“Yaxshi muallim – sifatli ta’lim”



Download 152 Kb.
bet1/9
Sana11.02.2022
Hajmi152 Kb.
#443278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yaxshi-muallim

Yaxshi muallim – sifatli ta’lim”


“Yaxshi muallim – sifatli ta’lim” nomli
 tashkiliy-metodik tadbirlar kompleksi pedagogik innovatsiya sifatida
Mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko’tarish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.
Dunyoning barcha rivojlanayotgan davlatlari (hatto bir qator rivojlangan davlatlar ham) XXI asrda o’z oldiga hamma bolalarni umumiy o’rta ta’lim jarayoniga to’liq qamrab olish masalasini qo’ygan bir vaqtda, mustaqil O’zbekistonimizda ushbu muammo allaqachon muvaffaqiyatli hal etilgan bo’lib, navbatdagi ustuvor vazifa sifatida sifatli ta’lim-tarbiya berish, ta’limning samaradorligini oshirish masalasi qo’yildi. Zero mamlakatimizda bolalarning umumiy o’rta ta’lim bilan qamrab olish darajasi jahonda yuqori ko’rsatgichni 99,7% ni tashkil etadi. Mamlakatimizda butun dunyoda noyob deb tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilmoqda, 2009 yildan boshlab 12 yillik (9+3) majburiy bepul ta’lim joriy etildi.
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko’tarishni talab etmoqda. Bu o’z o’rnida har bir tizim xodimi, ayniqsa, o’qituvchilar zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. Negaki, rad qilib bo’lmaydigan bir haqiqat bor — qilingan barcha sa’y-harakatlar oxir-oqibat o’qituvchi mehnati orqali o’z natijasini o’quvchilarning yaxshi bilimi va xush axloqida namoyon etadi. SHunday ekan, pedagoglardan vijdonan mehnat qilish, yorug’ kelajagimiz oldidagi mas’uliyatlilik, ko’rsatilayotgan yuksak e’tiborga munosib javob berish talab etiladi.
     Demak ta’lim-tarbiyaning sifati, samaradorligi birinchi navbatda sifatli ta’limga bog’liq. Sifatli ta’lim esa xalqona tilda aytganda yaxshi muallimga, o’qituvchi va tarbiyachiga bog’liq.
Inson paydo bo’libdiki, ta’lim-tarbiya paydo bo’lgan. Ta’lim-tarbiya paydo bo’libdiki ustoz-murabbiylarga xos bo’lgan sifatlar hamda talablar ortib borgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, “yaxshi” degan so’zning ortida doimo ijobiylik, samarali natijaga erishganlik tushunchasi turadi. Ya’ni, yaxshi muallimlarning yaxshiligi ularning yuqori natijalarga erishgan o’quvchilari hamda jamiyatda o’z o’rnini topgan shogirdlarining ko’pligi bilan izohlangan.
Pedagogika sohasida ilmiy tadqiqotlarda “O’qituvchilarning mahorati”, “Zamonaviy o’qituvchining qiyofasi”, “O’qituvchilarning kasbiy kompetentliligi” mavzularda bir qator ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ularning barchasi ilmiy tilda yozilgan bo’lib, asosan “Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi kerak ?” degan savolga javob izlangan.
Shu yo’nalishda xalq ta’limi tizimida ham sifatli ta’limni joriy etish maqsadida barcha o’qituvchilar tushunadigan sodda va aniq tilda “Dars muqaddas”, “O’rgan-o’rgat”, “Sog’lom muhit – sog’lom jamoa”, “Uzluksiz va uzviy” kabi bir qator innovatsiyalar amaliyotga joriy etildi.
Mazkur innovatsiyalarning mantiqiy davomi sifatida “Yaxshi muallim – sifatli ta’lim” nomli tashkiliy- metodik tadbirlar kompleksi tavsiya etilmoqda. Navbatdagi innovatsiya oldingilaridan o’zining eng muhim bir xususiyati, avvalgi tavsiyalarni o’zida mujassamlashtirganligi va ularni rivojlantirganligi hamda tizimda o’z-o’zini baholash metodini joriy etilishi bilan farq qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda yaxshi muallim quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim deb hisoblaymiz:
- O’z fani bo’yicha yaxshi kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi (doimiy ravishda fanidagi metodik yangiliklardan xabardor bo’lishi);
- Dars jarayonida pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan o’z o’rnida samarali foydalana olishi;
- Darsga qo’yilgan maqsadlarga erishishi, dars jarayonida har bir o’quvchining aqliy va ma’naviy rivojlanishiga shart-sharoit, imkoniyat yaratishi;
- har bir o’qituvchining qo’lida qog’oz va elektron shaklda (fleshka, kompьyuterda va boshqalar) fani bo’yicha Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, taqvim-mavzu reja, dars ishlanmasi (konspekti) mavjud bo’lishi hamda o’qituvchi bular haqida puxta bilimga ega bo’lishi lozim;
- fan xonalari vazirlik tavsiyalari asosida interfaol usulda darslarni yuksak saviyada o’tilishiga doim tayyor holatda bo’lishi;
- har bir darsga mas’uliyat bilan yondashib, puxta tayyorgarlik ko’rgan holda kirishi;
- o’qituvchi darsini kuzatishga kelgan kompetentli komissiya a’zolari oldida o’zini yo’qotib qo’yib, xijolatli vaziyatga tushib qolmaslik uchun tegishli choralarni ko’rishi.
- fan to’garagini samarali faoliyat yuritishiga sharoit yaratishi va faoliyatini samarali yo’lga qo’yishi;
- ota-onalarni farzandlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga ko’proq va kengroq jalb etish, ularning hohish-istaklaridan kelib chiqqan holda to’garaklar tashkil etish;
- Inson va ustoz sifatida o’z o’quvchilari va hamkasblariga shaxsiy namuna bo’lishi va boshq. (jamiyatda va jamoada obro’-e’tiborga ega bo’lishi );
O’qituvchilar «Dars muqaddas» tavsiyalarida ta’kidlanganidek «O’qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’lim muvaffaqiyati va samarasi garovi» ekanligini ongida, tafakkurida doimo faollashtirib turishi hamda amaliyotini shunga moslashtirib borishi lozim.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish