Xurshid Davron



Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.03.2020
Hajmi0.53 Mb.

Xurshid Davron 

Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid

1952-yil


 

20-


yanvarda

 

Samarqand



 

shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida 

tugʻilgan) — 

oʻzbek


 

shoiri


dramaturgi

, tarixchi, 

yozuvchisi

 va 

tarjimoni



Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud 

Koshg'ariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro "Oltin qalam" 

mukofoti (2009), Ozarbayjonning Mikoyil Mushfiq mukofoti (2013) bilan 

taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputatı (2000). 

«Do'stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997). 

 

Hayoti va ijodiy faoliyati

[

tahrir

]

 

Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-o'rta maktabda tahsil olgan (1959-



1969).

1969-yilda

 Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini 

tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni o'tagan. Uzoq yillar (1974-

1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat 

yuritgan. 

1996-2014 yillar 

O'zbеkiston Milliy teleradiokompaniyasi

 O'zTV 

Bosh muharriri, "Toshkent", "Yoshlar", "O'zbekiston" telekanallari direktori 



vazifasida ishladi. 

Dastlabki sheʼrlar toʻplami — 

"Qadrdon quyosh"

 (1979). 

"Shahardagi olma 

daraxti"


 (1979), 

"Tungi bogʻlar"

 (1981), 

"Uchib boraman qushlar 

bilan"

 (1983) 


"Toʻmarisning koʻzlari"

 (1984) , "Bolalikning ovozi" 

(1986), 

"Qaqnus"


 (1987) va 

"Bahordan bir kun oldin"

 

(1997) kabi sheʼriy 



toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan 

qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni 

sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat xissini 

saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.D. soʻzga, ifoda vositalari 

va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi. 


Xurshid Davron 90-

yillarda she’riyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod 

qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati 

bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu 

qiziqish natijasida 

'Samarqand xayoli'

 (1989), 

'Sohibqiron 

nabirasi'

 (1995), 

'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari'

 (1998,2008) 

'Bibixonim qissasiʼ



 (2006), kabi tarixiy-

maʼrifiy qissa 

va 

'Algʻul'


 (1995), 

'Boburshoh sogʻinchi'

 (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid 

Davron bu asarlari bilan 90-

yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan 

munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi. 

Adib ayni paytda 

Samarqandda

 

boʻlib oʻtgan 



Amir 

Tеmurning

 660, 

Ulugʻbekning



 600-yilligiga, 

Parijda


 

YUNESKO


 qarorgohida, 

'Odeonʼ teatrida namoyish etilgan 

Buxoro

 va 


Xivaning

 2500 yilligiga 

bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 

'Temurnomaʼ, 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssenariylari muallifi. 

Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat 

'Qirq oshiq daftari'

 (1989) va 

yapon shoirlarining she’rlaridan tarkib topgan 'Dengiz yaproqlari' (1988) 

toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 

Xurshid Davron she'rlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning 

kitoblari va she'rlari Azarbayjon, Pol`sha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, 

Turkiya, Eron, Frantsiya, Ispaniya, AQSH, Yaponiya, Mo'g'iliston, 

Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston,Qirg'iziston,Turkmaniston 

va boshqa davlatlarda nashr etilgan. 

Rus tilida 2 kitobi ( "Древний напев 

молодого дождя". Москва., Молодая гвардия, 1982 va "Полет одинокой 

птицы". Toshkent., 1989 ) nashr etilgan. Xurshid Davron 1993 yilda 

Turkiyaning Bursa shahrida bo'lib o'tgan Birinchi Turkiy shoirlar 

anjumanida, 1996 yilda Vashingtonda bo'lib o'tgan Osiyo adiblari 

kongressida,Rossiya, Pol'sha, Bolgariya, Janubiy Koreyada o'tkazilgan 

poeziya festivallarida ishtirok etgan. 


Bibliografiya

[

tahrir

]

 

Chop etilgan kitoblari:



[

tahrir

]

 

1. 


Qadrdon quyosh. Sheʼrlar. T., 1979 

2. 


Shahardagi olma daraxti. Sheʼrlar. T., 1979 

3. 


Tungi bogʻlar. Sheʼrlar. T., 1981 

4. 


"Древний напев молодого дождя". Москва., Молодая гвардия, 

1982 


5. 

Uchib boraman qushlar bilan.Sheʼrlar. T., 1983 

6. 

Toʻmarisning koʻzlari.Sheʼrlar va doston. T., 1984 



7. 

Bolalikning ovozi.Sheʼrlar. T., 1986 

8. 

Qaqnus.Sheʼrlar va doston. T., 1987 



9. 

Полет одинокой птицы. Сборник стихов на русском языке. Т., 

1989 

10. 


Samarqand xayoli. Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy 

qissalar. T., 1991 

11. 

Sohibqiron nabirasi. Tarixiy hikoylar va qissalar. T,1995 



12. 

Shahidlar shohi-Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-

maʼrifiy qissa. T., 

1998 


13. 

Bahordan bir kun oldin. Sheʼrlar va tarjimalar. T., 1997 

14. 

Bibixonim qissasi. Tarixiy hikoyalar va qissalar. T.,2007 



15. 

Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-

maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr. T., 

2008 


Televizion,radio va drama asarlari

[

tahrir

]

 

1. Temurnoma. 21 qismmli televizion serial (1996). 



2. 

İpak Yo'lu. Musiqiy-xoreografik badiiy kompozitsiya. "Odeon" teatri, 

Parij, Fransiya (1997) 

3. Buxoroyi Sharif. 2 qismli musiqiy film-opera (1997). 



4. 

Jaloliddin Xorazmshoh.(Nomıq Kamol asari asosida) 5 qismmli 

televizion film.(1998) 

5. Ming bir rivoyat. Televizion loyiha. (1995-2013) 

6. Mirzo Ulug'bek. Radyop'esa. (2008) 

7. Boburshoh yoxud Sog'inch. Radyop'esa. (2005) 

8. Alg'ul (Mirzo Ulug'bek). 2 qismli televizyon spektakl. (2009) 

9. Alg'ul (Mirzo Ulug'bek). "Sharq yulduzi" jurnali,2012 yil,1-son 

Tarjimalari

[

tahrir

]

 

1. Oyar Vatsietis. Yomg'ir yog'aloq. Bolalar uchun she'rlar. Toshkent, 



"Yosh gvardiya". 1976 

2. Anna Axmatova. Marsiya. Doston. "Saodat" jurnali, 1976 

3. Qadim yapon she'riyatidan.,"Yoshlik" almanaxi,1984 

4. 


Nikolay Zabolotskiy. Turnalar. Sheʼrlar. Toshkent. 1985 

5. Selma Lagerlef. Nil`sning yovvoyi g'ozlar bilan g'aroyib sayohati. 

Toshkent. 1986 

6. 


Maris Chaklays. Otoʻyin. Toshkent. 1986 

7. Dengiz yaproqlari. Yapon sh

eʼriyati antologiyasi. Toshkent. 1988 

8. Asr ovozi.XX asr jahon she'riyatidan.Yannis Ritsos. Toshkent. 1988 

9. Qirq oshiq daftari. Toshkent. 1989 

10. 


Nomıq Kamol.Jaloliddin Xorazmshoh.Fojia(Qo'lyozma,nashr 

etilmagan), 1991 

11. 

Edigey. Tatar xalq dostoni.,"Jahon adabiyoti",2012 yil,11-son 



12. 

Eski yapon she'riyatidan.,"Jahon adabiyoti",2013 yil,10-son 



Audio va video materiallar

[

tahrir

]

 



 

Xurshid Davronning „Boburshoh“ p’esasi videosi

 



 



Sheʼrlardan namunalar. Audio

 



 

Algʻul yoxud Mirzo Ulugʻbek — Radiop’yesa.Audio

 


Xurshid Davron haqida

[

tahrir

]

 



 

Asqarali Sharopov.Ruhiy eʼtiyoj va mas’uliyat hissi.T.,1983

 



 



Ahmad Aʼzam..Navqiron yomgʻir.T.,1987

 



 

Bahodir Sodiqov.Tushlarga sigʻmagan Vatan.T.,1989

 



 



Fatma AÇIK — Hurşid Devranʼın „Emir Timur’un Oğlunun Ölümü 

Hakkında Rivayat“ Adlı Hikâyesinin Üslup Açısından 

İncelenmesi.A.,2011

 



 

Xurshid Davronga bag’ishlangan maqola (uyg’ur tilida) («Aqsu adibiyati 

— Aksu Literature» jurnali,2013, 4-son)



 

Abdulla Ulug’ov. Vatanga muhabbatdan paydo…

 



 



Qozoqboy Yo’ldosh,Muhayyo Ismoilova. Erk va g’urur kuychisi.

 



 

Baxtiyor Nazarov. Yuragimning derazalari.

 



 



Xurshid Do’stmuhammad. «To’g'rilik to’nini kiygil…»

 



 

Eshqobil Shukur. She’rda ustoz vijdondir faqat…

 



 



Eshqobil Shukur. Lahzaga qo’yilgan haykal. Esse

 



 

Sadullo Quronov. Hozirgi she’riyatning tasvir imkoniyatlari haqida.

 



 



Nodir Jonuzoq. Mitti giyoh mo’jizasi.

 

Manbalar



[

tahrir

]

 



 

Samarqand xayoli, T., 1991; 

 

Bahordan bir kun oldin [sheʼrlar, rivoyatlar, tarjimalar], T., 1997; 



 

Shahidlar shohi (Shayx Kubro tushlari), T., 1998. 



 

 

Xurshid Davron 1952 yilning 20 yanvarida Samarqand viloyati, Samarqand 



tumanidagi Chordara qishlogʻida xizmatchi oilasida tugʻildi. 1969 yili 

Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki 

boʻlimiga oʻqishga kirib, kunduzi qurilish tashkilotlarida ishladi. 


Harbiy xizmatdan qaytgach (1971

–1973), oʻqishni davom ettirdi. 1974–

1992 yillarda turli nashriyotlarda muharrir, boʻlim mudiri, 1994–1996 yillarda 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat jamoatchilik markazi rahbari oʻrinbosari 

vazifalarida ishladi. 1996 yildan eʼtiboran Oʻzbekiston Milliy 

teleradiokompaniyasida xizmat qiladi. 

Xurshid Davronning ilk sheʼrlari 1976 yilda, birinchi kitobi (“Qadrdon 

quyosh”) 1979 yili bosilib chiqdi. Shundan soʻng shoirning “Shahardagi 

olma daraxti” (1979), “Tungi bogʻlar” (1981), “Uchib boraman qushlar bilan” 

(1983), “Toʻmarisning koʻzlari” (1984), “Bolalikning ovozi” (1986), “Qaqnus” 

(1987), “Bahordan bir kun oldin” (1989), “Bibixonim” singari kitoblari 

dunyoga keldi. 

Xurshid Davronning tarixiy-

maʼrifiy mavzular yoʻnalishidagi izlanishlari 

natijasida “Samarqand xayoli” (1991), “Sohibqiron nabirasi” (1995), 

“Shahidlar shohi” (1998), “Bibixonim” (2006), “Kubroning tushlari” (2010) 

nomli qissalari yaratildi. 

Xurshid Davron buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyati haqida bir qator 

dramatik asarlar yozdi. “Boburshoh” (1996) asari “Bobur sogʻinchi” nomi 

bi

lan Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqiy teatrda sahnaga qoʻyildi. 



“Algʻul yoki Mirzo Ulugʻbek” dramasi 2008 yili dastlab radiospektakl, 

keyinchalik televizion spektakl sifatida namoyish etildi. Bulardan tashqari 

“Temurnoma” nomli 21 qismli teleserial (1996), “Jaloliddin Xorazmshoh” 

(Noʻmiq Kamol asari) nomli 5 qismli telespektakl (1998), shuningdek, 

“Buxoroyi sharif” film-operasi, “Ming bir rivoyat” teleloyihasi Xurshid Davron 

ssenariylari asosida yaratildi. U Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi 

(1994), Amir Temur tavalludining 660 yilligi (1996) munosabati bilan 

Samarqand shahrida, Buxoro va Xeva shaharlarining 2500 yilligiga 

bagʻishlab Parijdagi YUNYeSKO qarorgohida oʻtkazilgan teatrlashtirilgan 


tomoshalar va yana xalqaro “Sharq taronalari” musiqa festivallari (1993–

2015) ssenariylari muallifi hamdir. 

Xurshid Davron tarjimon sifatida N. Zabolotskiyning “Turnalar” (1985), M. 

Chaklaysning “Ot oʻyin” (1986), O. Vatsiyetisning “Tomoshabogʻ” (1987), 

“Dengiz yaproqlari. Yapon sheʼriyati antologiyasi” (1988), tatar xalq dostoni 

“Edigey” (2012), Sharq va Gʻarb shoirlarining muhabbat toʻgʻrisidagi 

sheʼrlaridan iborat “Qirq bir oshiq daftari” (1989) majmuasini, J. Rumiy, A. 

Axmatova, M. Svetayeva, O. Mandelshtam, M. Mushfiq, O. Umar, Yu. 

Emro, N. Hikmat va bos

hqa koʻplab shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga 

oʻgirdi. Oʻzining ham sheʼrlari qirqdan ortiq jahon tillariga tarjima qilindi. 

Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron 1989 yilda Mahmud Qoshgʻariy 

nomidagi Xalqaro mukofot, 1997 yilda “Doʻstlik” ordeni, 2009 yilda Xalqaro 

“Oltin qalam” milliy mukofoti bilan taqdirlangan. 

  

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom 

nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan. 

 

Xurshid Davron: yurtimiz katta tafakkur, katta tamaddun vatani 



bo‘lganini insonlarga yetkazishni istaganman 

 

2012 август 6 17:44 



 

O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand 

viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog‘ida tug‘ilgan. 

O‘rta maktabni tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetiga 

o‘qishga kirgan. 


1971-

73 yillarda harbiy xizmatni o‘taydi, qaytib tahsilini davom ettiradi. 

1976 yili she‘rlari O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning "oq yo‘li" bilan "Guliston" 

jurnalida chop etiladi. 

Dastlabki ikki kitobi - "Qadrdon quyosh" va "Shahardagi olma daraxti" 1979 yilda 

nashrdan chiqadi. 

Xurshid Davron uzoq yillar turli nashriyotlarda faoliyat yuritgan. 

O‘zbekiston Milliy Teleradio kompaniyasining "O‘zbekiston" kanali direktori lavozimida 

ishlagan. 

Shoirning "Tungi bog‘lar", "Uchib boraman qushlar bilan", "To‘marisning ko‘zlari", 

"Bolalikning ovozi", "Qaqnus", "Samarqand xayoli", "Bahordan bir kun oldin" kitoblari 

nashr etilgan. 

Xurshid Davron nasriy janrlarda ham samarali ijod qilgan. 

Xurshid Davron ona tomondan Naqshbandiya tariqatining atoqli vakili Mahdumi A‘zam 

avlodidan ekanini aytadi. 

Uning so‘fiylik, Samarqand va Turkiston tarixiga qiziqishi shu bilan bog‘liq. 

O‘tmishda yashagan tarixiy siymolar hayoti va faoliyatidan hikoya qiluvchi "Samarqand 

xayoli” qissalar to‘plami, "Sohibqiron nabirasi"(1995), "Shahidlar shohi yoki Shayx Kubro 

tu

shlari" (1997) kabi tarixiy qissalari, "Mirzo Ulug‘bek", "Bobur shoh", "Avrangzeb" kabi 



tarixiy mavzudagi dramalarini yaratgan. 

U bir qancha videofilmlar stsenariylari muallifi. 

Xurshid Davron Sharq va G‘arb shoirlarining asarlaridan iborat "Qirq bir oshiq" va yapon 

shoirlari she‘rlaridan tarkib topgan "Dengiz yaproqlari" to‘plamlarini o‘zbek tiliga tarjima 

qilgan. 

Xurshid Davron zamonaviy o‘zbek ijodkorlari orasida Internet imkoniyatlaridan keng 

foydalanayotgan adiblardandir. 

Shoir o‘qigan she‘rlarni tinglang 

BBC mehmoni Xurshid Davron bilan suhbatning birinchi qismini tinglang 

BBC mehmoni - 

O‘zbekiston Xalq shoiri, tarixchi va publitsist Xurshid Davron 

bilan suhbat 

BBC: 

Assalomu alaykum! Bugungi BBC mehmoni O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid 

Davron bo‘ladilar. Dasturimizga xush kelibsiz! 

Xurshid Davron: Rahmat! 

BBC: 

Xurshid aka, sizga turli mavzularda ko‘plab savollar kelgan. Bir nechta savol 

oilangiz haqida . Shu ma‘noda kelgan kengroq savol Yerdanlik Faxriddindan. 

Men sizning "Shahidlar shohi" kitobingizni o

‘qib qayta-qayta duo qildim. Kitobingizni 

qayta-


qayta o‘qidim. Bu kitobni o‘qib, yig‘lamay ilojim yo‘q edi. Siz o‘zingiz ahli 

tariqatmisiz? 

Men bunaqa ta‘sirli kitob kam uchratganman. Bu kitobga muhabbatimdan 100 ta sotib 

olib tarqatdim. Negadir narxi arzon, deb fikr qoldirgan. 



Xurshid Davron: Men Samarqandning shunday biqinida joylashgan, hozir shahar 

tarkibiga kirib ketgan Chordara qishlog‘ida tug‘ilganman. Ota-bobolarim Samarqandning 

Qo‘shhovuz mahallasidan. Mening ona tarafimdan bo‘lmish bobom tasavvufdagi yirik bir 

arbob - 


Boburga, Ubaydiyga pir, murabbiy bo‘lgan Mahdumi A‘zam bo‘ladilar. Balki 

bobolarimning xotirasi mening qonimda aylanib yurgani uchun tasavvufga 

qiziqqandirman. 

"Shahidlar shohi" kitobi shayx Najmiddin Kubroga bag‘ishlangan. Ko‘proq Samarqand 

tarixi, Temur tarixi bilan shug‘ullansamda, umuman O‘zbekiston, Movoraunnahr, 

Turkiston tarixini bolaligimdan katta mehr bilan o‘rganganman, hech kim majbur 

qilmagan o‘zim mehr bilan o‘qiganman. 

Dastlabki she‘rlarim ham avvalo tabiat bilan birga tarixiy yo‘nalishda bo‘lgan. Dastlabki 

kitoblarim 1979 yilda (ikki kitobim) bosilib chiqqan, birinchisi ("Qadrdon quyosh") sof 

tabiatga bag‘ishlangan she‘rlar jamlangan bo‘lsa, ikkinchisi ("Shahardagi olma daraxti") 

tarixga bag‘ishlangan. 

Boladan bir narsani 

yashirib qo‘ysang, bola o‘shani qidirganiday, sho‘rolar davrida 

tariximizning juda ko‘p sahifalari yopib, qatag‘on qilib qo‘yilgan edi. Shuning uchunmi, 

bobolarim tufaylimi, tarixga qiziqishim kuchli bo‘lgan. Birinchi she‘rlarim Go‘ri Amirga, 

Amir Temur m

aqbarasiga, Shohi Zindaga, Registonga, Samarqandga bag‘ishlangan. 

Aynan shularning hammasi sekin-sekin katta tarixga, ayniqsa tasavvufga (bu umuman 

qatag‘on qilingan mavzu edi) qiziqishga aylandi. 

Men faxr bilan aytishim mumkin, "Shahidlar shohi" o‘zbek adabiyotida badiiy jihatdan 

tasavvuf tarixiga, tasavvuf arbobiga bag‘ishlangan birinchi kitob. Maqolalar bo‘lgan 

oldin. Bu kitobni mustaqillikdan oldin boshlaganman. Juda ko‘p tayyorgarliklar 

ko‘rganman. Shu kitobim uch marta nashr bo‘ldi. Mana hozir yangi nashri chiqyapti. 

Faxriddin do‘stim aytganday, odamlarga ma‘qul bo‘lar ekan, men xursand bo‘laman. Bu 

kitobni hozir yozganimda butunlay boshqacha yozgan bo‘lardim. Bu endi 20 yil oldin 

yozilgan. Mustaqillik yillari yangi-yangi manbalar ochildi. Yangi tadqiq

otlar paydo bo‘ldi. 

Dunyodagi tadqiqotlarni ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ldi. Men bu kitobni uchlik tarzida 

yozmoqchi bo‘lganman. Birinchisi Turkistondagi tasavvuf maktablari tarixi haqida bo‘lishi 

kerak edi. Buni oddiy kitobxon uchun sodda qilib yozishga harakat qilganman. Ikkinchi 

kitob ish stolimda turibdi, “Shayx Attorning yetti xotirasi” deb nomlangan. Unda endi 

tasavvufning ichiga kirishni rejalashtirganman. Xudo xohlasa, bu kitobim o‘quvchim 

qo‘liga yetib borar, deb o‘ylayman. Tarixiy yo‘nalishda ijod qilishim bizning vatanimiz 

katta bir tafakkur, tamaddun vatani ekanini vatandoshlarimizga bildirish istagi tufayli 

paydo bo‘lgan. O‘sha paytda maktab darsliklarida bu odamlar haqida gap bo‘lmagani 

uchun vatanimizda shunday odamlar o‘tgan, demoqchi bo‘lganman. Endi kitobning 

narxiga keladigan bo‘lsak, men bir nechta kitoblarimning haqqini olmaganman, narxini 

arzonlashtirishga harakat qilganman. Chunki nashriyotlar beradigan pul boyitadigan 

darajada deb o‘ylamayman. Shuning uchun qancha arzon bo‘lsa ham, o‘quvchiga yetib 

borishini o‘ylaganman. Kitoblarning qimmat bo‘lib borayotganligi meni ham qiynaydi. 

Masalan, men shu yoshga yetib ham kitoblarni ba‘zan o‘ylab oladigan paytda, yosh, 

o‘spirin bolalar qanday sotib oladi, deb o‘ylayman. Kitob narxi yozuvchi bilan kitobxon 

o‘rtasida to‘siq bo‘lib qolmasligini istayman. 



BBC: Rahmat! Oilangiz, farzandlaringizning sizning sohangizga, qiziqishlaringizga 

munosabatlari qanday? 



Xurshid Davron

: Men ularni, eng avvalo,kitobxon bo‘lishini istaganman. Endi ijod ahli 

bo‘lishi mening istagim bilan bo‘lmaydi. O‘zida bo‘lsa paydo bo‘ladi. Katta o‘g‘lim tilga 

qiziqadi. O‘ndan ortiq tilni biladi. Yevropaning eng asosiy tillarida gapira oladi. Xalqaro 

tashkilotlardan birida ishlaydi. Oilada hozircha uchta erkakmiz. Men, o‘g‘lim va nabiram. 

Nabiram bir haftalik bo‘ldi. Qolgan ayollar, rafiqam ham, ikki qizim ham, kelinim ham 

shifokor. Shuning uchun ham hech kim menga qaramaydi. Endi nabiralarim, Xudo 

xohlasa, ko‘ramiz kim bo‘lishini. Hozir bolalarimga yetmagan vaqtimni ularga ajrataman, 

til o‘rgataman. Mening eng katta havasim til bilgan kishi. Dunyoni o‘zbekcha anglash 

tarafdoriman. 



Dilmurod Yakkabog‘li, Toshkentdan: Kubro shaxsiga qiziqishingizga nima sabab 

bo‘lgan? 



Xurshid Davron: Umuman Xorazm tarixiga qiziqishim faqat tasavvuf jihatidan emas, 

Jaloliddin Manguberdi haqida qilingan ishlarim bor... Ba‘zilari e‘lon qilingan. Tarjimalar 

qilganman, Xorazm tarixiga bog‘liq hikoyalar yozilgan. Najmiddin Kubro siymosi ikkita 

jihat - ham tasavvuf arbobi sifatida, ham vatanparvar, yurtini sevgan, vatani uchun 

qo‘lda qilichi bilan jon bergan siymo sifatida meni qiziqtirgan. Uning qo‘lida hijimlangan 

dushman bayrog‘ini olish uchun barmoqlarini qirqib olganliklarini o‘qiganimda butun 

vujudim jimirlab ketgan. Meni hayajonga solgan jihat: tafakkur bilan jasorat meni 

mahliyo qilgani Kubro haqidagi kitobimni yozilishiga sabab bo‘lgan. 

Yurtimizda shakllangan to‘rtta maktab Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya tilga 

olinadi-


da, birinchi paydo bo‘lgan Hakimiyani tilga olishmaydi. Bizda tariqatning zanjiri 

uzilgan deb o‘ylayman. Ularni biladigan odamlar bor. Lekin tariqatning ichida, o‘sha 

bobolar darajasida dunyoviy va g‘aybiy ilmlarni biladigan odamlar qolmagan, deb 

hisoblayman. Lekin ishonamanki, sekin-

sekin bu zanjir bog‘lanar. Faqat tadqiqot emas, 

unin


g amaliy jihatlari ham xalqimiz orasida paydo bo‘la boshlar, deb o‘ylayman. 

BBC: 

Ijodingizda 1990 yillardan boshlab nasrga qiziqish ko‘proq bo‘lganini kuzatish 

mumkin... 

Xurshid Davron: 

Sho‘rolar davrida, ayniqsa uning so‘nggi yillarida she‘riyatimiz ma‘lum 

ma‘noda kasal bo‘ldi, deb o‘ylayman. Ijtimoiy yuk birinchi planga chiqa boshladi. 

She‘riyatning faqat bir jihati ijtimoiylik bilan bog‘liq. Lekin o‘sha paytda tilimiz uchun, 

elimiz uchun she‘rlarimiz borgan sari proklamatsiyalarga o‘xshay boshladi-da. Masalan, 

til haqida, hatto Gdlyan bilan Ivanovlar haqida, hammasini yozganmiz. Men ham 

yozganman. Bu o‘sha paytda zarurat bo‘lgan. Buni noto‘g‘ri qilganmiz, deb 

o‘ylamayman. Lekin she‘rning o‘zining o‘rni bor, prozaning o‘zining o‘rni bor. To‘g‘ri 

ijtimoiy m

avzudagi she‘rlar tez, aniq ko‘zlangan muddaoga borib yetadi. Lekin o‘sha 

she‘r bag‘ishlangan muammo o‘rtadan ko‘tarilgan paytda she‘r ham keraksiz bir narsaga 

aylanib qolgan bo‘ladi. 

Agar shoir bo‘lmaganimda balki tarixchi olim bo‘lardim, deb o‘ylayman. Har bir shoirning 

ichida ikkinchi bir muqobili bo‘ladi. Rahmatli Rauf aka ichimda doim musiqa qaynaydi, 

deb yurardi. Menda masalan tarixga va bo‘yoqqa, rangga bo‘lgan ishtiyoq yashab 

kelgan ruhimda. Meni o‘tmish qiziqtirgan. Hozirgi tarixiy mavzudagi asarlar afsuski meni 

qoniqtirmaydi. Juda ko‘p manbalarni o‘rganish, ichiga kirish yo‘q. Amir Temur haqida 

bo‘ladimi, boshqa tarixiy shaxslar haqidami, doim maktab darsligida hammamiz uchun 

ayon bo‘lgan birinchi qatlam haqida so‘z yuritiladi. Juda ko‘p manbalarni olib qarash 

yo‘q, ularning ichiga kirish yo‘q. Obrazlar, tarixiy jarayonlarni ko‘rsatish yo‘q. Qandaydir 

bayonchilik, hikoya tarzida bir narsani aytib berish kuchayib ketgan. Lekin yozuvchi 

ukalarimizning hikoyalarida paydo bo‘layotgan yangiliklar menda umid uyg‘otadi. Ularni 

tarixni o‘rganinglar, modern yo‘nalishdagi izlanishlarni ham tarixiy jarayonlar orqali 

berish mumkin, deb aytib kelaman. Keyinchalik kichik yangiliklar katta narsalarga 

aylanishiga ishonaman. 

Toshkent, Dilmurod Yakkabog‘li: Shoir Muhammad Yusuf "Yaxshi" she‘rini sizga 

atagan ekan. Shu haqda, Muhammad Yusufning o‘zi haqida biroz gapirib bersangiz. 



Xurshid Davron: 

Muhammad Yusufning bu she‘ri menga bag‘ishlanganligi oddiy voqea 

tufayli bo‘lgan. She‘rning oxirgi ikki satrini men tahrir qilib berganman. Va she‘r butunlay 

o‘zgarib ketganini shoirning o‘zi sezgani uchun minnatdorchilik ma‘nosida menga 

bag‘ishlagan. 

Muha


mmadjon juda pokiza, ko‘ngli ochiq inson edi. Uni eslaganimda doim yorug‘ 

narsalar bilan eslayman. Muhammadjon ko‘pincha (o‘zi juda yomon ko‘rsa ham) 



"qo‘shiqchi shoir" sifatida ta‘riflanardi. Lekin qo‘shiqning sifatini ko‘targan shoir shu 

Muhammad Yusuf b

o‘ldi. Gapning rosti, o‘sha 1980- yillarda, masalan bizning avlod 

shoirlari orasida qo‘shiq yozgan odam xuddi gunoh ish qilib qo‘ygandek qabul qilinardi. 

Go‘yo qo‘shiq ikkinchi darajali shoirlarning ishi edi. 

Aslida ham qo‘shiqlarning saviyasi pastroq bo‘lgani uchun ham, biror o‘rtog‘imiz qo‘shiq 

yozsa ustidan kulinardi. Lekin Muhammad Yusufning adabiyotdagi katta xizmatlaridan 

biri, uning boshqa yo‘nalishdagi she‘rlarini tan olgan holda qo‘shiq yo‘nalishida qilib 

o‘tgan ishlarini e‘tirof etib o‘tish kerak. Yana bir ko‘nglimdagi gap. Muhammadjon bu 

dunyodan ketgandan keyin yangi Muhammadjon yaratishga urinishlar bo‘ldi. Lekin bu 

ko‘ngil bilan bog‘langan, shaxsiyat bilan bog‘langan. Unday katta yurak, katta qalb, 

pokizalik bo‘lmagandan keyin uning o‘rnini egallash juda qiyin bo‘ladi. Uning qolipida 

she‘r yozish oson. U yasab ketgan qolipda nechta odam xalq shoiri bo‘ldi. Lekin bu bilan 

uning o‘rnini egallab bo‘lmaydi. Muhammadjonning she‘rlari xalqchil, tili ham sodda va 

yoqimli. Shuning uchun uning she‘rlari o‘zbek she‘riyatida o‘zining o‘rnini birovga berib 

qo‘ymaydi. 



BBC: 

Xurshid aka, o‘zingizning ham bir nechta she‘rlaringiz qo‘shiq bo‘lgan. Ular 

qanday yaratilgan, o‘zingizga ma‘qulmi? 

Xurshid Davron: 

Men agar she‘rlarimni qo‘shiq qilishga berilganimda, Muhammadjonni 

esladik, balki undan ham qo‘shiqlarim ko‘p bo‘lishi mumkin edi. Men "Yoshlar" 

kanalining direktori bo‘lib ishlaganimda, artistlar direktorning she‘rini qo‘shiq qilsak, 

bemalol chiqadi deb o

‘ylardi. Lekin menda bu narsaga qiziqish bo‘lmagan. Qo‘shiq 

bo‘lgan juda ko‘p she‘rlarim kitoblardan olingan. Faqat ikkita qo‘shiqchiga o‘zim she‘r 

yozib berganman. Biri Bahodir Mamajonov, uning ovozini yaxshi ko‘rganim uchun yozib 

berganman, keyin Shuhrat 

Qayumovga o‘zim bir-ikkita she‘r berganman. Men ko‘proq 

professional bastakorlar bilan, masalan, Mustafo Bafoyev bilan Buxoroning 2700 

yilligiga bag‘ishlangan 24 ta qo‘shiq yaratganmiz. Endi u qo‘shiqlar to‘ylarda aytilmaydi. 

Asosan, bayramlarda, professi

onal davralarda aytiladigan qo‘shiqlar. Yosh bastakor 

Kamoliddin Azimov bilan Buxoroga bag‘ishlangan oratoriya yozdik. O‘tgan oyda 

prem


ьerasi bo‘lib o‘tdi.Men oratoriyani o‘zim uchun kashf etdim.Turk kompozitori Fozil 

Sayning "Nozim Hikmat" oratoriyasini e

shitganimda, menga shu qadar ta‘sir qildiki, hozir 

ham shu ta‘surotda yuribman. Faqat o‘zimning emas, Cho‘lpon, Fitrat, umuman buyuk 

shoirlarimizning she‘rlarini ham oratoriya qilish taklifi bilan bastakorlarimiz bilan 

gaplashyapman. O‘zim Samarqandga bag‘ishlangan oratoriya ustida ishlayapman. 

Lekin mavjud zamonaviy o‘zbek estradasini mutlaqo qabul qilolmayman. Bunga biz 

shoirlarning ham aybi bor albatta. Asosiy sabab:to‘y. Men qat‘iy aytamanki, o‘zbekning 

to‘yi bor ekan, o‘zbek estradasini hech qachon o‘nglab bo‘lmaydi. O‘zbek estradasining 

100 ta qo‘shig‘idan 99 tasi raqs tushish uchun yozilgan, bastalangan qo‘shiqlardan 

iborat. Asosan to‘y uchun yozilgan. Lekin o‘zbek raqslari ham bunday bo‘lmagan. 

Kavkazdan kelganmi, boshqa joydanmi bu "liking-liking"la

r, bilmayman. O‘zbek 

estradasining Botir Zokirov va boshqa akalarimiz asos solgan falsafasi yo‘qolib ketyapti, 

deb qo‘rqaman. 

O‘shdan Davron Hotam: Assalomu alaykum! Xurshid aka mening ham sevimli 

ijodkorlarimdan biri. U kishining she‘rlarini sevib o‘qiyman. Ayniqsa yapon she‘riyatidan 

qilgan tarjimalari uchun tashakkur aytaman. Savolim quyidagicha, Shavkat Rahmon 

nomidagi onlayn tanlov e‘lon qilsak, bu tanlovga asosan yosh ijodkorlarni jalb qilsak 

bo‘ladimi, Aniqrog‘i, shu ishni boshlasak, siz ham yordam bera olasizmi? Sizga oldindan 

rahmat! 


Xurshid Davron: 

Endi Shavkat Rahmonni barcha jo‘ralarim ichida eng yaqini bo‘lgan, 

deb ayta olaman.Toshkentda, musofirchilikda Shavkat nechta ijara uylarini almashtirgan 

bo‘lsa, barchasiga yukni ikkalamiz tashiganmiz. Birinchi uy olganda quvonganmiz. 



Bolalari ham ko‘z oldimda katta bo‘lgan. O‘shga ko‘p marta birga borganmiz. Shuning 

uchun Shavkat Rahmon haqidagi har qanday gapni yuragimga yaqin olaman. 

Internetdagi kitoblarini ham o‘zim skan qilib qo‘yishga harakat qilganman. Sirdosh 

do‘stim edi Shavkat. Internetga birinchi kirganimda ko‘p kitoblar yo‘q edi. 5 yil oldin 

"Turkiston" kutubxonasini tashkil qilib, Navoiy bobomizdan boshlab, Shavkat 

Rahmonning kitoblari, boshqalarning kitoblarini qo‘ydim. Men yuqoridagi tanlov haqidagi 

taklifni albatta qabul qilaman. Bu boradagi xizmatga doim tayyorman. Shavkat 

Rahmonning ijodi, insoniyligi oldida juda ko‘p narsalar qilish kerak, deb hisoblayman. 



BBC: Mana shu internet imkoniyatlaridan samarali foydalanayotganingiz ham 

tinglovc


hilarning e‘tiborini tortgan... 

Xurshid Davron: 

Do‘stlarimga gohida hazillashib aytaman, internetni bilmagan odam 

uchun u chiqindixona, internetni bilgan odam uchun nodir, tengi yo‘q kutubxona. Agar 

bilmasdan kirib qolsak, chakalakzorda adashib ham qolish mumkin. Uni tushunishga 

ham vaqt ketadi. Tushunib, internet tarqatadigan ko‘p be‘mani narsalarga e‘tibor bermay 

foydalanilsa, faqat koni-xazina. Dunyoni tanitadi. Lekin internet yoshlar uchun butun 

olamni to‘sib qo‘ymasligini istayman. Internetning salbiy jihatlari ham bor. Birov senga 

tuhmat qilsa, unga javob berolmaysan. Lekin internetning asosiy o‘quvchilari yoshlar 

ekanini hisobga olsak, uni albatta tartibga solish kerak.O‘zbek o‘quvchisi internetga 

kirganida o‘zbek tilidagi kerakli ma‘lumotlarni topa olishi kerak. Masalan, barcha klassik 

asarlar, yaxshi kitoblarimiz kiritilishi kerak. Lekin hozircha bu yo‘nalishda qilingan ishlar 

ular unchalik yetarli emas. Masalan, ozarbayjon tilidagi saytlarga kirganda ko‘nglim 

yorishadi. Kitoblarni, hatto jurnallarni 

o‘qishingiz mumkin. Men internet kutubxonani 

tashkil qilayotganimda Yevropa arxivlarida, Turkiya, Eron arxivlarida juda ko‘p tarixiy 

kitoblarimiz, bobolarimiz yozgan, tasavvuf tarixiga bog‘liq kitoblar saqlanib kelayotganini 

ko‘rganman.Ba‘zida, biz umuman bilmaydigan kitoblar bor. Amir Temurdan, temuriylar 

haqida yozilgan yuzlab kitoblarni ko‘rish mumkin. Internetda biz o‘zimizni namoyon eta 

olishimiz kerak. Shu bilan birga internetning asiriga aylanmasligimiz kerak. Mana 

ko‘chada hozir yoz, keyin kuz, qish, keyin daraxtlar gullaydi, bularning barchasini 

internetdan tashqari hayotimiz borligini unutmasligimiz kerak. 

BBC: 

Navbatdagi savol ham shunga bog‘lanib ketsa kerak. Turkiyadan Ulug‘bek 

yozadi: Keyingi paytlarda internetda nafaqat muxolifatning, shoir-yozuvchilarning ham 

bir-


birini aybini aytib xalq oldida obro‘ini to‘kish urf bo‘lib qoldi. Ular orasidagi 

dushmanlik qachon paydo bo‘lgan? Bir paytlar shoir-yozuvchilar avliyodek sirli edi... 



Xurshid Davron: 

Muxolifatning hammasi yozuvchi emas. Ularning bo‘linishi 

yozuvchilikka umuman aloqasi yo‘q. Yozuvchilarda guruhlarga bo‘linish hammavaqt 

bo‘lgan. Bu faqat o‘zbek adabiyotida emas.Hamma adabiyotda bo‘lgan. Endi muxolifatni 

o‘qib-bilgandan keyin, ularga qanday ishonish mumkin, deb o‘ylayman. 

Muxolifatdagil

arning ko‘pini o‘zim bilaman, taniyman. Tasavvur qilish mumkin, agar ular 

hokimiyatga kelsa, shuncha qism, guruhlarga bo‘linib ketgan bo‘lardi. Ularning bo‘linishi 

ham tabiiy. Qanday ma‘noda? O‘zbekistonning tarixini bilgan odam uchun tabiiy. 

Yaqinginada h

am biz uchga, to‘rtga, yigirmaga bo‘linib yotgan edik. Sho‘rolar davrida 

ham obkom, raykomlar Moskva uchun edi. Aslida feodal tuzum paytida qanday bo‘lsa, 

ya‘ni miyadagi tushunchalar o‘sha xonliklar, bo‘linishlar davridagidek edi. 

Bu endi qachondir to‘g‘ri bo‘lar. 

Demokratiya - tayyor qolip emas. Uning yaxshi va yomon tomonlari bor. Masalan 

G‘arbni qonunlar boshqaradi, Sharqni odamlar boshqaradi, degan gap bor.Jadid 

bobolarimiz aytganidek, hammasi omuxta bo‘ladigan jihatni topa bilish kerak. 


BBC: Bir nechta savollar shoir Rauf Parfi haqida. Shulardan biri Kanadadan Ilhom: 

Marhum Rauf Parfi haqidagi fikrlaringizni bilmoqchi edim. U kishi tirikligida yetarli e‘tibor 

ko‘rdimi, nima deb o‘ylaysiz? 

Keyingisi, Qo‘qondan Ismoiljondan. Xurshid aka, 1999-2004 yillar mobaynida Rauf Parfi 

uysiz, nonsiz zabun yashaganida siz katta kanalning rahbari edingiz. Tursunali polvon 

va o‘sha paytda Fridum xausda ishlagan Niyozova opa Rauf Parfiga oz bo‘lsa ham pul 

berib turishgan. Sizlarchi? 

Shu mavzudagi yana bir savol Xursandbe

k To‘liboyevdan. Assalomu alaykum Xurshid 

aka! Savolim, har doim o‘zingiz iftixor bilan aytib yuradigan avlodingiz 

peshqadamlaridan bo‘lgan Rauf Parfining nega shu choqqacha "Saylanma"si chop 

etilgani yo‘q? Yoki salafingiz, yaqiningiz Shavkat Rahmonning, Shukur Xolmirzayevning 

asarlari chiqishi to‘xtab qolgan. Ularning asarlari ma‘naviyatimiz xazinasini yanada 

boyitgan bo‘lardi... 



Xurshid Davron: Endi gapni Rauf akadan boshlasak. Men Rauf aka bilan 

Yunusobodda bitta kvartirada bir yildan ortiq vaqt davomida 

(u kishi o‘zining oilasi bilan, 

men o‘zimning oilam bilan) yashaganmiz. Bitta men ishlaganman. Har kuni bir buxanka 

nonni ko‘tarib kelardim. Bu gapni Rauf aka kulib gapirib bergani uchun aytayapman. Bir 

tunda Rauf aka bilan ikkovimiz bir o‘limdan qolganmiz. Bularni hikoya qilish vaqti kelar. 

Men ularni sekin-

astalik bilan yozmoqchiman. Endi Rauf aka e‘tibor ko‘rdimi, pulsiz, 

uysiz-

joysiz, degan gaplar ko‘p aytilyapti. Bu boshqa joylarda, radiolarda ham aytilgan. 



Rauf akaga hech kim yordam bermadi, degan ga

pga kelsak. Men o‘zi pul haqida 

surishtirib yurganlarni yoqtirmayman. Nomma-

nom kimlar yordam berganini yoki o‘zim 

shuncha pul berdim, deb aytmayman. Qancha pul berganimni o‘zim bilaman. Rauf aka 

afsuski yo‘q. Lekin uning xotirasi oldida vijdonim pok. Chunki men Rauf akaning tuzini 

yeganman. U kishi bilan yashaganman. Rauf akani xuddi akamdek bilaman. Bilaman, 

Rauf akaga uch marta uy olib berilgan. Lekin u kishiga bir so‘m berasizmi, million 

so‘mmi farqi yo‘q edi. Birovning mehri undan balandroq edi. Uyni ham tashlab 

ketaverardi. Endi Rauf Parfi yetarli e‘tibor ko‘rdimi, degan savolga kelsak. Bu qaysi 

tomondan qarashga bog‘liq. Agar hukumat tomonidan qaraydigan bo‘lsak, har holda 

O‘zbekiston xalq shoiri unvoni berildi. O‘quvchi tomonidan oladigan bo‘lsak, Rauf aka 

she‘riyatning asl ixlosmandlari shoiri edi. Shu ma‘noda do‘stlari, shogirdlaridan ma‘lum 

ma‘noda e‘tibor ko‘rgan, desam xato qilmayman.Ulug‘ ijodkorlarning, barcha 

buyuklarning (Tolstoymi boshqami) dunyo bilan, insoniyat bilan doim ham kelisha 

olmay


digan tabiatga ega bo‘lgani ma‘lum. Bu asl ijodkorga xos narsa. Unga oltindan 

fontanlik hovli qurib bering: bir tiyinlik foydasi yo‘q edi. U qabul ham qilolmasdi, 

tushunmasdi ham. Barcha buyuk shoirlar qatori Rauf aka ham to‘la e‘tibor ko‘rdi deb 

aytolmaym

an. Agar u e‘tibor ko‘rganida Rauf Parfi bo‘lmasdi balki. 

Kitoblari masalasiga kelsak, Toshkentda chiqmayotgan bo‘lsa, boshqa yerda chiqyapti. 

Endi Yozuvchilar uyushmasi uchun men javob berolmayman. Shavkat Rahmonning 

kitobi haqida gapirsam, yaqinda yangis

i chiqadi. Shukur akaning to‘rt-besh tomlik kitobi 

chiqdi. Rauf akaning kelasi yil katta yubileyi kelyapti. Shunga tayyorlanish kerak. 

Rauf aka haqida gapirganda shuni aytish lozimki "Siz nima qilgansiz Rauf Parfi uchun?" 

deb so‘raydigan ko‘p. Ammo, "Sen o‘zing nima qilgansan birov uchun?"- deb 

so‘raydigan yo‘q. Meni o‘zimga ham masalan, "Katta kanalning direktori bo‘lib nima 

qilgansiz?", degandek savollar berishadi. 24 soat ishlaydigan kanal direktorligi endi o‘z 

mas‘uliyati bor. Televideniyeda ishlab qo‘ldan kelgancha, Rauf aka haqida ham, Shukur 

aka, Shavkat Rahmon va boshqalar haqida ham imkon boricha ko‘rsatuvlar, filmlar 

qilingan. Shunga bosh-

qosh bo‘lganman, uyushtirganman. Ijodkorga katta e‘tibor bu eng 

avvalo adabiyotning asl ixlosmandlarining e‘tiborida bo‘lishi. Shu ma‘noda Rauf aka 

hamisha e‘tiborda bo‘lgan deb hisoblayman. 



Keyingi savol O‘zbekistondan: O‘zbekiston televideniyesida ishlaganingizda millat 

shoiri sifatida tsenzuraga qanchalik to‘siq qo‘yoldingiz? 



Xurshid Davron: Televideniyeda men shoir emas, rahbar sifatida ishlaganman. 

"Yoshlar" kanalida ham "O‘zbekiston" kanalida ham ishlaganimda vijdonimga xilof ish 

qilmaganman. Masalan, "Yoshlar " kanalida ko‘rsatuvlar 10 foizi hukumat topshirig‘i 

bilan bo‘ladigan bo‘lsa, 90 foizi jamoaning, mening buyurtmam asosida bo‘lgan. Demak 

bu ma‘lum ma‘noda o‘zini oqlagan. Endi "O‘zbekiston" telekanali davlatning asosiy 

kanali bo‘lgani uchun davlat buyurtmasi bilan sof ijodiy ish 50 ga 50 edi. Ruslarda bir 

gap borku, kim pulini to‘lasa o‘sha musiqani eshitadi, degan. Bu hamma joyda bor 

narsa. Menga hech kim "shuni qilasan" deb majburlamagan. Televideniyeda 

ishlaganimda iloji boricha kitob targ‘ibotiga, adabiyotga e‘tibor qaratishga harakat 

qilganman, deb o‘ylayman. 

Bitta yangilik aytmoqchiman, O‘zbekistonda yana ikkita telekanal ish boshlayapti. Biri 

"Madaniyat va Ma‘rifat", ikkinchisi "Dunyo bo‘ylab " kanallari. Bularning hammasi 

xalqimiz uchun xizmat qiladi.Televideniyening qiziq jihati borda. Odam televideniyeni 

har kuni ko‘ravergandan keyin undagi o‘zgarishlar, bundan oldin qanday edi, degan 

narsani esdan chiqarib qo‘yadi. Hech narsa o‘zgarmagandek tasavvur paydo bo‘ladi. 

BBC: 

Televideniyega bog‘liq savol yana o‘zbekistonlik maktub egasidan: 

Televideniyeda ishlagan ikki jurnalist ayolning ishdan haydalga

ni to‘g‘rimi? Ular haq 

gapni aytishgan ediku? Yana ishlariga tiklanishi mumkinmi? 

Xurshid Davron: 

"Yoshlar" telekanalida u ikkala jurnalist qiz ham mening qo‘limda 

ishlashgan. Ularni birinchi qadamlaridan yaxshi bilaman. Masalan, Saodatni juda 

tajribali, y

axshi jurnalist deb tan olaman. Men ochig‘ini aytaman, ular shu ishning 

boshida turganlarida bu yo‘ldan qaytarishga uringanman. Bu mening pozitsiyam. Ularni 

boshqalarning qo‘lida o‘yinchoq bo‘lib qolishlarini istamaganligim uchun shunday 

qilganman. Ularnin

g bittasi shunday yon qishlog‘imizdan. Bunday olganda yurtdoshlik 

tuyg‘usi uchunmi, bir akalik tuyg‘usi uchunmi, to‘g‘rimi-noto‘g‘rimi, bu yo‘ldan 

qaytarishga uringanman, bu mening shaxsiy ishim. Endi ularni ishga olinishi, 

olinmasligiga bir narsa deyishim qiyin. Chunki bu masalani men hal qilmayman. Ular 

qayerda bo‘lishmasin shu millat uchun, O‘zbekiston, uning taqdirini o‘ylab ish tutishlarini 

tilab qolaman. 

Ma‘lum ma‘noda, televideniye, (boshqa matbuot tizimlari ham) katta bir kuchlarning ham 

siyosiy o‘yinlari, ham siyosiy raqobati, ham siyosiy manfaatlari namoyon bo‘ladigan joy. 

Men O‘zbekistonda hamma narsa oydin, hamma narsa yaxshi deb aytishdan yiroqman. 

Bizda ham G‘arbda qanday muammolar bo‘lsa, shunday muammolar bor. Oyog‘imizga 

kishan bo‘lib, 100 yildan ortiq davom etib kelayotgan kamchilik-muammolarimiz bor. 

Ularni hech kim tashqaridan kelib bartaraf qilmaydi. Albatta Sharq bilan G‘arbning 

kesisholmaydigan joylari bo‘ladi. Lekin payti keladiki, hayotning o‘zi bu muammolarni 

to‘g‘rilashni oldimizga ko‘ndalang qilib qo‘yadi. 



O‘shdan Odiljon: Urush fojeasi "Sohibqiron nabirasi" asaringizda juda ta‘sirli berilgan. 

Farzandi halok bo‘lgan onaning holatini bunday aniq tushunishingiz nimadan? 



Xurshid Davron: 

Amir Temur bilan Sulton Boyazid jangi bo‘lib o‘tganiga 610 yil to‘ldi. 

Bu turkiy xalqlar tarixida ham, tarixiy jihatdan ham og‘ir sana. Bu voqea tarixchilarimiz 

tomonidan ham, hatto turk tarixchilari tomonidan ma‘lum vaqt davomida bir tomonlama 

yoritib kelingan. Har kim ko‘rpasini o‘ziga tortgan paytlar bo‘lgan. Turkiy xalqlar tarixidan 

kelib chiqadigan bo‘lsak, kim haq, kim nohaqligidan tashqari, bu jangning bo‘lib 

o‘tganining o‘zi katta bir fojea deb hisoblayman. Shu ma‘noda ona siymosida shu fojeani 

ko‘rsatishga harakat qilganman. Jangdan keyin o‘g‘lini izlab yurgan ona farzandining 

jasadi bilan birga, Turkistondan borgan, jangda yaralangan yigitni, askarni uyiga olib 


ketganini tasvirlaganman. Oldin borganlar ham shu yurt, Turkiston zaminidan ketgan 

odamlar bo‘lgan. Tarixni o‘qiganlar yaxshi bilishadi. 1994 yil yozilgan bu kitob aslida 

Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlangan edi. Mirzo Ulug‘bek Temurning yonida doim birga 

yurgan. Anqara jangi paytida ham o‘sha yerda bo‘lgan. Men prozada yozayotganimda 

birinchi manbalarni berish, undan keyin badiiylikka o‘tishga harakat qilanman. Ya‘ni 

tarixiy asarlarim bo‘lgan voqealar, manbalar asosida yozilgan, hammasi to‘qima emas. 

Keyin o‘sha voqeaning mohiyatini badiiy lavha orqali ochishga harakat qilaman. Bobur 

haqida ham, Kubro haqidagi va bu kitobni yozganimda ham shu yo‘lni tanlaganman. 

Fojea bo‘lgandan keyin uning darajasini ko‘rsatish kerak. Xudo xohlasa, bu mavzuda 

yana bir asarni rejalashtirganman. Shu ikkita buyuk hukmdor haqida. Nasib bo‘lsa u 

ham yozilar. 

Alisher: 

Ittifoq davrida Harbiy Akademiyalarda Amir Temurning jang qilish san‘ati 

o‘rgatilgan, deb eshitganman. Amir Temur harbiy taktikalari haqida qanday manbalar 

saqlanib qolgan? Temurning harbiy san‘atini o‘rganayotgan tadqiqotchilarni bilasizmi? 



Xurshid Davron: 

Temurning harbiy san‘ati bilan bog‘liq birinchi tadqiqotlar Rossiya 

bizni bosib olish arafasida boshlangan, keyin ham juda ko‘p kitoblar nashr etilgan. Rus 

olim va generallari tomonidan Temur harbiy san‘ati haqida bir nechta kitoblar yozilgan. 

Bu kitoblar bilan qiziqqanlar "Turkiston kutubxonasi"saytiga kirib, bemalol ular bilan 

tanishishlari mumkin. Chor Rossiyasi paytida ham, Sovet imperiyasi paytida ham, hozir 

ham dunyoning ko‘p joylarida bu san‘at o‘rganiladi. Chunki bu tarix. Temurdan keyin 

o‘tgan barcha sarkardalar Temurning harbiy san‘atini chetlab o‘tmagan, o‘rgangan. 

Mustafo Kamol Otaturkning Temur haqida " Amir Temur harbiy sarkardalarning eng 

buyugidir. U jangni jangga kirmasdan turib hal qilardi", degan gapi bor. O‘zimizda ham 

Harbiy Akademiyad

a bu narsa o‘tiladi. 



Alisherning ikkinchi savoli: Suriyadagi hozirgi voqealarga munosabatingiz qanday? 

G‘arbning asl yuzi ochilib qolmayaptimi? 



Xurshid Davron: 

Bu G‘arbning faqat bugungi ishi emas. Tarixga chuqur kirilsa, bu 

narsalar har doim qilib kelinga

nini ko‘rish mumkin. Arab davlatlarini davlat sifatida bo‘lib 

berganlar kimlar? Chegara solganlar kimlar? Afrika qit‘asini ko‘ring, chegara tep-tekis 

qilib chizib berilgan. Uni habashlar qilganmi? O‘ljay Sulamonovning O‘rta Osiyo 

chegaralari haqida gapirib

, "Ehtiyot bo‘lmasak, bu chegaralarda sonsiz minalar 

yashiringan" deganini eslasak, hozirgi dunyoda faqat chegaralar bilan emas, mana bu 

shialar bilan sunniylar o‘rtasidagi kurashni ataylab avj oldirilishi hammasi oldindan 

qo‘yilgan minalar,rejalar deyish mumkin. Mazhablar o‘rtasidagi kurashlar hech qachon 

o‘sha davlat egalari tomonidan qilinmagan. Hech qachon. E‘tibor bersangiz, Sharqda 

qayerda energiya resurslari bo‘lsa, o‘sha joylarni notinch qilishga urinishlar bo‘lyapti. 

Afrikaning bir mamlakatida 200 

ming odam o‘lib ketsayam hech kimning ishi yo‘q. 

Chunki o‘sha mamlakatda neft yo‘q, gaz yo‘q. Bu dunyoni manfaatlar boshqaradi. 

Demokratiya niqobi ostiga yashirilgan narsalar Sharqqa to‘g‘ri kelmaydi. Sharqda 

demokratiya Sharqning tabiatidan kelib chiqib p

aydo bo‘lishi kerak. 

Javlon: 

O‘zbek rassomlari Shuhrat Abdurashidov, Isfandiyor Haydarov, Shuhrat 

Bobojon ijodi haqida sizning fikringiz qanday? 

Xurshid Davron: Shuhrat endi keyingi yosh avloddan. Keyin bu yerda endi ijodni 

boshlayotganida tashqariga chiqib ketgan. Shuhrat Abdurashid va Isfandiyor Haydarov 

adabiyotga kirib kelganimizda ular ham ijodni boshlashgan. Deyarli har kun 

uchrashardik. Faqat men emas. O‘sha paytdagi yosh shoirlar bilan yosh musavvirlar 

shu qadar yaqin bo‘lganki, ularni ko‘prik bo‘lib birinchi yaqinlashtirgan odam Shuhrat 

Abdurashid bo‘lgan. U boshida she‘rlar ham yozgan. Keyinchalik tasviriy san‘atga 

qiziqishi baland kelgan. Lekin yuragida she‘rga ixlosi baland edi. Bizni topib olgan. 

Shuhrat juda pokiza, toza odam edi. Unday odamlarni topish qiyin. Shuhratni 



shoirlarning rassomi, rassomlarning shoiri, deb aytardik. Yosh shoirlarning, Rauf 

akaning ham portretini yaratgan. Kechqurunlari men turgan uyga bir nimalar ko‘tarib 

kelardi g‘amxo‘rlik qilib. Katta potentsiallik rassom edi. Afsuski, fojeali halok bo‘ldi. Men 

unga she‘rlar yozganman. Tirikligida yozgan " O‘lsak bizni hamma sevar" degan 

satrlarim bor. O‘qib hayron bo‘lib qo‘yaman, nega bunday deganman deb. Isfandiyorga 

ham she‘rlar yozganman. Bunaqa, tunni chizadigan musavvir kamdan-kam keladi. Lekin 

Turkiyaga ketgach, uzoq vaqtdan buyon ko‘rmadim. Bular tarixda qoladigan o‘zbek 

rassomlari. Mana ro‘paramda ham Isfandiyorning asari osilgan. Kuzni yaxshi ko‘rasiz, 

deb sovg‘a qilgan. 

BBC: Nega kuzni yoqtirasiz? 

Xurshid Davron: Kuzda en

di kayfiyat paydo bo‘ladi, ranglar o‘zgaradi. Shoirlar ayniqsa 

kuzda yoza boshlashadi. Gohida o‘g‘limning do‘stlari boshqa yurtlardan yoz faslida 

kelishsa, kuzda bu yerlar judayam boshqacha bo‘ladi, kuzda kelinglar, deb maslahat 

beraman. Kuz va qadimiylik bir-

biriga juda mos. Ibrohim G‘afurov mening she‘rlarim 

haqida gapirib, Klod Lorren suvratlarini ko‘rgandek bo‘laman, degandilar. Qeyin qiziqib, 

o‘sha frantsuz rassomining asarlarini tomosha qilganman. Haqiqatdan uning asarlarida 

mening ruhimga yaqin tarixiylik va kuz bor ekan. Kuzda Shohi Zindaga borsam xuddi 

uchib yurgandek bo‘laman. Hamma narsani tepadan ko‘rayotgandek holat bo‘ladi. 



BBC: 

Xurshid aka, mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur! Yangi tug‘ilgan nevarangiz 

ham bobosiga o‘xshab elga kerakli inson bo‘lsin!Tinglovchilarimiz, muxlislaringizga 

tilaklaringiz bo‘lsa marhamat! 

Xurshid Davron: Rahmat! Ibn Sino bobomizning bir gapi bor. Shuni yaxshi ko‘raman. Ibn 

Sino bobomizga ko‘ra, Alloh Taolo insonga uchta narsani bergan bo‘lsa, hamma narsani 

bergan bo

‘lar ekan. Birinchisi sihat-salomatlik. Ikkinchisi xotirjamlik. Men doim sog‘inib, 

qo‘msab yuradigan xotirjamlik. Uchinchisi, davlat. Davlat faqat pul emas. Bu- kecha 

tug‘ilgan nabirang, farzandlaring, yoru -do‘sting, oilang, ota-onang, nimaga erishgan 

bo‘lsang, mana kitoblaring, sen yashayotgan yurt. Mana shu uchta narsani bizni tinglab 

turgan insonlarga tilab qolaman! 



 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati