Yosh kimyogarlar



Download 6,51 Mb.
bet1/41
Sana12.08.2021
Hajmi6,51 Mb.
#146331
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Qahhorova124 (2)


Kimyo to`garagini tashkil etish uslubiyoti.
Odatda kimyo fani to’garagi maktabda “Yosh kimyogarlar” deb ataladi. Ammo shablondan qochish maqsadida uni biror bir kimyoviy elementning nomi bilan ham atash mumkin. To’garakda darsdagidek ma’lum bir mashqlar bajarilib, kimyo fanidan masalalar yechiladi, laboratoriya – tajriba ishlari o’tkaziladi. Kimyo fani to’garaklarining asosiy vazifasi:

  • kimyo fani asoslarini o’quvchi tomonidan yaxshi o’zlashtirilishiga erishish, kimyo fani sohasida ma’lum bir amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish;

  • o’quvchining tafakkurini shakllantirish va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, kimyo fanining jamiyatda tutgan o’rnini anglashiga erishish;

  • o’quvchida ilmiy ongni shakllantirish va atrofda sodir bo’layotgan jarayonlarga o’z munosabatini bildirishiga, ekologik muammolarga befarq bo’lmasligiga erishish;

  • o’quvchilarni ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo’jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda kimyoviy tutgan o’rni bilan tanishtirish, ularni ongli ravishda kasbga yo’naltirish;

  • yoshlarni Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, moddiy va ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash.

Shuningdek, kimyo to’garagidagi mashg’ulotlar quyidagilarni ta’minlaydi:



    • o’quvchi-yoshlarning kimyo fani va unga bog’liq bo’lgan fanlarni chuqurroq o’zlashtirishini;

    • mavzuga oid kechalar, tadbirlarni tashkillashtirish, o’tkazish, devoriy gazetalar, didaktik materiallar va ko’rgazmali o’quv qurollari tayyorlash, maktabning kimyo fani xonasini yasatishga yordam berishni;

    • o’quvchilarni fan olimpiadalariga, turli xil tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlarga tayyorlashni.

To’garaklar ishini tashkil etish umumdidaktik tamoyillarni qo’llash orqali amalga oshiriladi. Bularga dolzarblik, hayot bilan bog’liqlik, ilmiylik, maktab dasturi bilan hamohanglik, ijodiy yondashuv, har bir o’quvchi bilan individual ishlash, rejaga asosan faoliyat olib borish, mashg’ulotlarni o’tkazishda tizimlilik, o’quvchilarning o’z istaklariga binoan qatnashishi, erishilgan natijalarni yoritish kiradi. To’garak mashg’ulotlarini o’quvchilarning yoshiga qarab o’tkazgan ma’qul. To’garak a’zolari berilayotgan bilimlarni yaxshi o’zlashtirishi va ular bilan individual ravishda ishlash imkoniyatidan kelib chiqqan holda o’quvchilarning soni 12-15 nafar o’quvchidan oshmasligi kerak.

To’garak vaqti 2 haftada 1 marta bo’lib, uning vaqti maktab ma’muriyati va to’garak a’zolari bilan kelishiladi. Mashg’ulotlar kimyo fani xonasida o’tkazilib, to’garak rahbari darslarning xavsizligi uchun to’liq javob beradi.

Har bir to’garak a’zosi o’zining laboratoriya ishchi daftariga ega bo’lishi, mashg’ulotlarda oq xalat kiygan holda qatnashishi lozim. O’quvchilarni qiziqtirish uchun mashg’ulotlatning birinchi kuni to’garakning o’z shiori, belgisi, logosini qabul qilish maqsadga muvofiq. Ulardan turli xil tadbirlarni o’tkazish, devoriy gazeta chiqarishda keng foydalaniladi.

Har bir mashg’ulotni o’tgan darsni qisqacha qaytarish bilan boshlash lozim. Keyin esa rejaga muvofiq mavzu o’tiladi, masalalar yechiladi. Albatta, har bir mashg’ulot ko’rgazmali qurollar, laboratoriya mashg’ulotlari, qiziqarli tajribalar o’tkazish bilangina o’quvchilar diqqatini jalb etadi. O’quvchilar to’garak faoliyatini devoriy, mahalliy gazetalarda, maktab radiosida yoritish yaxshi samara beradi.

To’garakning mavzuga oid rejasini o’qituvchi uni qaysi sinf o’quvchilari bilan o’tkazishiga qarab, maktab o’quv rejasi bilan bog’liq holda tuzadi.

VII – VIII sinflarda kimyoviy to`garak preparativ kimyodan bo`lishi mumkin. Moddalarning olinishi va xossalarini o`rganish to`garagi, oddiy asboblar yasash va ularni sinovdan o`tkazish to`garagi, qiziqarli tajribalar o`tkazish to`garagi shular jumlasiga kiradi. O`quvchilar moddalar va adabiyotlar bilan ishlashga, qo`llanma asosida tajribalar bajarishga o`rgatiladi. Shuningdek, ular nazariy savollar bilan ham tanishtiriladi.

Kimyoviy to`garakni tashkil etishni dars vaqtidan boshlagan ma`qul.VII sinfda , masalan, moddalarni tozalash haqida gapira turib o`qituvchi shuni qayd etib o`tadiki, dars jarayonida moddalarning ko`p sonli tozalash usullari bilan tanishishga vaqt yetishmaydi. Shuning uchun bu usullarni o`rganishni kimyo to`garagida davom ettiramiz. O`qituvchi dars jarayonida qiziqarli fakt, moddalarning xossalari yoki kimyo tarixiga doir ma`lumotlar bera turib, ularni to`garakda batafsil muhokama qilishni taklif qiladi. Ba`zan darsda muammo o`rtaga tashlanadi va uning yechimi to`garak mashg`ulotiga ko`chiriladi.

To`garakka barcha xohlovchilar, hatto past o`zlashtiruvchilar ham yozilishlari mumkin. To`garakdan haydalish xavfi ular uchun yaxshi o`zlashtirishlariga stimul (turtki) bo`lishi mumkin.

Bir xil yoshdagi o`quvchilar bo`lishi uchun parallel sinflar uchun alohida to`garak tashkil etish maqsadga muvofiq. Agar bir necha to`garaklar tashkil etilgan bo`lsa, ularga rahbarlik ishiga ota – onalar, yaqin atrofdagi oliy o`quv yurtlari talabalari, aspirantlari jalb qilinishi mumkin. Ammo to`garak ishiga kimyo o`qituvchisi koordinatorlik qiladi.

To`garakning sardori hamda parallel sinf o`quvchilari safidan uning yordamchisi saylanadi. Bu to`garak ishini puxta tashkil etish uchun kerak bo`ladi. Uchta to`garak mashg`ulotini sababsiz qoldirgan o`quvchilar to`garak a`zolari safidan chiqariladilar.

To`garak ishini aniq rejalashtirish lozim: mashg`ulot kuni, soati va davomiyligi e’lon qilinadi. Mashg’ulot dasturi tuziladi, uning tematikasi, har bir ishtirokchining burchlari va vazifalari belgilanadi.

To’garak ishini tashkil eta turib, uni qanday yakunlashni ham o’ylash kerak. To’garakni yakunlash har xil bo’lishi mumkin: ota – onalar, maktab ma’muriyati, parallel sinflarning o’quvchilari hamda otaliq tashkilotlar vakillari ishtirokidagi yakunlovchi konferensiya va h.k. 7-8-sinf o’quvchilari kichik yoshidagi 3-4- sinf o’quvchlari oldida qiziqarli tajribalar bilan chiqishni yoqtirishadi.Bu tadbirlar bilan birgalikda devoriy gazetala r, stendlar, albomlar tayyorlanadi.

Sinfdan tashqari ishlarning yana bir ko’rinishi og’zaki jurnal hisoblanadi. U muntazam ravishda, masalan, har oyda bir marta turli yoshdagi o’quvchilari uchun o’tkazilashi mumkin. Og’zaki jurnalda doimiy sahifalar, masalan: “Bizning kimyoviy to’garak”, “Kimyodan yangi kitoblar”, “Eksperimental sahifa” va h.k. bo’lishi mumkin. Shuningdek, muayyan mavzularga oid og’zaki jurnallarda ham bo’ladi. Masalan, “Kimyoviy kasblar” , “Kimyo va turmush” va h.k..



Download 6,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish