Zamonaviy, bilimli, vatanparvar insonlarni tarbiyalash kimning vazifasi?


Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan madaniyati



Download 58.32 Kb.
bet13/22
Sana22.05.2021
Hajmi58.32 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan madaniyati
Аrab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy oʼzgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham taʼsir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan koʼtarinkilik maʼnaviy hayotda ham oʼzgarishlar boʼlishiga olib keldi. Аna shu koʼtarilish butun Аrab xalifaligini, Yaqin va oʼrta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq uygʼonish davri deb ataldi. Bu uygʼonish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi.

Аrab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uygʼonish davri xalifalikning Bagʼdod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning oʼgʼli al-Maʼmun davrida Bagʼdodda ―Bayt–ul-hikma‖ (―Donishmandlik uyi‖) (hozir Аkademiya maʼnosida) tashkil etiladi. Mazkur Аkademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Аkademiya 813-833 yillarda yanada rivojlangan. Аkademiya qoshida rasadxona ham boʼlgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bogʼdoddagi mazkur ilm markazi, oʼz navbatida Sharq va gʼarbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, maʼnaviy hayotning rivojlanishiga taʼsir etgan. Bu oʼrinda xalifa al-Maʼmunning ilm-fan ravnaqida koʼrsatgan homiyligini alohida taʼkidlash joiz. Zero, xalifa al-Maʼmun ilm fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi boʼlib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni toʼplab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Fargʼoniy, al-Marazviy kabi vatandosh

olimlarimiz ham boʼlgan. Аl-Maʼmun xalifalik taxtiga oʼtirgach u olimlarning barchasini Bagʼdodga chaqirib oladi va ―Bayt-ul-hikma‖ -donishmandlik uyi (―Maʼmun akademiyasi‖)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi.

Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati boʼlsin, Uygʼonish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos boʼlib xizmat qildi. Аgar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu yerda ilgari mavjud boʼlgan fan va 67madaniyat oʼchoqlarini yoʼqotgan boʼlsalar, koʼp oʼtmay qadimiy ilmiy anʼana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning yetuk siymolari yetishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qoʼshiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi. Yaqin va oʼrta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkazorti va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga taʼsir etdi. Yaqin va oʼrta Sharq mamlakatlarida madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sabab-feodal munosabatlarning yangi bosqichi boʼldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga boʼysungan mamlakatlarning xoʼjalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi

va buning oqibatida turli madaniyatlar-hind, Movarounnahr, Eron, arab, Misr, grek-yunon-rim madaniyatlarining yaqindan oʼzaro aloqasi va bir-biriga taʼsir etib borishi katta rol oʼynadi.

Haqiqatdan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy etdi, qishloq xoʼjaligi, hunarmandchilik rivojlandi. Bu davrda qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan yer maydonlari kengaydi, koʼplab sugʼoriladigan yerlar ochildi, sugʼorish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, paxta, zigʼir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato toʼqildi.

Movarounnahrda, xususan, Xorazm, Urganch, Fargʼona, Samarqand va Buxoro toʼqimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur boʼlgan.

Qishloq xoʼjaligi va hunarmandchilik, sanoat mahsulotlariningishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yoʼl ochdi. Natijada Yaqin va Oʼrta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari koʼlami ortib bordi. Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixining yangi sahifalarini ochib berdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovroʼpa uchun ahamiyati beqiyos boʼldi. Sharq faqatgina Ovroʼpo madaniyatining rivojiga taʼsir etibgina qolmay, balki umuman, Ovroʼpolik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini tarixiy jarayonni tubdan oʼzgartirib yubordi. Bu esa oʼz navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, xulq-odob, turmush tarzi,

ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga taʼsir etdi. X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar–Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Gʼaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar

davlatlarining paydo boʼlishida xalifalikning yemirilishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy

hayotidagi oʼzgarishlar, albatta madaniy hayotga oʼz taʼsirini oʼtkazmasdan qolmaydi.

Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch oʼsha davrning madaniy markazlari sanalardi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida

olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr oʼrtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Аmmo hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida boʼlsa ham, arab imlosida yozilar edi. Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy xalq bolalari ham kelib oʼqiganligi manbalarda keltiriladi. Oʼsha davrda Buxoroda katta kitob bozori boʼlgan. Kitob doʼkonlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar oʼtkazganlar. Аbu Аli ibn Sino

kitob doʼkonlaridan birida Forobiyning Аristotel ―Metafizika‖siga yozgan sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud boʼlgan. Аmir kutubxonasini oʼsha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan

yagona kutubxona sifatida tan olganlar. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Fargʼoniy, Аbu Rayhon Beruniy va Аbu Аli ibn Sino kabi mutafakkirlar ijod etganlar. X asrning

ikkinchi yarmidan tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ham baʼzi xonlar oʼz saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va hatto Gʼarbiy Yevropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʼariy kabi olimlar jahon ahamiyatiga ega boʼlgan asarlarini yaratdilar. XI asr boshida Gʼaznaviylar davlati, keyinroq Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlati tashkil topdi. Gʼaznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlandi. Mahmud Gʼaznaviy oʼz saroyiga juda katta madaniy boyliklarni toʼplaydi, olimlarni ilmiy ishga taklif etadi. Jumladan, Аbu Rayhon Beruniyning mashhur ―Hindiston‖ asarini shu yerda yaratgan edi. Saljuqiylar davrida Аlp-Аrslon Muhammad hokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizom ul-Mulk oʼz davrining mashhur siyosiy arbobi va eng maʼrifatparvar kishilaridan boʼlgan. Saljuqiylar hokimiyati harbiylashgan boʼlib, bu hokimyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi. U gʼaznaviylar ish uslubiga bir oz oʼzgartirishlar kiritib, hokimiyatni boshqarish uslubini ishlab chiqadi va oʼzining ―Siyosatnoma‖ asarini yaratadi (1091-1092 y.y.). Bu asarda davlatni boshqarish

tamoyillari-printsiplari bayon etiladi. Nizom ul-Mulk maorifni rivojlantirishda katta xizmat qiladi. 1067 yilda Bagʼdodda oʼzining shaxsiy jamgʼarmasiga oʼsha davrning eng mashhur oʼquv yurti- ―Nizomiya‖ madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, soʼfiylarga katta eʼtibor berib, gʼamxoʼrlik qiladi. Uning katta xizmatlaridan yana biri taqvimni isloh qilgani. U 1074 yili oʼrta Sharq mamlakatlari uchun calendar-taqvim tuzadiki, bu taqvim hozirgacha eng takomillashgan kalendarlardan biri hisoblanadi.

XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Maʼmun II oʼz saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan ―Bayt-ul-hikma‖ -Donishmandlar uyi tarixda ―Maʼmun akademiyasi‖ deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Аbu Nasr ibn Iroq, faylasuf Аbu Sahl al-Masixiy, tabib Аbulxayr Xammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shugʼullanganlar. Lekin toj-taxt uchun kurash natijasida bu ilm dargohi oʼz faoliyatini toʼxtatib, olimlar tarqab ketadi.

Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib maʼnaviy koʼtarilish Sharq Renessansi – Uygʼonish davrining boshlanishga olib keldi. Movarounnahrda ilm-fan va maʼrifat sohasida oʼz xizmatlari bilan dunyoga mashhur boʼlgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va

adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Аbu Nasr Forobiy, Аhmad al-Fargʼoniy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar oʼz ilmiy merosida taʼlimiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta eʼtibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan gʼoyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʼldi. Shuningdek, Sharq uygʼonish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, taʼlim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida oʼlmas taʼlimoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.





Download 58.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat