Yoshlar uchun qo'shimcha kafolatlar



Download 31,63 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi31,63 Kb.
#759925
Bog'liq
yoshlar uchun qoshimcha kafolatlar11


Yoshlar uchun qo'shimcha kafolatlar

Reja:




  1. Yoshlar uchun qo’shimcha mehnat huquqiy kafolatlar.




  1. Ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar

Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibishda mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart. (O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi qism) 


Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi va bunday rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. (O'zR 29.08.1998 y. 681-I
son Qonuni tahriridagi qism) O'n sakkiz yoshga to'lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko'rikdan o'tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o'n sakkiz yoshga to'lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko'rikdan o'tkazib turilishi kerak. O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo'ladilar, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta'tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida
ular uchun mehnat to'g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qo'shimcha imtiyozlardan foydalanadilar. 
O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan mehnat 
sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi. O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarning belgilab qo'yilgan normadan ortiq og’ir yuk ko'tarishlari va tashishlariga yo'l qo'yilmaydi.Ushbu birinchi qismda ko'rsatilgan ishlar ro'yxati va o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar ko'tarishlari va tashishlari mumkin bo'lgan og’ir yuk normalarining chegarasini O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi O'zbekiston kasaba uyushmalari 
Federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning vakillari maslahatini olgan holda belgilaydi. Ish vaqtining muddati o'n oltidan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlarga haftasiga o'ttiz olti soatdan, o'n beshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslar (ta'til davrida ishlayotgan o'n to'rtdan o'n olti yoshgacha bo'lgan o'quvchila)uchun esa haftasiga yigirma to'rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. O'qishda bo'sh vaqtlarida ishlayotgan o'quvchilarning o'quv yili davomidagi ish vaqti muddati ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko'p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas. O'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti to'liq bo'lgan chog’da tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda to'lanadi. Korxonalarda o'qishdan bo'sh vaqtida ishlayotgan o'quvchilarning mehnatiga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to'lanadi. O'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlarga kamida o'ttiz kalendar kundan iborat yillik ta'til beriladi va ular bu ta'tildan yoz vaqtida yoki yilning o'zlari uchun qulay bo'lgan boshqa vaqtida foydalanishlari mumkin. Basharti ta'til berilayotgan yil xodim o'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar va to'lgandan keyingi davrlarni o'z ichiga olsa, ta'tilning muddati o'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar bo'lgan ish staji uchun o'ttiz kalendar kun hisobidan, o'n sakkiz yoshga to'lgandan keyingi ish staji uchun esa, umumiy tartibda hisoblab chiqariladi. O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarni tungi ishlarga,ishvaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi. 
O'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Otaonalar va vasiylar (homiylar), shuningdek mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiluvchi organlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar, agar o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar bajarayotgan ishni davom ettirish ular sog’lig’iga ziyon qiladigan yoki ularga boshqacha tarzda zarar yetkazadigan bo'lsa, bunday shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqlidirlar.Ishni ta'lim bilan birga qo'shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar.Ishlab chiqarishda kasbga doir ta'lim olayo gan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta'lim muassasalarida o'qiyotgan xodimlarga ishni ta'lim bilan birga qo'shib olib borishlaiuchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.Ta'lim muassasalarida ishlabchiqarishdan ajralmagan holda o'qib, o'quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnatto'g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar. Ta'lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qiyotganlarga yillik ta'tillarni ish beruvchi ularning xohishiga ko'ra imtihonlar va laboratoriya imtihon sessiyalari vaqtiga to'g’rilab berishi shart. Umumta'lim maktablarida ishlabchiqarishdan ajralmagan holda muvaffaqiyatli o'qiyotgan xodimlar uchun o'quv yili davrida bir ish kuniga qisqartirilgan ish haftasi yoki shunga muvofiq keladigan miqdorda qisqartirilgan ish soati (hafta davomida ish kuni qisqartirilgan bo'lsa) belgilab qo'yiladi, qishloq joylardagi umumta'lim maktablarida o'qiyotganlar uchun esa, ikki ish kuniga qisqartirilgan ish haftasi yoki shunga muvofiq keladigan miqdorda qisqartirilgan ish soati (hafta davomida ish kuni qisqartirilgan bo'lsa)belgilab qo'yiladi.Umumta'lim maktablarining o'quvchilari olti kunlik ish haftasida ishlayotgan
bo'lsalar, o'quv yili mobaynida kamida o'ttiz olti ish kuni yoki shunga muvofiqkeladigan miqdorda ish soati davomida ishdan ozod qilinadilar. Besh kunlik ishhaftasida ishlangan taqdirda, ishdan ozod qilinadigan ish soatlarining umumiy miqdori saqlab qolinadi, ishdan ozod qilinadigan ish kunlarining miqdori esa,is smenasining muddatiga qarab o'zgaradi. Ishdan ozod qilingan vaqt uchun o'quvchilarga asosiy ish joyida oladigan o'rtacha oylik ish haqining kamida ellik foizi to'lanadi, lekin bu belgilangan eng kam mehnat haqi miqdoridan oz bo'lmasligi kerak. Umumta'lim maktablarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qiyotgan xodimlarga ish joyidagi o'rtacha ish haqi saqlangan holda XI (XII) sinfda bitiruv imtihonlari topshirish davrida yigirma ish kunidan kam bo'lmagan, IX sinfda esasakkiz ish kunidan kam bo'lmagan ta'til beriladi. Mazkur maktablarning V, VI, VII, VIII, X va XI sinflarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qiyotganlar uchun qonun hujjatlarida sinfdan sinfga o'tish imtihonlarini topshirish vaqtida ushbu Kodeksning 251moddasiga muvofiq beriladigan kunlarning umumiy miqdorini qisqartirish (sakkiz -o'n ikki kunga) 
hisobiga ularning asosiy ish joyidagi o'rtacha ish haqi saqlangan holda to'rt kundan 
olti kungacha ishdan ozod qilish belgilab qo'yilishi mumkin. Hunartexnika bilim yurtlarida ta'lim olishning kechki shaklida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olayotgan xodimlar imtihonlarga tayyorlanish va ularni topshirish uchun asosiy ish joyidagi o'rtacha ish haqi saqlangan holda yil mobaynida kamida o'ttiz ish kuniga ishdan ozod qilinadilar. Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o'quv yurtlariga kirish uchun kamida o'n besh kalendar kun, o'rta maxsus o'quv yurtlariga kirish uchun esa, kamida o'n kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi, o'quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi. 
Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 
ta'lim olayotgan xodimlar diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari 
topshirishdan oldingi o'n o'quv oyi davomida mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko'rishuchun olti kunlik ish haftasi bo'lganda haftada bir kun o'rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar. Ish haftasi besh kunlik bo'lsa, ishdan ozod etiladigan kunlar miqdori ish smenasining muddatiga qarab o'zgaradi, ishdan ozod etiladigan soatlar miqdori esa saqlanib qoladi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan xodimlarga laboratoriyaimtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda: birinchi va ikkinchi kursda ta'limning kechki shaklida oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har yili kamida o'n kalendar kun, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida sirtdan ta'lim olayotganlarga esa, har yili kamida o'ttiz kalendar kun, uchinchi va undan keyingi kursda ta'limning kechki shaklida oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har yili kamida o'ttiz kalendar kun, o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, oliyva o'rta maxsus o'quv yurtlarida sirtdan ta'lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendar kun, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o'ttiz kalendar kun, diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o'quv yurti talabalariga to'rt oy, o'rta maxsus o'quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo'shimcha ta'tillar beriladi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining oxirgi kurslarida o'qiyotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar to'plash uchun o'ttiz kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi.Mazkur ta'til davrida talabalar vao'quvchilarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi. Ish beruvchi oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida sirtdan ta'lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o'quv yurti joylashgan yerga borishi vau yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo'l kiraning ellik foizdan kam bo'lmagan qiymatini to'laydi. Diplom loyihasi (ishi) tayyorlash va uni yoqlash yoki bitiruv imtihonlarini topshirish uchun borib kelinganda ham shunday miqdorda yo'l kira to'lanadi. Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga qo'shib olib borayotgan shaxslarga nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarini yakunlash, shuningdek darsliklar va o'quvuslubiy qo'llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida o'rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta'tillar beriladi. Ijodiy ta'tillarni berish tartibi va ularning muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yiladi.
Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari­ yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. Shu bois, mamlakatimizda eng katta eʼtibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan boʻlib, bu vazifa Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son, 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son, 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son farmonlari, shuningdek, koʻplab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.Maʼlumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat boʻlib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini taʼminlangan.
Xususan; ushbu qonunning 5 moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilangan. Ushbu yoʻnalishlardan davlat tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qanchalik ulkan vazifalar qamrab olinganligini, endilikda mazkur qonun yoshlarga qanday imkoniyatlarni kafolatlayotganligini koʻrish mumkin.
Shuningdek, qonunda yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar oʻz aksini topgan. Jumladan, Oʻzbekistonda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgan, uning mantiqiy davomi sifatida fizika boʻyicha Ahmad Fargʻoniy, kimyo fani boʻyicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya boʻyicha Abu Ali ibn Sino, astronomiya boʻyicha Mirzo Ulugʻbek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etilishi, iqtidor va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab quvvatlashdir. Mana, amalda bugun ijod, prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati, oltin,kumush medal joriy etilgani, fan olimpiadasi gʻoliblari, Zulfiya, “Mard oʻgʻlon” “Kelajak bunyodkori” kabi davlat mukofotlarini joriy etilganining tub maqsadi, qonunning hayotiyligi va ijrosini taʼminlashdir. Qonunning ahamiyatli tomoni yana shundaki, unda Yoshlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illatlar taʼsiridan himoya qilish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etish maqsadida “Yoshlar –kelajagimiz” davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuzilib, yoshlar biznes tashabbuslarini, startap, gʻoya va loyihalarini amalga oshirishlari uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz miqdorida imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari koʻrsatish; hamda dastur doirasida ajratilayotgan kreditlar miqdorining 50 foizidan oshmagan miqdorda kafilliklar berish kabi imtiyozlarni amalga oshirdi. Shuningdek, dastur doirasida yosh tadbirkorlarning biznes tashabbuslari, startap, gʻoya va loyihalarini amalga oshirishda maslahat, huquqiy, buxgalteriya va boshqa xizmatlar koʻrsatish, forumlar, master klass hamda seminarlar tashkil etish maqsadida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari ham amaliy yordamga yoʻnaltirilgandi.
Ayniqsa, uyushmagan yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar soʻnggi yillarda yangi bosqichga koʻtarildi. Bunda tuman va shaharlarda ushbu hududlar prokurorlari boshchiligida, tuman hokimining yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari, ichki ishlar boʻlimi boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman va shahar kengashlari raislari hamda tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarining rahbarlari ishtirokida yosh tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash boʻyicha komissiyalar tuzish belgilab qoʻyilgandi. Besh tashabbusning har bir yoʻnalishini tuman va shaharlarda tizimli amalga oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Yoshlarimiz uchun , ayniqsa, qizlarimizning yana-da ilmli boʻlishlari uchun, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga xotin-qizlarni oʻqishga qabul qilish uchun 30 foiz maqsadli kvota ajratish masalasi koʻtarilgan boʻlsa, endilikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi qarorida Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar belgilangan edi.
Jumladan, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga tavsiyanoma asosida: Oliy taʼlim muassasalariga kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida oʻqishga kirish imtiyozi berilgandi.Bu imtiyoz yoshlar uchun kutilmagan eʼtibor: ularda vatanparvarlik va ota-onasiga nisbatan yana-da gʻurur va iftixor baxsh etganining guvohimiz. Chunki, mazkur tavsiyanoma va taqdimnomalarning amal qilish muddati uch yil deb belgilab ham hikmatli qadamdir. Qadimda Aristotel litsey, Aflotun akademiya tashkil etib aholining bilim saviyasini oshirishga xizmat qilishgan boʻlsa, jadidlarimiz oʻz mablagʻi hisobidan maktab ochgan boʻlsa, hozirgi davrda yoshlar masalasi eng dolzarb mavzuligini bir daqiqa ham unutmasligimiz shart va zarur. Aynan ertangi kunimiz unib-oʻsib kelayotgan yoshlarning idroki, dunyoqarashi, bilimi va hunariga bevosita bogʻliq boʻladi. Yoshlarning bilim olish istagini hamisha birinchi galdagi vazifa sifatida qaralishi muhimdir. , 2020/2021 oʻquv yili bakalavr darajasiga 145 mingdan ortiq, yaʼni oʻquv yiliga nisbatan 15,6 foizga koʻproq talaba qabul qilish koʻzlanmoqda, bu yilgi yaʼni 2020/21 oʻquv yili uchun OTMlarga qabulda 8694ta imtiyozli grant kvotasi ajratilgani ham diqqatga sazovordir. Imtiyozli kvotalar 7 xil toifadagi abituriyentlarga berilmoqda.. Yangi oʻquv yilidan boshlab Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega boʻlgan qizlar uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant oʻrinlari ajratiladi. Shuningdek, 2020/2021 oʻquv yilida “Matematika” va “Tabiiy fanlar” taʼlim sohalari boʻyicha magistratura mutaxassislari uchun davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq davlat granti asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, Soʻx tumanida istiqomat qiluvchi umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilariga OTMlarga kirish uchun alohida 500ta davlat granti kvotasi ajratilgani ham xushxabardir.

Har tugul davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish, shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilishi ham yoshlar uchun yaratilgan eng maqbul imkoniyatdir. Bu Oʻzbekistonning kelajagi yoshlarimizning umid yulduzidir.


Bunday davlat siyosatini koʻrgan yoshlar albatta, davlatimiz rahbarining Vatan iftixorlari instituti tashkil etish, yoshlar orasida oilaviy ajrimlar sonini kamaytirish maqsadida Faxriylar ibrati maslahat kengashi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatlaydi. Prezidentimiz 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish tashabbusi, oʻsib kelayotgan avlod auditoriyasiga yoʻnaltirilgan tele va radiokanallar, bosma nashrlarni birlashtirib, “Yoshlar media xoldingi” tashkil etish taklifi ayni muddaodir. Albatta, hayotda yoshlar nimani koʻrsa, albatta, unga ishonadi va ergashadi. Xususan, oʻtgan yillar davomida yoshlarga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 20 dan ortiq qonun, mamlakatimiz Birinchi Prezidentining 30 dan ortiq farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 100 ga yaqin qarorlari qabul qilindi. Xususan, qonun hujjatlarida yoshlar uchun mustahkamlab qoʻyilgan qoʻshimcha kafolatlar: bepul umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi olish, taʼlim muassasalarida oʻqishga imtiyozli kreditlar taqdim etish, taʼlim muassasalarini bitirganidan keyin yoshlarning bandligini taʼminlash, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash, yoshlarning dam olish va sogʻlomlashtirish tashkilotlari tizimini rivojlantirish va boshqa shu kabi muhim masalalar alohida moddalarda koʻrsatilgan.
Shuningdek, mazkur qonun orqali mukofotlar, stipendiyalar belgilash, taʼlim grantlarini taqdim etish, fan, madaniyat va sanʼat sohasida ijodiy ustaxonalar va maktablarni tashkil etishga koʻmaklashish, sport seksiyalari faoliyatini tashkil etish orqali isteʼdodli yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalari ham tartibga solmoqda.
Ayniqsa, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun amalda Oʻzbekistonda yoshlar huquq-manfaatlarining huquqiy kafolatlari yana-da kuchayayotganligini anglatish barobarida ertangi kunda mamlakatimiz yoshlarining yangi-yangi marralarni zabt etishiga, ularning yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishiga zamin yaratmoqda.
Demak, bunday keyin “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar masʼuliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada sogʻlom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.
Har bir ota-ona, har bir xonadon, har bir mahalla,bugungi kunda farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilib, yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli boʻlgan salbiy taʼsirlardan himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga koʻrsatishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalashi ham qarz, ham farzdir. Zero, inson hayoti odob-axloq, taʼlim-tarbiya bilan bevosita bogʻliq.
Download 31,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish