Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibi. Reja



Download 94,5 Kb.
Sana09.01.2020
Hajmi94,5 Kb.
#32820
Bog'liq
yuridik va jismoniy shaxslarni soliqq


Aim.uz

Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibi.

REJA:


  1. Foyda solig’ini mohiyati, obyekti va solik to'lovchilar.

  2. Yuridik shaxslarni jami daromadini aniklash tartibi, solik imtiyozlari va stavkasi.

  3. Foyda solig’ini aniklash boskichlari, xisobot topshirish va to'lov muddati.

Ushbu ma’ruzada ko'rsatib o'tilgan koidalar foyda solig’ini to'lovchi xisoblangan yuridik shaxslarga tatbik etiladi.

Solik solishning aloxida tartibi belgilangan yuridik shaxslarning ayrim toifalariga va xorijiy yuridik shaxslarga tatbik etilmaydi.

Bunda, agar solik solishning aloxida tartibi belgilangan yuridik shaxslar asosiy faoliyat turi bilan bir katorda faoliyatning boshka turlari bilan shug'ullansalar, ular ushbu faoliyat bo'yicha aloxida xisob yuritishlari va byudjetga belgilangan tartibda foyda dan olinadigan solikni to'lashlari lozim. Kat’iy solik to'lanishi belgilangan tadbirkorlik faoliyati turlarinigina amalga oshiradigan yuridik shaxslarga;

Xorijiy yuridik shaxslarga tatbik etilmaydi.

Solik to'lovchilar moliya yilida solik solinadigan foyda ga ega bo'lgan yuridik shaxslar foyda solig’i to'lovchilar xisoblanadi.

Solik solish maksadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishi yoki tezkor boshkaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustakil balansga va xisob-kitob varag'iga ega bo'lgan aloxida bo'linmalar xam tushuniladi.

Yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlariga O'zbekiston Respublikasida hamda undan tashkarida ularning faoliyat manbalaridan olingan daromadlar (foyda) bo'yicha solik solinadi.

O'zbekistonda taxsis etilgan yoki ro'yxatga olingan, shuningdek O'zbekiston Respublikasidan tashkarida ro'yxatga olingan, bosh korxonasi O'zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O'zbekiston Respublikasining rezidenti xisoblanadi.

Byudjet bilan foyda solig’i bo'yicha xisob-kitoblarni yuridik shaxslar mustakil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoklar yuridik shaxslarining birlashmalari byudjet bilan xisob-kitoblarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karoriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin.

Jami daromad tarkibiga yuklab jo'natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar va boshka operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi lozim bo'lgan (olgan) yoki tekinga olgan pud yoxud boshka mablag'lar kiradi.

Bunday daromadlarga kuyidagilar kiritiladi:

a) maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum.

Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum deganda:

yuklab jo'natilgan maxsulot uchun takdim etilgan xisob-kitob hujjatlarida ko'rsatilgan summalar;

buyurtmachi tomonidan tasdiklangan bajarilgan ishlar dalolatnomalarida ko'rsatilgan summalar;

xizmatlar ko'rsatilishi faktini tasdiklaydigan hujjatlarda ko'rsatilgan summalar tushuniladi.

Vositachilik faoliyatidan daromad oladigan (komission xaklar, foizlar sifatida) korxonalar uchun tushum deganda solik solinadigan davrda amalga oshirilgan barcha bitimlar bo'yicha olingan komission xaklar (foizlar) summasi tushuniladi.

b) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kimmatli kog'ozlar, intellektual mulk obyektlari, materiallar va boshka aktivlarni sotishdan keladigan daromad.

Korxonaning asosiy fondlari va boshka mol-mulkini sotishdan keladigan daromadni belgilash chog'ida solik solish maksadi uchun ushbu fondlar va mol-mulkning sotilish va koldik kiymatlari o'rtasidagi fark (oshib ketish) xisobga olinadi. Bunda mol-mulkning koldik kiymati asosiy fondlar, moddiy aktivlar, arzon va tez eskiruvchan buyumlarga nisbatan ko'llaniladi.

Agar aktivlarning fakat bir kismi sotilsa, sotish sanasidagi aktivlar kiymati kolgan va sotilgan kismlar o'rtasida tasdiklanadi.

Aktivlar bepul asosda yoki pasaytirilgan kiymat bo'yicha topshirilganda topshiruvchi shaxs aktivlarining kiymati shakllangan xarajatlardan kelib chikib, olayotgan shaxs daromadlari esa - kirim kilingan baxolash kiymati bo'yicha, lekin topshirilayotgan aktivlar tannarxidan past bo'lmagan tarzda, belgilanadi.

v) foizlar ko'rinishidagi daromadlar;

g) dividendlar;

d) bepul olingan mol-mulk.

Agar mablag'larni bepul topshirish tizim ichida korxonalar o'rtasida yuz bersa, bunda tizim deganda vazirlik, kontsern,trest va xokazolar tushuniladi va bu mablag'lar taksimlash balansi bo'yicha, yukori tashkilot buyrug'iga ko'ra olingan bo'lsa, ular solik solish obyekti xisoblanadi.

e) mol-mulkni ijara (lizing)ga berishdan olingan daromad;

Bunda shuni nazarda tutish lozimki, agar ijaraga beruvchi amortizatsiyalanadigan asosiy vositalarni lizing shartnomasi bo'yicha ijaraga topshirsa, operatsiya solik solish maksadida ijarachi tomonidan mol-mulk xarid kilinishi sifatida karalishi kerak.

Agar u kuyidagi shartlardan biriga javob bersa, amortizatsiyalanadigan asosiy vositalarning ijarasi lizing xisoblanadi:

ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining sakson foizidan oshib ketsa;

ijarachi asosiy vositalarni Kat’iy narxda yoki ijara tugaganidan keyin belgilanadigan narxda sotib olish hukukiga ega bo'lsa;

ijaraga olinadigan asosiy vositalarning koldik kiymati ijara tugaganidan keyin ijara boshidagi ular kiymatining yigirma foizidan kamni tashkil etsa;

to'lovlarning joriy summasi butun ijara davri uchun ijaraga olinadigan vositalar kiymatining to'kson foizidan oshsa.

Mazkur kichik band ikkinchi kismining koidalari lizing shartnomasini uzaytirish hukuki amalga oshirilishi mumkin bo'lgan davrga tatbik etiladi.

j) royalti;

z) tekin moliyaviy yordam (davlat byudjetidan subsidiyalar bundan mustasno);

i) dahvo muddati o'tib ketgan kreditorlik va deponentlik karzlarini xisobdan chikarishdan olingan daromadlar.

Dahvo muddati - shaxs o'zining buzilgan hukukini dahvo takdim etish yo'li bilan ximoya kila olishi mumkin bo'lgan muddat. Dahvoning umumiy muddati - uch yil.

k) ilgari chegirilgan xarajatlar, zararlar yoki gumonli karzlarni koplash ko'rinishida olingan daromadlar;

l) valyuta xisobvaraklari bo'yicha kursdagi musbat fark.

m) favkulodda daromadlar.

n) boshka daromadlar.

O'zbekiston Respublikasining Solik kodeksiga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi "Maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chikarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida"gi nizomga muvofik jami daromad bilan chegirmalar o'rtasidagi fark sifatida xisoblab chikarilgan, ko'rsatilgan Nizomga ilovalarda belgilangan xarajatlar summasiga tuzatishlar kiritilgan foyda solik solig'i obyekti xisoblanadi.

Banklar va sug'urta tashkilotlari bo'yicha bayon etilgan tartibda belgilangan chegirmalardan

tashkari kuyidagilar xam jami daromaddan chegirilishi kerak;

a) banklar bo'yicha:

kredit resurslari uchun to'lovlar;

operatsion xarajatlar;

pul mablag'lari va boyliklarini tashish va saklash xarajatlari;

mijozlar xisobvaraklari, shu jumladan - jismoniy shaxslarning omonatlari bo'yicha xisoblab yozilgan va to'langan foizlar;

tavakkallik operasiyalari bo'yicha zaxira xisobiga xisobdan chikarilgan umidsiz ssudalar summalari.

b) sug'urta tashkilotlari bo'yicha:

kayta sug'urtalash shartnomalari bo'yicha topshirilgan to'lovlar summalari;

amal kilishi xisobot yilining oxirida tugamagan sug'urtalash va kayta sug'urtalash shartnomalari bo'yicha to'lovlar summalari;

sug'urtalash va kayta sug'urtalash majburiyatlari bo'yicha amalga oshirilgan va xisoblab yozilgan to'lovlar summalari;

o'tgan yillarning sug'urta xodisalari bo'yicha tugallanmagan to'lovlar summalari, shu jumladan dahvo muddati doirasidagi majburiyatlar;

sug'urta xodisasi boshlangani ma’lum kilingan, lekin zarar xajmi takdim etilmagan shartnomalar bo'yicha sug'urta summalari;

sug'urta tashkiloti tomonidan sug'urta xodisalari boshlanishining oldini olish va ogoxlantirish chora-tadbirlarini moliyalashga yo'naltiriladigan mablag'lar summalari; sug'urta tashkilotlarining zaxira fondlariga ushbu fondlar mikdorlari sug'urta tashkilotlari ustav fondining yigirma besh foiziga etguniga kadar ushbu tashkilotlar daromadlarining yigirma foiziga kadar mikdorda ajratmalar.

Solik to'lovchilar (bundan banklar va sug'urta tashkilotlari mustasno) dahvo muddati tugagach daromadlari ilgari jami daromadga kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog'lik umidsiz karzlar bo'yicha chegirma kilish hukukiga egadirlar.

Yuridik shaxslarning daromadlari va ular bo'yicha tegishli chegirmalar soliklarni xisoblab chikarish uchun ular taallukli bo'lgan xisobot davrida, to'lash vakti va pulning kelib tushish sanasidan katxi nazar, buxgalteriya xisobi to'g'risidagi konun hujjatlariga muvofik aks ettiriladi.

Agar kilingan xarajat xarajatlarning bir necha toifasiga kiritilgan bo'lsa, u jami daromaddan fakat bir marotaba chegirilishi mumkin.

Uzok muddatli kontraktlarga taallukli daromad va chegirmalar moliya yili davomida ularni xakikatda boskichma-boskich bajarish kismida xisobga olinadi.

Uzok muddatli kontraktni xakikatda bajarish moliya yili oxirigacha kilingan xarajatlarni mazkur kontrakt bo'yicha jami daromadlar bilan takkoslash vositasida belgilanadi.

Yuridik shaxsning bayon etilgan koidalarga muvofik xisoblab chikarilgan daromadi (foydasi)ga 12 foiz stavkasi bo'yicha solik solinadi. Yuridik shaxslarning auksionlardan va gastrolg'-kontsert faoliyati bilan shug'ullanishga lisenziyasi bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo'li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan olgan daromadi (foydasi)ga 35 foiz stavkasi bo'yicha solik solinadi. Bolalar assortimentidan tovarlar, ayollar gigienasi buyumlari va badiiy xunarmandchilik maxsulotlari va bolalar o'yinchoklarini ishlab chikarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar byudjetga 10 foiz stavkasi bo'yicha foyda solig’ini to'laydilar.

Ixtisoslashgan korxonalarga:

ishlab chikariladigan tovarlarning umumiy xajmida bolalar uchun tovarlar natura ifodasida kamida 60 foizni tashkil etadigan bolalar uchun tovarlar ishlab chikaradigan korxonalar;

ishlab chikariladigan tovarlarning umumiy xajmida ayollar gigienasi buyumlari va badiiy xunarmandchilik maxsulotlari kamida 60 foizni tashkil etadigan ayollar gigienasi buyumlari va badiiy xunarmandchilik maxsulotlari ishlab chikaradigan korxonalar kiritiladi. O'zi ishlab chikargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport kilish ulushi:

sotishning umumiy xajmida 15 dan 30 foizga kadarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun belgilangan stavka 30 foizga pasaytiriladi;

sotishning umumiy xajmida 30 va undan ortik foizni tashkil etsa belgilangan stavka ular uchun 50 foizga kamaytiriladi.

Mazkur imtiyozlar savdo-vositachilik tashkilotlariga va xom ashyo tovarlarini eksport kiladigan ishlab chikarish korxonalariga tatbik etilmaydi.

Yuridik shaxslarga to'lanadigan dividend va foizlarga to'lash manbaida 10 foiz stavkasi bo'yicha solik solinadi.

Solik solish maksadida dividendlar deganda aktsiyalar bo'yicha va xo'jalik yurituvchi subyektlarning ustav sarmoyasida ulushbay ishtirokdagi olinadigan darmoad tushuniladi.

Foizlarga depozitli omonatlar, karz majburiyatlari va boshka kimmatli kog'ozlar bo'yicha olinadigan daromad kiritiladi.

Oldin O'zbekiston Respublikasidagi to'lov manbaida solik solingan dividend va foizlar olgan yuridik shaxs - rezident to'lov manbaida solik to'langanini tasdiklaydigan hujjatlari mavjud bo'lsa, ularni jami daromaddan chegirtirish hukukiga egadir.

Banklar va boshka moliya-kredit tashkilotlari - rezidentlarga to'lanadigan foizlarga to'lash manbasida solik solinmaydi, balki belgilangan tartibda bankda va boshka moliya-kredit tashkilotida solik solinishi kerak.

Kuyidagi yuridik shaxslar foyda solig’ini to'lashdan ozod kilinadi:

- protez-ortopediya buyumlari, inventari ishlab chikarishga, shuningdek nogironlarga xizmat ko'rsatishga ixtisoslashganlari - asosiy faoliyat turi bo'yicha;

- ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mexnat fronti faxriylari tashkil etgan, nogironlar jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg'armasi va O'zbekiston chernobilchilari uyushmasi mulki bo'lganlari, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar mustasno.

- davolash muassasalari koshidagi davolash-ishlab chikarish ustaxonalari;

- jazoni ijro etish muassasalari;

- notijorat tashkilotlari.

Bunda tadbirkorlik faoliyatidan foyda olgan notijorat tashkilotlari ushbu faoliyatdan solikni umumbelgilangan tartibda to'laydi.

- shaxar yo'lovchilar transporti (taksidan, shu jumladan jo'nalishli taksidan tashkari) yo'lovchilarni tashish bilan bog'lik xizmatlari bo'yicha;

- tarix va madaniyat yodgorliklarini taxmirlash va kayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar) bo'yicha;

- davlat obligasiyalari va boshka davlat kimmatli kog'ozlari bo'yicha dividendlar va foizlar bo'yicha;

- boshka yangi tashkil etilgan korxonalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanuvchilaridan tashkari) ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan extiboran birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi mikdorida va ikkinchi yil 50 foizi mikdorida solik to'laydilar. Keyingi yillarda foyda solig’i belgilangan stavka bo'yicha to'lik mikdorda to'lanadi.

Mazkur kichik bandda nazarda tutilgan yuridik shaxslar tugatilgan xollarda, belgilangan imtiyozli davrdan keyin yil tugashiga kadar solik summasi ular faoliyatining butun davri uchun to'lik mikdorda undiriladi.

- ichki ishlar organlari xuzuridagi sokchilik bo'linmalari;

- gastrol-konsert faoliyati bilan shug'ullanish hukukini beruvchi lisenziyasi bo'lgan yuridik shaxslar;

- yuridik shaxslar tomonidan dividendlar ko'rinishida olingan va ular olingan yuridik shaxsning ustav sarmoyasi (fondi)ga yo'naltiriladigan daromadlar.

Solik solinadigan foyda kuyidagi summaga kamaytiriladi:

a) ekologiya, salomatlik va xayriya jamg'armalari, madaniyat, xalk taxlimi, sog'lio'ni saklash, mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza kilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga fukarolarning o'zini o'zi boshkarish organlariga badallar summasiga, birok solik solinadigan foyda ning bir foizidan ko'p bo'lmagan mikdorda;

b) investisiyalarga (asosiy ishlab chikarishni rivojlantirish, kengaytirish va rekonstrukssiya kilishga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karoriga ko'ra kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha muassasalar kurilishiga), shuningdek investitsiyalar uchun olingan kreditlarni uzishga yo'naltiriladigan xarajatlar summasiga, xisoblangan eskirishdan to'lik foydalanish sharti bilan, birok solik solinadigan foyda ning o'ttiz foizidan ko'p bo'lmagan mikdorda;

v) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va xarakatlardan tashkari), xayriya jamg'armalarining mulkida bo'lgan korxonalar daromadi (foydasi)dan shu birlashmalar va jamg'armalarning ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun yo'naltiriladigan ajratmalari summasiga;

Ko'rsatilgan imtiyoz fakat o'z ishlab chikarishining ekologiyaga ta’sirini yaxshilash uchun tabiatni muxofaza kilish tadbirlarini amalga oshiradigan korxonalarigagina taalluklidir.

Tabiatni muxofaza kilish tadbirlarini o'tkazishga doir buyurtmalarni bajarishdan foyda oladigan korxonalarga yukorida aytilgan imtiyoz tatbik etilmaydi.

e) "Istexdod" jamg'armasiga taxsis badallari va xomiylik yordami sifatida o'tkaziladigan mablag'lar summasiga. Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko'prog'ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun foyda solig’i summasi kuyidagi tarzda: belgilangan me’yordan ortik ishga joylashtirilgan nogironlarning xar bir foiziga foyda solig’i 1 foiz kamaytiriladi.

Solik to'lovchilarga Solik kodeksi amalga kiritishiga kadar kabul kilingan O'zbekiston Respublikasining konun hujjatlariga binoan takdim etilgan solik imtiyozlari ular takdim etilgan muddat tugashiga kadar saklanadi.

Solik xisob-kitoblarini tuzish va takdim etish tartibi hamda to'lash muddatlari

Byudjetga to'lanadigan solik summasi solik to'lovchilar tomonidan ko'rsatilgan koidalarga muvofik mustakil ravishda, buxgalteriya xisobi va moliyaviy xisobot ma’lumotlari asosida belgilanadi.

Chorak davomida barcha to'lovchilar byudjetga solikning joriy to'lovlarini amalga oshiradilar. Joriy to'lovlarni xisoblab yozish va to'lash uchun solik to'lovchilar tegishli chorak uchun ta’min kilingan foyda va belgilangan solik stavkasidan kelib chikadilar hamda joriy chorak birinchi oyining 5 kuniga kadar davlat solik xizmati organlariga joriy to'lovlar unga muvofik xisoblab yoziladigan shakl bo'yicha ma’lumotnoma takdim etadilar.

Joriy to'lovlar xar bir oyning 15-kunidan kechiktirmay teng ulushlar bilan, foyda solig’i choraklik summasining uchdan biri mikdorida amalga oshiriladi. Byudjetga joriy to'lovlarning summalari pasaytirilgan takdirda ular davlat solik xizmati organlari tomonidan mazkur korxonalar bilan birgalikda, oldingi chorak uun solikning xakikiy summalaridan kelib chikib ko'shimcha ravishda aniklashtiriladi.

Xisobot choragida maxsulotni sotishdan eng kam ish xakining 200 baravarigacha mikdorda foyda olgan korxonalar, shuningdek yagona yer solig'ini to'lashga o'tmagan kishlok xo'jaligi korxonalari ular ishlab chikarishining mavsumiy xususiyatini xisobga olib, solik to'lovlarini xar chorakda yil boshidan o'sib boruvchi yakun bilan, oldingi choraklar uchun xisoblab chikarilgan solik summalarini xisobga olib, joriy to'lovlarni to'lamasdan, xakikatda olingan foyda dan kelib chikib amalga oshiradilar.

Foyda solig’ini to'lovchilar, chet el investisiyalari katnashgan korxonalardan tashkari o'zlari xisobda turgan joydagi davlat solik xizmati organlariga belgilangan shaklda chorak va yillik moliyaviy xisobotlarni takdim kilish muddatlarida o'sib boruvchi yakun bilan foyda solig’i bo'yicha xisob-kitoblarni takdim kiladilar. Chet el investitsiyalari katnashgan korxonalar solik ro'yxatiga olingan joydagi davlat solik xizmati organlariga o'sib boruvchi yakun foyda ga solinadigan solik bo'yicha xisob-kitoblarni, xar chorakda xisobot oyidan keyin keluvchi oyning 25 sanasidan kechikmagan xolda, yil bo'yicha esa - chorak va yillik moliyaviy xisobotlarni takdim kilish muddatlarida topshiradilar.) Xakikatda olingan foyda dan kelib chikib xisoblangan foyda solig’i summasini to'lovchilar choraklik va yillik moliyaviy xisobot takdim etish uchun belgilangan besh kun davomida byudjet daromadiga o'tkazadilar.

Bunda joriy to'lovlarning xisoblab yozilgan summalari tegishli davr uchun xisoblab yozilgan solik xisobiga kabul kilinadi.

Foyda solig’ining ortikcha to'langan summalari bo'lg'usi to'lovlar xisobiga kiritiladi yoki to'lovchining yozma arizasi olingan kundan boshlab o'ttiz kun ichida solik organi tomonidan unga kaytariladi (soliklar va yig'imlar bo'yicha karzlar mavjud bo'lmagan takdirda).

To'lovlarning byudjetga to'lik tushishini ta’minlash maksadida korxonalar to'lov muddati kelguniga kadar solikni byudjetga o'tkazish uchun tegishli bank muassasalariga to'lov topshiriknomasini topshirishlari shart. Ko'rsatilgan to'lov topshiriknomalarini bank muassasalari ijro etishga (to'lashga), xisob-kitob (joriy) varag'ining xolatidan katxi nazar, kabul kiladilar.

Foyda solig’ini to'lov manbasida ushlab kolishni kuyidagi yuridik shaxslar amalga oshirishi shart:

rezident xisoblangan yuridik shaxslarga dividendlar va foizlar to'laydigan;

norezident yuridik shaxslarga O'zbekiston Respublikasi Solik kodeksining 30-moddasiga muvofik to'lovlarni amalga oshiradigan.

Foyda solig’ini ushlab kolish va byudjetga o'tkazish uchun daromad to'lovchi yuridik shaxs javobgardir.

Solik summasi ushlab kolinmaganda daromad to'lovchi yuridik shaxs ushlab kolinmagan solik summasini hamda u bilan bog'lik jarima va penyalarni byudjetga to'lashi shart.



Yuridik shaxslarning foyda solig’ini to'lovchilar O'zbekiston Respublikasining amaldagi konun hujjatlariga muvofik javobgar bo'ladilar.
Tayanch iboralar: foyda, daromad, xarajat, solikka tortish obyekti, maxsulot sotishdan olingan foyda, asosiy faoliyatdan olingan foyda, sof foyda, ishlab chikarish xarajatlari, davr xarajatlari, favkulodda foyda va zarar.
NAZORAT SAVOLLARI


  1. Foyda solig'ini to'lovchilar deganda nimani tushunasiz?

  2. Foyda solig'ini obyekti bo'lib nima xisoblanadi?

  3. Soliklar tarkibiga ko'ra necha turga bo'linadi?

  4. Jami daromad tarkibiga kaysi daromadlar kiradi?

  5. Divident deganda nimani tushunasiz?

  6. Foyda solig’ini aniklash tartibi.

  7. Foyda solig’ini stavkalari.

  8. Foyda solig’idan berilgan imtiyozlar.




Aim.uz


Download 94,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish