Zayniddin mahmud vosifiyning



Download 58,5 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi58,5 Kb.
#220203
  1   2
Bog'liq
Sattorov Amin. “Badoe’ul vaqoe’”
ta`li mazmuni, 2020 talabalar, 2020 talabalar, Rivoyat haqida ma'lumot, kimyo ingliz tili test, Sattorov Amin. “Badoe’ul vaqoe’”, Mavzu, mustqail ish

ZAYNIDDIN MAHMUD VOSIFIYNING

”Badoe’ul vaqoe’” asari

Reja:


  1. Z.M.Vosifiyning hayoti va ijodi

  2. ”Badoe’ul vaqoe’” asari (“Nodir voqealar”)

1. Z.M.Vosifiyning hayoti va ijodi

Zayniddin Mahmud ibn Abdujalil(taxallusi Vosifiy) 1485-1551/1566 yillarda yashagan bo’lib, Hirotda munshiy oilasida tug’ilgan. Uning otasi – Abdujalil Hirotning olim va fozil kishilaridan bo’lgan. Zaynidddin Mahmud yoshligidan she’riyatga qiziqa boshlagan bo’lib, 12-13 yoshlaridan shoir va she’rshunos bo’lib taniladi. Vosifiy ijodining she’riyat yo’nalishida muammo san’atida shuhrat topgan bo’lsa, nasrning ko’pgina turlari(maktub, ariza, hikoya va h.k) da, badiiy saj uslubida,rang-barang tashbehlar ishlatishda, ayniqsa, “baroati istehlol” san’atida mahoratli bo’lgan. Zayniddin Vosifiy arab tili, adabiyot, fiqh va boshqa bilimlarni puxta egallagan, jismonan baquvvat shaxs bo’lgan. Uning jismonan kuchliligi, chidamliligi haqida o’z asari “Badoe’ul vaqoe’” da shunday yoziladi: “Amir Muhammad dedilarki, biz uning o’n hunarda yagona ekanligini ayta olamiz. Shunday qudratli qo’li borki, narra sher uning qarshisida taslim qo’li mushtini yerga qo’yadi. Biror zabardast Xurosonda uni yenga olmagan, uning bahodir qo’lini qayira olmagan. Mashxaddan Xurosonga, ya’ni Hirotgacha bo’lgan 60-65 farsang( bir farsang taxminan 7-8 chaqirim(bir chaqirim 853 m ) ba’zan 8.5-9.5 km ga teng) mashaqqatli yo’lni ikki kunda bosib o’tgan. Suzishdagi qobilyati shu darajadaki, bir kuni Fariddun Husayin Mirzo Bog’i Zag’onda uning ikki qo’lini ikki oyog’iga bog’lab qo’yishni buyirgan. Uni gupchak qilib, hovuzga otganlar. Peshin namozidan to namozshomgacha u o’sh hovuzda shu holatda suzib yurgan. Ochlikka ham chiday oladi. O’n kun surunkasiga ro’za tuta oladi. U yana tez yoza oladi. Bir kunda “Qofiya”, “Shofiya”, “Shamsiya”(arab tili grammatikasiga oid risolalar) risolalarini ko’chira oladi va hech bir joyda xato ketmaydi”.

Hirotda Shohrux madrasasida 1511 yilgacha tahsil oladi va keyin Husayin Bayqoroning o’g’li Faridun Husaynga kotiblik, boshqa o’g’llariga muallimlik qiladi. Xurosonni Eron shohi Ismoil Safaviy egallagach, Vosifiy shia amaldorlari taqibidan qochib, avval Eronda, so’ng Xurosonda yashirinib yurishga majbur bo’ladi. Vosifiy o’zining “Badoe’ul vaqoe’” asarida safaviylarning jabr zulmlari haqida shunday yozib qoldirgan: “Qizilboshlar hunrezliklari aksidan va ular tojidagi qizillik tobidan har nomozshom falak binafshazori lolazor tusga kirar edi…” . 1512 yilda yashirin ravishda Movarounnahrga qochib keladi va 1512-1515 – yillarda Samarqand va Buxoroda yashab yuradi. 1515 – yildan Toshkent viloyatidagi Farkat (hozirgi Parkent) va Nomdanak qishloqlarida yashagan, so’ng Toshkentga kelgan va Suyunchxo’janing kichik o’g’li Baroqxon(Navro’z Ahmadxon)ga tarbiyachi qilinib tayinlanadi. 1540-yildan Baraqxon saroyida davlat hujjatlarini tuzgan. Zayniddin Vosifiyning Movarounnahrga kelishi, bu yerda uning taqdiri, shohlar saroyidagi faoliyati haqida uning o’zi “Badoe’ul vaqoe’” asarining “Movarounnahrga safar” qismida Abuljud nomli kishinig unga aytgan bashoratini keltiradi: “Ey, Vosifiy! Sening noming Zayniddin Mahmuddir. Oqibat ishing ham mahmud(maqtagudek) bo’ladi. Seni oldinda hali ko’plab ajoyib holatlar, g’aroyib ishlar kutadi. Yaqin kunlarda Movarounnahr mamlakatiga borasan. Hashamli podshohu arboblar, shavket egalari bilan suhbatlashib, suhbat qurasan. Turkiston viloyati shohi Chingiz avlodidan, g’oyat odil va muruvvatli podshohdir. Raiyatga nisbatan nihoyatda shafqatli va insof egasi. Uning nomi Sevinch xojaxondir. U seni bir qadar rioyat va tarbiyat qiladi.” 1525-yildan umrining oxirigacha Toshkentda yashagan. Zayniddin Vosifiy Qaffol Shoshiy Maqbarasi eshigidan kiraverishda o’ng tomonga dafn etilgan.


Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti