Xotira qurilmasi



Download 103,49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.03.2021
Hajmi103,49 Kb.
#61156
Bog'liq
Xotira qurilmasi - Vikipediya



Xotira qurilmasi

Xotira qurilmasi - elektron hisoblash

mashinasi (EHM), raqamli hisoblash

mashinasi (RHM) va kompyuterlarning

axborotlarni qayd kilish, saqlash va

operator izlaganda "qaytarib berish"

uchun moʻljallangan qismi. Asosan

integral mikrosxemalardan iborat. Xotira

qurilmasida axborotlarni qayd qilishda

axborotlarni eltuvchi material (perfokarta,

perfolentami mexanik tarzda surish,

magnit materiallar (magnit disk, magnit

lenta va boshqalar)ning magnit xossasini




oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik

zaryadlarni toʻplash, tovush va

ultratovush tebranishlaridan foydalanish,

oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasini qoʻllash

va boshqa amallar bajariladi.

Xotira qurilmasi, asosan, oʻta operativ,

operativ va tashqi qurilmalardan iborat

boʻladi. Axborotlarni izlash usuliga koʻra,

adresli (har bir xotira uyasiga zarur

raqam qoʻyiladi va axborot aniq bir adres

boʻyicha izlanadi) hamda assotsiativ

(axborotlar alomatlar yigindisi boʻyicha

izlanadi) Xotira qurilmasi farqlanadi.

Xotira qurilmasining axborotlar

oʻchmaydigan (diod matritsalar,

perfolentalar va boshqalardagi




axborotlar) va oʻchadigan (magnit

eltuvchilar, ferromagnit oʻzaklar va

boshqalardagi axborotlar) turlari bor.

Xotira qurilmasining asosiy ish

koʻrsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit)da

oʻlchanadigan sigʻim, yaʼni bir vaqtda

Xotira qurilmasida joylashishi mumkin

boʻlgan belgilar soni.

Inson miyasi eng mukammal Xotira

qurilmasi hisoblanadi. Unda (10—15)109

ga yakin asab hujayrasi (uyasi) —

neytronlar mavjud boʻlib, ularning har biri

xotira hujayrasi (uyasi)ni tashkil qiladi.

Kompyuterning "miyasi" —

mikroprotsessor maʼlumot yoki

dasturlarni aynan xotiradan oladi va




natijalarni unga qayd kiladi. Kompyuter

diskdan maʼlumotlarni "oʻqib", maxsus

qismida saqlaydi va ish jarayonida undan

bevosita foydalanib turadi. Ana shu

maxsus kiyem operativ xotira deb

ataladi. Kompyuterning imkoniyatlari

operativ xotira sigʻimiga bogʻliq.

Kompyuterda operativ xotira 1 Mbayt yoki

undan kichik boʻlsa, u faqat MS DOS OT

muhitida, agar 4 Mbayt boʻlsa, MS DOS

OT, Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va

undan katta boʻlsa, lokal tarmoqdar

(internet, elektron pochta — Email) da

ishlashi mumkin. Koʻpchilik

kompyuterlarda operativ xotira orasiga

qoʻshimcha KEShxotira oʻrnatiladi. Koʻp

ishlatiladigan maʼlumotlar ana shu



xotiraga kayd kilinadi. IBM PC

kompyuterida yana xotiraning BIOS

(doimiy xotira) va CMOS (yarim doimiy

xotira) turlari mavjud. Ularda kompyuter

qurilmalarini tekshirish dasturlari,

operatsion tizimni yuklash va kompyuter

qurilmalariga xizmat koʻrsatish

vazifalarini bajarish dasturlari saqlanadi.

Elektron texnikasining rivojlanishi, bionika

yutuqyaaridan samarali foydalanish

tufayli sigʻimi inson miyasi sigʻimiga

yaqinlashib qoladigan Xotira qurilmasi

yaratishga muvaffaq boʻlindi.

Ad..Xolmatov T.X. vab., Informatika, T.,

2003.



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq.

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


  Last edited 2 years ago by 91.192.66.240  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Xotira_qurilmasi&oldid=2028



382

" dan olindi 



Download 103,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish