Xxi asr bolalar adabiyotida mustaqillik davrida maydonga kelgan she’rlar, qo’shiqlar, doston-qissalar Reja



Download 20,74 Kb.
Sana15.09.2021
Hajmi20,74 Kb.
#174565
Bog'liq
XXI asr bolalar adabiyotida mustaqillik davrida maydonga kelgan she’rlar, qo’shiqlar, doston-qissalar


XXI asr bolalar adabiyotida mustaqillik davrida maydonga kelgan she’rlar, qo’shiqlar, doston-qissalar

Reja:

  1. Mustaqillik davri bolalar dramaturdiyasi

  2. Istiqlol davri bolalar adabiyoti ijodkorlari

  3. XXI asrda ertaklarning ahamiyati.

Mustaqillik yillaridagi yangilanish barcha sohalar qatori adabiyot va sanʼatning turli janrlarida ham oʻz ifodasini topdi. Shunday siralardan biri dramaturgiyadir.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, dramaturgiya adabiyot janrining eng murakkab sohasi sanaladi. Bolalar dramaturgiyasi esa inchinun. Bu soha hamma vaqt eng dolzarb masala boʻlib kelgan va kelmoqda. Azal-azaldan bolalar dramaturgiyasidagi muammolar oʻz yechimini topgan emas. Bizga yaxshi maʼlumki, bolalar uchun nazmda ijod qilgan shoirlar kam boʻlmagan. Biroq nasrda bolalar uchun deyarli pyesalar yozilmagan. Teatr jamoalari uchun maxsus pyesalar yozilgan boʻlsa-da, ular yaxlit kitob holida yoinki matbuot sahifalarida chop etilmagan. Dramaturglar pyesalarini toʻgʻridan-toʻgʻri teatr jamoasiga olib borishgan. Va hozir ham bu jarayon davom etib kelayapti. Teatrlar koʻproq oʻzbek xalq ertaklari yoxud xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan kengroq foydalanishgan. Bu orada taniqli yozuvchilarning ayrim asarlarini inssenirovka qilib, sahnaga olib chiqish hollari ham uchraydiki, buni ijodda oʻziga xos uslub deyish mumkin.

Mustaqillik yillarida bolalar uchun ham bir qancha badiiy asarlar yaratildiki, dramaturgiya maydonida taniqli shoir Anvar Obidjon, olim va dramaturg Shuhrat Rizayev, yozuvchi Tohir Malik, Sharof Boshbekov, Salohiddin Sirojiddinov, Erkin Xushvaqtov singari ijodkorlarning paydo boʻlishi yaxshi natija edi. Bu ijodkorlarning asarlari jajji, oʻrta yosh va oʻsmir yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, ular sahna yuzini koʻrdi. Albatta, bu kabi asarlar bugungi kun yoshlari uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Lekin bu bilan biz hali bolalar dramaturgiyasi oldida turgan muammolar oʻz yechimini topdi, deyishga haqli emasmiz.

Masalaning boshqa tomonlari ham borki, bu quyidagilarda oʻz aksini topadi.

Birinchidan – sir emaski, bugun biz axborot texnologiyalari asrida yashayapmiz. Bu esa yoshlarimiz turmush tarzi, maʼnaviyati, dunyoqarashi, ongu shuurida salbiy va ijobiy burilish yasayapti, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bugun uyali telefon, internet tarmoqlarida ishlashni deyarli barcha oʻsmir yoshlar yaxshi biladi. Hissiz bu vositalarning salbiy tomoni shundaki, u oʻsmir yoshlarning qalblaridagi insoniylik his-tuygʻularini tarbiyalamaydi. Aksincha yoshlar qalbida shafqatsizlik, badjahllik, beparvolik, loqaydlik kabi qirralarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bir soʻz bilan aytganda, koʻngil va ruh tarbiyasini, yoshlar tafakkurini oʻtmaslashtirishga olib keladi.

Ikkinchidan – chetdan yoppasiga bostirib kelayotgan “ommaviy madaniyat” esa har bir yoshni oʻz domiga tortib ketayotgani ham bor gap. Koʻcha-koʻylarda internet tarmoqlari orqali turli axborotlarni oʻzlashtirishga, qimmatli vaqtlarini kompyuter xonalarida soatlab oʻyin oʻynashga, uyali telefondagi behuda yozishmalarga sarflayotgan yoshlar ham kam emas.

Uchinchidan – bunday taʼsirlar oqimidan bizni faqat adabiyot va sanʼatgina qutqarib qolishi mumkinligini hayotning oʻzi isbotlab turibdi. Bugun bolalar uchun istalgan mavzuda badiiy jihatdan mukammal asarlar yaratish mumkin. Faqat uni qay holatda taqdim etish, bolalar ruhiyatiga, qalbiga singdirish mumkinligi ijodkordan katta mahorat talab etadi. Bugungi globallashuv davrida internet tarmoqlarining yoshlar ongiga zarari va taʼsiri, uning oqibatlari haqida nima uchun sahna asari yozib boʻlmaydi. Vaqt shu qadar odimlab ketayaptiki, har bir ijodkor bu imkoniyatlardan toʻgʻri va oqilona foydalana bilmogʻi zamon talabidir.

Binobarin, hayot bilan hamqadam boʻlish, bolalarning ruhiyatiga xos va mos asarlar yaratish bu kunning eng dolzarb masalasidir.

Bolalar dramaturgiyasi haqida soʻz ketar ekan, yana bir muhim masala yuzasidan fikr bildirishni lozim, deb bilamiz. Bu masala – badiiy asarlarda zamon qahramoni masalasidir. Nazarimizda, bugungi davr yoshlari uchun kimni zamonamiz qahramoni deb koʻrsatish ham diqqat va eʼtibor talab qiladigan masala. Yoshlarimizga Alpomish, Goʻroʻgʻli singari xalq dostonlari asosida sahna asarlari yoxud millat shaʼni va shavkati uchun kurashgan buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi sohibqironlarimiz haqida yoyinki mumtoz adabiyotimizda ulkan maʼnaviy meros qoldirgan Navoiy, Bobur singari allomalarning ibratli hayoti va ijodi, ularning bolaligi haqida sahna asarlari yozish payti kelmadimikin, deb oʻylab qolasan kishi. Holbuki, bizning yurtimizda bunday ulugʻ siymolar, ular qoldirgan maʼnaviy meros behisob. Bugungi aksariyat yoshlarimiz esa bular haqida yaxshi bilmaydilar. Bolalar uchun xoh tarixiy mavzu, xoh zamonaviy mavzu boʻlsin ibrat boʻla oladigan qahramon juda-juda zarur. Negaki, bugun oʻsib-ulgʻayib kelayotgan yosh kimgadir havas qilgisi, oʻxshagisi, oʻsha qahramon qiyofasida oʻzini koʻrgisi keladi va bunga intiladi. Gap shundaki, oʻsha qahramonning oʻzi kim? U qay jihatlari bilan, qay feʼl-atvori bilan yoshlarga oʻrnak boʻla oladi? degan savol har bir qalbi uygʻoq ijodkorni oʻylantirishi kerak. Yana bir muhim masala. Bugun, hamonki, bolalar uchun maxsus asarlar yozilmayotgan ekan, bolalar uchun yozilgan badiiy asarlarni inssenirovka qilish nega mumkin emas? Masalan, yozuvchi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sehrli qalpoqcha” va shu singari asarlarini xuddi Tohir Malikning “Alvido, bolalik” qissasi kabi inssenirovka qilinib, sahnaga olib chiqilsa boʻladi-ku?! Nazaramizda, biz ana shunday uslub va usullardan ham keng foydalana bilishimiz kerak. Bundan tashqari jahon dramaturglarining ham asarlariga murojaat qilish, bizningcha, yaxshi natija beradi. Yoshlarning estetik didini shakllantirishda, tarbiyalashda, qalbida gʻurur va iftixor tuygʻularini singdirishda, qolaversa, milliy istiqlol va milliy gʻoya, qadriyat hamda anʼanalar kabi tushunchalarning paydo boʻlishida, bolalar dramaturgiyasining, adabiyotning va sahnaviy asarlarning oʻrni hamda ahamiyati beqiyos ekanini unutmaslik lozim. Bu borada, adabiyot namoyandalari, dramaturglar, bolalar yozuvchilari yoshlarimiz uchun, kelajak avlod uchun badiiy jihatdan puxta, mazmunan teran, ham zamonaviy, ham tarixiy mavzulardagi asarlarni yaratishga kirishishlari muhimdir.

Taʼkidlash joizki, Prezidentimizning: “Biz farzandlarimizning ruhiy dunyosi uchun, ularning maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sogʻlom boʻlishi uchun doimo qaygʻurishimiz, kurashmogʻimiz zarur”, degan soʻzlari ijodkorlarimiz uchun hamisha dasturulamal boʻlib qolishi lozim.

Zero, bugun axborot asrida yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar, muammolar, yutuqlar, ularning maʼnaviy olami yaratilayotgan asarlarda badiiy taʼsirchan ochib berilsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin.

Dramaturglarimiz oilaviy-maishiy mavzular atrofida oʻralashib qolmasdan, atrofga kengroq nazar solishlari, ayniqsa, bolalar qalbiga chuqurroq kirib borishlari talab etiladi. Xalqimiz hayotida, yoshlar va bolalar olamida har kun, har daqiqa oʻzgarishlar, yangilanishlar boʻlib turibdi. Bu jarayonlarni diqqat bilan kuzatib, yutuq va kamchiliklarga roʻy-rost munosabat bildirish har birimizning, jumladan, ijodkorlarning ham burchi. Biz ijod ahlidan bolalar uchun maxsus, badiiy puxta, mazmunan teran, ularni fikrlashga undaydigan, qalban ulgʻayishga safarbar etadigan, qiziqarli asarlar kutishga haqlimiz.

Zero, yosh tomoshabinlarni tarbiyalashda, estetik didining shakllanishida, qalbida gʻurur, iftixor, vatanparvarlik tuygʻularini singdirishda, qolaversa, milliy qadriyat va anʼanalar kabi tushunchalarning paydo boʻlishida sahnaga olib chiqilayotgan asarlarning ahamiyati hamda oʻrni beqiyos ekanini unutmaslik lozim. Bu borada, adabiyot namoyandalari, dramaturglar bolalar uchun badiiy jihatdan puxta, mazmunan teran, bugungi kun yoshlariga mos boʻlgan zamonaviy mavzulardagi asarlar yaratishga eʼtibor berishlari lozim.

 Bolalar shoiri Anvar Obidjon “Suhbat” nomli she‘rida bolalar yaxshi ko`radigan g’ozlar to`g’risida so`z yuritadi. Voqea juda oddiy va soda.O`zaro suhbatdan ma‘lum bo`ladiki, g’ozlarning qorni och,ularni boqish kerak. Buni shoir o`yin vositasida ifodalaydi:


G’ozlar bir so`z deysizmi?
Nega patni silaysiz?
G’a-g’a, g’a !
G’oq-g’oq,-g’oq.
Totli suli yeysizmi?
Mendan nima tilaysiz?
Ha-ha,ha!
Boq-boq, boq.
Bu xildagi she‘rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga turmush taassurotlarini to`plab, ulardan xulosa chiqarishga o`rgatadi. Bolalar shoiri Yo`ldosh Sulaymonning “Qug’irchoq” she‘rida qug’irchoqlarni asrab-avaylash, oddiy bir o`yinchoq vositasida kattalarning mehnatini e‘zozlash masalasi o`rtaga tashlanadi.
Quyosh bilan teng turib,
Qo`ldan qo`ymaymiz sira
Ozoda kiyintirib,
Yuqtirmaymiz gard , shira.
Senga taqamiz marjon
Ovunchoqsan bizlarga
Qo`g’irchoqjon qo`g’irchoq.
Qo`g’irchoqsan qizlarga.
Bolalar o`zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehr oqibatli bo`lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o`rganadilar.
Bu davr yoshidagi bolalarga maqollarni yodlatish, mazmunini so`zlab berish maqsadga muvofiqdir. Maqollar bolalarni to`g’ri mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va lunda bayon etishga o`rgatadi.Ona tilining eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so`z boyligini ham oshirishga ko`maklashuvchi bir vosita sifatida xizmat qiladi:
Ona yurting OMON bo`lsa,
Rangi –ro`ying somon bo`lmas.
Dustlik, birodarlik , dushmanga nafrat, ahillik va birdamlik g’oyalari ham maqollarning asosiy mag’zini tashkil etadi.
Ko`kka boqma ko`pga boq!
Do`st so`zini tashlama ,
Tashlab boshing qashlama.

XXI asr bolasiga ertak kerakmi? 

Bola ertakni hayot deb, ertak qahramonini oʻzi bilan yonma-yon yashayotgan oʻrtoq, deb oʻylaydi. Bola ertakdagi ijobiy qahramonlaru salbiy qahramonlar ham hayotda mavjudligiga astoydil ishonadi. Ertaklar bolaga taʼsir oʻtkazadi, ertak qahramoni kulsa, bola ham kuladi, yigʻlasa, bola ham yigʻlaydi. Ertakdagi voqealarda bola oʻzicha ishtirok etadi. Bola Zumrad, Kenja Botir, Toʻgʻrivoy bilan doʻst, oʻrtoq boʻladi. Bolaning begʻubor qalbi ertak qahramonlari singari ezgulik tarafdori, u shu qahramonlar singari yaxshi odam boʻlishni orzu qiladi. Bolalar hayotni ertak orqali bilib, ertak vositasida oq-qorani ajratadilar.

Bolalarning ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlikni anglashida, ularning bir-biridan farqini ilgʻashi va mantiqini tushunishida ertaklar muhim ahamiyat kasb etadi. Ertaklar bolalar hissiyotini oʻstiradi, tuygʻu, tushunchasini rivojlantiradi. Olamni idrok etishni oʻrgatsa, odamga tuygʻudosh, qaygʻudosh boʻlishni maʼsum va begʻubor tabiatga – bola sajiyasiga yuqtiradi. Ertaklarning shunday farahbaxsh va sururli taʼsirida ulgʻaygan insonlargina madaniyatli, maʼnaviyatli boʻladilar. Vatanparvar, millatparvar, mehnatsevar, insonparvar boʻladiganlar ham shular. Bunday bolalar olamni ota-onalari, bobo-momolari soʻzlagan ertaklar, hayotiy hikoyalar orqali taniydilar. Bugungi bolaning ertaga qanday feʼl-atvor, odatlar egasi boʻlib kamol topishi bugun tinglayotgan ertaklariga judayam aloqador.

Bolalar adabiyotida Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmat, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Anvar Obidjon, Kavsar Turdiyeva, Abdurahmon Akbar, Dilshod Rajab kabi shoir va yozuvchilarning bolajonlarga tuhfa etgan asarlari adabiyotimizda salmoqli oʻrin tutadi. Bu roʻyxatni bugun Tursunboy Adashboyevning nomisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Shoir sinchkov kuzatuvchi, bolalarni jondan sevuvchi ijodkor ham. Shu bois quvnoq yumor, samimiy hazil moʻl sheʼrlarida bola tabiati koʻzgudagidek koʻrinadi: sheʼrlarda bola oʻz ichki olami aksini koʻradi, goho harakatlarini shoirbobo koʻrib turganidan xijolat tortadi, bilib qolibdilar-da, deb oʻylasa, ehtimol. Ha, shoirbobo bolalarni, ularning feʼl-atvorini, orzu-maqsadlarini bilib turadigan bolaqalb shoir. Tursunboy Adashboyev asarlarida bolalar psixologlari oʻz mutaxassisliklarida qoʻllashlari mumkin boʻlgan nozik kuzatishlar, xulosalar mavjud. Bu esa bolalar psixologiyasi bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar uchun tayyor ish dasturi boʻla oladi.  Bolaning xayol osmoni bepoyon, ufqlarga sigʻmaydi. Uningcha, mushuk bekordan-bekor ham oftobga chiqaveradi. Kattalar xayoli esa, ularning oʻzi kabi bepoyon kengliklarda behuda suzmaydi.

Bolalar shoiri mohir sehrgar kabi bolaning yengidan, yoqasidan sheʼr oladi va bunga bolani ishontiradi. Ishontira olmasa, bola ham sheʼrga ishonmaydi.

 – Qargʻa qaqimchi ekan,



Chumchuq chaqimchi ekan,

Gʻoz karnaychi ekan,

Oʻrdak surnaychi ekan.

– Gʻoz karnaychi boʻlmasin,

Oʻrdak surnay chalmasin.

Karnaychi Shokir togʻam

Xafa boʻlib qolmasin.

 Tursunboy Adashboyevning “Gʻoz karnaychi boʻlmasin” sheʼridan olingan ushbu iqtibos qatida shoir ijodining oʻziga xos xususiyatlari, individual xarakteri, betakror badiiy boʻyogʻi aks etgan, deyish mumkin. Qargʻa, chumchuq, gʻoz, oʻrdak – bolalar badiiy olamining doimiy personajlari, bolalarning sevimli qahramonlari. Qahramonlargina emas, bolalarning ajoyib doʻstlari, oʻrtoqlari. Gʻaroyib qahramonlar yetovida bolalar tasavvur olamiga, oʻsuvchan hayotga kirish qulay va oʻngʻay. Shaffof va mayin chegaradan bolalik, xayol, orzu hududiga oʻtish mumkin. T. Adashboyev shu begʻubor maydonga oʻta olgan. Yuqorida keltirilgan sheʼriy parcha dialog shaklida qurilgan. Bu esa sheʼr oʻqiyotganda bolaning sezgi va tafakkuri hushyor boʻlishini, idrok oqimi monotonlik (bir xillik)dan zerikmasligini, yaʼni fikriy va hissiy qabullovi faol harakatda boʻlishini, obʼyekt bilan uzluksiz munosabatga kirishishini taʼminlaydi. Sheʼrning eng muhim jihati esa, “karnaychi” soʻzining koʻpqatlamli maʼno kasb etishidadir. Gʻoz karnaychi, nega oʻrdak emas? Chunki oʻrdak tabiatan anqovroq, fahmsizroq, yon-atrofda kechayotgan voqealarga gʻozchalik hushyor emas. Shu bois karnaychi boʻlish oʻrdakka yarashmaydi. Bu mashgʻulot rosa gʻozbop-da! Nega? Avvalo, gʻozning oʻzida “gʻoz”lik odati – bodilik, hovliqmalik, shoshqaloqlik, shu bilan birga, oʻrdakka nisbatan ortiqcha ziyraklik, sezgirlik, voqealar mohiyatini tezroq va aniqroq ilgʻash kabi xususiyatlar mujassam. Yoʻq, biz emas, bu feʼl-atvorni oʻrdakka ham, gʻozga ham xalq ijodi – folklor, ertaklar, afsonalar timsol etib bergan. Shu maʼnoda, gʻoz karnaychi boʻlishga juda mos-da. Karnayning oʻzi ham koʻpincha “suvni koʻrmay etik yechadi”, elburutdan shovqin koʻtaradi, gʻalogʻul qiladi, voqea-hodisa, narsa-ashyoning hali “qora”si koʻrinmay, mohiyatga yetmay, moyaga kirmay turib elga jar soladi. Odatiy sokin muhitni bezovta qiladi. Shu mantiqqa koʻra, gʻoz karnayga, karnay gʻozga rosa mos va munosib. Yuzaki qaraganda, shoir ming yillardan buyon yashab kelayotgan ertaklar ritmi va ohangini yengil taftalogiyaga tortgandek tuyuladi. Ammo bu – aldamchi tasavvur: Gʻoz karnaychi boʻlsa, karnaychi Shokir togʻa xafa boʻlib qoladi. Shu shtrix, yaʼni gʻoz va karnay orasida Shokir togʻa, yaʼni inson sheʼrga ijtimoiy maʼno yuklaydi. 



XULOSA

Bolalarning ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlikni anglashida, ularning bir-biridan farqini ilgʻashi va mantiqini tushunishida ertaklar muhim ahamiyat kasb etadi. Ertaklar bolalar hissiyotini oʻstiradi, tuygʻu, tushunchasini rivojlantiradi. Olamni idrok etishni oʻrgatsa, odamga tuygʻudosh, qaygʻudosh boʻlishni maʼsum va begʻubor tabiatga – bola sajiyasiga yuqtiradi. Ertaklarning shunday farahbaxsh va sururli taʼsirida ulgʻaygan insonlargina madaniyatli, maʼnaviyatli boʻladilar. Vatanparvar, millatparvar, mehnatsevar, insonparvar boʻladiganlar ham shular. Bunday bolalar olamni ota-onalari, bobo-momolari soʻzlagan ertaklar, hayotiy hikoyalar orqali taniydilar. Bugungi bolaning ertaga qanday feʼl-atvor, odatlar egasi boʻlib kamol topishi bugun tinglayotgan ertaklariga judayam aloqador.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

ARXIV.UZ

ZIYONET.UZ

REFER.UZ
Download 20,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish