Yechim realizatsiyadan olinadigan foyda quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: F=P*q-vc*q-fc



Download 16.88 Kb.
Sana03.12.2019
Hajmi16.88 Kb.
MASALA

Korxona har birining narxi (QQSsiz) 3000 dollar bo`lgan havo ionizatorlari ishlab chiqaradi va oyiga 400 donadan sotadi. Korxonaning 1ta ionizator uchun o`zgaruvchan xarajatlari – 1800 dollar, doimiy xarajatlari oyiga 270000 dollarni tashkil qiladi. Quyidagi savollarga moliyaviy menejer sifatida javob bering:

1. Marketing bo`limi boshlig`I reklamaga oyiga qilingan xarajatni 100 000 dollarga oshirish realizatsiyadan qilinadigan foydani 300 000 dollar oshishiga olib keladi deb hisoblaydi. Reklama xarajatlarini oshirish to`g`ri yo`lmi?

2. ishlab chiqarish bo`yicha director o`rinbosari o`zgaruvchan xarajatlarni har bir birlik mahsulotdan 250 dollardan tejashga olib keladigan arzonroq materiallardan foydalanishni xohlaydi. Ammo sotuv bo`limi boshlig`I plitalar sifatining pasayishi oyiga tovar sotuv hajmining 350 taga qisqarishiga olib keladi deb qo`rqadi. Arzonroq materiallar sotib olishga o`tish kerakmi?

3. marketing bo`limi boshlig`I realizatsiyani 200 dollarga tushirib,reklama xarajatlarini 150 000 dollarga chiqarish kerak deb hisoblaydi. Marketing bo`limi realizatsiya hajmining 50%ga o`sishini prognozlashtirmoqda. Bunday taklifni yoqlash kerakmi?

4. sotuv bo`limi boshlig`I hamkasblarini okladlardan (jami oylik to`lov fondi – 60 000dollar) har bir sotilgan ionizatordan 150 dollardan beriladigan komission rag`batlantirishga o`tkazishni taklif qilmoqda. U sotuv hajmi 15% ga o`sadi deb ishonadi. Bunday taklifni yoqlash kerakmi?

5. marketing bo`limi boshlig`I sotuvni rag`batlantirish va oylik qo`shimcha ulgurji hajmini 150 dona ionizatorga ko`tarish maqsadida ulgurji savdoning narxini tushirishni taklif qildi. Foyda 30 000 dollarga oshishi uchun qo`shimcha mahsulot ulgurji narxini qanday o`zgartirish kerak?

YECHIM


  1. Realizatsiyadan olinadigan foyda quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi:

F=P*Q-VC*Q-FC

Bu yerda:



F – foyda miqdori

Pbirlik mahsulot narxi

Q – mahsulot miqdori

VC – birlik mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgaruvchan xarajat

FC – doimiy xarajatlar

Unda:


F=400*3-4001.8-270=1200-720-270=210 ming dollar

Reklama xarajatlarini oshirgandan keying foydani hisoblaymiz:



F=(1200+300)-720-(270+100)=410 ming dollar

Bu holatda reklama xarajatini oshirishni ma’qllasa bo`ladi, chunki bunda kompaniya foydasi ortadi.

2. Materiallarni almashtirgandan keying foydani hisoblaymiz:

F=350*3-350*(1.8-0.25)-270=237.5 ming dollar

Yanada arzonroq materiallarni xarid qilishni boshlasa bo`ladi, chunki oqibatda bu ham foydaning ortishiga olib keladi.

3. Taklif qilingan o`zgarishlarni bajargandan keying foydani hisoblaymiz:

F=400*1.5*(3-0.2)-400*1.5*1.8-(270+150)=180ming dollar

Bu taklifni qabul qilmaslik kerak, ababi uning oqibatida foyda 30 000 dollarga pasayadi.

4. mehnatga haq to`lashni o`zgartirgandan keying foydani ko`rib chiqamiz:

F=400*1.15*3-400*1.15*(1.8+0.15)-(270-60)=273 ming dollar

Bu taklifni qabul qilsa bo`ladi chunki u foydani orttiradi.



5. yangi ulgurji narxni quyidagi formula yordamida hisoblaymiz:



Ulgurji narxni 2730 dollargacha tushirish mumkin ekan
Download 16.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat