Xristianlik. Reja



Download 25,86 Kb.
Sana09.04.2017
Hajmi25,86 Kb.
#6379
Xristianlik.

Reja

1.Xristianlik, uning vujudga kelishi, manbalari.

2.Xristianlikning asosiy oqimlari

Xristianlik, uning vujudga kelishi, manbalari.

Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida xamda qisman Afrika qit'asining janubiy qismida va Osiyo qit'asining sharqiy qismida tarqalgan.

Xristianlik dini asoschisi Iso MasihHazrati Iyso alayhissalomga 30 yoshida Xudo tomonidan Injil vahiy qilingan. Bu kitobni Iyso alayhissalomning 12 shogirdlari-havoriylar payg'ambar vafotidan keyin milodiy I-II asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar. Xristianlikning aqidalari, e'tiqod talablari, huquqiy va axloq me'yorlari, cheklov va ta'qiqlari ana shu kitobda yozilgan.

Xristianlik diniga dunyoning 1 mlrd. 600 mln.aholisi e'tiqod qiladiXristianlikning nomi, uning asoschisi Xristos (Iisus Xristos) nomidan olingan.

Xristianlik milodiy I asrning ikkinchi yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismi-Falastinda yashovchi yahudiylar o'rtasida paydo bo'lgan va birinchi o'n yillikdayoq atrofdagi xalqlarga tarqala boshlangan.

Xristianlikning tez yoyilishiga sabab, barcha alamdiydalar, jafokashlarga murojaat qilib, ularning ko'ngillariga samoviy kuchlar yordami bilan tez vaqt ichida zolimlar ustidan g'alaba qozonish ishonchini, yaqin fursatda Yer yuzida «ilohiy saltanat» o'rnatilishidan umidvor bo'lish hissining jo etilganligidir.

Hazrati Iyso alayhissalomga 30 yoshida Xudo tomonidan Injil vahiy qilingan. Bu kitobni Iyso alayhissalomning 12 shogirdlari-havoriylar payg'ambar vafotidan keyin milodiy I-II asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar.

Xristianlik dini manbasi Bibliya (Injil)

Qadimiy ahd qismi

Xristianlikning aqidalari, e'tiqod talablari, huquqiy va axloq me'yorlari, cheklov va

ta'qiqlari ana shu kitobda yozilgan.

Xristianlik yuksak insonparvarlik g'oyalari bilan to'lib-toshgan, o'ta yuksak insoniylik bilan sug'orilgan axloqiy me'yorlarni va sahovat, rahmdillik, o'z yaqin kishilarini sevish, hamdardlik, hamma narsani kechirish va bular asosida jamiyatning axloqiy va madaniy kamoloti xristianlik qoidalariga asoslanishi lozimligini talab etgan.

Xristianlikning asosiy g'oyalaridan biri muqaddas uchlikka e'tiqod qilishdir, ya'ni mohiyatan bir xudo, ammo u Ota-xudo, O'g'il-xudo, Xudo-Muqaddas ruh ko'rinishida namoyon bo'ladi.

Ana shu yanglish, xato, botil aqidalar tufayli ular musulmonlar tomonidan “Kofir” (kufrga ketgan) deb ataldilar.

Alloh o'ziga bunday shirk keltirgan nasroniylarning da'volarini Qur'oni Karimda keltirilgan oyatlar bilan qat'iyan rad qiladi va ularni oxiratda qattiq jazoga tortajagi haqida ogohlantiradi.

Xristianlikning muhim aqidalaridan biri: Iyso payg'ambarning dunyoga kelishi, uning xalqqa, Xudo saltanatining yaqinlashib qolganligini e'lon qilishi, uning odamlarni gunohdan halos etish uchun qiynoqlarga solinishi va dahshatli tarzda o'ldirilishi, keyin yana tirilib osmonga ko'tarilib ketganligi, zamona oxirida yana qaytib kelishi va adolatli podshohlik o'rnatishi va boshqalar Injilda yoritib berilgan.

Xristian dini yo'nalishlari

• Kal`vinizmlar

• Presviterianlar

Anglikan cherkovi

• Baptizm

• Adveptist harakati



Xristianlikning asosiy oqimlari

Katolik (yunoncha-umumjahon, umumiy, asosiy) xristianlikda pravoslavie va protestantizm kabi keng tarqalgan asosiy yo'nalishlardan biri bo'lib, diniy ta'limot va cherkov tashkiloti sifatida asosan 1054 yilda xristanlikni ikki asosiy cherkovga –katolik va provoslavie mazhablariga bo'linib ketganidan keyin vujudga keldi.

Katolik cherkovi qat'iy markazlashtirilgan, yagona jahon markazi-Vatikan davlatida joylashgan.

Rim papasi katolik cherkovida bosh ruhoniysi, yepiskopi, birdan-bir boshlig'i- dir. Katolik cherkovini amalda papa va uning joylardagi kardinallari boshqaradilar.

Kardinal katolik cherkovida Rim papasidan keyingi oliy ruhoniy bo'lib, kardinallar majlisining roziligi bilan papa tomonidan tayinlanadi va u papaning eng yaqin maslahatchisi hisoblanadi.

Katoliklik Rim papasini Iysoning yerdagi noibi, u din va axloq ishlarida mutlaqo gunohsiz, uning hokimiyati jahon soborlari hokimiyatidan yuqori turadi deb hisoblaydi.

Katolikning prostetantizmdan farqi shundaki, u faqat muqaddas kitob-Bibliyanigina emas balki «Muqaddas rivoyat»ni ham diniy ta'limotning manbai deb hisoblaydi. Bundan tashqari «Muqaddas rivoyat»ga katolik cherkovlari, jahon soborlarining qarorlari va Papaning fikrlari ham qo'shilgan.

Pravoslavie. Xristianlikning ikkinchi katta yo'nalishi bo'lib, xarbiy Rim imperiyasi qulagandan so'ng, 1054 yilda xristianlik ikki asosiy cherkovga ajralib ketdi. Pravoslavie dastlab Vizantiya imperiyasining davlat dini bo'lgan.

Tavrot va Injil- Pravoslavie mazhabining asosiy muqaddas kitoblaridir. Asosan Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharqda keng tarqalgan.

Pravoslavie-olamning yaratuvchisi va boshqaruvchisi muqaddas uchlikdan(troitsa) iborat yagona Xudovand ekanligi, narigi dunyo, ajr to'g'risidagi, dastlabki gunoh tufayli azob-uqubatlarga duchor qilingan insoniyat najot topishiga imkon beruvchi Iyso Masihning haloskor faoliyati (missiyasi) haqidagi aqidalarni tan oladi.

Pravoslaviening katoliylikdan farqlaridan biri shuki, pravoslavieda yagona diniy markaz, cherkovlarning yagona boshlig'i yo'q. Pravoslavie taraqqiyoti davomida Konstantinopol, Aleksandriya, Antoxiya, Quddus, Rus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexoslovak, Amerika cherkovlari vujudga keldi.

Pravoslavie mazhabining o'ziga xos xususiyati-ikonalarga sig'inishdir. Ibodat qilish vaqtida xoch (krest), shamlar, turli idishlar, anjomlar va boshqalar ishlatiladi.

Bu mazhabda xristianlarning 7 sirli marosimi (tainstva) asosiy o'rin egallaydi. Pasxa va postlarga (nasroniylar ro'zasi) katta ahamiyat beriladi.

Pravoslav dini bayramlari

Pasxa bayrami 22- apreldan mayning 1- yakshanbasigacha

• Iso tug'ilishi

• Trontsa

• Sretenie

• Muqaddas butning osmonga ko'tarilishi

• Isoni cho'qintirish

Pasxa bayrami 22- apreldan mayning 1- yakshanbasigacha

• Blagoveshanie(injilning nozil bo'lishi)

• Preobrajenie

Quddusga kirish

• Rojdestvo Bogoroditsi (Isoning xochga osilishi)

• Isoning osmonga ko'tarilishi

Injil xushxabar ma'nosida (yangi ahd tarkibi)

• Matvey injili

• Marko injili

• Luka injili

• Ioann injili

Prostestantizm- Bu so'z lotinchada “norozilik”, “kelishmaslik” ma'nolarini anglatadi. U xristianlikdagi uch asosiy mazhablardan biridir.

Protestantizmning asoschisi Martin Lyuter (1483-1546 yillar) hisoblanadi. U reformatsiyaning taniqli arbobi. Bibliyaning Lyuter tomonidan qilingan tarjimasi umummilliy nemis tilining shakllanishida muhim rol o'ynagan.

Protestantizmda Diniy haqiqat manbai “Muqaddas rivoyat”, cherkov yig'inlarining qarorlari, papalarning muhokamalari emas, balki Injilning o'zidir.

“protest”-norozilik bildiradi. Protestantizm atamasi shu so'zdan kelib chiqqan. 1526 yilda Shpeyer reyxtagi nemis lyuteranchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o'zi va fuqarosi uchun hoxlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to'g'risida qaror qabul qildi. Ammo, 1529 yilda II-Shpeyer reyxstagi bu qarorni bekor qiladi. Bunga qarshi imperiyaning bir qancha shaharlari va besh nafar knyazlar.

Anglikan cherkovi- Angliyaning davlat cherkovi1534 yilda maxalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIII ni cherkov boshlig'i deb e'lon qildi, ya'ni cherkov qirol xokimiyatiga bo'ysundirildi.

Baptizm ( yunoncha suvga cho'ktirish) XVII asr boshlarida vujudga kelgan. Bu ta'limot tarafdorlari faqat o'spirinlarnigina cho'qintirishga olib boradilar. “ Xech kim, jumladan, ota-onalar xam kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o'zi ixtier qilmog'i zarur”, degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir.

Adventistlar ( lotincha-kelish) xarakati Amerikada asrning 30 yillari og'ir iqtisodiy krizis, umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi.



Adventistlar asoschisi Vil`yam Miller Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo'linganbo'lib, ularning eng kattasi “Ettinchi kun adventistlari”.

Iso payg'ambarning ikkinchi marta yerga qaytishi xaqidagi bashorat najot yo'li deb xisoblanadi.
Download 25,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish