Burgʼi quduqlarida magnit maydonini oʼlchash (magnitli karotaj).
Magnit karotaj diagrammalarini talqin qilish.
Temir konlarini qidirishning karotaj usullari.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Yadro-magnitli karotaj
Yadro magnit karotaj - tosh elementlarining magnit xususiyatlarini o'rganish.Burg’i qudug’ida magnit maydonini oʼlchab togʼ jinslarining magnit xususiyatlarini oʼrganish mumkin. Shu bilan geologik kesimda magnit xususiyati bilan ajralib turgan togʼ jinslari oʼrganiladi. Аyniqsa, tarkibida magnetit minerallari boʼlgan ma’dan maydonlarini burgʼilashda magnitli karotaj yordamida ularning chegaralari, qalinligi katta aniqlikda oʼrganiladi. Burgʼi quduqlarida magnit maydonini oʼlchash uchun maxsus oʼlchash asboblari КМК, ТSМК-40, EМК-1, КМV, АMK-3 kabi asbob va apparaturalari qoʼllaniladi.
Yadro magnit karotaj - tosh elementlarining magnit xususiyatlarini o'rganish.Burg’i qudug’ida magnit maydonini oʼlchab togʼ jinslarining magnit xususiyatlarini oʼrganish mumkin. Shu bilan geologik kesimda magnit xususiyati bilan ajralib turgan togʼ jinslari oʼrganiladi. Аyniqsa, tarkibida magnetit minerallari boʼlgan ma’dan maydonlarini burgʼilashda magnitli karotaj yordamida ularning chegaralari, qalinligi katta aniqlikda oʼrganiladi. Burgʼi quduqlarida magnit maydonini oʼlchash uchun maxsus oʼlchash asboblari КМК, ТSМК-40, EМК-1, КМV, АMK-3 kabi asbob va apparaturalari qoʼllaniladi.
Burgʼi qudug’ida magnit maydonini oʼlchash uchun induktiv gʼaltaklar qoʼllaniladi (1-rasm). Gʼaltaklarning ichiga ferromagnitli materialdan yasalgan oʼzaklar qoʼyilgan. Magnit maydonining taʼsirida induktiv gʼaltakning sim oʼramlarida induktiv elektr tok paydo boʼladi. Bu tokning kuchi tog’ jinslarining magnit maydoniga bog’liq. Magnit maydoni katta boʼlsa, tokni kuchi ham katta boʼladi va aksincha, magnit maydoni kichik boʼlsa, tok kuchi ham kichik boʼladi. ТSМК-40 burgʼi quduq magnitometrini birinchi zondida Mz; Mx, My tashkil etuvchilarini oʼlchash uchun uchta ferromagnit oʼzakli induktiv gʼaltaklar oʼrnatilgan. Birinchi induktiv oʼqi vertikal oʼrnatilgan boʼlib, magnit maydonining vertikal tashkil etuvchisi Mz- ni oʼlchash uchun moʼljallangan. Ikkinchi va uchinchi induktiv gʼaltaklarning oʼqlari gorizontal boʼlib, bir-biriga perpendikulyar oʼrnatilib, magnit maydonining shimoliy tashkil etuvchisi Mx va shu maydonning sharqiy tashkil etuvchisi My miqdorlarini oʼlchashuchun oʼrnatiladi. Induktiv gʼaltaklar zondning ichida doiraviy ramaga shunday oʼrnatilganki, Mz tarkibini oʼlchaydigan gʼaltak doimo vertikal joylashadi.
1-rasm.
Qolgan gʼaltaklar bir-biriga perpendikulyar boʼlib, shimol (Mx) va sharq (My) tomonlarga yo’nalgan bo’ladi. P 1 - pereklyuchatel (qayta ulagich) magnit maydonini gorizontal tashkil etuvchilarini yoki My ni oʼlchash kanaliga ulashga qoʼyilgan. P 1 - pereklyuchatel birinchi kontaktda boʼlsa, Mz va Mx tashkil etuvchilari ulanadi, agar u ikkinchi kontaktda boʼlsa, Mz va My tashkil etuvchilari oʼlchanadi. ТМSК-40 quduq magnitometrining ikkinchi zondi bilan magnit maydonining vertikal tashkil etuvchisi Mz va togʼ jinslarning magnit qabul qiluvchanlik “x” oʼlchanadi.
Magnit karotaj diagrammalarini talqin qilish Konlarida burgʼi quduqlari burgʼilangach kern olib o’rganish bilan birga magnit karotaji usuli temir ma’danli intervallarni ajratishda muhim ahamiyat kasb etadi 1-2-rasmlar). Nazariy magnit diagrammalarida alohida joylashgan katta qalinlikda (h>L M ) bir tubli magnit xususiyatiga ega boʼlgan qatlamlar simmetrik egri chiziqlar bilan ifodalangan. Lм- magnit zondining uzunligi (zonddagi datchikning uzunligi). Magnit qabul qiluvchanlik diagrammadan simmetrik anomaliyani eng katta qiymati -x max shu qatlamning oʼrtasini koʼrsatadi. Qatlamning yuqori va pastki chegaralari nomeʼyorlikning eng katta qiymatining yarmiga teng boʼlgan egri chiziq usidagi nuqtalar qarshisida yotadi.
2-rasm. Yer osti ishlanmasida burg’ilangan quduqlar kesimida magnetitlima’danni ajratish va baholash. I, II – shlamli namunalash ma’lumotlari va KMVmos ravishda jinsdagi temir miqdori; III, IV – ikki va bir g’altakli zond bilanmuvofiq holda. Jinslar: 1 – sienit; 2 – diorit; 3 – skarn; 4 – magnetitli ma’dan.
Аlohida joylashgan kichik qalinlikdagi h< Lm bir tubli magnit xususiyatiga ega boʼlgan qatlamlar esa, magnit qabul qiluvchanlik diagrammalarida ikkita katta qiymatli anomaliyalarni beradi. Qatlamning o’rtasi diagrammada eng kichik qiymatli nuqta (xmin) bilan belgilanadi. Qatlamning ustki va pastki chegaralari eng katta ( ) nuqtalar bilan belgilanadi. Magnit qabul qiluvchanlikni o’lchash usuli temir ma’danli konlarida burg’ilangan quduqlarni tekshirishda juda yaxshi natijalarni beradi. Bu usul magnit xususiyatiga ega bo’lgan ma’danlarni tog’ jinslarini burg’ilangan quduqlardan belgilab olishda juda keng qo’llaniladi.
3-rasm. Neft va gaz maʼdan konidagi quduqlardagi karotaj tadqiqotlari 1-maʼanlashgand albitlar, 2 – gabbro, 3 – magnetit maʼdanlari
Temir - (Fe) - sof temir kulrang oqish rangdagi yaxshi choʼziluvchan elektr toki va issiqlikni yaxshi oʼtkazuvchi metall. Temirning klarki 4,65 erish harorati 15340 С, qaynash harorati 3200 0 С, solishtirma og’irligi 7,88. Qazib olinadigan temirning 90% choʼyan ishlab chiqarish uchun, choʼyanning 90% i turli poʼlatlar ishlab chiqarish uchun qoʼllaniladi. Tarkibida 2,5% dan 4% gacha C (uglerod) boʼlgan temir choʼyan hisoblanadi, agar C (uglerod) miqdori 0.2% dan 1,5% gacha boʼlsa poʼlat deb yuritiladi.
Temir tabiatda 200 ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari gematit, magnetit, titanomagnetit, limonit, siderit, gyotit. Temir maʼdanlari tarkibidagi metallarning miqdoriga qarab boy oʼrta va kambagʼal turlariga ajratiladi. Tarkibida koʼproq temir bo’lgan maʼdanlar boy, - 40-50% boʼlsa oʼrta -25-40% temir boʼlganlari kambagʼal-17-19% temir boʼlganlari juda kambagʼal hisoblanadi. Dunyo boʼyicha qazib olinadigan temirning 68 % ga yaqini boy maʼdanlarga, 20 % ga yaqini oʼrta maʼdanlarga qolgani esa kambagʼal va juda kambagʼal maʼdanlarga toʼgʼri keladi. Temir maʼdanlarining sanoat turidagi toʼplamlari deyarli hamma turdagi konlar bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Lekin temir maʼdanlarining asosiy toʼplamlari metomorfik choʼkindi konlar bilan bogʼliqdir.
Magnit momentlari magnitlovchi maydonsiz balki domenlarning magnit maydoni yoʼnalishini tartiblaydi. Ferromagnetiklar uchun I(H) bogʼlanish chiziqli ham emas, bir xil ham emas. Magnitlovchi maydon olib tashlanganda domenlarning natijalovchi magnit momenti nolga teng boʼlgan doimiy magnitga aylanadi. Kyuri nuqtasidan yuqori haroratda ferromagnetiklar paramagnetiklarga aylanadi. Magnetit uchun Kyuri nuqtasi 586 С gat eng. Regional aerogeofizik (aeromagnit tasvirlash) tadqiqotlar va geologik tasvirlash natijalari asosida, temir ma’danli konlarini izlash bosqichida quduqlar qazilgach ushbu quduqlarda magnitga moyillik (magnit) karotaji usuli orqali temir ma’danli va minerallashuv gorizontlari ishonchli ajratiladi. Ushbu usulni birinchilardan bo’lib, 1934-1936 yy.da K.P. Kozin va M.I. Beysinlar togʼ jinslarining magnit xususiyatlarini oʼrgandilar va amaliyotda burgʼi quduq kesimini magnitga moyillilik xususiyati (КМВ) boʼyicha oʼrganish usulini qo’lladilar.
Xulosa
Xulosam shundan iboratki.Magnit karotaj diagrammalarini talqin qilish Konlarida burgʼi quduqlari burgʼilangach kern olib o’rganish bilan birga magnit karotaji usuli temir ma’danli intervallarni ajratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Nazariy magnit diagrammalarida alohida joylashgan katta qalinlikda (h>L M ) bir tubli magnit xususiyatiga ega boʼlgan qatlamlar simmetrik egri chiziqlar bilan ifodalangan. Yadro magnit karotaj - tosh elementlarining magnit xususiyatlarini o'rganish.