Yo‘l rekonstruksiyasi deganda yo‘lni kattaroq darajaga o‘tkazish yo‘l poyini ShNK



Download 177,8 Kb.
bet1/5
Sana26.01.2023
Hajmi177,8 Kb.
#903131
  1   2   3   4   5
Bog'liq
YO‘L POYI


YO‘L POYI
Yo‘l rekonstruksiyasi deganda – yo‘lni kattaroq darajaga o‘tkazish - yo‘l poyini ShNK 2.05.02-08 me'yori bo‘yicha qayta qurish tushuniladi. Bu ishlarda eski yo‘lni harakat uchun saqlab qolish eng maqsadga muvofiqdir, yangi yo‘lni yangi yo‘nalish bo‘yicha yoki eskisiga parallel qilib qurish kerak. Ammo ko‘p hollarda yangi yo‘lni eskisi bilan birlashtirshga harakat qilinadi. Bunda harakatni aylanma yo‘llarda yoki eskisida tezligini sezilarli sekinlashtirib va qarshidan o‘tuvchilar uchun noqulay qilib o‘tkaziladi.

Ayrim bo‘laklarda yo‘l yangi yo‘nalishda o‘tkazilishi va eski yo‘lga tegilmasligi mumkin. Bu holda yo‘l poyini qurish qiyinchilik tug‘dirmaydi va avval aytib o‘tilgandek, umumiy qoidalarga asosan bajariladi.


Yangi trassa eski yo‘l o‘qi bilan qisman mos kelganda yangi yo‘l eskisiga qaraganda baland yoki past o‘tish varianti bo‘lishi mumkin. Balandlik qiymatiga bog‘liq holda faqat eski yo‘l to‘shamasini qalinlashtirish yoki uni yangisi uchun asos sifatida ishlatish ishlarini talab qilish lozim. Agar kattaroq ko‘tarilish bo‘lsa, yo‘l poyini sathini yer ishlarini bajarib ko‘tarish kerak.


Ko‘pincha, rekonstruksiya qilinayotganda yo‘l poyini kengaytirish kerak bo‘ladi, chunki darajasini oshirish bilan yo‘l poyi kengligi oshadi.


Bu kengaytirishning o‘lchamiga qarab ish usuli va mashinalar belgilanadi. Bir necha hollarda yo‘llar rekonstruksiyasida ulardan foydalanish davomida uchraydigan kamchiliklar – muzlab ko‘pchigan, ko‘chki bo‘lgan, grunt suvlari ko‘tarilgan joylar to‘g‘rilanadi. Bu o‘z navbatida yo‘l poyining o‘zgarishiga, muzlab ko‘pchigan joyni olib tashlashga, drenajlar qurilishiga va boshqa maxsus qurilmalarni qurishga olib keladi.


Yo‘lni rekonstruksiya qilishda muhim holatlardan biri ishni tashkil qilish - ish borayotgan yo‘l bo‘lagida transport vositasining uzluksiz harakatini tashkil qilishdir. Odatda, buni gruntli yo‘llarda vaqtinchalik aylana yo‘lini qurish bilan amalga oshiriladi. Harakat jadalligi ko‘p va sharoit yomon bo‘lganda aylanma yo‘llarda qattiq qoplama quriladi, bu qurilishni murakkablashtiradi va qimmatlashtiradi. Shuning uchun rekonstruksiyada ish fronti qisqartiriladi. Har bir yo‘lning yarmida navbat bilan ish olib boriladi, ishni qulay tashkillashtirish natijasida aylanma yo‘lda harakat yilning quruq vaqtiga to‘g‘ri kelishi kerak. To‘xtovsiz va xavfsiz o‘tish uchun texnik yordam xizmati, signalizatsiya, yo‘l belgilari va to‘siqlar tashkil qilinadi.


Yo‘l poyini 2-7 m ga kengaytirish yo‘lni rekonstruksiya qilishda eng ko’p uchraydigan ish turidir. I darajali yo‘llarda ikkinchi qatnov qismi uchun yangi yo‘l poyi quriladi. Ko‘pincha, I darajali yo‘llar eski yo‘l bilan


moslashtirilmasdan, yangi yo‘nalish bo‘yicha quriladi. Yangi trassa eski yo‘lning o‘qi bilan mos kelsa, eski yo‘l poyining ikkala tomonidan (10.1-rasm) kengaytiriladi. Bunday kengaytirishni belgilashda ishlab chiqarish usuli va yer mashinalarining alohida xususiyatlari hisobga olinadi. Yo‘l cheti polosasining yuqori xosil beruvchi qatlamini saqlash kerakligi, rekonstruksiya bo‘yicha ishlaydigan yo‘l mashinalari va avtomobillar o‘tadigan, o‘simlik qatlamini faqat kengaytiriladigan polasadan emas, unga yopishgan kengligi 3-5 m bo‘lgan polosadan ham olish talab qilinadi.





Download 177,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish