Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси


Lingvistik belginiig moddiyligi



Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/46
Sana13.05.2020
Hajmi1.1 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
 

Lingvistik belginiig moddiyligi 

 Har  qanday  lingvistik  belgi  akustik  xossaga  ega.  Uning  akustik  xossasi, 

kishilar xotirasida saqlanadi va nutq jarayonida ma`lum chiziqlikdagi tovush to`lqini 

sifatida namoyon bo`ladi. Uning moddiy mavjudligi tovush to`lqinining cho`ziqligiga 

teng. Kipshlar xotirasida mavjud bo`lgan u yoki bu belgidan foydalanish jarayonida 

har  qaysi  belgi  so`zlovchi  tomonidan  xar  safar  yangidan  hosil  qilinadi.  So`zlovchi 

xotirasida ma`lum belgi akustik xossasi haqida oldindan ma`lumotning mavjudligi va 

so`zlovchi  uni  talaffuz  qilish  ko`nikmasita  ega  bo`lishi  bu  belgining  xar  safar  hosil 

qilish  imkoniyatini  yaratadi,  shuning  uchun  ham  har  bir  belgi  bir  necha  “nusxa”da 

namoyon  bo`lish  xususiyatiga  ega.  Til  belgisining  “ko`p  nusxaliligi”  alohida 

"nusxalar"ni (konkret belgilarni) shu belgining variantlari deb qarashga imkon beradi. 

Bu  belgining  umumlashgan  obrazi  har  qaysi  variantlarda,  albatta,  takrorlanadigan 

umumiy xususiyatlarni aks ettiruvchi invariant sifatida gavdalanadi. Lingvistik belgi 

invarianti ideal predmet, "aqliy narsa", mohiyatidir. U shu belgining mavhum shakli 

hisoblanishi  mumkin.  Masalan,  o`zbek  tilida  q-a-l-a-m  tovush  qatori  yozish  quroli 

haqida ma`lumot beruvchi belgidir. Bu belgi turli shaxslar tomonidan nutq tempi va 

balandligi, so`zlovchi nutq aparatining o`ziga xosligiga ko`ra turli sharoitda talaffus 

qilinganda,  uning  tovush  qiyofasi  muayyan  chegaragacha  turli  darajada  o`zgarishga 

uchraydi.  Lekin  so`zlashuvchilar  talaffuzning  har  qaysi  holatida  ham  ularning  bir 

belgi  ekanligini  anglaydilar.  Buning  sababi  so`zlovchilarda  shu  belgining 

umumlashgan obrazi haqida oldindan ko`nikmaning mavjud bo`lishidir. 

Ko`pchilik  lingvistik  adabiyotlarda  mavhum  belgi  til  birligi, konkret  belgilar, 

yoki  mavxum  belgilarning  "turli  nusxalari",  variantlari  nutq  birligi  sifatida  talqin 




 

27 


qilinadi.  Mavhum  va  kenkret  birliklar  o`rtasida  gavdalantirish  va  namoyon  bo`lish 

munosabati  borligi  aytiladi.  Kenkret  birliklar  mavxum  birlikni  namoyon  qiladi. 

Mavhum birliklar konkret birliklarni gavdalantiradi. 

V.  M.  Solntsev  lingvistik  belgani  mavhum  va  konkret  belgilarga  ajratishga 

tanqidiy munosabatda bo`ladi. Uning fikricha mavhum belgi quruqdir. CHunki uning 

yordamida  aloqa  qilish  mumkin  emas.  SHuning  uchun  ham  agar  til  mavhum 

birliklarni o`z ichiga oladi deb hisoblansa, u vaqtda tilga aloqa vositasi sifatida qarab 

bo`lmaydi. 

Nutq  aloqa  jarayoni  sanaladi.  Doimo  til  vositalari  yordamida  nutqni  hosil 

qilamiz.  YA`ni  gap  hosil  qilishda  bizga  ma`lum  bo`lgan  so`z,  konstruktsiya, 

qoidalarlardan foydalanamiz. SHuning uchun ham nutq harakatdagi, amaldagi tildir, 

til mohiyat, nutq hodisa deyish mumkin. V. M. Solntsev ta`kidlaganidek, til va nutq 

munosabati  vosita  va  bu  vositaning  qo`llanish  munosabatidir.  SHuning  uchun  ham 

aloqa jarayonida yaratiladigan (talaffuz qilinadigan) konkret moddiy belgi real aloqa 

vositasi sanalib, bir vaqtning o`zida belgining moddiy sistemasi sifatidagi tilga ham 

taalluqli bo`ladi. 

Til  belgisida  uzluksiz  makon  va  zamonda  mavjud  bo`lish  xususiyatining 

yo`qligi uning "saqlanishi" ga qulaylik tug`diradi. Biz xotiramizda sezgi a`zolarimiz 

bilan sezadigan moddiy belgining o`zini emas, balki bu belgining umumlashgan ideal 

obrazini  hamda  bu  belgini  zarur  vaqtda  "hosil  qilish"  ko`nikma  va  malakasini 

saqlaymiz.  

Boshqacha aytganda, real belgilarning o`zini emas, uning mavhum shaklini, u 

haqdagi bilimimizni xotirada saqlaymiz. 


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik