Zarafshon shahar 12-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ruziyeva Zebiniso Tursunmuratovna. Mavzu: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni kompetensiyalarga erishishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’rni va ahamiyati



Download 46,32 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi46,32 Kb.
#15915
Zarafshon shahar 12-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Ruziyeva Zebiniso Tursunmuratovna.
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni kompetensiyalarga erishishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’rni va ahamiyati.

Mavzu: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni kompetensiyalarga erishishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’rni va ahamiyati. “Moychechak”

Maqsad: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni kompetensiyalarni yetarli darajada egallashiga erishish va ta’limning keying bosqichlariga tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalar unumli va o’rinli foydalanish.

Vazifa:Boshlang’ich sinflarda ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va joriy etish, yangi ped texnologiyalar yaratish , izlanish olib borish.

Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayonida mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo’l va usullarini izlashi, ilg’or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Hozirgi kun o’qituvchisi zamon bilan hamnafas yurishi zarur.


Mahoratli

Malakali



O’qituvchi



Ijodkor

Izlanuvchan

Bilimdon

Zamonaviy



Yaratuvchi

Qiziquvchan

Ilg’or pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o’quvchining mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.

Reja:

1.Ona tili kommunikativ kompetensiyasini egallashda ped texnologiyalarning samarasi.



1.O’qish kompetensiyasini egallashda qo’llaniladigan ped texnologiyalar.

1.Matematika kompetensiyasini egallashda qo’llaniladigan metod va didaktik o’yinlar.

Ta’limning barcha bosqichlarida ona tili o’qitishning asosiy maqsadi o’rganuvchilarning kundalik, ilmiy va kasbga sohalarda faoliyat olib borishi uchun kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iboratdir.

Ona tili kommunikativ kompetensiyasi-ona tili bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo’llash qobiliyatidir. Ona tili kompetensiyalari quyidagilar:




Lingvistik kompetensiya



Sosiolingvistik kompetensiya

kommunikativ kompetensiya



Pragmatik kompetensiya

Grammatik

kompetensiya


Ona tili fanida o’quvchilkarni fonetika, leksikologiya, so’z tarkibi, so’z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, bog’lanishli nutq bilan bog’liq atamalarni bilib borishlarida, o’rganib olishlarida o’qituvchi zamonoviy pedagogik taexnologiyalarni to’g’ri foydalanishi kerak. Ona tili darslarining samaradorligini oshirish, unda o’quvchilarni faollashtiradigan, mantiqiy fikrlashga undaydigan metod va usullarni ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.

Ona tili fanlarida “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Bumerang metodi”, “So’z ichida so’z” o’yini, “Sirli kataklarni to’ldir” o’yini, “Quvnoq alifbo” o’yini, “So’zni toping” o’yini, “Men o’ylagan so’zni topib ayting”, “Nazoratchi harf”, “Domino”, “So’zlar ko’zguda”, “So’z juftlarini davom ettir”, “Xato qilma”, “Sirli kataklarni to’ldir”, “Ha- yo’q”, “Sehrli so’z”, “O’z joyini top”, “Zanjir”, “Aql charxi”, “Noto’g’ri jumla” “Bo’lishi mumkin emas” kabi ta’limoy o’yinlardan foydalanilsa o’quvchi mavzuni o’zlashtirishi osonlashadi, qiziqarli bo’lishi bilan, ularni ziyrak, sinchkov bo’lishga ham undaydi.

Masalan “Xato qilma” ta’limiy o’yinida o’qituvchi biror narsani yoki uning rasmini ko’rsatadi. O’quvchilar uning nomini aytadilar va so’z necha bo’g’inli bo’lsa, o’sha son yozilgan kartochkani ko’rsatadilar. M: Olamaxon-3soni.Bu o’yin orqali bo’g’inni o’rganishlari oson kechadi.

Bumerang metodi” biror mashqda berilgan hikoyadan foydalanib shaxs va narsaning belgisiga doir o’qituvchi savol aytadi va koptokni o’quvchiga beradi. O’quvchi o’sha matndan foydalanib, belgini bildirgan so’zlarni topib, koptokni qaytaradi. M: Qanday? A’lo, iqtidorli,

Ona tili ta’limi o’quvchilarda tafakkur qilish faoliyatini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Moychechak” o’yini. Bu o’yinda moychechak rasmi chiziladi yoki tayyorlangan maketi qo’yiladi. Moychechak o’rtasida savol yoki topshiriq beriladi. O’quvchi gul yaproqlarga javob yozadi. Bu o’yin kichik guruhlarda yoki a’lohida baharilishi mumkin.


O’ttiz beshta?

Sakkizta

Nechta?

Bitta

Ona tili fanidan o’zlashtirish natijalari.

O’qish fanidan adabiy-nutqiy kompetensiyalarni egallashida , o’quvchilarning ifodali o’qish, mazmunini tushunib o’qish, yoddan ifodali o’qish kabi ko’nikma , malakalarini shakllantirib borishda , ularning mustaqil, ijodiy fikrlashni rivojlantirishda, vatanparvarlik va milliy g’ururni shakllantirish, umuminsoniy qadryatlar ruhida tarbiyalashda ilg’or padagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish juda o’rinlidir.

O’qituvchi darsda boshqaruvchi, o’quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog’i zarur.Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni yoshi va bilim saviyasini hisobga olib, oddiy,oson va vaqt kam sarflanadigan o’yin mashqlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

O’qish va boshqa fanlarda ilg’or pedagogik texnologiyalar o’z ichiga bir qancha metod, didaktik o’yinlar va mashqlarni qamrab oladi. Bular: suhbat, og’zaki bayon, tarmoqlash, muammoli izlanish, munozara, kichik guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, “Sinkveyn”, “Zig-zag”, “T-chizmasi”, “Birgalikda o’qish”, “BBB”, “Kalit so’z”, “Topib o’qi”, “Sonlar tilsimi”, “Chala xat”, “Qarsak”, mashqlari, rebus va boshqotirmalar. Ulardan samarali foydalanish o’quvchilarning mantiqiy fikrlash va hozirjavobligini o’stirib, ta’lim olish sifati va bilim samaradorligini oshiradi.

“T-chizma” usulida o’quvchilarni munozaraga chorlaydi. Javoblar bir-biriga zid yoki taqqoslab yoziladi. Masalan qish fasli haqidagi matn o’qilgandan so’ng ,T-chizmasini chizib qishning afzalliklari va salbiy tonomlarini ko’rsatib beradi.



Oppoq qor yog’adi. Havo juda sovuq bo’ladi.

Tabiat dam oladi. Yo’llar sirpanchiq bo’ladi.

O’qish fanidan o’zlashtirish natijalari.

Boshlang’ich maktabda matematika ta’limi o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o’z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo’llash hamda ta’limda belgilangan kompetinsiyalarga erishishda darslarga tayyorgarlik va to’g’ri tashkil etish nuhim ahamiyat kasb etadi.Dars jarayonida ilg’or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyali multimedia ilovalaridan foydalanish o’quvchilarning og’zaki va yozma matematik nutqi, tafakkuri, diqqati, xotirasi hamda matematik tushunchalarini boyitadi.

Interfaol metodlarni ta’limda ko’zlangan maqsadga to’g’ri tanlash darsning qiziqarli o’tishi va samaradorligiga yordam beradi. Matematika fanida “3x4”, “4x5”, “6x6” metodlari kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan. “Tarmoqlash”, “Blits-so’rov”, “Tushunchalar tahlili”, “Zig-zag” metodlari bilan birga “Davom ettir”, “Tez javob”, “Antiqa rassom”, “Mosllashtiruv”, “Kim chaqqon” “Mohir quruvchi”, “Tangram” kabi didaktik o’yinlar bolalarning aqliy faoliyatiga tezroq kirishishlariga va qiziqishlarinioshirishga sabab bo’ladi.



Matematika fanidan o’zlashtirish natijalari.


13+7

28-8

15+5

20


Xulosa qilib aytganda ta’lim jarayoniga yangilik olib kirish va joriy etish bugungi boshlang’ich sinf o’qituvchisining asosiy vazifasidir. Demak, har bir o’qituvchi izlanishi, bugungi kun talablari asosida o’zini o’zi tarbiyalashi, o’z ustida tinmay izlanishi, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o’zlashtirishi va ta’limda qo’llay olishi kerak.


Download 46,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
covid vaccination
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti