Xorazmiy, forobiy, beruniy, ibn sino merosida g’oyalar masalasi


Buyuk allomalar ilmiy merosi yoshlar ongida milliy mafkura va madaniyatni shakllantirishdagi asosiy manba sifatida



Download 26.79 Kb.
bet3/5
Sana13.05.2020
Hajmi26.79 Kb.
1   2   3   4   5
2.2. Buyuk allomalar ilmiy merosi yoshlar ongida milliy mafkura va madaniyatni shakllantirishdagi asosiy manba sifatida

Milliy ma‘naviyatimiz ildiziga chuqur singib ketgan va asrlar osha uning takomil bosqichlarida chuqurlashib, teranlashib borgan xalqimiz qadriyatida tabiatga bo‘lgan ehtirom beqiyosdir, yurtimizda uni e‘zozlash an‘anasi esa insoniyat tarixi qadar kadimiydir. Umuman aytganda, atrof-muhitga munosabat, uni anglab yetishga bo‘lgan intilish SHarq, ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘zgacha xususiyatga ega. CHunonchi, Abu Rayhon Beruniy ―Saydana‖ asarida 1118 turdagi dorivor o‘simlikka, shundan 750 o‘simlik va 101 ta hayvonga batafsil ta‘rif beradi. U o‘z ishida 4500 ta arab, yunon, hind, fors, xorazm, so‘g‘d, turk va boshqa tillarga oid o‘simlik nomlari, hayvonlar, minerallar va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma‘lumot to‘plab, o‘sha davr dorishunoslik atamalarini tartibga solishga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan.

Buyuk yurtdoshimizning o‘zining ilmiy-nazariy tadqiqotlari, tajribalarida tabiatdagi barcha hodisalar muayyan tabiiy qonuniyat asosida yuz beradi, tashqi kuchning ta‘siri uni izdan chiqarishi mumkin, degan xulosaga keladi. Bu bugun o‘z isbotini topgan haqiqatdir. Insoniyat tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlariga emas, aksincha, shaxsiy manfaatlariga asoslanib faoliyat ko‘rsatishi oqibatida tabiatdagi muvozanatning sezilarli darajada buzilgani, ya‘ni, dunyoning turli burchaklarida tabiiy ofatlar: suv toshqinlari, zilzilalar, o‘rmon yong‘inlari va boshqa shu kabi talofatlarning ro‘y berayotgani hech kimga sir emas. Inson tabiiy muhitga ta‘sir etar ekan, uning o‘zi ham ―aks ta‘sir‖ga duch kelmoqda.

Abu Rayhon Beruniyning ―Agar insonlar tabiatga nisbatan zo‘rovonlik qilib, uning qonunlarini qo‘pollik bilan buzsalar bir kun kelib tabiat ularning boshiga shunday kulfatlarni solishi mumkinki, buni hech qanday kuch qaytara olmas‖ - degan so‘zi bugungi global ekologik muammolarning bundan 1000 yil oldin bashoratidan darak beradi. Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning ravnaqiga bog‘liq bo‘lsa, yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi va ma‘rifatida deb biladi.

SHuning uchun u yoshlarni ilm-ma‘rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan raxmdil, mexribon, kishilarga iltifotli, xayrihoh, bo‘lishni, najotsiz odamga qo‘l cho‘zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, boylikka xirs qo‘yish, yolg‘on gapirish kabi sifatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi.

Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma‘naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi 2 turga bo‘ladi.

Beruniy inson va axloqiy tarbiya xaqida fikr yuritar ekan, «insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun xar bir inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim», - deydi.

Aqliy tarbiya, deydi Beruniy, kishining tafakkurini rivojlantirib, dunyoqarashini kengaytiradi. Uning o‘z-o‘zini anglab yetishiga ta‘sir etadi.

Mutafakkir inson kamolotida mexnat va mexnat tarbiyasi hakida muhim fikrlarni bayon etadi. U xar bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi.

Og‘ir mexnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan soxiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli, olimlar mehnatiga alohida e‘tibor beradi va hayrihoh bo‘lishga chaqiradi. SHu bilan birga og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida ishlovchilar, dexqonlar xaqida gapirib, ularning mexnatini rag‘batlantirib turish kerak deydi.

Olim fan soxasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid koldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o‘rganishga da‘vat etadi. Ilm toliblariga qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, xirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuxratdan saklanishi zarurligini uqtiradi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o‘z zamonasi uchun emas, xozirgi davr ta‘lim-tarbiyasini takomillashtirishda xam katta axamiyatga egadir.

Muxtasar aytganda, milliy ma‘naviyatimizning serqirra va teran ildizlariga tayangan holda mafkuraviy tarbiya yo‘nalishlarini ishlab chiqishda ekologik mafkura, ta‘lim va tarbiya tizimini yaratish alohida o‘rin tutishi lozim. Bu boradagi sa‘yharakatlarga esa birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan va hech mubolag‘asiz oy sayin, kun sayin faoliyat ko‘lamini kengaytirib borayotgan O‘zbekiston Ekologik harakati haqiqiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.




Download 26.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar