Yadro kimyosi



Download 82,92 Kb.
bet3/3
Sana11.07.2021
Hajmi82,92 Kb.
#115868
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu Yadro kimyosining tibbiyotdagi orni
1.Biologiya-Kimyo-Ona-tili, Our institute, rasch nadegn vosstan sistem, 2 5395757157582898615, 2 5395757157582898615, 2 5422422981731156562, tola differensialli tenglamalar. lagranj va klero tenglamalari, tola differensialli tenglamalar. lagranj va klero tenglamalari, parametrga bogliq xosmas integrallarning yaqinlashishi, fizika biladiganla kòrib berila shu masalani, fizika biladiganla kòrib berila shu masalani, mustqil, mustqil, mustqil, 11 тема практика
FIZIK KIMYO — kimyoviy hodisalarni tushuntirish va ularning qonunlarini fizikaning umumiy prinsiplari asosida aniqlab berish bilan shugʻullanadigan fan sohasi. Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kataliz, sirt hodisalari, eritmalar, kvant kimyosi haqidagi taʼlimotlar, molekulalar, ionlar, radikallarning tuzilishi va xossalari toʻgʻrisidagi taʼlimotlar Fizik kimyoning asosiy boʻlimlari hisoblanadi. Fizik kimyo deyarli mustaqil boʻlim sifatvda elektrokimyo, fotokimyo, kristallokimyo, radiatsion kimyo, fizik kimyoviy analiz kabi boʻlimlarni ham oʻz ichiga oladi.

1840-y. da G. I. Gess F. k. ning asosiy krnunlaridan biri — kimyoviy oʻzgarishlarda issiklik yigʻindisining doimiyligini kashf kildi. 19-a. oʻrtalarida P Bertlo va daniyalik termokimyogar X. Tomsen reaksiya issiqliklari haqidagi tasavvurlari bilan Fizik kimyoga katta hissa qoʻshdilar. Nemis olimi V. Ostvald 1887-y. Leypsig un-tida ilk bor F. k. kafedrasini tashkil qildi.

Fizik kimyo 19-a. oxirlarida mustakil fan sifatida ajralib chikdi. Fizik kimyoning 19-a. ning 2yarmi va 20-a. boshlarida rivojlanishining oʻziga xos tomoni makroskopik, yaʼni bevosita tekshirilayotgan sistema va jarayonlarni oʻrganishdan iborat boʻldi. Ideal gazlar holat tenglamasi uzilkesil aniklab berildi (B. Klapeyron, S. I. Mendeleyev). Termodinamika qrnunlari kimyoviy va fazalar muvozanatlariga tatbiq etildi (J. Gibbs, Ya. VantGoff, V. Nernst, A. Le Shatelye, N. S. Kurnakov, G. Tamman), makroskop ik kinetika asoslari (K. Guldberg, P. Vaage, N. I. Beketov, Ya. VantGoff) ishlab chiqildi, reaksiyaning aktivlanish energiyasi xakidagi tasavvur kiritildi (S. Arrenius). M. Faradey asos solgan kataliz haqidagi tasavvur yanada rivojlantirildi. Adsorbsiyaning asosiy krnunlari taʼriflab berildi (J. Gibbs). Suyultirilgan eritmalarning termodinamik nazariyasi olgʻa suriddi (F. Raulʼ, Ya. VantGoff, S. P. Konovalov). Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi yaratildi (S. Arrenius). Galvanik elementlar uchun elektrod potensiallari tushunchasi kiritildi (V. Nernst). F. k. ningshutaraqqiyot bosqichida qoʻlga kiritilgan tadqiqot natijalari sanoatga tatbiq etildi (ammiak sintezi, tuz qazib olish, baʼzi metallurgiya jarayonlari, haydash, rektifikatsiya va b.).

Yadroviy tibbiyot – bu zamonaviy tibbiyotning eng innovatsion va tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri. Yadroviy tibbiyot usullari shifokorlarga kasallik rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida xavfli saraton hujayralarini aniqlashda yordam beradi, bu esa deyarli 100% ishonch bilan davolanish imkoniyatini beradi.

Yadroviy tibbiyot – radiofarmasotik deb ataladigan radioaktiv izotoplarni o‘z ichiga olgan farmatsevtik preparatlardan foydalangan holda kasalliklarni tashxislash va davolashdir. Radiofarmatsevtik preparatlar turli organlarning saratonini tashxislash va davolash uchun keng qo‘llaniladi.Radiofarmatsevtik preparatlar bilan davolashning afzalliklari orasida uning mahalliy ta’sir etuvchi xususiyati hisoblanib, kimyoviy terapiyadan farqli o‘laroq butun organizmga ta’sir ko‘rsatmaydi, - deb izoh beradi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida faoliyat yurituvchi “Radiopreparat” korxonasi direktori, texnika fanlari nomzodi Ayubxon Abduqayumov.

Har qanday kasallikning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish muhimdir. Saraton kasalliklarida esa bu juda ham muhim rol o‘ynaydi. Yadroviy tibbiyot usullari saratonning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish imkonini beradi.

“Eng so‘nggi jihozlar va yuqori malakali xodimlar bilan birgalikda minimal miqdordagi preparatlardan foydalanish qulay, tezkor va aniq tekshirishni ta’minlaydi. Yadrokimyoviy usullarning noyobligi kasallikning dastlabki bosqichlarida, ya’ni inson kasallik alomatlarini sezmaydigan davrda, organlarning hayotiy funksiyalarining anomaliyalarini aniqlashga imkon beradi. Bu turli kasalliklarni tezda aniqlash va davolash imkonini beradi hamda davolanish uchun sarflanuvchi xarajatlarni ham tejashda qo‘l keladi. Masalan AQSh, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa va Avstraliyada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan solishtirilganda, yadro tibbiyotiga sarflangan 1 AQSh dollari boshqa sog‘liqni saqlash harajatlarini, ya’ni jarrohlik amaliyotlari, shifoxonada davolanish va h.k., 1,5 AQSh dollaridan 2,5 AQSh dollarigacha tejash imkonini beradi”,— deb ta’kidladi, Rossiya Federatsiyasi Tibbiyot va texnika fanlari akademiyasining a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh radiologi Damir Zaredinov.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda yadroviy tibbiyot usullari akademik Ya. Xolmatov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining Yadro tibbiyoti kafedrasida va akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining radioizotop tashxis laboratoriyasi bo‘limida qo‘llanilmoqda. Ushbu bo‘limda yod-131 radioizotopini qo‘llash yordamida qalqonsimon bez kasalliklari tashxisi va davolanishi, shuningdek, qalqonsimon bez saratonining ham davolanishi amalga oshiriladi. So‘nngi yillarda 850 dan ortiq bemorlar yod-131 radioterapiyasini o‘tadi. Shuningdek, Endokrinologiya IAI va V. Voxidov nomidagi RIJM samariy-153 oksabifor radiofarmpreparati va texnetsiya generatoridan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.



- Atalishi qiyinroq bo‘lgan samariy-153 oksabifor preparati suyak metastazasidagi og‘riqni qoldirish va davolash uchun foydalaniladi. V. Voxidov nomidagi RIJMda texnetsiy-99 (saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, bosh miya, buyrak, jigar va boshqa kasalliklar tashxisida qo‘llaniladigan radiofarmpreparat) yordamida yiliga 2000 tagacha tashxis tadqiqotlari va samariy-153 oksabifor dori vositasini qo‘llagan holda 300 tagacha suyak metastazasining radioterapiyasi o‘tkaziladi. Samariy-153 preparati qon tomirlari ichiga yuboriladi, dori suyak to‘qimasida va asosan saraton metaztazalarida to‘planadi. Preparatning bir dozasi 6 oy mobaynida og‘riqsizlantiradi va saraton o‘smalarini remissiyada (saraton rivojlanishini to‘xtadi) ushlab turadi va kunlik qabul qilinadigan kuchli og‘riqni qoldiruvchi dori vositalarini, misol uchun – morfiy, o‘rnini bosadi. Shuningdek, dorilardagi radiatsiya miqdori butun organizmni nurlantirish uchun kam hisoblanadi, ammo ma’lum bir joydagi saraton hujayralarini yo‘q qilish uchun yetarli, deydi Ayubxon Abduqayumov. Agar bugungi kunda mamlakatdagi ikkita tibbiyot markazida yadro tibbiyoti usullarini qo‘llagan holda tashxis va terapiya qilish mumkin bo‘lsa, ideal holatda, har bir viloyatning aholisi innovatsion usuldan foydalanish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Bu masala bo‘yicha O‘zbekistonda AESni qurish bo‘yicha qaror qabul qilingandan so‘ng haqiqiy o‘zgarishlarga bo‘lgan qadamlar kuzatilmoqda. Zero, mamlakatda AESni qurish nafaqat yadro texnologiyalarini, jumladan, yadroviy tibbiyot rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi. “Kelgusida ‘Rosatom’ davlat korporayatsiyasi bilan hamkorlikda Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti negizida ‘Yadroviy tibbiyot markazi’ qo‘shma korxonasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu markazda nafaqat radiofarmpreparatlari yordamida tashxis qo‘yish va davolash, proton va neytron terapiyasi ham amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Oldimizga qo‘ygan rejalarimiz bisyor va katta investitsiyalarni, shuningdek, malakali kadrlarni tayyorlashni ham talab qiladi. AES uchun bo‘lajak kadrlarni tayyorlash maqsadida hozirgi kunda Moskva muxandislik – fizika instituti (MMFI) filialini ochish uchun tayyorgarliklar amalga oshirilmoqda va bu loyiha amalga oshsa, umid qilamizki mazkur institutdan yadroviy tibbiyot sohasi uchun ham malakali kadrlar yetishib chiqadi”, —deb ta’kidladi Ayubxon Abduqayumov.
Download 82,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot