Xozirgi zamon tilshunosligida sintaksis masalasi va uning stilistik jihatlari


( Dante Alighieri. “The Divine Comedy”)



Download 123 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2017
Hajmi123 Kb.
1   2   3

( Dante Alighieri. “The Divine Comedy”)


Inversiya o’zaro sintaktik bog’langan gap bo’laklarining joylashuviga qarab aniqlanadi. Ingliz tilida inversiyani juda erkin deb bo’lmaydi. Gapdagi so’zlar tartibining almashinuvi ma’lum qoidalarga bo’y sungan holda amalga oshiriladi. Masalan, ega fe’ldan keyin kelishi mumkin, ammo artikl va ko’rsatish olmoshi albatta o’zlari tegishli bo’lgan otdan oldin kelishi kerak. Ba’zan so’z o’rnining almashinuvi gapdagi sintaktik aloqlarni va shu bilan birga gapning umumiy mazmunini ham o’zgartirib yuboradi:

When a man wants to kill a tiger he calls it sport; when a tiger wants to kill a man it is ferocity.

Ba’zan esa grammatik va ta’sirchanlik vazifasini bajaradi:



I had known it. – Had I known it. – If I had known it.

Bu yerda ikkinchi misol birinchisidan Grammatik ma’nosi bilan farq qilyapti, uchinchsidan esa ta’sirchanligi bilan.

His-tuyg’u bilan aytilayotgan gap bo’lagini ajratib ko’rsatish og’zaki nutq uslubiga xos elementlardan sanaladi:

“Flowers! You wouldn’t believe it, madam, the flowers he used to bring me”. (K. Mansfield “Lady’s Maid” ).

Yuqoridagi misolda qiz dastlab uni hayajonga slogan narsani aytyapti va undan so’ng vaziyatga oydinlik kirityapti. Bunday holatlarda ma’no kuchaytirishning sintaktik vositasi sifatida it is …. that konstruksiyasi ishlatilyapti. It is…that…birikmasi ma’lum bir gap bo’lagiga urg’u berib, ajratib ko’rsatmoqchi bo’lganimizda ishlatiladi. Masalan, I met Ann in the park. Gapida egaga urg’u bermoqchi bo’lsak, It was I that met Ann in the park. ( Annani bog’da men uchratdim.) tarzida beriladi. Agar to’ldiruvchiga urg’u bersak, It was Ann whom I met in the park. (Men bog’da Annani uchratdim. ) bo’ladi. O’rin holini ajratib ko’rsatmoqchi bo’lsak, It was in the park that I met Ann. (Men Annani bog’da uchratdim.) Bu birikma until(till) mavjud bo’lgan bo’lishsiz gaplar tarjimasini o’zgartiradi. M.:



She didn’t know the truth until she returned home. (U uyiga qaytmaguncha haqiqatni bilmadi.)

It was not until she returned home that she knew the truth. (Faqat uyga qaytgandan keyingina u haqiqatni bildi.)

Kitobiy nutqda esa bunday effekt aksincha, asosiy elementni gapning oxiriga qo’yish orqali amalga oshiriladi. Bu o’quvchini hayajonda ushlab turish uchun kerak bo’ladi, chunki gapning asosiy maqsadining ko’rsatib beruvchi bo’lak o’quvchi gapni oxirigacha o’qib bo’lmaguncha noma’lum bo’ladi.

Nasrda eganing kesimdan keyin kelishi uslubga dabdaba, ko’tarinkilik yoki ohangdorli beradi. Quyida inversiyaning bir necha turlarini keltirib o’tamiz:

1) ot yoki sifat bilan ifodalangan predikativ ega yoki bog’lovchi fe’ldan oldin kelishi mumkin:



Beautiful those donkeys were! (K. Mansfield “Lady’s Maid”)

Inversiyaning bunday turi og’zaki nutqda ko’p uchraydi. Kitobiy nutqda ko’proq bog’lovchi fe’l bilan eganing o’rin almashinishi kuzatiladi:



Uneasy lies the head that wears a crown. (W. Shakespeare )

Fe’l-kesimning ajratib ko’rsatishning yana bir usuli uni egadan oldin qo’yib, keyin esa biron bir yordamchi fe’l yoki modal fe’lni qo’yishdir:



Go I must.

2) vositasiz to’ldiruvchi gapning boshida kelishi mumkin:



Her love letters I returned to the detectives for filling. (G. Greene “End of the Affair” )

3) sifat bilan ifodalangan aniqlovchi aniqlanmishdan oldin kelganda gapga dabdaba, ko’tarinkilik, ozroq tarixiylik ma’nolarini beradi:



Spring begins with the first narcissus, rather cold and shy and wintry.

4) gap boshida kelgan hol nafaqat o’zi alohida ajratilib ko’rsatiladi, balki gap ohiriga o’tib qolgan egaga ham alohida urg’u berilishini ta’minlaydi:



Hallo! Here come two lovers. (K. Mansfield)

Alohida hayotiylik postpozitivni oldinga olib o’tilishida ta’minlanishi mumkin: off they sped, up you go.

Qo’shma gaplarning odatiy tartibida ergash gaplar bosh gapdan keyin keladi, lekin qoshma gaplar inversiyaga uchraganda ergash gap bosh gapning oldiga otib qolishi mumkin:

Whether she changes or doesn’t change now I don’t care.

Yuqoridagi misoldagi inversiya til sistemasiga ko’ra ma’lum cheklovlarga ega. Gaplardagi so’z tartibining bunday almashinuvi asarlardagi chet ellik personajlarning nutqida uchraydi. Bunday inversiyalarni E. Forster, E. Xeminguey kabi adiblarning asarlarida uchratishimiz mumkin.

Ma’lumki, maqsadiga ko’ra gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:

1) darak gaplar (Declarative Sentences):



The library is on the second floor.

2) so’roq gaplar (Iterrogative Sentences) :



When did you come?

3) buyruq gaplar (Imparative Sentences):



Sit down.

4) undov gaplar (Exclamatory Sentences):



How well she sings!

Bundan tashqari gaplarning bo’lishli va bo’lishsiz shakllari ham mavjud. Yuqoridagi gap turlarining har birining o’z shakli va intonatsiyasi bor. Shu bilan birga yuqoridagi gap turlarining istalgan bittasi qolganlarining ma’nosini ifodalab kelishi ham mumkin. Bunday gaplar alohida modallik, ma’lum bir stilistik bo’yoqdorlik va ta’sirchanlikni o’zida aks ettiradi. Masalan, shaklan darak gap bo’lgan gap so’roq ma’nosida kelishi mumkin. Bunday gaplarda savol beruvchining javob qanday bo’lishini taxmin qilayotgani va u javobga befarq emasligi aks etgan bo’ladi. Gap ma’nolarining bunday ko’chishi transpozitsiya deyiladi. Dastlab darak gaplarning so’roq gap ma’nosida kelgan transpozitsiyasini ko’rib chiqamiz. Bunday transpozitsiya, ayniqsa, og’zaki nutqda ko’p uchraydi:



And that’s supposed to be cultured? (P. Shafer )

Transpozitsiya bunday gaplarda istexzo va kinoya ma’nolari aks etishini ta’minlaydi. Savolning darak gap shaklida berilishi savol beruvchining javob qanday bo’lishini taxmin qilayotganidan darak beradi.

Yuqoridagi holatning aksini ko’rib chiqsak, ya’ni so’roq gapning ma’no jihatdan tasdiq gapga yaqinlashuvi, bunday gaplar adabiyotlarda ritorik so’roq gap deb yuritiladi. Ritorik so’roq gaplar javob talab qilmaydi, javob savolning o’zida aks etgan bo’ladi. Ritorik so’roq gap o’quvchi yoki tinglovchini fikr yuritishga va xulosa chiqarishga undaydi va ularning nutqdagi vazifasi tinglovchining e’tiborini jalb qilish, ta’sir kuchini oshirish, emotsional ohangdorlikni kuchaytirish, nutqda ko’tarinkilik bo’yoqdorligini ta’minlash. Ritorik so’roq gap nutqning barcha uslublarida uchraydi, lekin har birida o’ziga xos kesatish, ustidan kulish ma’nolarini ifodalaydi:

Men will confess to treason, murder, false teeth or a wig. How many of them own up a lack of humour? (F. Colby. Essays)

Bu misolda so’roq shakli muallifning hazil tushunmasligini hech tan olishni xoxlamasligiga ishonchi komil ekanligini ta’kidlashga xizmat qilgan.

Ilmiy uslubda esa ritorik so’roq gap undan so’ng kelgan javobi bilan birga o’quvchini muallif bilan birga o’ylab ko’rishga, mushohada qilishga undash vazifasini o’taydi. Publisistik uslubda ham shunga o’xshash holat kuzatiladi.

Again and again I have heard the statement that learning machines cannot subject us to any new dangers, because we can turn them off when we feel like it. But can we? To turn a machine off effectively, we must be in possession of information as to whether the danger point has come. The mere fact that we have made the machine does not guarantee that we shall have the proper information to do this. (N. Vainer)

Keltirilgan parcha ham ilmiy ham publisistik uslubga xoslikni o’zida aks ettirgan. Bu misolda muallif o’z mulohazasini ritorik savol berish bilan boshlab, o’quvchini jonlantitib olishga harakat qilgan. So’ng savolga o’zining javobini keltirib, o’quvchini ham mushohadaga chorlagan.

So’roq gaplarning transpozitsiyasi nafaqat ritorik so’roq gap shaklida, balki buyruq yoki his-hayajon ma’nolari ifodalangan gaplar shaklida ham uchrashi mumkin. Oddiy shakldagi buyruq gap ingliz tili uchun qo’pol eshitiladi, hattoki gapda please so’zi ishtirok etgan bo’lsa ham. Muloyimlik bilan iltimos qilish albatta so’roq shaklini talab qiladi. Masalan: Open the window, please. gapi


  • Will you open the window, please?

  • Would you mind to open the window?

  • I wonder whether you would mind opening the window?

Kabi shakllarga o’tib qoladi.

Ingliz tili og’zaki nutqida so’roq shaklida tuzilgan his-hayajon gaplar ham uchraydi. Bunday hollarda ta’sirchanlik leksik vositalar yordamida ta’milanadi:



“What on earth are you doing!” (Nima qilyapsan!)

Bo’lishsiz gaplar transpozitsiasi haqida gapiradigan bo’lsak, bunday hollarda bo’lishsizlik ma’nosi shunday ma’noni beradigan yordamchi so’zlarsiz ifodalanadi. Lekin bunday holatlar kontekstdan kelib chiqib tahlil qilinadi va bo’lishsizlik ma’nosi berilgan kontekstdagi boshqa ibora va so’zlar bilan birgalikda anglashilganda yuzaga chiqadi. Masalan:



“Did you give her my regards?”- I asked him.

“Yeah”

The hell he did, the bastard. (J. Salinger. “The Catcher in the Rye”)

Bunday gaplarni tarjima qilayotganda ulardagi kesatish ma’nolarini va ularning tuzilishi jihatdan suhbatdoshning avvalgi gapiga bog’liqligin hisobga olish kerak. Yuqoridagi misolda darak gap undov gapga aylanib ketgan.

Inkor gaplar matnda tasdiq gaplardan ko’ra kamroq uchraydi, shuning uchun ularning matnda qo’llanilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan olib qaralganda inkor imkoniyat va voqelik orasidagi kontrast(qarama-qarshilik)ni anglashilishini nazarda tutadi. Masalan:

The rank and files of doctors are no more scientific than their tailors; or there tailors are no less scientific than they. (B. Shaw)

Birinchi gapida B. Shou shifokorlardan ilmiylik talab qilinishi, tikuvchilardan esa talab qilinmasligi mazmunidagi fikrni berib, keyin esa aslida buning aksi ekanligini ta’kidlaydi. Yuqoridagi misolga satirik ruh shifokor va tikuvchi o’rtasidagi ijtimoiy tartibni qarama-qarshi qo’yish orqali berilgan. Bu gapdagi inkorning stilistik jihatdan yaqqol namoyon bo’lishini gapdagi satirik ruh parallelizm, antiteza kabi sintaktik-stilistik priyomlar orqali amalga oshirilganligi bilan tasdiqlanishi mumkin.

Inkor ibora yoki gapni qisqa, lo’ndaligini va vaziyatning imkonsiz ekanligini tasvirlashga imkon yaratadi.

All the perfumes of Arabia will not sweeten this little hand. (W. Shakespeare. “Macbeth”)

Bu qisqa frazada juda katta hajmda ma’lumot jam bo’lgan. Makbet honim shunday vaziyatda ham o’zining ayollik latofatini (little hand-nozik qo’llar), o’zidagi boylik va qudratni (All the perfumes of Arabia-butun Arabistonning mushku-anbarlari), shu bilan birga uning uchun hamma narsa tugaganligini ta’kidlamoqda. Bunda kontrast orqali uning bor qudrati va oxir oqibat qanday ahvolga kelib qolganligi, nafis ayollik latofati va qabih jinoyatlar o’zaro qarama-qarshi qo’yilgan va misraning ta’sirchanligi oshirilgan.

Ba’zan nutqda ikkilangan inkor ham uchraydi. Bu ko’proq oddiy so’zlashuv tili uchun xarakterli hisoblanadi.

we aren’t no blackguards too. (R. Kipling )

Bunday ikkilangan inkor nafaqat gapiruvchining omiligini, balki uning o’zi inkor qilayotgan narsasini e’tiborga olishlariga juda katta xoxish bildirayotganligini ifodalaydi. Gapda bunday takroriy inkorni qo’llash qadimgi va o’rta asrlar ingliz tilisi uchun odatiy hisoblangan. Endilikda bunday inkor faqatgina ayirim shevalardagina saqlanib qolgan.

Tasdiq o’rnida ishlatilgan inkor hayajon, ikkilanish va jur’atsizlikni ifodalashi mumkin:



I’m wondering if I oughtn’t to ring him up.

Nutqni ifodalashdagi uslubiy figuralardan biri litota yoki kichraytirish(understatement) ham narsa-xodisaga xos xususiyatni uning aksini inkor qilish orqali ifodalashga asoslangan.3 Litotali grammatik konstruksiya turli uslublarda turlicha bo’yoqdorlikka ega bo’lishi mumkin. Og’zaki nutqda bunday konstruksiya odoblilik, og’ir-bosiqlilik yoki kesatishni ifodalaydi:



It is not unlikely = it is very likely

Ilmiy uslubda esa yashiringanlik va ehtiyotkorlik ma’nolarini ifodalaydi:



It is not difficult to see = it is easy to see

Litota milliy xususiyatlarga ega ekanligi bilan o’ziga jalb qiladi. Uni inglizlarning o’ziga xos vazminlik, har qanday holatda ham o’zini yo’qotib qo’ymaslikka asoslangan milliy so’zlashish odobi bilan izohlash mumkin. Quyidagi misollarda bu xususiyat yaqqol ko’zga tashlanadi:



It is rather an unusual story, isn’t it? = You lie.

It would not suit me all that well = It is impossible.

Takror matniy, kompozitsion yoki tematik birliklarning ma’lum badiiy-estetik maqsadlarni ko’zlagan holda takrorlanishi. Takror badiiy asarning turli sathlarida kuzatiladi. Badiiy nutqda uning quyidagi turlari mavjud:

  • Fonetik (alliteratsiya, assonans, fonetik anafora);

  • Leksik (anafora, epifora, klimaks, anadiplosis);

  • Semantik (gradatsiya, ma’no takrori);

  • Sintaktik (sintaktik parallelism, xiazm).4

Takrorlar gaplar o’rtasida bog’lanishni hosil qiluvchi muhim vositalardan hisoblanib, matnga qo’shimcha ta’sirchanlik bag’ishlaydi. Takrorlar ko’proq she’riyatda uchraydi. Biz ham nasr ham nazm uchun xos bo’lgan takrorlar haqida to’xtalib o’tamiz. Takrorlarni sintaktik stilistika doirasida ko’rib chiqish bir muncha nisbiy, chunki turli sathlarga qarashli bo’lgan elementlar takrorlanishi mumkin. Ular qaysi sathga tegishli ekanligiga qarab tahlil qilinadi. Dastlab she’riy na’munalardan ko’rib chiqsak, Shekspirning 18-sonetining so’ngi qatorlaridagi takrorlar uning misralariga o’zgacha joziba bag’ishlagan:
So long as men can breath or eyes can see

So long lives this and this gives life to thee.
Yuqoridagi ikki misrani tahlil qilganimizda ularda takrorning bir necha turlari qo’llanilganligini ko’rishimiz mumkin:

1) frazalar takrori: so long…so long (bu takror misralar boshida kelgani uchun anaforik takror deb yuritiladi)

2) konstruksiyalar takrori: men can breathe va eyes can see (sintaktik jihatdan bir xil tuzilgan parallel konstruksiyalar)

3) xiazm: lives this and this gives (teskari tartibdagi sintaktik parallelizm, misradagi so’zlarning teskari tartibda takrorlanishiga asoslangan stilistik figura5)

4) anadiplozis: So long lives this and this gives life to thee. (misraning birinchi qismi so’ngidagi this so’zi ikkinchi qismning boshlanilishida ishlatilyapti)

Takroriy qismlarning joylashgan o’rniga qarab turib ular bir necha turlarga ajratiladi: epifora, qoliplash va polisindeton.

Epifora so’zlarning fraza yoki gaplarning so’ngida takrorlanib kelishi:
For the moon never beams without bringing me dreams
Of the beautiful Annabel Lee;
And the stars never rise but I feel the bright eyes
Of the beautiful Annabel Lee;


(Edgar Allan Poe)
Bundan tashqari kataforik bog’lanish ham mavjud. Bunda gapda aytilgan biror fikr o’zidan keyin keluvchi biror narsa yoki shaxsga ishora qiladi. Masalan:

If you need one, there is a towel in the top drawer.

Qoliplash – aynan bir xil birlikni jumlaning boshi va oxirida kelishi:



“Choose! Oh, my love, choose!”(O. Wilde)

Polisindeton – bog’lovchilarning takrorlanib kelishi. Uning asosiy vazifasi – birlashtirish. Polisindetonda ishlatiladigan asosiy bog’lovchi bu and bog’lovchisidir:



In the late summer that year we lived in a house in a village that looked across the river and the plain to the mountains. In the bed of the river there were pebbles and boulders, dry and white in the sun, and the water was clear and swiftly moving and blue in the channels. Troops went by the house and down the road and the dust they raised powdered the trees.

(E. Hemingway. “A Farewell to Arms” )

Takror xalqona koloritni aks ettirish, ohangdorlik, alohida obrazlarni o’zaro bog’lash kabi bir necha vazifalarni bir vaqtning o’zida bajarib, ularni yaxlit bir butunlikka jamlaydi. Takrorlar matn qismlarini bog’lovchi muhim vosita bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Matndagi mantiqan zarur bo’lgan komponentlarni tushurib qoldirilishi turli shakllarda kelib, turli stilistik funksiyalarni bajarishi mumkin. Bular qatoriga bir bosh bo’lakli gaplar, to’liqsiz gaplar, ellipsis, apoziopezis, zevgma kabilarni kiritishimiz mumkin.

Bir bosh bo’lakli gaplar alohida ta’sirchanlik xususiyatiga ega. Bunday gaplar ko’proq roman yoki boblarning boshida voqea sodir bo’layotgan joy, vaziyat, sharoitni ifodalash uchun, pyesa boshidagi avtor izohlarida, umuman olganda alohida olingan elementlar bir butunlikni hosil qiladigan vaziyatlarda ishlatiladi.



Back room with an old kitchen range good mahogany table. Horsehair chairs. Bed in corner made up like a sofa. (J. Cary. “The Horse’s Mouth”)

Sintaktik konstruksiyalar o’zlarining ixchamligi yoki aksincha yoyiqligi bilan stilistik vazifani bajarishi mumkin. Chunki ularda muallif fikrlarining zanjiri, uning borliqni idrok etishining xarakteristikasi aks etadi.

Ellipsis (yun. “tushirish, tushib qolish”) – stilistik figuralardan biri, nutqda jumla tarkibidagi so’z yoki bo’lakni atayin tushirib qoldirish. Ya’ni ellipsis muayyan badiiy-estetik maqsadni ko’zlagan holda amalga oshadi, ikkinchidan, bo’lak tushirib qoldirilsa-da, uning borligi nazarda tutiladi va anglashilib turadi.6 Ellipsis ko’proq og’zaki nutq uchun xos hisoblanadi va matndagi jonlilikni ifodalaydi:

Jack: Dead!

Chasuble: Your brother Ernest dead?

Jack: Quite dead. (O. Wilde)

Asindeton – gapdagi bog’lovchilarning tushirib qoldirilishi. Bog’lovchilarning tushirib qoldirilishi ritmning talabi bo’lishi ham mumkin. Sanash ohangida berilgan gaplarda bog’lovchilarning tushirib qoldirilishi vaziyatning shiddatli almashinuvini yoki umumiy holat ichidagi alohida holatlardan olingan taassurotlarning kuchliligini ifodalash uchun xizmat qiliadi.



He never tired of their (pictures) presence, they represented a substantial saving in death duties. (G. Green)

Apoziopezis – qahramonlarning o’zlarining ruhiy holatlaridan kelib chiqqan holda o’z jumlalarini tugatolmay qolishi.



Emily, I do improve and make a big change… would you be… I mean could you be.

Yuqorida keltirib o’tilgan sintaktik ifoda vositalari (inversiya, transpozitsiya, apoziopezis va b.) ma’lum bir intonatsion interpritatsiyani ta’lab qiladi. Intonatsiasiz ularning o’zlari alohida ma’no kasb eta olmaydi.

Sillepsis yoki zevgma Grammatik munosabatlarda bir-biridan qisman farq qiluvchi bir xil gap bo’laklarining bog’lanishi yoki ma’no jihatdan farq qiluvchi ergash so’zlarning bir bosh so’zga tobelanib kelishi. Bunday bog’lanish jumlaga komik effekt beradi.

She was seen washing with industry and a cake of soap.

The rich arrived in pairs and also in Rolls Royce. (H. Belloc)

Kiritma konstruksiyalar befarqlikdan tortib ta’sirchanlikning yuqori darajasigacha bo’lgan stilistik bo’yoqdorlikni ifodalashi mumkin. Kiritma konstruksiyalar muallifning alohida yozish uslubini ko’rsatib beruvchi vositalardan hisoblanadi. Kiritma konstruksiyalar gapning turli qismlarida kelishi mumkin: boshida:

To tell the truth, he could never quite see what all the fuss was about;

Gapning o’rtasida:



It does not, of course, make any difference as far as your conditions of imprisonment are concerned…

The letter had protested that Beppo (that was the seaman’s name) was a capiltal fellow, and coul be trusted to death.

Gapning so’ngida:



So he sat down these and then and wrote me a letter of recommendation to any future employer, a corking good letter, too.

Sintaktik aloqa vositalari adabiyotshunoslik sintaksisida alohida o’rganiladi. Olimlar muallif fikri, asar ideologiyasi, davr ruhi asarning struktural tuzilishida qanday aks etganini tadqiq qilib keladilar. Matnning bunday sintaktik jihatlariga gap strukturasi, uning yig’iq yoki yoyiqligi, ularning abzatsdagi o’zaro bog’lanish usullari va vositalari, abzatsdan abzatsga o’tish usullari kiradi.

V. G. Admoni XX asr nasrining o’ziga xususiyatlariga to’xtalib o’tar ekan, u bu davrda keng rivojlangan ikki tendensiyani sanab o’tadi. Ularning biri sintaktik birliklar orasidagi aniq bo’limlarning qo’shilib ketishini nazarda tutadigan fikrlar oqimi usuli bo’lsa, ikkinchisi buning aksi bo’lgan sintaktik strukturalarni punktuatsion jihatgdan alohida qismlarga ajratish usulidir.

Bog’lovchilarning hilma-xil va ahamiyatli hisoblangan stilistik funksiyalari to’laligicha o’rganilmagan sohalardan hisoblanadi. So’ngi yillarda matn ichidagi bog’lanishlar muammosi ko’plab olimlarni qiziqtiratotgan soha hisoblanadi. Bu borada M. Hollideyning olib borgan ishlari diqqatga sazovor. Uning ishlarida sintaktik aloqalarning olmoshlar, takrorning turli usullari, noaniq artiklning aniq artikl bilan almashinishi kabilar yordamida amalga oshirilishi tahlil qilib o’tilgan. Bog’lovchilarning ishlatilishi yoki ishlatilmasligi ham ahamiyatli bo’lishi mumkin. Sodda gaplarning o’zaro bog’lovchisiz bog’nalishi – asindeton – odatda bir harakatni ifodalovchi bosqichlar ketma-ketligini yoritishda ishlatiladi. Predikativli birikmalar orasida bog’lovchilarning tushirib qoldirilishi har bir birikmaning aytilish vaqtini qisqartirib, jumlaga aniqlik va biroz keskinlik ma’nosini beradi. Polisindeton esa aksincha bir gapdan ikkinchi gapga o’tishni mo’tadillashtiradi.

Xozirgi zamon tilshunosligi qo’shma gaplarni o’rganish yuzasidan katta yutuqlarga erishdi. So’ngi yillarda qo’shma gaplarni semantic-sintaktik va formal-funksional yo’nalishda o’rganishga e’tibor kuchaydi. Tilshunos olimlar G’.M. hoshimov, T. B. Umrzaqov va boshqalarning qo’shma gap tadqiqiga oid izlanishlari manashu yo’nalishdagi yirik ilmiy ishlardan hisoblanadi.

Formal va semantik-sintaktik yo’nalishdagi tadqiqotlarda qayd etilishicha, har qanday sodda gap kabi qo’shma gap ham o’z ifoda va mazmun tomoniga ega. Biroq qo’shma gapning mazmunan murakkabligi, sintaktik tuzilishining o’ziga xosligi bilan sodda gapdan tubdan farq qiladi. Mavjud sintaktik nazariyalarda qo’shma gaplarning sodda gaplardan sintaktik, semantik tuzilishi, ohangi, qo’llanish darajasi kabi belgilari asosida farqlanishi ko’rsatiladi. Bular quyidagilar:

1. Qo’shma gap va sodda gap o’zaro sintaktik tuzilishiga farqlanadi. Qo’shma gap bir necha predikativ birlikdan, sodda gap faqat bir predikativ birlikdan tashkil topadi:

Qo’shma gap: He knew quite well of what could happen…(Hemingwey)

Sodda gap: He had written to his father. (Hemingwey)

2. Sodda gap va qo’shma gap mazmuniy tuzilishi jihatdan farq qiladi. Sodda gap bir voqelikni, qo’shma gap esa ikki yoki undan ortiq voqelikni va ular o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi:

Sodda gap: At that moment the postman, looking like a German army officer, came in with the mail. (Mansfield)

Qo’shma gap: When the boy came back the old man was asleep in the chair and the sun was down. (Hemingwey)

3. Sodda gapda ham, qo’shma gapda ham sintaktik aloqaning ikki turi tenglashish (coordination, parataxis) va ergashish (subordination, hypotaxis) munosabati shakllanadi. Lekin bu sintaktik aloqalar sodda gap va qo’shma gapda bir-biridan farq qiladi.

Sodda gapda ergashish so’zbirikmasi qismlari orasida, tenglashish uning uyushiq bo’laklari orasida shakllanadi. Qo’shma gapda esa har ikkalasi hamikki predikativ qism o’rtasidagi munosabatni ko’rsatish maqsadida qo’llanadi. Har ikkala munosabat ham bog’lovchili (syndetic) yoki bog’lovchisiz (asyndetik) bo’lishi mumkin.

Tenglashish munosabati:

Bog’lovchili: In the dark it was like summer lightning, but the nights were cool and there was not the feeling of a storm coming. (Hemingwey)

Bog’lovchisiz: The snow slanted across the wind, the bare ground was covered, the stumps of trees projected, there was snow on the guns…(Hemingwey)

Ergashish munosabati:

Bog’lovchili: He had always known what I did not know and what, when I learned it, I was always able to forget. (Hemingwey)

Bog’lovchisiz: He was beautiful, the old man remembered. (Hemingwey)

4. Sodda gapning qurilish materiali so’z va so’z birikmalari bo’lsa, va qo’shma gaplar gapga teng birliklar asosida hosil qilinadi:

Sodda gap: A group men were standing guarded by carabinieri. (Hemingwey)

Qo’shma gap: I tried to make out whether they were members of the family or what; but they were all uniformly classical. (Hemingwey)

Qo’shma gaplarning shakllanishida qo’shma gap komponentlarini biriktiruvchi vositalar muhim o’rin tutadi. Bu vositalar teng bog’lovchilar yoki teng bog’lovchi vazifasidagi vositalar hamda ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki ergashtiruvchi bog’lovchi vazifasidagi vositalardan iborat bo’lib, ularning qo’shma gap komponentlarining bog’lashdagi ishtirkiga asosan “Teng bog’langan qo’shma gap” (Compound sentence) va “Ergash gapli qo’shma gap” (Complex sentence)ga bo’linadi.

Bog’langan qo’shma gap (the Compound Sentence) teng huquqli, bir-biriga tobe bo’lmagan sodda gaplardan iborat bo’ladi. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar bog’lovchilar (and, but) yordamida bog’lanadi va ular, odatda, vergul bilan ajratiladi.:



The signal was given, and the streamer moved slowly from the dock.

Qo’shma gaplarda sodda gaplar bog’lovchilarsiz bog’langanda, ular nuqtali vergul bilan ajratiladi:



The signal was given; the streamer moved slowly from the dock.

Ergashgan qo’shma gap (the Complex Sentence) teng bo’lmagan, bir gap ikkinchisiga tobe bo’lgan gaplardan iborat bo’ladi. Ergashgan qo’shma gapda ergash gap (the Subordinate Clause) bosh gapni (the Principle Clause) izohlab keladi. Ergash gap bosh gap bilan bog’lovchilar va bog’lovchi so’zlar yordamida yoki ohang yordamida bog’lanadi:



He thought (bosh gap) that the train arrived 6 pm. (ergash gap)

After the rain had stopped (ergash gap), we went for awalk. (bosh gap)

Ergash gaplar qo’shma gapda bitta gap bo’lagi vazifasini bajarib keladi. Tilda nechta gap bo’lagi bo’lsa, shuncha ergash gaplar ham bor. Ular quyidagilar:



  • Ega ergash gaplar;

  • Kesim ergash gaplar;

  • To’ldiruvchi ergash gaplar;

  • Aniqlovchi ergash gaplar;

  • Hol ergash gaplar.

Ega ergash gaplar (Subject Clauses) qo’shma gapda ega vazifasida keladi. Ular bosh gaplar bilan who, whom, what, that, whether, if, whose, which, when, where, how, why kabi bog’lovchi va bog’lovchi so’zlar orqali bog’lanadi va ular hech qachon bosh gapdan vergul bilan ajratilmaydi:

When we shall start is uncertain. (Qachon boshlashimiz noaniq)

Eda ergash gaplar ko’pincha kesimdan keyin ham keladi; bunda kesimdan oldin it olmoshi qo’yiladi:



It is uncertain when we shall start.

Kesim ergash gaplar (Predicative Clauses) qo’shma gapda kesim vazifasida keladi. Ular bosh gap bilan ega ergash gaplarda ishlatiladigan bog’lovchilar va bog’lovchi so’zlar yordamida bog’lanadi va ular bosh gapda vergul bilan ajratilmaydi:



The trouble is that I have lost his address.

To’ldiruvchi ergash gaplar (Object Clauses) qo’shma gapda vositasiz yoki predlogli vositali to’ldiruvchi vazifasida keladi. To’ldiruvchi ergash gaplar bosh gap bilan ega va kesim ergash gaplarni bosh gapga bog’lashda ishlatiladigan bog’lovchilar va bog’lovchi so’zlar yordamida bog’lanadi va ular bosh gapda vergul bilan ajratilmaydi:



He told us that he felt ill.

Bog’lovchi ishlatilmasligi ham mumkin:



He told us he felt ill.

Aniqlovchi ergash gaplar (Attributive Clauses) qo’shma gapda aniqlovchi vazifasida keladi va bosh gapga who, whom, whose, which, that olmoshlari va when, where, why ravishlari yordamida bog’lanadi va qaysi otni aniqlayotgan bo’lsa, bevosita o’sha otdan keyin keladi:



The man who was here yesterday is a painter.

I know the man whom you mean.

Aniqlovchi ergash gaplar uch xil bo’ladi:

1) ajratuvchi aniqlovchi ergash gaplar shaxs yoki buyumning shu shaxs yoki buyumning yakka o’ziga xos alohida xususiyatlarini ifodalaydi va ularni shu turdagi hamma shaxs yoki buyumlardan ajratadi:

The children who live in that house are my brother’s friends.

2) tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplar shaxs yoki narsani belgi va xususiyatiga qarab, shunday shaxs yoki narsaning biror turiga kiritadi:



Children who live by the sea usually begin to swim at an early age.

3) tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplar shaxs yoki narsani tasvirlaydi, ular haqida qo’shimcha ma’lumot beradi:



In the street I met some children, who show me the way to the station.

Ajratuvchi va tasniflovchi ergash gaplarni tushurib qoldirsak mazmun buziladi. Agar The children who live in that house are my brother’s friends gapidagi who live in that house ajratuvchi aniqlovchi ergash gapni tushurib qoldirsak, qaysi bolalar haqida gap ketayotganligi noma’lum bo’li qoladi. Children who live by the sea usually begin to swim at an early age gapidagi who live by the sea tasniflovchi aniqlovchi ergash gapni olib tashlasak, gapning ma’nosi yo’qoladi. Yuqoridagi gaplarda ergash gaplar vergul bilan ajratilmaydi. Ajratuvchi va tasniflovchi ergash gaplarda who, which olmoshlari ko’pincha that olmoshi bilan almashtiriladi yoki butunlash tushurib yuboriladi:



The man that (whom) you are speaking about is in the next room.

The man you are speaking about is in the next room.

Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplarni gapning ma’nosiga ta’sir qilmasdan olib tashlash mumkin. In the street I met some children, who show me the way to the station. Gapidan who show me the way to the station ergash gapini olib tashlasak ham, bosh gapda tugallangan mazmun saqlanib qolaveradi, chunki bu yerda ergash gap faqatgina qo’shimcha ma’lumot berish uchun xizmat qilyapti. Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplar, odatda, bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplarda nisbiy olmoshlarni tushurib qoldirish mumkin emas.

Hol ergash gaplar (Adverbial Clause) qo’shma gapda turl hollarning vazifasini bajaradi. Hol ergash gaplar qo’shma gapning boshida kelganda bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Hol ergash gaplarning quyidagi turlari bor:


  • Payt ergash gaplar;

  • O’rin ergash gaplar;

  • Sabab ergash gaplar;

  • Natija ergash gaplar;

  • Ravish ergash gaplar;

  • Qiyoslash ergash gaplar;

  • To’siqsiz ergash gaplar;

  • Maqsad ergash gaplar;

  • Shart ergash gaplar.

Ularning har biriga birma-bir qisqacha to’xtalib o’tamiz.

1. Payt ergash gaplar (Adverbial Clauses of Time) bosh gapga when, whenever, while, as, after, before, till, until, as soon as, as long as, since, by the time (that), directly va boshqa bog’lovchilar yordamida bog’lanadi:



As I was going down the road, I met your sister.

We haven’t had any news from him since he left Tahskent.

Payt ergash gaplarda kelasi zamon ishlatilmaydi. Kelasi zamon shakllari (Simple Future, Future Perfect, Future Continuous)ning o’rniga hozirgi zamon shakllari (Simple Present, Present Perfect, Present Continuous) qo’llaniladi:



As soon as we receive telegram, we shall inform you about it.

While you are having dinner, I shall be reading the newspaper.

I shall stay at the custom-house until the goods have been examined.

2. O’rin ergash gaplar (Adverbial Clauses of Place) bosh gap bilan where, wherever so’zlari yordamida:



Wherever he went, he was welcome.

He went where the doctor sent him.

3. Sabab ergash gaplar (Adverbial Clause of Cause) bosh gapga because, as, since, for, no, that bog’lovchilari yordamida bog’lanadi:



Since you have finished your work, you may go home.

Now that he is here, he can help you.

4. Ravish ergash gaplar (Adverbial Clauses of Manner) bosh gapga as, as if (as though), that bog’lovchilari yordamida bog’lanadi:



You ought to write as he does.

He played so well that everybody admired him.

As if (as though) bilan bog’langan ergash gap noreallikka yaqin:

He spoke as if he were genius.

Bosh gapdagi ish-harakat qaysi zamonda bo’lishidan qat’iy nazar, ergash gapdagi ish-harakar bosh gapdagidan oldin sodir bo’lgan bo’lsa, ergash gapda Past Perfect ishlatiladi:



I remember the story as if I had just read it.

He described the town as if he had seen it himself.

Agar ergash gap that bog’lovchisi bilan bog’langan bo’lsa, bosh gapda so yoki such ishlatiladi:



The plane was flying at such a height(so high) that we couldn’t see it.

5. Qiyoslash ergash gaplar (Adverbial Clauses of Comparison) bosh gapga than, as…as, not so…as, the …the yordamida bog’lanadi:



He ia older than he looks.

The…the ashlatilganda birinchi the dan keyin (ergash gapda) kelasi zamon o’rnida hozirgi zamon ishlatiladi:

The more time you spend in the Crimea, the sooner you will recover.

6. Natija ergash gaplar (Adverbial Clauses of Result) bosh gapning mazmunidan kelib chiqadigan natijani bildiradi va bosh gapga so that bog’lovchisi yordamida bog’lanadi. Og’zaki nutqda ko’pincha so ishlatiladi.



She sat behind me so that I could not see her face.

7. Maqsad ergash gaplar (Adverbial Modifier of Purpose) bosh gapdagi ish-harakat qanday maqsadda sodir bo’lishini bildiradi va unga so that, so, in order that bog’lovchilari yordamida bog’lanadi. So that, so bilan kelgan gaplarda kesim may(might) +V va should+V shaklida bo’ladi. Ergash gapning kesimi ish-harakatning bajarilish imkoniyati borligini ifodalaganda may, yo’qligini ifodalaganda should ishlatiladi.



I gave him the book so that he might learn his lesson.

I’ll ring him at once so that he shouldn’t wait for me.

8. To’siqsiz ergash gaplar (Adverbial Clause of Concession) bosh gapdagi ish-harakat ergash gapdagi sharoitga qaramasdan sodir bo’lishini bildiradi va ular bosh gapga though (although), in spite of the fact that bog’lovchilari bilan bog’lanadi.



He went out though he had a bad cold.

Lest bog’lovchisi that …not (-maslik uchun) ma’nosida ishlatiladi va undan keyin should+V keladi.

We wrapped the instrument in oilcloth lest they should be damaged by sea water.

9. Shart ergash gaplar (Adverbial Clauses of Condition) bosh gapdagi fe’l ifodalagan ish-harakatning yuzaga kelish-kelmasligi uchun zarur bo’ladigan shartlarni ifodalaydi va bosh gap bilan if, unless, provided(that), providing(that), on condition (that), supposing (that), suppose (that) kabi bog’lovchilar bilan bog’lanadi.



He won’t go there unless he is invited.

We can deliver the machine in December provided that we receive your order within the next ten days.

Shart ergash gaplar real shart gaplar va noreal shart gaplarga bo’linadi.

Real shart gaplar agar gapirilayotgan sharoitda amalga oshishi mumkin bo’lgan, real taxminni ifodalaydi. Real shart gaplarning bosh gapida oddiy kelasi zamon, ergash gapida esa, oddiy hozirgi zamon ishlatiladi:

If the weather is fine tomorrow, we shall go to the country.

Real shart ergash gaplarda oddiy hozirgi zamon o’rniga should+V ishlatilishi mumkin. Bu sharoit yuzaga kelishining ehtimolligi juda kamligini ifodalaydi:



If he should come, I shall ask him to wait.

Real shart ergash gaplarda will+V kelganda, bu iltimosni ifodalaydi:



We shall be greatful if you will send us the contract.

Bosh gapdagi fe’l buyruq maylida ham bo’lishi mumkin:



If you see him, ask him tio ring me up. (Agar uni ko’rsangiz, menga qo’g’iroq qilishini ayting)

If she should come, show her the letter. (Agar u kelib qolsa, xatni unga ko’rsating.)

Real shart gaplarda taxmin ham ifodalanishi mumkin:



If she is here, she is probably working in the library. (Agar u shu yerda bo’lsa, ehtimol u kutubxonada ishlayotgandir)

If he called on them yesterday, they gave him your letter. (Agar u kecha ularnikiga brogan bo’lsa, unga xatingizni berishgan.)

Noreal shart gapli ergashgan qo’shma gaplarda esa, amalgam oshishi dargumon ish-harakat ifodalanadi. Ingliz tilida hozirgi zamon noreal shart gaplar va o’tgan zamon noreal shart gaplar mavjud. Hozirgi zamon noreal shart gaplarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:



If+subject+Past Simple(were)+should(would, could, might)+V

If he were you, he would help us.

Ish-harakatning yuz berish ehtimoli juda kam bo’lganda, ergash gapda should+V yoki were+to+V ishlatiladi:



If I should see him tomorrow, I should ask him about it. (Agar uni ertaga ko’rib qolsam, undan bu haqda so’rardim. )

If I were to see him tomorrow, I should ask him about it. (Agar ertaga men uni ko’radigan bo’lsam edi, men undan bu haqda so’ragan bo’lar edi.)

Agar shunday gapda ba’zan would+V ishlatilsa, iltimosni ifodalaydi:



We should be greatful if you will send us the contract.

O’tgan zamon noreal shart gaplarning tuzilishi esa quyidagicha bo’ladi:



If+subject+had+P.P.+should(would, could, might)+have+P.P.

If I had seen him yesterday, I should have asked him about it.

Ba’zan shart ergash gaplardagi ish-harakatlar o’tgan zamonga taalluqli bo’lib, natijasi hozirgi zamonga taalluqli bo’lishi mumkin.



If+subject+Past Perfect+should(would, could, might)+V

If you had worked harder last year, you would know English well now.

Yoki shart ergash gapdagi ish-harakat hozirgi zamonda, bosh gapdagi ish-harakat esa o’tgan zamonda bo’lishi mumkin:



If+subject+Past Simple+should(would, could, might)+have+P.P.

If she knew English well, she would have translated the article without difficulty yesterday.

Ba’zan esa noreal shart gaplarda bosh gap yoki ergash gap bo’lmaydi, ular faqat taxmin qilinadi:



If I had known it before! (Bu yerda shartdan kelib chiqadigan natijani taxmin qilish mumkin: I should help him)

Why didn’t you tell me about it? I should have helped you. (Bu yerda shartni taxmin qilish mumkin: If you had told me about it.)

Real va noreal shart gaplarda ba’zan if bog’lovchisi tushib qoladi. Real shart gaplarning kesimi should+V bilan ifodalangan bo’lib, if tushib qolsa, should gapning boshida keladi:



Should he come, ask him to wait. (If he should come, ask him to wait )

Agar hozirgi zamondagi noreal shart gaolarning kesimi tarkibida had, were, could, should fe’llari bo’lsa, if bog’lovchisi tushib qolsa, yuqoridagi fe’llar gapning boshida keladi:



Had I time, I should go to the club. (If I had time, I should go to the club)

Had he known it, he would not have gone there. (If he had known it, he would not have gone there)

Qo’shma gap tarkibida bir nechta ergash gaplar bo’lishi mumkin:



As it was raining, we couldn’t show our friends, who had arrived from London, what we had planted in our garden. (bunda uchta gap bo’lagi – sabab holi, aniqlovchi va to’ldiruvchi argash gap bilan ifodalangan)

Bir odamning gapini boshqa birovga o’zgartirmasdan yetkazish ko’chirma gap (Direct Speech) deyiladi.



He said: “The ship will arrive at the end of the week”

Bir odamning gapini to’ldiruvchi ergash gap yordamida faqat mazmunini yetkazish esa o’zlashtirma gap (Indirect Speech) deyiladi.



He has said that the ship will arrive at the end of the week.

Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilayotganda vergul va qo’shtirnoqlar tushirib qoldiriladi, zamonlar moslashadi, olmoshlar, payt va o’rin ravishlari o’zgaradi:



He said, “I can’t translate this article” – He said that he couldn’t translate that article.

He said: “I was there yesterday” – He said that he had been there the day before.

Yuqoridagi fikrlar ingliz tili sintaksisi va uning uslubiy jihatlari haqida edi. Endi, o’zbek tilshunosligida sintaksis masalasi va uning stilistikasiga to’xtalib o’tsak.

“Sintaksis… so’zlarning va gaplarning o’zaro aloqasini, so’z birikmalari va gaplarni tashkil etgan bo’laklarning xususiyatlarini o’rganadi.” (“O’zbek tili grammatikasi”, 2-tom. T.: Fan, 1976. – 3b)

Sintaktik aloqa deganda tor ma’noda ikki so’zning o’zaro bog’lanishi tushuniladi. Keng ma’noda u gapda so’zlar va so’z birikmalarining o’zaro bog’lanishini bildiradi. Sintaktik aloqaga kirishgan so’zlar orasidagi eng muhim munosabatlar quyidagilar:

1) predikativ munosabat – ega va kesim sintaktik aloqaga kirishadi (osmon yig’laydi, yer kuladi.)

2) obyektli munosabat – to’ldiruvchi va to’ldirilmish sintaktik aloqaga kirishadi (odamlardan so’ramoq, qadrini bilmoq)

3) relyativ munosabat – hol va hollanmish sintaktik aloqaga kirishadi (osmondan sado, cho’qillarga yuksaldi)

4) atributiv munosabat – aniqlovchi va aniqlanmish munosabati (sening orzuing, beg’ubor tuyg’u)

O’zbek tilida gap bo’laklarining tartibi deyarli erkin, lekin unda bo’laklarning bog’liq tartibi ham uchraydi. Gap bo’laklari tartibi ikki xil bo’ladi: odatdagi tartib, o’zgartirilgan tartib.
Odatdagi gap tartibi

(SOV)


Payt holi



Ega(aniqlovchisi bilan)


To’ldiruvchi


Vaziyat holi


Kesim

O’sha kuni

men

akamga

to’yib

qarab oldim.

Gap bo’laklari tartibi sintaktik va uslubiy vazifa bajaradi. Tartibning Grammatik holat va gap mazmuniga ta’sirini quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin:



Katta bola gapirdi. – Bola katta gapirdi.

Bo’laklar tartibining uslubiy vazifasi ulardan birining gapda mantiqiy urg’u olishida namoyon bo’ladi. Ko’pincha mantiqiy urg’u olgan so’z kesimdan oldin joylashadi:



Kecha uyimizga o’rtoqlarim kelishdi. (aynan do’stlarim)

Kecha o’rtoqlarim uyimizga kelishdi.(boshqa yerga emas, uyimizga)

O’rtoqlarim uyimizga kecha kelishdi. (aynan kecha)

Nutqda va badiiy adabiyotda inversiya(gapning o’zgargan tartibi) uchrab turadi. Bu hodisa she’riyatda ko’proq uchraydi.


Rayhon hidlaringni yo’llarimga sep,

Kut meni har oqshom, ko’kka oy chiqqan.

Faqat yig’lamagin gunohim ne deb,

Aybing onang seni chiroyli tuqqan…

(Muhammad Yusuf)
Yuqorida gap tarkibidagi bosh va ikkinchi darajali bo’laklar haqida, ularning gapdagi o’rni va o’zaro moslashuvi haqida to’xtalib o’tdik. Lekin, tilda bir bosh bo’lakli gaplar ham mavjud. Ikki bosh bo’lakli gaplarning Grammatik asosida ikkala bosh bo’lak – ega va kesim bo’lsa, bir bosh bo’lakli gaplarning grammatik asosida bosh bo’lak bitta bo’ladi. Bunday gaplar stilistik jihatdan katta ahamiyatga ega. Ular asosan publisistik va badiiy uslublarda qo’llanilib, muhim tasviriy-ifodaviy vazifalarni bajaradi. Bir bosh bo’lakli gaplarni ilmiy va rasmiy uslublarda qo’llanilishi kommunikativ maqsad asosida amalga oshiriladi. Ularda ta’sirchanlik kuzatilmaydi. Bir bosh bo’lakli gaplar quyidagi shakllarda ko’rinadi:

  • Shaxsi ma’lum gap: Peterburgga bormoqchimiz.

  • Shaxsi noma’lum gap rasmiy uslubda qo’llanilganda ta’kidlash ma’nosini beradi:

Asbob mahsus joyda saqlanadi.

Ilmiy uslubda esa ma’lum bir qoida va qonuniyatlarni berishda ishlatiladi:



Sintaksis deb grammatikaning so’zlar va gaplarning o’zaro aloqasini, so’z birikmalari va gaplarni tashkil etgan bo’laklarning xususiyatlarini o’rganadigan bo’limiga aytiladi.

Badiiy va so’zlashuv uslubida bo’lsa, o’quvchi yoki tinglovchi diqqatini ish-harakatning bajaruvchisiga emas, ish-harakatning o’ziga tortish maqsadida qo’llanadi:



Andijonda mehmonlarni shunday kutib oladilar.

  • Shaxsi umumlashgan gap o’zida ma’lum bir mulohazani aks ettiradi va asosan og’zaki nutqda xalq maqollari tarzida ishlatiladi. Shu bilan birga badiiy va publisistik usulda ham uchraydi:

Hayron qolasan kishi. Bugungi ishni ertaga qo’yma.

  • Shaxsi topilmas gap: Bu masala majlisda ko’rib chiqilsin. Bu kitobni o’qisa bo’ladi.

  • Atov gaplar ma’lum tasviriylik va emotsionallikka ega bo’lib, asosan badiiy uslubga hos. Bunda gapning bosh bo’lagi – ega – bir vaqtning o’zida ham predmet obrazini, ham uning mavjudlik g’oyasini ifodalaydi. Ular kuchli emotsional bo’yoqdorlikka ega bo’ladi va odatda asar voqealarini shiddatli almashinuvini ifodalashda ishlatiladi:

Yoz… Intiqib kutganim yoz.

Tilda so’z-gap va to’liqsiz gaplar ham uchraydi. Birgina so’zdan iborat bo’lib, turli xis-tuyg’ularni ifodalanayotgan fikrga modal munosabatlarni bildirilgan gaplar so’z-gap deyiladi:



    • Men bilan bir umr birga bo’lsizmi?

    • Ha…

Nutq vaziyatidan ma’lum bo’lgan ayrim bo’laklari tushirilgan gap to’liqsiz gap deyiladi:

    • Qayerlarga borishni orzu qilasiz?

    • Parij, Peterburg va Rimga…

O’zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika - uslubshunoslik til birliklarining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli soha va vaziyatda qo’llanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma’no nozikliklarini aniqlash bilan shug’ullanadi. “Stilistika – tilda mavjud bo’lgan barcha vositalar – leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, ma’lum bir tipdagi forma, so’z va konstruksiyalardan qaysi birini qo’llash muvofiq ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi, norma qilib belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida qo’llanadigan vositalarni belgilab beradi, Shunga ko’ra, stilistika so’z san’ati, ifoda vositalar haqidagi alohida bir fandir”7

O’zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga – til va tildan tashqarida bo’lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning N.A.Baskakov, A.Sulaymonov, A.Shomaqsudov, Abdurahmonov, B.O’rinboyev, S.Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo’lib, ularda asosan beshta uslub – so’zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar e’tirof etiladi. Bu uslublarning har biri o’zlarining leksik, morfologik, Grammatik, sintaktik jihatlaridan bir-biridan farq qiladi.

Yuqorida berilgan uslublarning o’ziga xos sintaktik tuzilishiga to’xtalib o’tsak.


Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik