Xorijiy davlatlarda sogʻliqni saqlash. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xorijiy davlatlarda eng koʻp tarqalgan sogʻliqni saqlash modellariga tavsif



Download 33,11 Kb.
bet1/3
Sana10.04.2022
Hajmi33,11 Kb.
#540854
  1   2   3
Bog'liq
Azizova D. Mustaqil ish


XORIJIY DAVLATLARDA SOGʻLIQNI SAQLASH. JAHON SOGʻLIQNI SAQLASH TASHKILOTI
Xorijiy davlatlarda eng koʻp tarqalgan sogʻliqni saqlash modellariga tavsif
Sogʻliqni saqlashning ijtimoiy-iqtisodiy modeli - soha asosiy tomonlarining koʻrinishi, bosh xarakteristikasidir.
Mamlakatda sogʻliqni saqlashning u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tizimining mavjudligi quyidagi omillarga bogʼliq.
— Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiy darajasi;
— axoli salomatligini muxofazalashga qaratilgan davlatning ijtimoiy siyosati;
— tarixiy va milliy anʼanalar, qadriyatlar.
Jaxonning turli davlatlarida turlicha tarixiy va milliy urf-odatlar, anʼanalar, qadriyatlar mavjudligiga qaramasdan, SOGʻLIQNI saqlashning 5 ta turgʻun modeli mavjud. Ushbu modellar bir-biridan quyidagilar boʻyicha prinsipial jihatdan farq qiladi: birinchidan, davlatning ishtiroki darajasi; ikkinchidan tibbiy xizmatning xususiylashtirilganlik shakllari; uchinchidan, davlat dasturi boʻyicha axoli qatlamining qamrab olinganlik darajasi; toʻrtinchidan, sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish manbalari. Evolyutsion taraqqiyot nuqtai nazaridan sogʻliqni saqlashning quyidagi modellari farqlanadi:
— davlat tomonidan boshqarilmaydigan xususiy sogʻlikni saqlash modeli;
— axolining ayrim qatlamlari majburiy tibbiy sugurta dasturining davlat tomonidan boshqariladigan xususiy sogʻliqni saqlash modeli;
— barcha axoli majburiy tibbiy sugʻurta dasturining davlat tomonidan boshqariladigan xususiy sogʻliqni saqlash modeli;
— monopollashtirilgan davlat sogʻliqni saqlash modeli;
— umumdavlat tibbiy sugʻurta tizimiga asoslangan, davlat sogʻliqni saqlash modeli.
Shartli ravishda birinchi 3 ta modelni nodavlat (xususiy) sogʻliqni saqlash modeliga, 4- va 5-larini esa davlat sogʻliqni saqlash modeliga qoʻshish mumkin.
Sogʻliqni saqlash tizimi modellarini belgilashning asosiy mezonlaridan biri sohani moliyalashtirish usuli hisoblanadi. Bu koʻproq axoli salomatligini muhofazalashga qaratilgan davlat siyosatiga bogʻliq.
Davlat tomonidan boshqarilmaydigan xususiy sogʻliqni saqlash modeli oddiy ehtiyojlar bozori qonuniyatlariga asoslangan. Tibbiy yordamning hajmi toʻlash imkoniyatiga ega boʻlgan talab va takliflar orqali shakllanadi. Kambagʻal aholi qatlami malakali tibbiy yordam ololmaydi. Bunday modelda davlat tomonidan aholining kambagʻal qatlami qoʻllab-quvvatlanmaydi. Tibbiy xizmatlar mustaqil xususiy tibbiyot amaliyoti bilan shugʻullanuvchi vrachlar tomonidan koʻrsatiladi.
Davlat jamoat joylarida epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish va eng minimal xajmdagi sanitariya sharoitlarini taʼminlash bilan shugʻullanadi. Bundan tashqari, davlat jamiyatga zarar keltiruvchi bemorlarni (yuqumli, ruhiy va boshqa-lar) davolash va izolyatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi.
Xususiy sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy xizmatga talabgor shaxslarga ular tomonidan tegishli xaq toʻlanganidan soʻng tibbiy yordam koʻrsatadi. Ularga quyidagi belgilar xos:
— tibbiy yordamning asosiy moliyalash manbasi fuqarolarning shaxsiy mablagʻlari xisoblanadi;
— tibbiy xizmatga narx erkin belgilanadi;
vrach erkin tanlanadi;
— vrachlarning daromadi juda yuqori.
Rivojlangan mamlakatlarda ushbu model XIX asrning oxirigacha mavjud boʻlgan. Yuqoridagi model Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida mavjud.
Axoli ayrim qatlamlari majburiy tibbiy sugʻurtalash dasturining davlat tomonidan boshqariladigan xususiy sogʻliqni saqlash modeli. Sogʻliqni saqlashning bu modeli kapitalizm endi boshlangan davrda yuzaga keldi. Uning yuzaga kelishi kom davolash uchun vrachlarning jamoa boʻlib ishlashini talab qilgan, murakkab tibbiy texnologiyalar (jarroxlik, narkoz, rentgen va b.) rivojlanishi bilan bogʻliq boʻldi. Tibbiyot xodimlarining tor soxa mutaxassislari paydo boʻla boshladi, xususiy shifoxonalar va gospitallar rivojlana boshladi. Bu ishlarning xammasi koʻpchilik aholi oldiga davolanish uchun ketadigan xarajatlarni qoplash muammosini qoʻydi.
Muammoni xal qilish yoʻllaridan biri oʻzaro yordam kassasi, shifoxona kassasi va xususiy tibbiy sugʻurtani yaratish boʻldi. Sugʻurta kompaniyalari jamiyat birdamligi prinsipini ishlata boshladi, unda boylar — kambagʻallarga, yoshlar — Qariyalarga, sogʻlom odamlar — kasallarga toʻlaydi. Bu katta kapitalga ega boʻlmagan, faqat ish xaqiga yashaydiganlar uchun qulay. Sugʻurtaa ishi 10 yil davomida saqlanib keldi. Sugʼurtachilar (ish beruvchi, xususiy shaxslar), sugʻurta kompaniyalari, xususiy tibbiy xizmat koʻrsatuvchilar, munozarali masalani tartibga soluvchi advokat firmalar orasidagi munosabatni Huquqiy boshqarish uchun yuridik bazalar yuzaga keldi.
Shu davrda qonun chiqaruvchi huquqiy bazalarning shakllanishida davlat rolining asta-sekin kuchaya boshlagani eʼtiborga loyiq. Shu paytlarda axolining ayrim qatlamlari uchun (AQShning nogironlar va kambagʻallar uchun dasturi) majburiy tibbiy sugʻurtaning aloxida elementlari amalga oshirila boshlandi. Tibbiy xizmat koʻrsatuvchilarni litsenziyalash rivojlanib bordi, davlat tomonidan xususiy vrachlarni litsenziyalash yuzaga keldi. Tibbiy yordamdan foydalanish rejasida axolining ayrim qatlami davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlana boshlandi, Lekin bu davlat yordami xamma uchun emas edi.
Axolining aksariyat qismi kafolatlangan tibbiy yordamga ega emas. Sogʻliqni saqlash bu modelining asosi — tibbiy yordamdan foydalanuvchilarning (pullik tibbiyot) ixtiyoriy ravishda tibbiy sugʼurtalash orqali pul toʻlashiga asoslangan. Unga Quyidagi belgilar xos:
— tibbiy yordamni moliyalashning asosiy manbasi fuqarolarning shaxsiy mablagʼlari va yuridik shaxslarning daromadlari xisoblanadi;
— xoʻjalik mexanizmi asosida ishlovchi koʻplab tibbiyot muassasalari va vrachlarni erkin tanlash;
— tibbiyot va boshqa tashkilotlar, asosan, nodavlat sugʻurtalash usuli orqali sogʼliqni saqlash moliyalashtirilib tibbiy yordam koʻrsatiladi;
— tibbiy xizmatga narxlarning erkin belgilanishi;
— sogʻliqni saqlashga ajratiladigan mablagʼda milliy daromad ulushining yuqoriligi.
Sogʼliqni saqlash ushbu modelining ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat:
— turli individual ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan tibbiy xizmatning narxi va sifat darajasi jihatidan koʻplab tibbiyot Muassasalarining mavjudligi;
— tibbiy xizmatga navbatning yoʻqligi;
— isteʼmolchi xuquqlari himoyasi, tibbiy yordam sifatiga aloxida eʼtibor qaratilayotganligi;
— vrachlar va boshqa tibbiyot xodimlari daromadining yuqoriligi.
Lekin shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki, aholining ayrim qatlamlari uchun tibbiy sugʻurta dasturi davlat tomonidan boshqariladigan majburiy xususiy sogʼlikni saqlash tizimi faqat AQShda, koʻpchilik arab, baʼzi Afrika va qator Lotin Amerikasi davlatlarida mavjud. Bu tizimga xos koʻpgina muammolar mavjud. Ularning ichida eng muhimlari quyidagilar:
— tibbiy yordam xizmatining qimmatligi, aholining barcha qatlamlari tibbiy xizmatdan foydalana olmasligi;
— profilaktika va uy sharoitida yordam koʻrsatishga yetarli eʼtibor berilmasligi va yengil kechuvchi kasalliklarning ustuvorligi;
— resurslardan samarasiz foydalanish, xoʻjalik mexanizmlari xarajatlarining koʻpligi;
— giperdiagnostika, tibbiy koʻrsatmasiz qimmat muolajalarning bajarilishi;
— bemorlar salomatligi uchun xavfsiz boʻlmagan tibbiyot texnologiyalarini qoʻllash, tibbiy muolajalar sifati davlat tomonidan nazorat qilinmasligi va boshqarilmasligi.
Barcha axolini majburiy tibbiy sugʼurta dasturi davlat tomonidan boshqariladigan xususiy sogʼlikni saqlash modeli. Umumiy majburiy tibbiy sugʻurtaning zamonaviyroq va mukammalroq modeli XIX asr oxirida Germaniyada yuzaga keldi va Birinchi Jaxon urushidan keyin koʻpchilik Yevropa davlatlarida rivojlana boshladi. Bunday modelning asosiy tavsifi: davlat axolining (boylardan tashqari) asosiy qismini kafolatlangan tibbiy yordam bilan taʼminlash maqsadida xamma ish bilan taʼminlovchilar va fuqarolarning oʻziga daromadlaridan maʼlum qismini tibbiy sugʼurtaga ajratish majburiyatini yuklaydi. Davlat tibbiy xizmat koʻrsatuvchilarga, sugʻurta tashkilotlari bilan xamkorlikda majburiy tibbiy sugʻurta dasturi boʻyicha davlat meʼyorlari doirasida barcha sugʻurtalanganlarni tibbiy yordam bilan taʼminlash majburiyatini yuklaydi.
Shunday qilib, davlat tibbiy xizmatni tashkillashtirishda toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etmasdan, faqat huquqiy jixatdan axolining tibbiy yordamga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi. Bundan tashqari, sogʻliqni saqlashni boshqarish davlat tashkilotlari mintaqalarda ekspert-analitik vazifani bajaradi, davlat XUDUDIY tibbiy-ijtimoiy dasturni amalga oshiradi, mamlakatda axolining sanitariya-epidemiologiya jixatdan xotirjamligini taʼminlaydi.
Shu bilan birga, sogʻliqni saqlash tizimi mustaqil subyektlari orasidagi oʻzaro munosabatlar xamkorni erkin tanlash va individual shartnoma majburiyatlari asosida amalga oshiriladi. Davlat maʼlum toʻlov miqdorlarini amalga oshirish orqali umumiy xarajatlar boʻyicha boshqaruvni oʻz qoʻliga olishi mumkin va shundan kelib chiqqan holda, oʻz fuqarolari xuquqlarini toʻliq, taʼminlab berishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, majburiy tibbiy sugʻurta dasturi doirasida tibbiy faoliyat xajmi va uning moliyaviy bazasi toʻla muvofiqlashmagan boʻlishi mumkin.
Koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda majburiy tibbiy sugʼurta umummilliy tizimini qoʻllash ularning axolisini kafolatlangan tibbiy yordam bilan taʼminlashga, sogʻliqni saqlash samaradorligining oshishiga va sarf-xarajatlarni keskin kamaytirishga olib keldi. Samaradorligi boʻyicha majburiy tibbiy sugʻurta prinsipiga asoslangan sogʻliqni saqlash faqat davlat sogʻliqni saqlash tizimidan keyin turadi (davlat tibbiy-ijtimoiy sugʻurta va davlat sogʼlikni saqlash tizimi).
Xozirgi vaqtda bu model Germaniya va Fransiyada yaxshi rivojlangan. Bu tizim u yoki bu darajada davlat tomonidan boshqarilayotganligi sababli, u “boshqariladigan sogʻliqni sugʼurtalash tizimi” deb nomlanadi.
Umumiy majburiy tibbiy sugʻurta dasturi davlat tomonidan boshqariladigan modelga quyidagi xususiyatlar xos:
— moliyalash bir necha asosiy manbalarining mavjudligi: tibbiy sururta boʻyicha majburiy toʻlovlar (ish bilan taʼminlovchi xamda ishchilarning oʻzi tomonidan amalga oshiriladi), majburiy tibbiy sugʼurta dasturiga ixtiyoriy pul oʻtkazish, pullik xizmatlarga fuqarolarning shaxsiy badallari;
— mustaqil nodavlat ixtisoslashgan tashkilotga (jamgʼarma, sugʻurta kompaniyasi) asoslangan markaziy moliyalash tizimining mavjudligi;
— tibbiy xizmat koʻrsatishga xarajatlar miqdori va tibbiy yordam sifatini nazorat qilishga moliyalashtiruvchi tashkilotlar eʼtiborining kattaligi;
— sugʻurtalanganlarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalari, xususiylashtirilgan shakllarning turli-tumanligi;
— tibbiy xizmatlar narxini boshqarish, tibbiy yordamga toʻlov usuli va shaklining har xilligi.
Ijtimoiy-tibbiy sugʻurta tizimining eng muhim ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat:
— bepul tibbiy yordam koʻrsatishning yuqori darajada kafolatlanganligi;
— aholi, ish beruvchilarning tibbiy sugʻurta (sugʻurta tashkilotlari) jamgarmalarini erkin tanlashi;
— tibbiy xizmat koʻrsatish va moliyalashtirish funksiyalarining ajratilganligi;
— davlat tomonidan tibbiy yordam koʻrsatish sifatining yuqoriligi va kafolatlanganligini taʼminlash.
Lekin ijtimoiy tibbiy sugʻurta tizimi qator muammolarga ega. Ulardan:
— majburiy tibbiy sugʼurta dasturi bilan aholini toʻliq, qamrab ololmaslik;
— milliy uzoq, muddatli strategik rejalashtirishning yetarlicha qoʼllanilmasligi;
— katta xajmdagi xisob-kitob ishlari kiritilganligi sababli maʼmuriy xarajatlarning kattaligi.
Sogʼliqni saqlashning monopollashgan davlat modeli. Sobiq Ittifoqqa kiruvchi mamlakatlarda sogʻliqni saqlashning monopollashgan davlat modeli yuzaga keldi. Keyin bu model Mustaqil Davlatlar Xamdoʻstligida xam qoʻllanila boshlandi. Bu model tarmoqlar byudjetini shakllantirishning markazlashgan mexanizmiga asoslangan. DMPlarni moddiy-texnik vositalar va dori-darmon bilan taʼminlash davlat buyurtmasi va belgilangan narx asosida amalga oshiriladi. Davolash muassasalarining shakllanishi va rivojlanishi shtatlar, resurslar, oylik ish xaqi va boshqalar boʻyicha davlat meʼyorlariga mos ravishda amalga oshadi. Bu modelning xususiyatlari:
— davolash-profilaktika muassasalari tizimi monopollashgan tuzilishga ega;
— byurokratik boshqaruv tizimi;
— markaz va periferiyalar orasida aloqaning qatʼiyligi;
— qoʻshimcha pullik va servis xizmatlarning yoʻqligi;
— raqobatning yoʻqligi;
— vrachlarning mexnat xaqi tarif usulida toʻlanadi, yoʼllash qoidasi va mexnat xaqi davlat tomonidan belgilanadi;
— tibbiyot xodimlari ish xaqining pastligi;
— tibbiyot xodimlarining qoʻnimsizligi;
— tibbiyot kadrlarining bir ishda doim ishlamasligi;
— birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining rivojlanishiga boʻlgan axamiyatning pastligi;
— statsionarda davolashning ustuvorligi rejali gospitalizatsiyada navbatga turishga olib kelishi;
— tibbiy yordam sifatini nazorat qilishda maʼmuriy usulning ustuvorligi.
Sogʻliqni saqlashning monopollashgan davlat modeli quyidagi afzalliklarga ega:
— bepul tibbiy yordam koʻrsatishni kafolatlash yoʻli bilan fuqarolarni yuqori darajada ijtimoiy ximoyalash;
— tibbiy yordam koʻrsatish ustidan davlat nazorati;
— oʻta xavfli, infeksion kasalliklarga maʼmuriy usulda samarali taʼsir etish;
— favqulodda holatlarda uyushgan xoldagi harakatlarning yuqori darajadaligi.
XX asrning 50—60-yillariga kelib davlat sogʻliqni saqlash tizimi xizmati tibbiy yordamni tashkil etishning ilgʻor
milliy tizimi deb qaralgan. Davlat sogʼliqni saqlash tizimining tarixiy oʻrnini quyidagi tarzda aniqlash kerak. Barcha fuqarolar uchun bepul va ommabop tibbiy yordam davlat tomonidan boshqariladi va moliyalashtiriladi. Ammo iqtisodiy tanglik davrida va fukarolarning turli tibbiy xizmatga boʻlgan ehtiyoji oshganda davlat ajratgan mablagʻ sarflarini toʻla qoplay olmaydi va bunda sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari mablagʻlarga murojaat qiliish ga tugʼri keladi.
Sogʻliqni saqlashning monopollashgan davlat modelining asosiy salbiy omillari: tibbiy yordam faoliyatini davlat byudjetidan qilish, prinsipiga asosan moliyalashtirish; byudjet soliqlardan tushgan va xar bir xududdan yigʻiladigan real badallarga boshi boʻlmagan; davlat tibbiy yordamning yagona buyurtmachisi hisoblangan; yuqoridan pastga qarab boshqarilganlik.
Umumdavlat tibbiy sugʻurtasiga asoslangan davlat sogʻliqni saqlash modeli. Ikkinchi Jaxon urushidan keyin dunyoning yetakchi davlatlari (Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya, Kanada) sobiq Ittifoqdan davlat tomonidan boshqariladigan sogʻliqni saqlashning samarali prinsipini oʻzlashtirib, davlat tibbiy sugʻurtasi modeli deb tavsiflasa boʻladigan, majburiy tibbiy sugʻurta sxemasidan keskin farq, qiladigan yangi model ishlab chiqishdi. Shu bilan birga, qoʻshimcha xizmat va xususiy sektor tizimlari xam saqlanib qoldi. Davlat tibbiy sugʻurta modelida barcha tibbiy muassasalar faoliyatini davlat boshqaradi va aholining barcha qatlamini tibbiy xizmat bilan oʻzi taʼminlaydi. Davlat sugʻurta modeli eng tejamkor va ratsional model xisoblanadi. Bu sifat va samaradorlikni yoʻqotmasdan xarajatlarni kamaytirishga intiluvchi mamlakatlar uchun XXI asr modeli. Sogʻliqni saqlash tizimining davlat boshqaruvida xarajatlar va tibbiy xizmatning rejalashtirilganligi sogʻliqni saqlashning yagona modeliga xos boʻlgan qator bozor tamoyillaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaydi. Davlat boshqaruv organlari xarajatlarni va tibbiy xizmatni rejalashtiradi.
Baʼzi davlatlarda (Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya) bepul yordam faqat davolash kursining maʼlum boswichlarida koʻrsatiladi, qulaylik kabi xizmatlar esa pul toʻlovi asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun bunday davlatlarda davlat tibbiy sugʻurta doirasidagi tibbiy xizmat tizimidan tashqari nodavlat davolash bazasiga ega, ixtiyoriy tibbiy sugʻurta dasturlari keng tarqalgan. Boshqa davlatlarda ixtiyoriy tibbiy sugʻurta uncha keng rivojlanmagan (Kanada).
Ushbu modelga xos qator xususiyatlar mavjud:
— monopollashgan territorial davolash-profilaktika muassasalarini bozor munosabati asosida qayta taqsimlash imkonining yoʻqligi (segmentatsiya);
— ixtiyoriy tibbiy sugʻurta kompaniyalari orasida raqobatning yoʻqligi (5 ta kompaniya bitta tuman axolisini boʻlib oladi va oʻz polislarini tarqatib, MTSHga yagona tarif boʻyicha mablagʻ toʻlaydi);
— majburiy tibbiy sugʻurta (MTS) tizimi boʻyicha ish tutgan, DPM ITSning qoʻshimcha dasturi boʻyicha sugʻurta qilinganlarga qoʻshimcha xizmat koʻrsatishga buyurtmalar olish imkoniyatining mavjudligi;
— davlat va munitsipal davolash-profilaktika muassasalarida axoliga pullik xizmat koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi;
— MTS tizimi, byudjet, ITS va pullik xizmatdan tushadigan moliyaviy oqimlarning DPM xoʻjalik faoliyatiga aralashtirilishi tufayli ishlab chiqarish va xodimlar resurslaridan alohida faoliyat turi boʻyicha foydalanish mexanizmida toʻliq tartibsizlikning mavjudligi;
— MTS kompaniyalari kontingentlar tanlashni tarmoqlar boʻyicha amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi;
— DPMning xar yili qatʼiy tasdiqlangan yillik byud-jet orqali moliyalashtirilishiga (faoliyat natijalariga qarab) qaramasdan, DPM “ilgʼor tajriba” sifatida koʻrsatgan xizmatini moliyalash imkoniyatining mavjudligi;
— inson xuquqlariga, konstitutsiyaviy meʼyorlarga tayangan xolda, amal qilish va jon boshiga bepul xizmatlar turining davlat tomonidan kafolatlangan dasturini tasdiqlash;
— davlat va munitsipal buyurtmalar va boshqaruv strukturalarini taʼminlash boʻyicha vakolatga ega tizimning yoʻqligi.

Download 33,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish