradagi ixtisoslashishning kamligi;

  • qishloq xo’jaligida sarflanayotgan mehnat tarkibida ayollar va yoshlar mehnati salmog’i (hissasi) ning ko’pligi;

  • qishloq xo’jaligida mehnatga to’lanayotgan haq va uning ijtimoiy himoyalanishi boshqa tarmoqlardagiga nisbatan pastligi va boshqalar.

Ta’kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga, sifatiga va samarasiga bevosita ta’sir etadi. Turlicha tabiiy sharoitda, har xil darajada ixtisoslashgan xo’jaliklarda bir xil ish jarayonlarini amalga oshirish uchun har xil miqdorda bir turdagi mehnat sarflanadi, uning samaradorligi ham bir-biridan farq qiladi. Kech kuz, qish va erta bahorda mehnat sarfi keskin kamayib, hosilni yig’ib olishda unga bo’lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishchilar shartnoma asosida jalb etiladi. O’simchilik va chorvachilikda bajariladigan ishlarning ko’pchiligi yuqori darajada bilim va malaka talab etmaydi. Qishloq xo’jaligidagi mehnat tarkibida ayollar mehnatining salmog’i hozirgi davrda ancha yuqori. Shuning uchun ham tarmoqda mehnatga to’lanayotgan haq kamroq. Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilan talab darajasida ta’minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug’orish, chikanka qilish, hosilni yig’ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog’ish…) to’liq mexanizasiyalashtirish imkonini bermaydi, natijada oddiy jonli mehnat xarajatlari ortadi. Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonini amalga oshirishda uning samarali bo’lishini ta’minlash uchun barcha xususiyatlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.

Qishloq xo’jaligidagi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan fuqarolarni mehnat resurslari deb ataladi. Ularning huquqiy asoslari tarkibi hamda faoliyati Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Mehnat kodeksi»da (04.1996y), «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi (05.1998y) qonunda batafsil ko’rsatilgan. Mehnat resurslari 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 55 yoshgacha bo’lgan ayollar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lgan o’smirlar va nafaqaxo’rlar ham mehnat resursi sanaladi. Ularning tarkibida iqtisodiy faol mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar alohida ahamiyat kab etadi. Ularni 16-55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar tashkil etadi. Ular mehnat resurslarining asosini tashkil etadi. Ular Respublikada 2002 yilning boshiga mavjud mehnat resurslarining 38,6 foizini tashkil etgan.

O’zbekiston Resublikasida 2002 yilning boshiga 12718 ming kishidan iborat mehnat resurslari mavjud. Bu jami aholining 50,9 foizini tashkil etadi. Mavjud mehnat resurslarining 45 foizga yaqini qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatadi. Ular o’zlarining ongli, maqsadli mehnatlari bilan qishloq xo’jaligini rivojlantirishga, uning samardorligini yuksaltirishga ulkan hissa qo’shishi lozim. Demak, ularning mehnatlari unumli bo’lishi kerak. Shu bilan «mehnat unumdorligi» tushunchasi paydo bo’lmoqda. Mehnat unumdorligi deganda, foydalanilayotgan texnikalar, texnologiyalar yordamida bir birlikdagi mahsulotni yetishtirish, ishni bajarish uchun sarflanadigan vaqtning miqdorini nazarda tutish lozim. Bu «Mehnatni tejash» iqtisodiy qonunining amal qilishidan dalolat beradi. Mehnat unumdorligining amaliyotdagi tushunchasi ham mavjud. Ya’ni sarflanayotgan bir birlikdagi vaqt ichida yaratilgan qiymat yoki ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish mehnatning unumdorlik darajasini ifodalaydi. Mehnat unumdorligi to’g’risidagi bu tushunchalar bir-birini inkor etmaydi, aksincha to’ldiradi. Qishloq xo’jaligidagi mehnat ongli, maqsadga yo’naltirilgan bo’lsa, uning unumdorligi yuqori bo’ladi. Bu esa tarmoqning rivojlanishini ta’minlaydi.

Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari asosida fermer xo’jaliklarida mehnat resurslarini tahlil qilamiz(3-jadval).



3-jadval

Urgut tumani fermer xo’jaliklari mehnat resurslari tahlili, kishi



Кўрсаткичлар

2010 йил

2011 йил

2012 йил

2012-йилда 2010-йилга нисбатан ўзгариш

+/-

%

1

Фермер хўжаликлари аъзолари

13157

13543

13924

768

105,8




Хотин-қизлар

6894

7083

7338

444

106,4

2

Доимий ишчилар

12209

12541

12931

722

105,9




салмоғи, %

92,8

92,6

92,9

0,1

x

3

Ёлланма ишчилар

947

1002

993

46

104,8




салмоғи, %

7,2

7,4

7,3

-0,1

x

4

Раҳбар ходимлар

1217

1224

1226

9

100,7

Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
3-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Urgut tumani fermer xo’jaliklarida xodimlar soni 2012 yilda 13924 kishi bo’lib, 2010 yilga nisbatan 768 kishi yoki 2,8 %ga oshgan. Bu xo’jaliklarda doimiy ishlovchilar va yollanma ishlovchilar sonining mos ravishda 722 va 46 kishiga oshishi tufayli yuz bergan. Bundan ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaliklari ko’proq doimiy ishchilar mehnatidan foydalanishga e’tibor karatishgan. Shu sabab, 2010-2012 yillarda doyimiy ishchilar salmog’i o`rtacha 92,7 %ni tashkil qilgan bo’lsa, yollanma ishchilar salmog’i 7,3% ni tashkil etgan.

2.3. Tuman fermer xo`jaliklarining moddiy-texnika resurslari tahlili.
Davlatning, aholining hamda tashqi bozorning talablarini sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan qondirish uchun ularni yetishtirishni ko’paytirish obyektiv zaruriyat hisoblanmoqda. Buning uchun talab etilgan miqdorda turli xildagi resurslar mavjud bo’lishi kerak. Masalan, yer, suv, bino, inshootlar, mashinalar, traktorlar, o’rmon, bog’lar, chorva hayvonlari, tabiiy resurslar (yog’in, harorat) kimyoviy vositalar, mehnat resurslari. Lekin bu moddiy-texnika resurslari tarkibiga mablag’lar va boshqalar kirmaydi. Ular qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslarini tashkil etadi. Shu resurslar yordamida qishloq xo’jaligida turli xildagi ishlar, xizmatlar bajarilib, mahsulotlar yetishtiriladi. Ularning sifatini, holatini yaxshilash, yangilarini yaratish maqsadida fan-texnika taraqqiyoti amalga oshiriladi. Shuning natijasida serhosil, tezpishar navlar, sermahsul chorva zotlari, har tomonlama qulay va samarali hisoblangan texnikalar, ilg’or texnologiyalar yaratildi.

Shu resurslarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidagi ahamiyati nihoyatda ulkan. Chunki barcha turdagi dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda yerdan foydalaniladi. Demak, yer bo’lmasa, yuqoridagi mahsulotlarning yetishtirilishi ta’minlanmaydi. Mamlakatimiz dehqonchiligi sug’orishga asoslanganligi munosabati bilan suv resurslarining ahamiyati ulkan. Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslarini iqtisodiy mazmuni, mohiyati va barpo etilishi hamda foydalanilishi bo’yicha 3-chizmadagi tartibda turkumlashtirish mumkin. Jumladan:

I – barpo etilishi bo’yicha;

II – ishlab chiqarishga munosabati bo’yicha;

III – ishlab chiqarishda qatnashishiga ko’ra;

IV – takror ishlab chiqarilishi bo’yicha.

Demak, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslari respublika xalq xo’jaligi resurslarining muhim qismi hisoblanadi. Ular mulk sifatida tarmoqning, korxonalarning iqtisodiy negizini, asosini tashkil etadi. Korxonalarning moddiy-texnika bazasi mustahkam bo’lsa, ularda iqtisodiy jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi. Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslari barpo etilishi bo’yicha tabiiy va iqtisodiy resurslardan iborat. Tabiiy resurslar yer, suv, o’rmon, chorva hayvonlari, issiqlik hamda yog’ingarchilik miqdoridan tashkil topadi. Ularning asosiy qismi davlat tasarrufida bo’lib, korxonalarga, fuqarolarga foydalanish uchun beriladi.

Iqtisodiy resurslar esa iqtisodiy potensialning tarkibiy qismi bo’lib, moddiy, moliyaviy hamda mehnat resurslaridan tashkil topadi. Qishloq xo’jaligini:



  • moddiy-texnika resurslariga ishlab chiqarishning moddiy vositalari: binolar, inshoatlar, mashinalar, traktorlar, kombaynlar, barcha turdagi kimyoviy vositalar, o’g’itlar, urug’liklar, yem-xashaklar, yoqilg’i, yog’lovchi, qurilish va boshqa materiallar kiradi.

  • moliyaviy resurslariga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag’lar, xo’jaliklarning joriy, valyuta schyotlaridagi, g’aznadagi pullari, amortizasiya fondi, aksiyalardan olayotgan foydalari, bank kreditlari hamda ichki va tashqi investisiyalarini amalga oshirish natijasida olinayotgan mablag’lar, ta’sischilar va boshqa manbalardan kelib tushayotgan mablag’lar kiradi.

1-chizma

Download 167,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish