Xorazmiy, forobiy, beruniy, ibn sino merosida g’oyalar masalasi



Download 26.79 Kb.
bet1/5
Sana13.05.2020
Hajmi26.79 Kb.
  1   2   3   4   5

XORAZMIY, FOROBIY, BERUNIY, IBN SINO MEROSIDA G’OYALAR MASALASI

Bajardi: Abdullayeva B

Tekshirdi: Xoliqov Y

Samarqand-2020

MUNDARIJA


  1. KIRISH………………………………………………………………….3

  2. ASOSIY QISM………………………………………………………….4

2.1 Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy qarashlari…………………………………………………………………4

2.2. Buyuk allomalar ilmiy merosi yoshlar ongida milliy mafkura va madaniyatni shakllantirishdagi asosiy manba sifatida…………………...6

2.3. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy ahamiyati……………………………………….8


  1. XULOSA……………………………………………………………….12

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………...15


KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy sohadagi islohotlar ta‘lim tizimida ham yangilanishlar bo‘lishini taqozo etmoqda.

Respublikada ta‘limning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviymadaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e‘tirof etilgani holda, xalq ta‘limi sohasining barcha yo‘nalishlarida modernizasiyalash ishlariga katta yo‘l ochildi. Ta‘lim islohotlaridan asosiy maqsad – xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, texnologiyalarning yutuqlari asosida shaxsning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat. Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma‘naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi».

Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari hamda Ma‘mun akademiyasi olimlari yaratgan o‘lmas asarlar dunyo fani va sivilizasiyasiga qo‘shilgan mislsiz hissadir. Ular orasida Muhammad Muso al-Xorazmiy (783–850 yy.), Ahmad al-Farg‘oniy (tax. 797– 865), Abu Rayhon al-Beruniy (973–1048), Abu Ali ibn Sino (980–1037), Abu Nasr ibn Iroq (958–1034), Abu Sahl Masihiy (977–1011), Abulxayr ibn Hammor (961–1038), Abu Ali ibn Miskavayx (vaf. 1030), Abu Mansur as-Saolibiy (961–1038), Abu Abdulloh Iloqiy (vaf. 1068), Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vaf. 997) va boshqalarning asarlari alohida o‘rin tutadi. Ma‘mun akademiyasi olimlaridan o‘ziga xos ma‘naviy-pedagogik meros qolgan.

Allomalarning merosi va ijtimoiy pedagogik qarashlari, ulardan ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish muammosi bilan ma‘naviyatshunoslik, falsafa, adabiyotshunoslik, tarix, inson va jamiyat, etnografiya va boshqa fanlar namoyandalari u yoki bu darajada shug‘ullanib kelmoqdalar.

O‘quvchi-yoshlar va o‘quvchilarni o‘tmish meros, qimmatli manbalar yordamida ma‘naviy jihatdan tarbiyalash nihoyatda dolzarb bo‘lganligi uchun ham bu sohada izlanishlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga kelmoqda.

Ma‘lumki, ma‘naviy barkamol avlod o‘z-o‘zidan tarbiyalanib qolmaydi. Bugungi o‘quvchi ertangi kunda barkamol insonni shakllantirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassisdir. Bo‘lajak o‘qituvchining o‘zida, avvalo, yetuk kasbiy sifat, ma‘naviyma‘rifiy madaniyat, mahorat hamda kasbiy ko‘nikmalar teran rivojlangan bo‘lishi shart. Bu esa O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim-tarbiyaning yagona pedagogik tizimini yaratishni muqarrar qilib qo‘ydi. IX-XV asrlarda ijtimoiy g‘oyalaridan o‘quvchi-yoshlar va o‘quvchilarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashga oid nazariy tahlil tadqiqot mavzusining muhimligini belgilaydi.


Download 26.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat