Xulosa. Foydanlanilgan adabiyotlar. Kirish. Mavzuning dolzarbligi



Download 81 Kb.
Sana27.01.2020
Hajmi81 Kb.
#37739
Bog'liq
ma‘muriy sud

Mavzu: Mamuriy sud.

Reja:

Kirish.

Asosiy qism: O’zbekistonda sud hokimiyati organi.

1.1.Ma’muriy sud haqida tushuncha.

1.2.O’zbekiston Respublikadida ma’muriy sud tizimi.

1.3.Ma’muriy sudlarda jazo tayinlash tartibi va shartlari.



Xulosa.

Foydanlanilgan adabiyotlar.

Kirish.

Mavzuning dolzarbligi:Iqtisodiy munosabatlarni boshqarib borishning bozor mexanizmiga oʻtish sharoitida Maʼmuriy huquq meʼyorlari yangi iqtisodiy boshqaruv omillarining joriy etilishini nazarda tutadi (li-senziyalash, kvota belgilash, soliq solish va undirish). Bozor iqtisodiyotining maʼmuriyhuquqiy taʼminlanishi iqtisodiy va ijtimoiy sohalar rivojini prognozlash va dasturiy rahbarlik qilish, Oʻzbekistonning ilmiytexnikaviy salohiyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda davlat mulkini samarali boshqarish va tadbirkorlikni ragʻbatlantirishga doyr tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan.

Mavzuning maqsadi:mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar mamuriy sudlar sudloviga ta’luqli bo’lib unga O’zbekiston Respublikasi mamuriy javobgarlik to’risidagi kodeksida nazarda tutilgan barcha ishlar ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolar toyifasiga kiradigan ishlar kiradi.Shuningdek ushbu mavzuning maqsadi ma’muriy sud tizimidagi yangiliklardan aholini xabardor qilish.

Mavzuning vazifasi: mamuriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo’lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini mulkini davlat va jamiyat tartibini tabiy muhitni muhofaza qilishni ijtimoiy adolat va qonuniylikni taminlashni mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarning o’z vaqtida va obyektiv ko’rib chiqishning shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi va qonunlariga rivoya etish ruhida tarbiyalashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.

Mavzuning predmeti:Yoritib berilayotgan mavzuda mamuriy sud bilan bog’liq bir qator predmentlar mavjud .Bularga mamuriy sud faoliyatida uchraydigan turli xil holatlar qonunchiligimiz bilan bog’liq bo’lgan yangicha qarashlar qolaversa ularning huquqiy asoslari kabi tushunchalar kiradi.Albatta, mavzuni yoritib berishda uning predmetini aniq belgilab olish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzuning obyekti: ma’muriy sud va uning faoliyatin yoritib berayotgan mavzuyimizning obyekti aynan O’zbekiston Respublikasida mavjud bo’lgan mamuriy sud organlari ularning tizimi faoliyati,funksiya va vazifalari. Hozirgi kunda barcha sohalar singari ma’muriy sud ham takomillashib bormoqda.

O’zbekiston erkin bozor iqtisodiyoti va kuchli ijtimoiy himoyalash tizimiga asoslangan demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lidan dadil bormoqda. O’zbekiston Respublika-sining Konstitutsiyasi ushbu maqsadlar yo’lida muhim huquqiy zamin, jamiyatimizda barqarorlik, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarining kafolati bo’lib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyada mustahkamlab qo’yilgan inson huquqlari va erkinlik-larini ta’minlashda, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkam-lashda hamda fuqarolar o’rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko’maklashishda, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, qolaversa, qonun hujjatlarini amaliyotda qo’llash samaradorligini oshirish va takomillashtirishda sud hokimiyati alohida o’rin tutadi. Shuning uchun ham jamiyatda sud organlarining nufuzini oshirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini ta’minlash mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida ma’muriy sudlarni tashkil etishning nazarda tutilishi ham aynan inson huquqlarini himoya qiluvchi sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudda ishlarni ko’rish va hal etishning sifatini oshirish, pirovardida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.

Mamlakatimizda ma’muriy sudlarning tashkil etilishi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanishi bilan bog’liq konstitutsiyaviy normaning amalga oshirilishini ham ta’minlaydi.

Ma’lumki, ixtisoslashgan sudlar sudga taalluqli ishlarni o‘z vaqtida, sifatli ko‘rish va hal etish, odil sudlovning samaradorligini oshirishdagi muhim omillardan biridir.

O’z navbatida mamlakatimizda ma’muriy sudlarni tashkil etish zarurati quyidagi omillar bilan ham belgilanadi:

jinoyat qonunchiligi tobora liberallashtirilib, ayrim qonunbuzarlik uchun belgilanadigan jazo choralari bosqichma-bosqich jinoiy yurisdiksiyadan ma’muriy yurisdiksiyaga o’tkazilishi;

sudlarda ko’rilayotgan fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlariga qaraganda ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarning ko’pchilikni tashkil etishi;

fuqarolarning davlat boshqaruviga oid huquqlari va qonuniy manfaat-larini sud tartibida himoya qilishning samarali tizimini yaratish zarurati;

davlat boshqaruv organlari, ular mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, bu sohada sud nazoratini takomillashtirishning talab etilayotgani.

Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 44-moddasiga ko‘ra, har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansab-dor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan. O’z navbatida mamlakati-mizda ma’muriy sudlarning tashkil etilishi asosiy qonunimizda mustah-kamlangan ushbu huquqlarni samarali amalga oshirilishini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Harakatlar strategiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan va joriy yilning 13 aprelida matbuotda e’lon qilingan “Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, O’zbekiston Respublika-sining Fuqarolik protsessual va Xo’jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini 2017 yil 1-sentyabrgacha bo’lgan muddatda tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish nazarda tutildi. Bu esa ommaviy-huquqiy munosabatlar-dan kelib chiqadigan hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ma’muriy sudlar tomonidan ko’rish hamda hal etish tartibini nazarda tutuvchi maxsus protsessual qonunchilikning qabul qilinishiga muhim turtki bo’ldi. Mazkur Qonun bilan yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksining hamda yangi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodekslarning qabul qilinishi bilan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko’rish tartibiga oid normalar Fuqarolik protsessual kodeksidan chiqarilib, yanada takomillashtirilgan holatda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksdan o’rin oladi.

Hozirgi kunda mazkur Kodeks loyihasi qizg‘in muhokama qilinmoqda, mutaxassislar tomonidan milliy protsessual qonunchilik va rivojlangan xorijiy davlatlarning bu boradagi qonunchilik tajribasi chuqur tahlil qilinmoqda. Darhaqiqat, tahlillar ma’muriy huquq sohasi rivojlangan ko’plab xorijiy davlatlarda ma’muriy sud ishlari yuritish to’g’risidagi kodeks (ma’muriy protsessual kodeks) amal qilishini ko’rsatmoqda.

Binobarin, mamlakatimiz Konstitutsiyasida fuqarolik, jinoiy va iqtisodiy sud ishlarini yuritish bilan bir qatorda ma’muriy sud ishlarini yuritish alohida sohaga ajratilganligi, qolaversa, ma’muriy protsess boshqa sud ishlarini yuritishda o‘ziga xos bo‘lgan jihatlari bilan alohida ajralib turishi Ma’muriy sud ishlari yuritish to’g’risidagi kodeksni qabul qilinishini taqozo etadi. Sudda ma’muriy ishlarni yuritishning fuqarolik protsessidan ajratib turadigan muhim jihati - unda bir tarafda albatta mansabdor shaxs (davlat boshqaruvi organi) qatnashishidir. Fuqarolik-protsessual munosabatlarda esa har ikkala tomonda ham o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadini ko‘zlovchi fuqarolar-mulkdorlar ishtirok etishi mumkin. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda mansabdor shaxslar xususiy shaxs sifatida emas, balki o’zi faoliyat ko’rsatayotgan idora, tashkilotning vakili sifatida ishtirok etadi. Shikoyatchi nizolashayotgan xatti-harakat ham ushbu shaxs tomonidan o’z xizmat vazifasini bajarishga qaratilgan xatti-harakat sifatida talqin etiladi. Bir so’z bilan aytganda, ma’muriy sud ishlarini yuritish o’zida bir tarafda fuqaro, ikkinchi tarafda esa mansabdor shaxs (ijro hokimiyati organi) o’rtasidagi ma’muriy-huquqiy nizolarni hal etishning maxsus protsessual tartibini belgilaydi.

Sudda ma’muriy protsess davlat boshqaruvi sohasida odil sudlovni amalga oshirishning muhim usuli va vositasi sifatida namoyon bo’ladi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz Konstitutsiyasi ishlab chiqilayotgan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksining asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, Asosiy qonunimizda mustahkamlab qo’yilgan sud ishlarii yuritishning muhim konstitutsiyaviy prinsiplari, ya’ni sudya-larning mustaqil ekanligi va faqat qonunga bo’ysunishi, Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo’l qo’yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’lishi, hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘rilishi, sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy ekanligi, O’zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o’zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda olib borilishi, sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to’la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so’zlash huquqi ta’minlanishi, himoyalanish huquqi bilan ta’minlanish va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqining kafolatlanishi kabi prinsiplar Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksida ham o‘z ifodasini topishi lozim.

Yuqoridagi konstitutsiyaviy prinsiplarning mazkur Kodeksda o’z ifodasini topishi ma’muriy sudlarda fuqaro yoki tadbirkorning davlat organi bilan o’zaro tortishish imkoniyatiga ega bo‘lishini kafolatlaydi.

Ma'muriy jazolarni qo’llash ilgarigidek Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks (bundan keyin - MJtK) bo’yicha amalga oshiriladi. Gap shundaki, ma'muriy sudlar o’z huquqiy tabiatiga ko’ra 2 ta har xil ishlar toifasini ko’rib chiqadi:

a) ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo’yicha ma'muriy nizolar – ya'ni muhokama tashabbuskori – o’z huquqlari va manfaatlarini himoya qilayotgan xususiy shaxs (1.04.2017 yilgacha FPKning 3-kichik bo‘limi bilan tartibga solinadi);

b) qonun bilan ularning vakolatiga kiritilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar – bu yerda, aksincha, davlat organi tashabbuskor bo’ladi, xususiy shaxs esa huquqbuzarlik sodir etishda ayblanadi va uni jazolash to’g’risidagi masala ko’rib chiqiladi.

Ishlarning mazkur 2 turini shunchaki ayni prinsiplar va qoidalar asosida ko’rib chiqishning imkoni yo’q. Bundan tashqari, ushbu bosqichda ma'muriy jazo qo‘llash huquqini to‘liq sudlarga o’tkazish to’g’risida gap borayotgani yo’q. Shu bois ma'muriy sudlarning ikkita kodeks bo’yicha ishlashi to’g’risidagi qaror o‘zini oqlagan va mantiqlidir.

Fuqarolik, iqtisodiy va harbiy sudlar bilan taalluqlilik bo’yicha chegaralari

Yuqorida aytib o’tilgan ishlarning ikki toifasidan birinchisi doirasida ma'muriy sudning taalluqliligi quyidagi tarzda belgilandi. U ma'muriy va boshqa ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqadi.

MSIYutK tomonidan belgilaganlarga alohida to’xtalib o’tamiz: fuqarolar va yuridik shaxslar idoraviy normativ-huquqiy hujjatni (NHH) to’liq yoki bir qismini haqiqiy emas deb topish to’g’risida Oliy sudga ariza bilan murojaat qilishga haqli. Ya'ni gap davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan NHH to’g’risida boryapti. Bunda taomilga doir masalalar batafsil bayon etilgan.

Eslatib o’tamiz, Oliy sud Plenumining 19.07.1996 yildagi 18-son “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko‘rish amaliyoti to’g’risida”gi qarorining 6-bandiga binoan ilgari ham fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarda umumnormativ tusidagi hujjatlar yuzasidan nizolashishga ruxsat berilardi. Biroq, aniq bayon qilingan mexanizmlarning mavjud emasligi tufayli bunday amaliyot kam tatbiq etilgandi.

Ikkinchidan, 2015 yilda “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunning 14-moddasiga Bosh prokurorning davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari qonunchilikka muvofiq kelmasa yoki fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan bo’lsa, bu hujjatlarni to’xtatib turish yoxud bekor qilish to’g’risida Prezidentga takliflar kiritish vakolati kiritildi. Bu fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar va iqtisodiy sudlarning idoraviy NHHni haqiqiy emas deb topish vakolatlari to’g’risidagi huquqiy normalarni talqin etishda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi.

Mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi to’g’risidagi konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi.

O’tgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmog’i sifatida tashkil etish, uni o‘tmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish zarur. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi aniq huquqiy maqomga ega emas, o’z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega.

Bundan tashqari, sud hokimiyatining ikki oliy organi –O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelmoqda.

Harbiy sud sudyalarining O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiritilganligi, adliya organlari tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tartibi sud hokimiyatining mustaqilligi tamoyiliga muvofiq kelmayapti.

Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilona taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining raislari, rais o’rinbosarlari, sudyalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari Kengashning taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

harbiy sudlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tuman (shahar), tumanlararo sudlari sudyalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Kengash tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

5. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot markazini boshqaruv xodimlari cheklangan soni 21 nafar bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o’rganish bo’yicha tadqiqot markazi sifatida o’zgartirish haqidagi taklifi ma’qullansin.

6. Kengash tarkibini shakllantirishning quyidagi tartibi belgilansin, unga ko’ra:

Kengash raisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tayinlanadi;

O’n bir nafar a’zo Kengash raisining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Kengash a’zosi lavozimidagi davrida sudyalik maqomi saqlangan holda sudyalar orasidan tasdiqlanadi;

To’qqiz nafar a’zo O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi.

7. Doimiy asosda ishlovchi Kengash a’zolariga sudyalar uchun belgilangan kafolatlar, mehnatga haq to’lash shartlari va imtiyozlar tatbiq etilsin.

8. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi va Mudofaa vazirligining 2017-yil 1-iyundan:

Xulosa o’rnida, shuni ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan inson huquq va erkinliklarini sudlar tomonidan samarali tarzda himoya qilinishini ta’minlashda, ishlarni ixtisoslashgan ma’muriy sudlar tomonidan to‘g‘ri va o‘z vaqtida himoya qilinishini ta’minlashda qabul qilinajak Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeks muhim o’rin tutadi. Ma’muriy odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolati sifatida mazkur Kodeksning qabul qilinishi fuqarolarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud tartibida himoya qilishning samarali tizimini yaratish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali ishonchli himoya qilinishi ta’minlashga hamda davlat boshqaruvi organlarining fuqarolar va tashkilotlarga daxldor bo’lgan xatti-harakatlari (qarorlari)ning qonuniyligi ustidan sud nazoratini amalga oshirishga xizmat qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O’zbekiston Respublikasi kanistitutsiyasi.

2. "O’zbekiston Respublikasi ma’muriy sudlari" to’g’risidasida kodeks 25.01.2018.

3. "PQ 49, 67" 2016-til 21-oktabr.

4. Sudlar to’g’risidagi qonun.

5.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni:sudlari takomillashtirish.2017-yil 22-fevral.

6. Konistitutsiyaviy sudlar to’g’risidagi qonun. 31.05.2017.

7."Sudyalar oliy kengashi" to’g’risidagi qonun.2017-y.

8. Internet saytlari.



9. Elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar.
Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish