Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari



Download 91.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.08.2021
Hajmi91.07 Kb.
  1   2   3   4   5


1-mavzu.“Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari” faniga kirish 

 

Reja: 



 

Asosiy tushunchalar. Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari  fani va uning 

asosiy bo‘limlari. Kursning maqsadi, vazifasi va asosiy tushunchalari. AKTni jamiyatni 

axborotlashtirishdagi  o‘rni va axborot tizimlarda qo‘llanishi.  AT  turlari va ularning 

funksiyalari, ularni tashkil etishda talab etiladigan texnik, dasturiy va boshqa turdagi ta’minot 

toifalari. Zamonaviy AKTning tashkil etuvchilari va jamiyatdagi o‘rni. 

 

«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy  dasturi»ning qabul 



qilinishi O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini keng miqyosda isloh qilishning boshlanishi 

bo‘ldi. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) shiddat 

bilan kirib kelishi bilan birga, u ta’limning samaradorligini oshirishda eng qulay omillardan biri 

bo‘lib qolmoqda. Ta’lim tizimini dunyo  standartlari darajasiga yetkazish ushbu islohotning 

muhim vazifalaridan biridir. Jahonda zamonaviy ta’limning xarakterli tomoni shundaki ta’limni 

axborotlashtirish va axboriy jamiyatning ehtiyojini hisobga  olgan holda kadrlarni tayyorlash 

hisoblanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi  ta’limida ham ro‘y bermoqda, axborotlashtirish 

sohasidagi davlat siyosati  «axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot 

tizimlarini  rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jaxon  tamoyillarini hisobga 

olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan»

1

. SHuning uchun ham ilg‘or 



mamlakatlar ta’lim tizimida  kompyuter  texnikasidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan unumli foydalanishga qaratilgan izlanishlar to‘xtovsiz kechmoqda. Ushbu 

holatlar kadrlarni tayyorlash tizimida informatika fanining o‘rnini muhimligini ko‘rsatib beradi. 

Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri –  bu axborotkommunikatsiya texnologiyasidir. 

Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima kilganda san’at, maxorat, bilish ma’nolarini anglatadi, 

bular esa o‘z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar -  bu qo‘yilgan maqsadga erishish uchun 

ma’lum harakatlar majmuasidir. 

Axborot texnologiyasi –axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni 

tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.  

Ayni paytda axborot texnologiyasi haqida fikr yuritganda «yangi», «kommunikatsion» 

yoki «zamonaviy» so‘zlarini ko‘shib ishlatiladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya 



texnologiyasi  (AKT)-bu zamonaviy kompyuterlar va telekomunikatsion vositalaridan 

foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «do‘stona» interfeysga ega bo‘lgan axborot 

texnologiya demakdir.  

AKT rivojlanish bosqichlari: 1. Masala turi va ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni 

buyicha:  

1-  bosqich  (60-70 y) -  ommaviy foyidalanish rejimi asosida hisoblash markazlarida 

ma’lumotga ishlov berish.  



2-  bosqich  (80 yillardan boshlab) -  strategik masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan 

informatsion texnologiyalarni yaratish. 2. Jamiyatni axborotlashtirish yo‘lida turgan muammolar 

bo‘yicha:  

1- bosqich (60 yillarning oxiri) apparat vositalari imkoniyatlarining cheklanganligi sharti 

ostida katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berish muammosi.  



2-  bosqich  (70 yillarining oxirigacha) IBM 1360 rusumli EHMlarni keng tarqalishi. 

Ushbu bosqichning muammosi-dasturiy ta’minotning apparat vositalari rivojlanishi darajasidan 

orqada qolishi.  

3-  bosqich  (80 yillarning boshidan) -  kompyuter  professional bo‘lmagan 

foydalanuvchining quroliga aylanadi, informatsion tizim esa uning qarorini qabul qilish uchun 

qo‘llab-quvvatlovchi vosita bo‘lib qoladi.  

                                                            

1

 Ўзбекистон Республикаси «Ахборотлаштириш ҳақида» Қонун // Халқ сўзи. 11.12 2003 й. 




4-bosqich  (90 yillarning boshi) -  tashkilotlararo zamonaviy texnologiyalar va 

informatsion tizimlarni yaratish. Ushbu bosqichning muammolari juda ham ko‘p. Ulardan 

muhimlari:  

kompyuter aloqasi uchun protokollar;  



strategik ma’lumotlarga kirish imkoniyatlarini tashkil qilish;  

ma’lumot xafsizligi va himoyasini tashkil qilish.  



Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga:  kompyuter, skaner, 

videoko‘z, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron 

pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqlari, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar 

omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.  

Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda 

o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi: -  kompyuter, shuningdek, printer, 

modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia 

proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti; - 

uskunaviy dasturiy ta’minot;  

-  virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik 

xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;  

- axborotlar majmui — ma’lumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.;  

-  texnik ko‘nikma trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan 

ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zlashtirish va h.k.).  

Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir. Hozirgi 

kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to‘rt yo‘nalishda: - o‘rganish ob’ekti sifatida;  

- o‘qitishning texnik vositalari sifatida;  

- ta’limni boshqarishda;  

- ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda.  


Download 91.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat