Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Jumaev M.E. va boshq. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. (Oliy o’quv yurti



Download 499.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana15.05.2021
Hajmi499.44 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Jumaev M.E. va boshq. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. (Oliy o’quv yurti 

talabalari uchun darslik) — T:. «Fan va texnologiya», 2005-yil. 

 



 

62 


muvaffaqiyatli  yechilishida  katta  ahamiyatga  ega.  Fazoviy  munosabatlar  haqida 

tasavvurlar  hosil qilish va ularda boshlang’ich sinflarda geometriya  elementlarini  

o’rganishda foydalanish geometrik tushunchalar mazmunini o’zlashtirishga imkon 

beradi,  atrof  muhitni  butun  rang-barangligi  bilan  xis  qilishga  olib  keladi,  real 

mavjud dunyo  haqida  bilimlardan  asta-sekin  abstrakt-geometrik  dunyoga, fazoviy 

tafakkur  rivojiga,  o’quvchilarining  umumiy  rivojlanish  darajasining  yuksalishiga 

olib  keladi.  Shu  bilan  birga  shunga  e’tibor  berish  kerakki,  bunda  geometrik 

figuralar  ustida  amallar  bajarish  mumkin  bo’lgan  ob’ektlar  ekanligini  nazarda 

tutish  va  o’quvchilar  tomonidan  uning  qanday  qabul  qilinishiga  e’tibor  berish 

kerak, hamda o’quvchilarini mantiqiy bog’lovchilar bilan tanishtirishni unutmaslik 

kerak.  

Hozirgi  vaqtda  maktablarda  qo’yilgan.  Yangi  talablar  asosida  matematik 

boshlang’ich  ta’lim  mazmuni  va  metodikasini  takomillashtirish  yo’llari 

izlanmoqda, shu jumladan geometriyani ham. Ko’p ilmiy tekshirishlar qilayotgan 

pedagog-  metodistlar  ta’lim  va  tarbiya  mazmunini  yangilashning  yo’llarini 

predmetlar  aro  integratsiyasidan  izlashmoqda.  Bunday  metodga  misol  bo’lib, 

“Matematika va uni qurish” deb ataluvchi boshlang’ich sinflarning o’quv rejalariga 

kiritilgan  kurs  xizmat  qiladi.  Bu  kurs  integratsiyasi  g’oyasining  ifodasi  bo’lib, bu 

g’oyani  amalga  oshirish  uchun  ular  boshlang’ich  maktabning  ikkita  predmetini 

mualliflari  tanlanadilar:  matematika  va  mehnat.  Bu  metodika  o’quvchilarni 

boshlang’ich  matematika  ta’limining  asos  bo’luvchi  darajasini  ta’minlaydi, 

mantiqiy  fikrlash  va  fazoviy  tasavvurlarni  rivojlantiradi,  ularning  geometrik 

bilimlarini  kengaytirish,  bilan  birga  parallel  holda  bolalarning  konstruktorlik 

(qurish)  qobiliyatlarini  o’stiradi.  Bu  integratsion  metod  “matematika  va 

konstruksiyalash”  metodining  eng  muhim  hususiyatlaridan  biri  uning  geometrik 

yo’nalishi bo’lib, u bolalarning geometrik tasavvurlarini rivojlantirish va boyitishni 

maqsad  qilib  olgani  hamda  o’quvchilarning  grafik  savodxonligini,  konstruktorlik 

tafakkurini  va  konstruktorlik  malakalarini  rivojlantiruvchi  baza  yaratishdir. 

Geometrik figuralarni o’zlashtirish maqsadida qator amaliy topshirliqlar sistemasi 

tuziladiki, o’rganilayotgan geometrik figuralar modellarini tayyorlash va ularning 




 

63 


asosiy  xossalarini  torish,  o’rganilgan  geometrik  figuralarni  narsa  va  ob’ektlardan 

bolalarni o’rab olgan atrof muhitdan va ulardan keyinchalik amaliy- konstruktorlik 

vazifalarini  bajarishda  foydalanish  bo’lib,  bu  topshirliqlarning  qiyinlik  darajasi 

metod qo’llash davomida ortib boradi. Bunday xarakterdagi masalalarni yechishda 

sanoq  cho’plardan,  qog’oz  karton  varog’idan,  plastilindan,  yumshoq  simdan  va 

hokazolardan foydalaniladi. 

Masalan,  3-sinf  matematika  darsligidagi  858-geometriyani    o’rganishga  doir 

masalani ko’rish mumkin.  

Shakllarning nomlarini ayting: 

 

  Berilgan  masaladagi  geometrik  figuralarni  o’quvchilar  o’z  qo’llari  bilan 



mehnat  darslarida  yumshoq  simdan  tayyorlashlari  mumkin.  O’quvchilar    o’zlari 

yasagan figuralar nomlari, xossalari haqida mukammal bilimga va aniq tasavvurga 

ega bo’ladilar.  

  Bolalar  asosiy  qurollar:  chizg’ich,  ugolnik    (goniya),  sirqo’l,  qaychi  va 

boshqalardan  foydalanishni  o’rganishadi.  Bu  usulning  maqsadi  o’rganilayotgan 

geometrik tushunchalarni va munosabatlarni o’quvchi tomonidan turli usullar bilan 

modellashga  o’rgatishdan  iborat,  bu  esa  o’quvchilarning  geometrik  tasavvurlarini 

shakllantirishga  va  fazoviy  tafakkurlarni  rivojlantirishga  xizmat  qiladi.  Bu  metod 

orqali  geometrik  material  harakat  g’oyasi  bilan  sug’orilgan  holda  miqdorlarni 

o’lchash va ular ustida amallar bilan bog’lanadi. 




 

64 


 Darslikdagi  1031-masala  ko’rishimiz  mumkin.  Masala  sharti  quyidagicha: 

rasmda  qanday  shakllarni  ko’rayapsiz?  Masaladagi  naqshni  o’quvchilar  rangli 

qog’ozdan qirqib tayyorlashlari mumkin. 

 

Chizib,  qirqib,  modellar  orqali  bolalar  geometrik  figuralar  va  ular  xossalari 



bilan tanishadilar. Bu metodda geometrik material mustaqil ahamiyat kasb etib uni 

o’rganish  kichik  yoshdagi  o’quvchilarning  ongiga  nafaqat  yetarli  darajada  to’liq 

geometrik tasavvurlar sistemasini shakllantirishga, hamda:  

a)  o’quvchilarning  umumiy  rivojlanishiga,  ya’ni  ular  intellektining 

irodalarning ruhiy talablarining rivojlanishiga; 

b)  bolalarda  aqliy  faoliyatning  asosiy  usullari  analiz,  sintez,  taqqoslash, 

abstraksiyalash, konkretlashtirish, umumlashtirish, klassifikatsiyalash, qabul qilish, 

eng sodda konstruksiyalarni bajarish; 

v)  olingan  geometrik  bilimlarni  amaliyotga  qo’llay  bilish  malakalarining 

rivojlantirishga;  

g)    o’quvchilarning  bilish  faoliyatlarining  rivojlanishiga:  diqqat,  tasavvur, 

qabul qilish, kuzatish, eslash, fikrlash; 

d) miqdorlar va ular birliklari bilan tanishish uchun qaratilgandir. 

Mehnat  va  matematika.  Mehnat  ta’limi  darslarida  o’quvchilarni  to’g’ri 

burchak,  perpendiqo’lyar    va  parallel  chiziklar,  to’g’ri  burchakli  uchburchak  va 

to’g’ri  turtburchak  kabi  turli  geometrik  shakllarni  hosil  qilishga  oid  tushunchalar 

zarur  bo’ladi.  Bulardan  tashqari,  o’quvchilar  mehnat  darslarida  simmetriya  o’qi, 

shakllarni  simmetrik  joylashtirish,  aylana,  uni  bo’laklarga  bop’lish,  urinmalar 

o’tkazish,  chizg’ich,  go’niya,  transportir,  burchak  o’lchagich,  sirkul  kabi  turli 

asboblar  yordamida  detal  yoki  buyumlarning  burchaklarini,  yoy  markazlarini, 

to’g’ri  va  egri  chiziqli  boshqa  o’lchamlarini  aniqlashlariga  to’g’ri  keladi.  Bunday 

paytlarda  geometriyaga  oid  bo’lgan  bilimlar  zarur  bo’ladi.  Binobarin,  maktab 

geometriya  kursida  chizish  va  o’lchash  qurollaridan  foydalanish,  yuzalarni 



 

65 


almashtirish  kabi  ishlarni  bajarishda  katta  imkoniyatlar  mavjud.  Vazifa  shulardan 

mehnat  ta’limi  mashg’ulotlarida  o’rinli  foydalanishdan  iborat.  Shuningdek, 

berilgan  buyumlarning  uzunligi,  eni,  balandligi,  yuzasi,  hajmi  kabi  turli 

o’lchamlarni aniqlash, qancha material, vaqt sarf bo’lishini hisoblash kabi ishlarni 

bajarishda esa arifmetikaga oid bilimlar zarurdir.   

Integratsiya  fanini  takomillashtirish  haqida  nazariy  bilimlar  tizimini, 

shuningdek  dastur bilan  aniqlanuvchi qator  ko’nikma  va  malakalarini  egallashlari 

kerak.  

Mehnat  ta’limi  darslarida  o’quvchilarni  ilmiy  dunyoqarashlari  kurtaklariga 

asos  solinishi  kerak.  Kursni  o’rganish  o’z  vatanini  sevuvchi,  jamiyatimizning  

ulug’vor  maqsadlarini  anglab  yetuvchi,  o’z  halqining  oliy  maqsadlarini  hayotga  

tadbiq  qilish  uchun  o’z  bilimlarini  berishga  tayyor  kishilarni  tarbiyalashdek 

vazifalarni amalga oshirishga yordam berishi kerak.  U shaxsning mehnatsevarlik, 

puxtalik  kabi  hislatlarini  shakllantirish  vazifasini  hal  qilishi,  talabalarning 

irodasini,  diqqatini,  tasavvurlarini,  o’quv  mehnatiga  ijobiy  munosabatni    har 

tomonlama taraqqiy yetishiga yordam berishi kerak.      

Kursning  rivojlantiruvchi  maqsadlari:  bu  kursni  o’rganish      o’quvchilarning  

bilimlarni  ongli  va  umumlashtirishning  yetarlicha  yoqori  darajasida  egallashlarini 

ta’minlashi  kerak.  Bunga  erishish  uchun,  ta’lim  rivojlantiruvchi    bo’lishi  kerak, 

ya’ni,  talabalar    aqliy  taraiyotining      etarlicha  yoqori  darajasini,  ularning  bilishga 

oid qobiliyatlari va qiziqishlarini  ta’minlashi, ularni bilishga oid  faoliuat usullari 

bilan qurollantirishi kerak.                                                                  

O’qitish  jarayonida  fanlararo  aloqalar,  har  xil  fanlarni  (turli)  o’qitishda  aniq 

uzviylikni  ta’minlash  va  har  bir  fanning  murakkab  ko’p  qirrali  jarayonida 

egallagan o’rnini belgilaydi. 

 Umumta’limiy,  borliq  va  jamiyatning  rivojlanishi  va  harakati  qonunlari 

haqida  tasavvur  qilish,  psixologik,  ta’limning  huquqiy  tuzilishi,  shaxsning 

shakllanishi 

psixologik 

muhimligi; 

pedagogik 

fanlar, 


yuqori 

malakali 

mutaxasislarni  ta’lim  va  tarbiyasi  usullari,  shaxsni  shakllanish  tamoyillarini 

belgilaydi. 




 

66 


Hamma  fanlarni  uchta  asosiy  guruhlar  bo’yicha  klassifikatsiyalashtirish:  har 

bir fanning xususiy metodikasini pedagogika, psixologiya, ijtimoiy va korrektsion 

pedagogika bilan bog’lash mumkin; har bir fanning ish dasturini «Fanlararo aloqa» 

bo’limida rasmiylashtirish, har bir mavzuda darslik nomi, muallifning ismi-sharifi, 

axborot mazmuni darslikning qaysi betda ekanligi, aniq ko’rsatish kerak. 

Integratsiyalashgan  rejalashtirish  quyidagilardan  iborat:  har  bir  o’quvchining 

qiziqishi  va  talabini  o’rganish  va  muhokama  qilishning  qisqa  muddatli 

rejalashtirishini  ishlab  chiqish;  rejalashtirishda  hisobga  olinadigan  faktorlarni 

o’rganish. 

Mehnat  ta’limi  darslari  bolalarning  rivojlanish  darajasini  aniqlaydi,  guruh, 

tavsifi  (sinf),  guruhning  qiziqishini  hisobga  oladi,  bolalarning  yoshi  va 

qiziqishlarini aniqlaydi, bolalarning individual rivojlanishini hisobga oladi. 

Fan  sikllari  integratsiyasiga  qiyidagilar  kiradi:  matematik  mashg’ulotlarining 

integratsiyasi  (ona  tili,  o’qish,  matematika,  mehnat)  tovush,  bo’g’in,  so’z,  gap, 

miqdorlar  ustida  ishlash,  bayon  ketma  -  ketligida  grammatik  tahlil  -  birinchi, 

ikkinchi, uchinchi va h.k. 

Mantni gapirib berish va o’qishda voqe’alar sanasi bilan muallifning tug’ilgan 

yili  va  ijodiy  faoliyati  haqida  so’zlab  berish  va  matematik  topshiriqlar,  hikoyalar 

ertaklar  va  h.k.  larning  og’zaki  bayoni  hamda  fanlararo  aloqalar  asosida  bilish 

faoliyatini  faollashtirish:  aniqlash,  taqdim  etish,  umumlashtirish,  tavsiya  etish  va 

h.k. 

Tabiiy  -  ilmiy  ma’lumotli  bo’lish,  gumanitarlashtirish  kontseptsiyasi. 



Kontseptsiya  asosida  zamonaviy  jamiyatning  ma’naviy  yetukligi,  uning  ekologik 

bilim  saviyasiga  bog’liqligini  ko’rsatish,  faqat  ilmiy  asoslangan  tabiatdan 

foydalanishgina  insoniyatning  keyingi  rivojlanish  yo’lini  belgilab  beradi; 

ergashtiruvchi  g’oyalarni  ochish;  tabiatning  yaxlitligi  va  izchilligi;  o’zaro 

manfaatdor  g’oyalar  «tabiat  -  inson»  insonning  kosmik  mavjudot  ekanligini  va 

tabiatdan foydalanishda ilmiy asoslanganlikning muhimligi; 

Tabiatning bir butunligi va tizimliligini tahlil qilish. Inson va tabiatning o’zaro 

bogliqligi  g’oyasi.  Tabiatdan  foydalnishni  ilmiy  tomondan  asoslash  va  «inson-




 

67 


tabiat» sistemasini garmonizatsiyalash g’oyasi. 

Dunyoning bilishda boshlang’ich tafakkur  tizimini shakllantirish. 

Tabiatni  o’rganish  tizimining  birligi,  unda  kechadigan  holatlarning, 

qonuniyatlari  va  o’qitish  tizimida,  tabiatning  ob’ekt,  vo’qea  va  hodisalar  haqida 

bilimlarni shakllantirish, laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayonida bilim va 

malakalarni, hamda kuzatish qobiliyatlarini shakllantirish. 

Tabiatning bir butunligi va tizimliligini tahlil qilish. Bugungi kunning dolzarb 

muammosi  bo’lgan  ekologik  ta’lim  va  tarbiyani  berishning  «tabiat  va  inson» 

munosabatlari  tizimi  haqida  o’quvchilarda  aniq    tasavvurlarni  va  ishonchni 

shakllantirish,  mavhum  tafakkur  va  umumiy  bilimlarni  analiz  va  sintez  qilish 

yo’llari hamda shu asosda abstrakt tafakkur va umumiy bilimlarni shakllantirish. 

Estetik  mashg’ulotlar  integratsiyasi.  Jamiyatning  barcha  hayotiy  faoliyat 

yo’nalishlarida  estetik  tarbiya  va  ta’lim  kontseptsiyasi  tushunchasi  va  uning 

mazmunini  ochib  berishda  asosan,  avlodlar  orasidagi  aloqani  tiklash,  eng  asosiy 

omil  insoniyatning  ma’naviy  tajribasini  o’rganish  hisoblanadi.  San’at  himoya 

vositasi  o’rnida  qo’llaniladi,  bolani  buzg’unchi  va  yovuz  g’oyalar  ta’siridan 

«himoyalaydi».  San’at  o’quvchilarga  dunyoni  umumiy  tasavvur  etishiga  yordam 

beradi, har xil hayotiy holatlarda to’g’ri yechimni qabul qilishi o’rganiladi. 

San’at  fanlarini  o’qitishda  al’ternativ  tizimdan  foydalanish  yo’llari. 

O’quvchilarning  bilish  faoliyatining  faolligi,  ularning  san’atga  qiziqishlari 

(integrativ mashg’ulotlar) san’atning bir qismi sifatida o’rganiladi. 

Fanlar integratsiyasi. Adabiy o’qish, tasviriy san’at va musiqa uchun umumiy 

bo’lgan maqsad, didaktik tamoyillariga ega, har xil san’at turlarini saqlagan holda, 

o’quvchilarning  individual,  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olish,  bola  tomonidan 

borliqni, dunyo go’zalligini to’la qonli qabul qilishga o’rgatish. 

Fanlar integratsiyasini ishlab chiqish. Bunda adabiy o’qish, tasviriy san’at va 

musiqa fanlarining asosiy yo’nalishi adabiy o’qish bo’lib, o’quv materialining har 

bir  bosqichida  ta’limiy,  rivojlantiruvchi  va  tarbiyaviy  maqsadlarni  amalga 

oshirishni kuchaytirish nazarda tutiladi. 

Integratsion  ta’lim  tizimi  orqali  tarbiyalash.  O’zbekistonning  qadimgi  tarixiy 




 

68 


shaharlari  (Samarqand,  Buxoro,  Xiva,  Shahrisabz  va  h.k.)  rivojlanish  davridan 

boshlab  o’zbek  xalqining  boy  tarixi  va  madaniyatining  ta’siri  va  ahamiyatini 

ko’rsatish.  Inson  qalbidagi  nozik  torlarni  chertish,  butun  borliqqa  nisbatan  ruhan 

uyg’otishda  tarixiy  shaharlarning  o’rnini  aniqlash  asosida  o’zida  shundan 

faxrlanish va g’ururlanish hislarini tarbiyalaydi. 

Tarbiyani integratsiyalashgan ta’lim orqali tashkil etishning usul va shakllari. 

O’qitishning  noan’anaviy  ekskursiya  darslari,  musobaqa  va  viktorinalar,  ijodiy 

laboratoriya  va  «aylana  stol»  darslari,  sahnaviy  ko’rinish  darslari,  ko’rgazmali 

darslar. 

Ta’lim  uslublari.  O’qituvchi  va  o’quvchi  dialogi,  mustaqil  fikrlash  va  o’z 

fikrini  bayon  qilish.  Keksalar  bilan  suhbatlashish  asosida  davr  tarixi,  madaniyati, 

urf  -  odatlari,  an’analari  haqida  suhbatlashish,  shu  suhbatlar  orqali  ularni  o’z 

shahrini  sevish  va  ardoqlashga,  shahar  nomini  mag’rurlanib  gapirishga,  o’zining 

oilasi, xalqi orqali shu shahar tarixiga tegishli ekanligi bilan fahrlanishga o’rgatish. 

Qo’yilgan  topshiriqlar  asosida,  quyidagi  referat  mavzularini  ishlab  chiqish. 

Bilim olish, o’qitish,  tarbiyalash, shakllantirish integratsiyasi.  

Ta’lim  nazariyasi  va  qonuniyatlari,  umum  ilmiy  tushunchalarning  asoslari. 

Uslub  va  vositalar  jarayonining  integratsiyasi  vaqti  qisqartirilgan  o’qitish 

bilimlarining  hajmini  kengaytirish  maqsadidagi  bilim,  ko’nikma  va  malakalar 

integratsiyasi. 

 

 

 



 

 

 



 

 


Download 499.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat