Yillik hisoboti



Download 6.08 Kb.
Sana28.09.2021
Hajmi6.08 Kb.

Farg’ona davlat universiteti Chet tillar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 16.50-guruh talabasi Ahmadjonova Solihabonuning 4-bosqichda bo’lib o’tadigan yillik amaliyotni o’taganligi haqidagi

YILLIK HISOBOTI

Men Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 16-50-guruh talabasi Ahmadjonova Solihabonu 4-bosqichda 09.09.2019 dan 16.03.2020 gacha haftaning dushanba va shanba kunlari bo’ladigan yillik amaliyotni Farg’ona viloyati Qo`shtepa tumani 9-umumta`lim maktabda o’tadim. Bu yerda men 10-“A” va 10-“B” sinf o’quvchilari bilan dars mashg’ulotlarini olib bordim. Men bir yillik amaliyot jarayoni uchun o’quv dasturi ishlab chiqdim va shu o’quv dasturi bo’yicha o’quvchilarga dars berdim. Amaliyot jarayonida nazariy jihatdan o’rgangan o’qitish metodlari bo’yicha bilimlarimni amalda qo’lladim va yanada ko’proq bolalarni o’qitish borasida tajriba orttirdim. Shuningdek, ko’proq tajribaga erishish maqsadida tajribali o’qituvchilarni darslarini kuzatdim. Dars mashg’ulotlarini qiziqarli olib borish maqsadida turli xil qiziqarli o’quv materiallardan foydalandim va albatta ularni tanlashda o’quvchilarning yoshi, qiziqishlari va extiyojlarini ham hisobga oldim. Natijada, o’quvchilarni o’qitishda yaxshi natijalarga, samaradorlikka erisha oldim. Ayniqsa, darsda mavzularni turli xil qiziqarli rangli o’quv materiallari va o’yinlar vositasida tushuntirish orqali bolalarni ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortishiga erishdim. Har bir yangi mavzuni o’tishdan oldin o’tilgan mavzularni takrorlash sifatida so’rab oldim. Malakaviy amaliyot mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillash haqida yetarli bilim-ko'nikmaga ega bo'ldim.

Amaliyot davrida sinf bilan ishlash, dars jarayonidan qatnashishdan tashqari maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o`tkiziladigan ma`naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma`naviyat soatlarini olib borishni o`rgandim. Davomati va o`zlashtirishi past o`quvchilar bilan ish olib borishni o`zlashtirdim. Ayniqsa sinfda faol va past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga qo`shimcha materiallar tayyorlash, darsga jalb qilish hamda ko`rgazmali qurollar va tehnika vositalardan doimiy ravishda hamda maqsadli foydalanish yuzasida bilimlarimni oshirdim. Darslarda mustaqil ravishda konspekt yozishni va ko`rgazmali qurollardan foydalanishni o`rgandim.

Shuningdek, amaliyot davrida turli xil tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillashga yordam berdim. Ustozlar va o`quvchilarning yordamlari bilan o’zim ham madaniy-ma'rifiy tadbir o’tkazdim. Ushbu amaliyot mobaynida o`rgangan va keyingi bosqichlarda o`rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda, davlatimizning ta`lim sohasini rivojlantirishga o’z hissamni qo’shishimga asos bo’lib xizmat qiladi. Amaliyot davomida o’rgangan bilim va ko’nikmalarim kelajakdagi kasbiy faoliyatimda qo’llayman va ular menga yaxshi natijalarga erishishimga yordam beradi deb ishonaman.



Amaliyotchi: S. Ahmadjonova

Tasdiqlovchi: Sh. Igamberdiyeva
Download 6.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat