Yangi O’zbekiston Xalqining Ma’rifatli Jamiyatini Yaratishda Yoshlarning O‘rni Nazirjonova Muxlisa Bahodir qizi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta‘lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalish 3-bosqich talabasi 91 324 38 02



Download 12,56 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2022
Hajmi12,56 Kb.
#572230
  1   2
Bog'liq
Tanlov uchun Nazirjonova Muxlisa


Yangi O’zbekiston Xalqining Ma’rifatli Jamiyatini Yaratishda Yoshlarning O‘rni

Nazirjonova Muxlisa Bahodir qizi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta‘lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalish 3-bosqich talabasi 91 324 38 02

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O’zbekiston,Uchinchi Renessans davrini qurishda yoshlarning o’rni,ularga berilayotgan imkoniyatlar va ulardan oqilona foydalanish haqida
Kalit so’zlar:Yangi O’zbekiston,Uchinchi Renessans,o’zbek xalqi,tinchlik,besh tashabbus,yoshlar,ma’naviyat,ma’rifat.
Kirish
Yaratgan tomonidan insonga tug’ilgan joyi,ota-onasini tanlash huquqi berilmagan,shu tufayli ham kimning qay go’shada,qanday insonlar orasida tug’ilishi unga taqdirning bergan tuhfasidir.Men o’ziga bek bo’lgan chin insonlar yurti O’zbekistonda tug’ildim va voyaga yetmoqdaman.Tangri nazari tushgan ushbu zamin qancha tarixni boshidan kechirdi.Bu kungacha ko’hna tarix qancha urushlarni ko’rmadi,millatning chin insonlarining qoni muqaddas zaminga qorishmadi.Biz shunday ozod va obod diyorda yashayotganimizning sababchilari shunday ulug’ bobolarimizdir.Ular qachonki,yurtimizni yanada rivojlantirsak va jahonning eng oldi davlatlari qatoriga olib chiqsak bizdan rozi bo’lib,ruhlari shod bo’ladi deb o’ylayman.Bu esa bugungi kunning yoshlari,ya’ni,bizning qo’limizdadir.
O’z yurtida ozod va erkin hayot,adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni o’z oldiga qo’ygan har qanday millat,xalq og’ir va mashaqqatli murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tadi.Ana shunday matonatli o’zbek xalqi ham o’z bardoshi ila necha yillar ro’yobida 1991-yil 31-avgustda o’z mustaqilligiga erishdi.Jahonda mustaqil davlatlar qatoriga qo’shildi,lekin mustaqillikning dastlabki yillaridanoq buni hech kim osonlikcha tan olmadi.Har sohada o’zbek xalqi halol mehnati,sabr-bardoshi bilan dunyo ahliga kimligini namoyish qildi.Hozirgi kunga kelib O’zbekiston nomi yer uzra mashhur,bu yurtni ko’rmoq uchun qancha joylardan sayyohlar tashrif buyurmoqdalar.
Hech shubha yo’qki,istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyatni qurish yo’lida tarixiy ishlar amalga oshirildi.Qisqa davr ichida yurtimiz Konstitutsiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.Davlatimiz o’z ramzlariga ega bo’ldi.Milliy pul birligimiz so’m qabul qilindi.O’zbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat mustaqilligini,sarhadlarimiz daxlsizligi,xalqimizning tinch-osoyishta hayoti hamda milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlar tashkil etildi.Tariximiz,milliy qadriyatlarimiz,o’zligimiz tiklandi.
Bugungi kunda davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz taraqqiyotini yangi,yuksak bosqichga ko’tarish,yangi islohotlar amalga oshirish bo’yicha bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek,Prezidentimizning “Yangi O’zbekiston”ni qurish, “Uchinchi Renessans” davrini yaratishga qaratyotgan islohotlari har bir yurtdoshimiz yuragida kelajakka bo’lgan ishonch va ezgu maqsadlarni qo’ymoqda:”Ta’kidlash kerakki,Yangi O’zbekistonni barpo etish—bu shunchaki xohish-istak ,subyektiv hodisa emas,balki tub tarixiy asoslarga ega bo’lgan,mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy,iqtisodiy-ijtimoiy,ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o’zi taqozo etayotgan,xalqimizning asriy intilishlariga mos,uning milliy manfaatlariga to’la javob beradigan obyektiv zaruratdir.Yangi O’zbekiston—demokratiya,inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va prinsplarga qat’iy amal qilgan holda,jahon hamjamiyati bilan do’stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan,pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin,obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo’lgan davlatdir”.
Mamlakatimiz aholisining 64 foizini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi,bundan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Yoshlar mamlakati.Yangi O’zbekistonni barpo etishda yoshlar katta kuch deganidir,Prezidentimizning”Yangi O’zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz’’,-degan so’zlari har bir o’zbek farzandiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2016-2021-yillarda yoshlar siyosatiga doir 5 ta qonun va 55 ta qonunosti hujjati qabul qilindi.2016-yilda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to’grisida”gi qonunda yoshlarni har tomondan ijtimoiy himoya qilish,har qanday sohada ularni qo’llab quvvatlashga katta ahamiyat qaratilagan.Yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilishi yurtimizdagi barcha yoshlarni o’zaro birlashtirdi.Bundan tashqari,Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo’yicha komissiya,Oliy Majlis palatalari huzurida”Yoshlar parlamenti” tashkil qilindi.Shu bilan birga Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil etildi.Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi. Mazkur ishlar natijasida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil topgandan buyon 841 147 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.
Shuningdek,O’zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilib kelinmoqda.5 tashabbusning har bir yo’nalishida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.San’at,sport,kompyuter savodxonligi,kitobxonligi madaniyati,ayol-qizlarning ish bilan ta’mirlanishi bu orqali sezirali darajada o’zgaradi.Ayniqsa,4-yo’nalish” Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish” bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan”Yosh kitobxon” tanlovining tashkillanishi,unga bosh sovrin sifatida avtomobil qo’yilganinining o’ziyoq mamlakatimizda yoshlarga e’tiborning naqadar kattaligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari yoshlar o’rtasida “Sport karvoni”,”Bir million dasturchi”,”Eng yaxshi kitobxon oila” loyihalari amalga oshirilmoqda. Bilimli,intellekti baland,mantiqiy fikrlashda salohiyatli yosh-u kattalarni birlashtirgan’’Zakovat” intellektual o’yiniga so’nggi yillar ichida katta e’tibor qaratilmoqda va bu yildan uning nufuzini kuchaytirishga maxsus qaror ishlab chiqilganligi yurtimizda ma’naviyatli avlodni tarbiyalashda qilinayotgan ishlarning bir ko’rinish ekanligini anglab yetamiz.Turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan.yuqori natijalarga erishayotgan yigit-qizlarni rag’batlantirish maqsadida “Mard o’g’lon” va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etilgani esa yoshlarning qilayotgan say-harakatlari hamisha e’tirofdaliigning namunasidir.
Yangi O’zbekistonni ta’lim va tarbiyasiz qurib bo’lmaydi.So’nggi 5 yil ichida ta’lim va tarbiya sohasida katta ishlar amalga oshirildi.Maktabgacha ta’lim sohasida qator o’zgarishlar amalga oshirilib,bolalarni qamrab olish darajasi 2 barobar ortib 60 foizga yetkazildi.Bog’chalar soni 14 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.Bundan tashqari yoshlarning bilim olish darajasini oshirish maqsadida o’tgan qisqa muddat ichida 98 ta ixtisoslashgan ta’lim muassalari tashkil qilindi va har bir viloyatda Prezident maktablari ochildi.
Oliy ta’lim sohasida ham qator ishlar amalga oshirildi.2016-yilda mamlakatimizda 65 ta oliy ta’lim tashkiloti bo’lgan bo’lsa,bugungi kunga kelib oily ta’lim tashkilotlari soni 2 barobardan oshdi.2016-2017 o’quv yilida o’qishga qabul qilish parametrlari 57 907 nafarni tashkil qilgan bo’lsa,2021-2022 o’quv yiida 3 barobarga oshib 157 755 ni tashkil etmoqda.Bu ko’rsatkichni 65 foizga ko’tarish ustida ishlar amalga oshirilmoqda.Davlat granti asosida o’qishga qabul qilish 1.5 barobar oshirildi,xususan xotin-qizlarga alohida grant o’rinlari ajratildi.2021-2022 o’quv yilidan boshlab tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasidan ajratishning yangi tizimi yo’lga qo’yildi.Unga ko’ra,ta’lim kreditining asosiy qismi talaba oily ta’lim tashkilotini tugatgandan so’ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarishi belgilandi,Joriy o’quv yilidan kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to’plagan 200 nafar yosh uchun davlat mablag’lari hisobidan moliyshalashtiriladigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy etildi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda,so’nggi besh yil davomida yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash,ularni komil inson sifatida yetishi uchun zamin yaratildi . Bularning bari ma’naviyat va ma’rifatga qaratilgan chora tadbirlar ekani har tomonlama bo’y ko’rsatmoqda.Ma’naviyati,ma’rifati yuksak xalqni hech qanday kuch yenga olmasligidadir. Yoshlarga berilayotgan bu e’tiborlar esa o’z mevasini bermoqda.Bunga yoshlarning xalqaro va respublika miqyosida erishayotgan yutuqlari yaqqol dalildir.Berilayotgan shuncha imkoniyatlardan foydalanmaslik esa jinoyat bilan tengdir.O’zbekistonning yosh bir fuqarosi bo’lib, Yangi O’zbekistonni qurish va Uchinchi renessans qurishdeh bir davrda yashayotganimda faxrlanaman va butun O’zbekiston yoshlarini bu ishda faol bo’lishlariga chaqiraman.Chunki aynan bugungi yoshlar ertangi kunimizning,Yangi O’zbekistonning va Uchinchi Renessansning poydevorlaridir.

Download 12,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish