Xxv-mavzu. Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi


) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi



Download 145.5 Kb.
bet5/16
Sana08.09.2021
Hajmi145.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi.

Iqtisodiy o’sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi rol o’ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga “sakrab” o’tilishi o’ziga xos “tutash zanjir” hosil qildi. Global miqyosdagi axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlarning texnologik jihatdan baravarlashuvi tendentsiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi texnikaviy to’ntarish yer sharining barcha mintaqalarida ITI yutuqlarini tezlik bilan o’zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, sun’iy to’siqlarni bartaraf etgan holda, jahon bo’yicha tezlik bilan tarqalmoqda.

Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon xo’jaligidagi iqtisodiy o’sish sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko’payishi tezligi juda o’sib ketdi. Aholi jon boshiga YAIM o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko’paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida g’arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayishi tendentsiyasi kuzatilmoqda.

Ba’zi mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy o’sish sur’atlarini sezilarli darajada oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga erishiga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi industrial mamlakatlarning “dastlabki avlodi” – Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kelib yangi industrial mamlakatlarning “ikkinchi avlodi” – Indoneziya, Filippin, Malayziya, Tayland jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo’yicha raqobatlasha boshladilar.

Biroq, hali jahon xo’jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga yetib olish uchun zarur resurslarga ega bo’lmagan ko’plab mamlakatlar ham mavjud.


Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat