Yurak alanga yoqsa,
Guldan kapalak chiqsa,
Yuzingga shamol tegsa,
Meni esla...
Dilga oq bulut qo'nsa,
Bahor yomg'iri yog'sa,
Ko'kda kamalak chiqsa,
Meni esla...
Meni bir eslagin, esla birgina,
Yuragim og'ritgan erka qizgina,
"Seni sevdim" degan, men o'sha bola,
Oddiy bola...
Meni bir eslagin, esla birgina,
Osmonlarda uchgan erka qizgina,
"Seni sevdim" degan, men o'sha bola,
Oddiy bola...
Qaldirg'och qanot yozsa,
Seni sayrab uyg'otsa,
Tongda yig'laging kelsa,
Mayli yig'laaa...
Baxtliman baxting kulsa,
Ahdliman ahding bo'lsa,
Agar o'ylaging kelsa,
Mayli o'ylaa...
Meni bir eslagin, esla birgina,
Yuragim og'ritgan erka qizgina,
"Seni sevdim" degan, men o'sha bola,
Oddiy bola...
Meni bir eslagin, esla birgina,
Osmonlarda uchgan erka qizgina,
"Seni sevdim" degan, men o'sha bola,
Oddiy bola...
Meni bir eslagin, esla birgina,
Osmonlarda uchgan erka qizgina,
"Seni sevdim" degan, men o'sha bola,
Oddiy bola...
Meni bir eslagin, esla birgina,
Yuragim og'ritgan erka qizgina,
"Seni sevdim" degan, men o'sha bola,
Oddiy bola...
Meni bir eslagin, esla birgina,
Osmonlarda uchgan erka qizgina,
"Seni sevdim" degan, men o'sha bola,
Oddiy bola...
Do'stlaringiz bilan baham: |