Yakuniy baholash bo‘yicha yo‘riqnoma



Download 3,08 Mb.
Sana12.09.2021
Hajmi3,08 Mb.
#172638
Bog'liq
Final Assessment Instructions Uzbek

Yakuniy baholash bo‘yicha yo‘riqnoma

Udacity yakuniy baholash imtihoni Sizga yoʻnalishingiz boʻyicha ikki bosqich davomida olgan bilimlaringizni sinovdan oʻtkazish imkoniyatini beradi! Bundan tashqari, yakuniy baholash bizga “Nanodegree” granti uchun eng yaxshi natijaga erishgan talabalarni saralab olish imkonini beradi.


Udacity Yakuniy baholash uchun shartlar
  • Yakuniy baholashga tayyor boʻlish uchun kursning kontentini (darslar, videolar va testlar) toʻliq takrorlash zarur.
  • Ingliz tilini mukammal bilish kerak - Yakuniy baholash faqat Ingliz tilida olib boriladi.
  • Yakuniy baholashda qatnashish uchun hech qanday maxsus dasturiy ta‘minot talab etilmaydi. BIroq Google Chrome internet brauzeridan foydalanish tavsiya etiladi.
  • Yakuniy baholashni faqat kompyuterda o‘tish kerak. Yakuniy baholashda mobil qurilmalar orqali qatnashish man etiladi, chunki baholash tizimi mobil qurilmangizda toʻliq ishlamasligi mumkin.

Quyidagi sahifalar Yakuniy baholash uchun foydali ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Iltimos yodda tuting, har qanday vaziyatda ham qoʻshimcha vaqt berilmaydi yoki yuqorida keltirilgan koʻrsatmalarga istisno qilinmaydi. Shu tufayli koʻrsatmalarni toʻliq oʻrganib chiqing.

Yakuniy baholash oldidan

  • Yakuniy baholash uchun havolani, baholash uchun siz tanlagan sanadan 24 soat oldin elektron pochtangizga qabul qilib olasiz. Baholash uchun siz tanlagan sana biz jo‘natgan tasdiqlovchi elektron xatda ko‘rsatilgan. (Agar elektron xatni olmagan bo‘lsangiz, Spam papkasini tekshiring).
  • Yo‘nalishingiz bo‘yicha Yakuniy baholashga, baholash uchun havola taqdim etilgan elektron xatni qabul qilib olganingizda rasman taklif etilgan hisoblanasiz. “Nanodegree” grantini yutib olish uchun, elektron xatda ko‘rsatilgan sanadagina baholashda ishtirok etishingiz mumkin va bunga faqat bitta imkoniyat beriladi. Kelajakda aynan shu yo‘nalish bo‘yicha yakuniy baholashda qatnasha olmaysiz..
  • Yakuniy baholash uchun berilgan havola biz jo‘natgan tasdiqlovchi elektron xatdagi sanada, faqat 24 soat ichida amal qiladi. Aynan shu vaqt davomida Yakuniy baholashda qatnashish uchun birgina imkoniyatingiz mavjud..
  • Yakuniy baholash davomiyligi 60 daqiqani tashkil qiladi va shu vaqt mobaynida ortiqcha shovqinlardan holi, internet tezligi yaxshi joyda bo‘lish tavsiya etiladi.


Yakuniy baholash davomida

Yakuniy baholashni to‘liq tayyor bo‘lganingizdagina boshlang. Yakuniy baholash ko‘p tanlovli savollar ko‘rinishida olib boriladi. Baholashdagi savollarning soni siz tanlagan yo‘nalishga qarab belgilanadi. Kurs tinglovchilari yakuniy baholashga ajratilgan 60 daqiqa ichida imkoni boricha barcha savollarga javob berishlari shart. Yakuniy baholash uchun berilgan havolani ochishingiz bilan baholashga ajratilgan 60 daqiqa hisobi boshlanadi.. Yakuniy baholash paytida boshqa oynalarni ochmang. Yakuniy baholash uchun taqdim etilgan havola u berilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida amal qiladi. Yakuniy baholashni aynan shu 24 soat ichida vaqtliroq boshlash tavsiya etiladi, chunki havola 24 soatdan so‘ng eskiradi va barcha savollarga javob berib ulgurmagan bo‘sangiz ham baholash tizimi yopiladi.

Ogohlantirish! Baholash davomida mug‘ombirlik qilish jiddiy qoidabuzarlik sifatida qabul qilinadi. Yakuniy baholashning savollari va javoblarini ijtimoiy tarmoqlar va boshqa internet resurslari orqali tarqatish qat’iyan man etiladi. Ushbu qoidaga amal qilmaslik yoki har qanday mug‘ombirlikka qo‘l urish akkauntning yopilishiga va akkaunt egasining dasturdan chetlashtirilishiga olib keladi.

Yakuniy baholashdan so‘ng

“Nanodegree” granti g‘oliblari Yakuniy baholashda olgan balları orqali aniqlanadi. Agar ballarda tenglik yuzaga kelsa, g‘olib baholash uchun sarflagan vaqti orqali aniqlanadi. Eng yuqori ball olgan birinchi 50 nafar talaba “Nanodegree” granti bilan taqdirlanadi va ta’lim olishni davom etish imkoniytiga ega bo‘ladi. Yakuniy baholashda ishtirok etgan talabalar “Nanodegree” grantiga qabul natijasi haqida xabar oladilar. Ushbu xabar elektron pochtaga Yakuniy baholashdan keyingi 2-4 haftada yuboriladi. Shu vaqt mobaynida elektron pochtangizni va shu jumladan Spam papkasini tekshirib turishni unutmang.


Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish