Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana15.05.2021
Hajmi0,63 Mb.
#64418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
boshlangich sinflarda geometrik materiallarni orgatish metodikasi 3-4-sinf matematika darslari misolida

materialning mazmuni 

1.2  Boshlang’ich  sinflarda  geometrik  materialni  o’rgatishning  umumiy 

masalalari 

II  BOB  BOSHLANG’ICH  SINF  O’QUVCHILARINI  GEOMETRIK 

MATERIAL BO’YICHA BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH 

METODIKASI 

2.1  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  uzunlik  haqida  tasavvurlarni 

shakllanritish, uzunliklarni o’lchash malakalarni hosil qilish 

2.2  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  yuza  haqidagi  tasavvurlarni 

shakllantirish, yuzalarni o’lchash malakalarni hosil qilish usullari 

2.3  Boshlang’ich  sinf  matematika  kursida  geometrik  materialni 

o’rganishda fanlararo integratsiyadan foydalanish usullari 

XULOSA 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

 



 

 

 



Kirish 


 

   O’zbekiston    Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlangan 



“Davlat  ta’lim  standarti  to’g’risidagi  Nizom”ga  binoan  umumiy  o’rta  ta’lim,  shu 

jumladan,  boshlang’ich  ta’lim  bosqichi  uchun  ham  alohida-alohida  davlat  ta’lim 

standarti talablari va me’yoriy ko’rsatkichlari belgilab qo’yadi. 

   “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonunda  ta’kidlanganidek:  “Maktabning  birinchi 

sinfiga  bolalar  olti-yetti  yoshdan  qabul  qilinadi.  “Boshlang’ich  ta’lim 

konsepsiyasi”da  e’tirof  etilganidek,  olti  yoshga  to’lgan  har  qanday  bola  aqliy, 

ruhiy  hamda  jisminiy  jihatdan  maktabda  o’qish  uchun  tayyor  bo’lganida, 

maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta’lim berish uchun yetarli deb 

hisoblanganda  hamda  o’qituvchilar  pedagogik  va  psixologik  jihatdan  olti  yoshli 

bolalarni o’qitishga qodir deb topilganda maktabga qabul qilinadilar. 

   “O’zbekiston  Respublikasida  umumiy  o’rta  ta’lim  to’g’risida”gi  Nizomda 

ta’kidlanganidek: “Boshlang’ich ta’lim o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatining 

asosiy  malaka  va  ko’nikmalari,  ijodiy  fikrlash,  o’zini-o’zi  nazorat  qilish  uquvi, 

nutq  va  xulq-atvor  madaniyati,  shaxsiy  gigiena  va  sog’lom  turmush  tarsi 

asoslarining  egallab  olishini  ta’minlashga  da’vat  etilgan.  Shunday  ekan,  ushbu 

asosda  boshlang’ich  sinflarda  o’quvchilarning  umummadaniy  va  axloqiy 

ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim. 

Boshlang’ich  ta’lim  jarayoni  bolalarning  mantiqiy  tafakkur  qila  olish 

salohiyati,  aqliy  rivojlanishi,  duyoqarashi,  kommunikativ  savodxonligi  va  o’z-

o’zini  anglash  salohiyatini  shakllantirishga,  jismonan  sog’lom  bo’lishga,  moddiy 

borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy 

urf-odatlarni o’ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi. 

  Boshlang’ich  ta’lim  bosqichi  oldiga  qo’yilgan  vazifalarning  bajarilishini 

nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida boshlang’ich sinf 

o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichga erishishni talab qiladi 

va  o’z  navbatida,  bu  ko’rsatkichlarga  erishish  uchun  zarur  bo’lgan  ta’limiy 

xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi. Boshlang’ich ta’lim bosqichiga davlat va 

jamiyat  tomonidan  qo’yilgan  talabda  ta’lim  sohalari  bo’yicha  o’zaro  muvofiqlik, 

mutanosiblik,  uyg’unlik  to’la  ta’minlangan  bo’lmog’i  kerak.  Shu  jihatdan 



 

boshlang’ich talim standartini belgilash ta’lim jarayoning tarkibini xuddi shu tarkib 



komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida 

yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi



1

.  


    Boshlang’ich  sinf  o’quvchilariga  matematikadan  samarali  ta’lim  berilishi 

uchun bo’lajak o’qituvchi boshlang’ich sinflar uchun ishlab chiqilgan matematika 

o’qitish metodikasini egallab, chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  dolzarbligi    -    kichik  yoshdagi  o’quvchilarni 

geometrik  tushunchalarini  boyitish,  geometrik  terminlar  bo’yicha  nutqlarini 

o’stirish va matematika darslarida didaktik tamoillar yordamida  geometriyaga oid 

misol va masalalar yechish bo’yicha bilim va malakalarni oshirish. 

Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar 

nazariyasiga  tayanadi.  Chekli  to’plamlar  elementlari  orasida  o’zaro  bir  qiymatli 

moslik  o’rnatish  o’zaro  ekvivalent  to’plamlar  sinflarini  ajratish  imkonini  beradi, 

shu  bilan  birga  bu  sinflarning  har  birini  xarakterlovchi  umumiy  narsa-natural 

sonlarni  ajratish  imkonini  beradi.  Geometrik  material  boshlang’ich  sinflar  uchun 

mustaqil bo’lim sifatida o’quv dasturiga kiritilmaydi. O’quv jarayonida geometriya 

elementlarini o’rganish bilan bevosita bog’lab olib boriladi. 

   Geometrik  mazmundagi  masalalarni  yechish,  hisob-kitobga  o’rgatish 

davomida  geometrik  figuralardan,  didaktik  material  sifatida  foydalanish  - 

bularning  barchasi  o’quvchilarning  geometrik  taasurotlarini  mustahkamlashga 

imkon beradi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  -    boshlang‘ich  sinf  o’quvchilarini 

geometrik  tushunchalar  bilan  tanishtirish  va  geometrik  masalalarni  yechishga 

o’rgatishda  didaktik  tamoillardan  foydalanishni  amalga  oshirish  usullari  ishlab 

chiqishdir.  

Bu mavzuni yoritish jarayonida o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik: 

  Boshlang’ich 



sinf 

o’quvchilarini 

geometrik 

tushunchalar 

bilan 

tanishtirishning ahamiyatini nazariy hamda amaliy asoslash: 



  Boshlang’ich  matematika  kursida  geometrik  materialning  xossalaridan 

foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish; 



 



 

Boshlang’ich    sinf  o’quvchilarini  geometrik  materialga  oid  masalalar 

yechishga o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullarini ishlab chiqish; 

 



Boshlang’ich    sinf  o’quvchilarini  geometrik  materialga  doir  misollarni 

yechishga  va  tekshirishga  o’rgatishda  ko’rsatmali  vositalardan  foydalanishning 

ahamiyatini yoritib berish. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  obyekti  1–4  sinf  matematika  kursida 

geometrik  materillarni  o’rganishni    samarali  amalga  oshirishni 

takomillashtirish  jarayonidan iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  predmeti:    1–4  sinf  matematika 

darslarida  o‘quvchilarning  geometriya  elementlari  va  u  bilan  bog‘liq 

tushunchalar  haqidagi  tasavvurlar  shakllanishiga  olib  keluvchi  hamda 

yasashga  oid  geometrik  mazmundagi  masal alarni  yechishni  amalga 

oshirish usullarini ishlab chiqish

1

.  



Bitiruv 

malakaviy 

ishining 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish