Yosh fiziologiyasi, antomiyasi va gigienasi fanining rivojlanish tarixi



Download 110,5 Kb.
bet1/2
Sana13.01.2020
Hajmi110,5 Kb.
#33825
  1   2
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi, antomiyasi va gigienasi fanining rivojlanish


Aim.uz

Yosh fiziologiyasi, antomiyasi va gigienasi fanining rivojlanish tarixi
Tayanch iboralar: antik davr, sharq allomalari, tib qonunlari, fiziologiya asoschilari, zamonaviy fiziologiya, barkamol avlod, fiziologik kashfiyotlar, fiziologik yo‘nalishlar.

Mashg‘ulot rejasi:

1. Fiziologiyaning asoschilari va Sharq tabobati rivoji.

2. Anatomiya va fiziologiya fanining o‘rta asrlarda rivojlanishi.



3. Akademik A.Yu.Yunusov va uning shorgirtlarining ilmiy izlanishlari.

4. Davlat dasturlarining fan rivojidagi ahamiyati.


Anatomiya va fiziologiya faniga Yunon faylasuflari Gippokrat, Galen, Aristotel, Dioskoridlar asos solgan.

Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigiena fanini o‘rganar ekanmiz, bu fanning, umuman tibbiyot fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan vatandoshlarimizni eslashimiz lozim. Bular: 9 asrda Xusayin ibn Ibodiy; Abu Xanifa,10 asrda: Abu Rayxon Beruniy; Abu Bakr ar Roziy, 11 asrda: Abu Ali ibn Sino; Abu Mansur, 13 asrda: Abu Xomid Muxammad ibn Ali Samarqandiy va 15 – 16 asrlarda: Yusuf ibn Muhammad al – Hanafiylardir.

X asrning ikkinchi yarmida Abu Bakr ibn Axavay Buxoriyning Hidoyat" (tibbiyotni o‘rganuvchilarga qo‘llanma) kitobida odam va bolada uchraydigan ko‘pgina kasalliklar va ularni davolashda qo‘llaniladigan dorilar asosida ma’lumotlar berilgan. O‘sha davrlarda Abu Mansur Buxoriyning "Oddiy dorilar haqida katta to‘plam", Abu Saxiy Masix Jurjoniyning yuz bobli "Al-kimyo" kitobida tibbiyotni o‘rganishda darslik sifatida keng qo‘llanilgan.

Entsiklopedist olim Abu Rayxon Beruniy ham tibbiyot faniga katta hissa qo‘shgan. Uning "Saydana" kitobida o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma’lumot berilgan.

Jahon ilmiy tafakkuri rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o‘zidan oldin o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan, Aristotel’, Evklid, Ptolomey, Galen, Gippokrat, Pifagor kabilarning asarlarini qunt bilan o‘rgandi. Ibn Sinoning "Kitob al-konun fittibb" (Tib qonunlari) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo‘lib, 1956 va 1962 yillarda rus va o‘zbek tillarida to‘liq nashr etilgan. Bu kitobdarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarroxlik, dorishunoslik, Yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan. Bu kitob 600 yil davomida butun jahondagi shifokorlar uchun asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi, undagi ko‘pgina ma’lumotlar xozir xam o‘z ahamiyatini saqlab kelmokda. U 36 marta qayta nashr etilgan. Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib yoki fil’trlab iste’mol qilishni tavsiya etgan. U tashqi muhitdagi turli tabiiy narsalar havo, suv orqali kasallik tarqatuvchi ko‘zga ko‘rinmaydigan "mayda hayvonlar" ya’ni mikroblar haqida L. Pasterdan 800 yil ilgar o‘z fikrini bildirgan. U kasalliklarni oldini olishda tashqi muhitni muxofaza qilish, shaxsiy va ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish zarurligi haqidagi fikrlarni bundan 1000 yil ilgari aytgan edi.

19 asrda yashab ijod qilgan Ismoil Jurjoniy, Najibuddin Samarhandiy, 17 asrda yashagan Sulton Ali Tabib Xorosoniy tibbiyot fanini rivojiga katta hissalarini qo‘shganlar.

Fiziologiya juda qadim zamonlardayoq kasalliklarning oldini olish va davolash uchun, ularning organizmi va a’zolarini tuzilishini o‘rganishdagi tibbiy yehtiyojlar tufayli yuzaga keldi. Ana shu sababli qadimgi Yunon va Rim hakimlari anatomiya va fiziologiyani o‘rganganlar. Qadimgi olimlarning fiziologik bilimlari eng avvalo taxminlarga asoslangan edi, chunki ular tajribalarni juda kam bajarganlar, ana shu sababli ko‘plab olingan ma’lumotlar tana funksiyalar haqidagi fikr va mulohazalar noto‘g‘ri va kamchiliklardan xoli bo‘lmagan.

14-15 asrlargacha juda ko‘plab obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra fiziologiya bo‘yicha olingan ma’lumotlar sir saqlangan yoki ularni chop qilib ommalashtirish imkoni bo‘lmagan.

Anatomiya va fiziologiya fanining rivojlanishi feodalizmning halokati bilan boshlandi. A.Vezaliy (1514-1564) faqatgina hozirgi zamon odamlar anatomiyasining asoschisigina bo‘iib qolmay, balki fiziologiyani muhim faktlarga boyitgan, viviseksiya usulini itlarda birinchi bo‘lib qo‘llagan va shu usulning asoschisi hisoblanadi. M.Servet (1511-1553) kichik qon aylanish doirasini har tomonlama o‘rgandi, o‘pkada qoning o‘zgarishini va ularda kapillyarlar mavjudligini taxmin qildi. Anatom Fabnskiy (1537-1619) venalarda klapanlar borligini kashf etdi.

Ingliz hakimi Uilyam Garvey (1578-1657) hayvonlarda o‘tkir tajribalar va odamlardagi kuzatishlarga asosan katta qon aylanish doirasini o‘rgandi. U o‘zining xulosalarini hayvonlarda o‘tkazilgan viveseksiya tajribalarining natijalari asosida yozdi. Uning ilmiy ishlari fiziologik jarayonlami aks ettirganlaigi sababli, hozirgi eksperimental fiziologiyaning asoschilaridan biri deb yuritiladi.



17 asrning birinchi yarmida tabiatshunos va faylasuf Rene Dekart (1596-1650) hayvonlarda viviseksiya va odamlarda kuzatishlar o‘tkazib, yurakni roli va ovqat hazmini o‘rgandi. Uning fiziologiyada kashf etgan asosiy yangiligi Ko‘zning To‘r pardasiga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan yumish aktini o‘rganish asosida olgan shartsiz reflekslarni tushuntirib berganligidir. Dekartining refleks haqidagi ko‘rsatmalari chexiyalik olim I.proxaskianing (1749-1820) keyingi ishlarida rivojlantirildi.

Italiyalik fiziolog va fizik A.Galvani (1737-1798) - elektr nazariyasining asoschilaridan biri hisoblanadi. U baqaning nerv va mushaklarida elektr tokini hosil bo‘lish mexanizmini bir vaqtning o‘zida ikkita turli metal (temir va mis) yordamida muskullarning qisqarishini, so‘ngra nervlarda ham elektr toki mavjudligini ko‘rsatib berdi. Italiyalik fizik va fiziolog A.Volt (1745-1827) nervlar va muskullarga bir vaqtning o‘zida ikki xildagi metallar bilan ta’sir ko‘rsatilganda ularning opzlarini eiektr xususiyati emas, balki tashqi eiektr toki ta’sir etishini tushuntirib berdi. U elektr toki sezgi a’zolarini nervlar va mushaklarni qo‘zg‘atishini aniqladi. Shunday qilib Galvani va Voltlar elektrofiziologiyaning asoschilari bopiib qolishdi. Bu ishlar keyinchalik nemis fiziologlari yanada rivojlantirildi.

A.D.Daniliyevskiy (1838-1986) tomonidan hazm fermentlari va oqsillar sintezlanishida fermentlarning rolini o‘rganish Bo‘yicha olib borilgan biokimyoviy tadqiqotlar fiziologiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

19 asrdagi fiziologiyadagi yuksak rivojlanishlar viviseksiya usuli bilan birgalikda organizm funksiyalarini va uning kimyoviy tarkibini o‘rganish Bo‘yicha ximik va fizik tadqiqotlarning yutuqlariga asoslangan edi. Bu yo‘nalish juda yuqori darajada rivoj topdi.

Ch.Bell (1783-1855) o‘z tadqiqotlarida markazga intiluvchi (sezuvchi) va markazdan qochuvchi nervlar alohida-alohida bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Ch.Bell muskullar sezuvchanligini aniqlab, miya markazlari bilan skelet mushaklari orasida nerv-reflektor xalqa mavjudligini tasdiqladi.

F.Majandi asab tizimining trofik funksiyasini - organ va to‘qimalarda moddalar almashinuvining boshqarilishida asab tizimining ta’sirini o‘rganib chiqdi.



Majandining shogirdi Klod Bernar (1813-1878) juda ko‘plab muhim fiziologik kashfiyotlar qildi, u so‘lak va me’da osti bezi shiralarining hazmlovchi ahamiyatini, jigarda uglevodlar sintezini va qonda qand miqdorini tapmin etishdagi rolini, uglevodlar almashi-nuvida va qon-tomirlar devorlari faoliyatini boshqarilishida asab tizimining roli, nervlaming juda ko‘plab funksiyalarini ochdi, qon bosimi, qon tarkibidagi gazlar, muskullarning elektr toklari va boshqa ko‘pgina muammolami yechishda faollik ko‘rsatdi. K.Bemarning ko‘rsatishicha organizmning juda ko‘plab muhim funksiyalari asab tizimi bilan boshqariladi.

O‘tgan XX asrda I.L.Myuller (1801-1855) va uning shogirdlari ham fiziologiyaning rivojlanishiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shishdi. Ular juda ko‘plab anatomiya, qiyosiy anatomiya, gistologiya, embriologiya, sezgi a’zolari fiziologiyasi, tovush apparati va reflekslar Bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘plab tajribalar ularga taalluqlidir. Uning shogirdi T.Gelmgols (1821-1894) fizika, koprish va eshitish, nerv va muskullar tizimi fiziologiyalari Bo‘yicha muhim kashfiyotlar qildi.

Hozirgi zamon fiziologiyasining rivojlanishiga: nerv jarayonlarining tabiatini o‘rganish Bo‘yicha (A. Xodjkin, A. Xaksli va boshqalar), asab tizimlarining faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari Bo‘yicha (Ch.Sherington, R.Magkus, D. Ekkls va boshq.) va sezgi a’zolari ( R. Granif) nerv moddalarining ishtiroki (G. Dcyl. D. Kaxmansek, M. Bakk va boshq.). miya sopining funksiyalari Bo‘yicha (G.Megun, G.Morushin va boshq.) bosh miya (Yu.Konorskiy) yurak-tomirlar (E. Starling, K. Ungters, K. Gaymans va boshq.) ovqat hazmi Bo‘yicha (V. M. Beyms, A. Ayvi va boshq.) buyraklar faoliyati Bo‘yicha (A. Keshki. A. Richards va boshq.) opzlarining hissalarini qo‘shdi.

Barcha hamdo‘stlik mamlakatlari va jumladan O‘zbekistondagi fiziologiya fanining rivojlanishida hamyurtimiz Abu Ali Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi kuzatishlari natijasida chop etilgan besh-jildli "Tib qonunlari" asari muhim ahamiyatga ega.



Bundan tashqari 18-19 asrlardan boshlab fiziologiyaning rivojlanishiga rus fiziologiya maktabining rivojlanishi asosiy turtki bo‘ldi desak xato qilmaymiz. Rossiyada dastlabki fiziologik kuzatishlar 18 asrdan boshlangan. Dastlabki fiziologik eksperimentlarni V.F.Zuyev (1754-1794) A.M.Filomafitskiy (1807-1849) va boshqalar bajardilar. Dastlab nafas, qon va qon aylanishi, Abu Ali Ibn Sino harakat fiziologiyalari, so‘ngra esa tadqiqotlar (980-1037)ning asosiy yo‘nalishi bo‘lib asab tizimining turli bo‘imlarining funksiyalarini o‘rganish hisoblanadi (A.N.Orlovskiy, 1821-1856, A.A.Sokolovskiy 1822-1891 va boshq.).


Download 110,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish