Yangi telefon sotib oldingizmi? Eski qurilmangizdagi ma’lumotlarni yangisiga qanday qilib o‘tkazishni o‘ylab, bosh qotiryapsizmi? Siqilmang



Download 13.53 Kb.
Sana30.06.2021
Hajmi13.53 Kb.

Yangi telefon sotib oldingizmi? Eski qurilmangizdagi ma’lumotlarni yangisiga qanday qilib o‘tkazishni o‘ylab, bosh qotiryapsizmi? Siqilmang. Bugun biz eski telefondagi barcha sozlama va shaxsiy ma’lumotlarni yangi smartfonga qanday qilib o‘tkazish xususida gaplashamiz. Barcha dasturlar, ichki xotiradagi ma’lumotlar, qayd yozuvlari, sozlamalar, tarmoqlar, fon rasmlari, qo‘ng‘iroq ohanglari va boshqalar bilan birga! Bu usulni Android’ning istalgan versiyasida qo‘llay olasiz va u mutlaqo bepul. 

Dastlab Google Play’dan “Clone it” ilovasini yuklab oling. Ushbu dastur ikkala telefonda ham bo‘lishi kerak. Shuningdek, har ikkala qurilmada ham Google’ning bir xil hisob qaydnomasi bo‘lishi lozim. Buni telefonlardagi “Sozlamalar” – “Akkauntlar” – “Sinxronizatsiya” buyruqlar ketma-ketligiga kirish orqali aniqlash mumkin. Eng oxirida Google hisob qaydnomangiz haqidagi ma’lumotlar ko‘zga tashlanadi. Masalan: moja.pochta@gmail.com.


Ikkala smartfonda ham “Sinxronizatsiya” buyrug‘idan keyin bir xil Google hisob qaydnomasi mavjudligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Ba’zida ushbu menyuga boradigan yo‘l farq qilishi mumkin.

Endi “Clone it” dasturini ishga tushiramiz va ilovaga barcha ma’lumotlarimizga kirish uchun ruxsat beramiz. Keling, endi tushunish oson bo‘lishi uchun yangi telefonni mijoz, eskisini esa donor deb ataymiz. Ikkala qurilmani ham quvvat manbayiga ulaymiz (ma’lumotlarning umumiy hajmiga qarab, uzatilish jarayoni 2,5 soatgacha davom etishi mumkin). So‘ng sozlamalarga kirib, “Ekranni o‘chirmang” rejimini yoqib qo‘ying. Donorning boshlang‘ich ekranidan biz “Yuboruvchi” buyrug‘ini, mijoz qurilmadan esa “Qabul qiluvchi” bo‘limini tanlaymiz. Shunda “Clone it” ilovasi sizdan qo‘shimcha harakatlarga ruxsat so‘raydi. Siz barcha so‘rovlarga rozi bo‘lasiz.



“Mijoz” “donor”ni ko‘rishi bilan, ikonka ustiga bosing va ulanishga rozi bo‘ling. Bundan tashqari, dastur ma’lumotlarni uzatishning 2 usulini taklif qiladi: toifalar bo‘yicha fayl ko‘rinishida yoki har bir toifadagi fayllardan faqat sizga kerak bo‘lganlarini o‘zingiz tanlab chiqasiz. Kategoriyalar quyidagicha: aloqalar, dasturlar, tizim sozlamalari, rasmlar, musiqa va video... Dastur, shuningdek, fayllarni bir telefondan ikkinchisiga to‘liq uzatishga qancha vaqt ketishini ham hisoblab, aytib beradi. Vaqt daqiqalar bilan ko‘rsatiladi. 

Ma’lumot uzatish paytida ekran o‘chib qolmasligi uchun biz ekran qulfini o‘chirib qo‘ydik va ikkala telefonni quvvat manbayiga uladik. Agar siz tasodifan smartfoningizdagi qulflash tugmasini bossangiz ham, jarayon to‘xtaydi. Ehtiyot bo‘ling! Endi siz “donor”ni chetga surib qo‘yib, keyingi barcha harakatlarni faqat “mijoz” orqali bajarishingiz mumkin
Download 13.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat