Xorazm viloyat pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


S.Begliyev Tabiiy va aniq fanlar ta’limi



Download 2,9 Mb.
bet6/11
Sana08.09.2017
Hajmi2,9 Mb.
#19573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

S.Begliyev

Tabiiy va aniq fanlar ta’limi

kafedrasi o`qituvchisi




Fan: Botanika

Sinf: 6

Mavzu: Gullarning xilma-xilligi

Vaqt: 45-minut

Darsning shiori: Yurt obodligi, ko`ngil xotirjamligi.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: Gullarning xilma-xilligi haqida bilimga ega bo`ladilar.

Tarbiyaviy: O`quvchilarning estetik va ekologik tarbiyaning ayrim qirralarini bilib oladilr.

Rivojlantiruvchi:O`quvchilarda gullarning xilma-xilligi haqidagi tushunchalarini kengaytirish, ob’ektlarni taqqoslash va gullar bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Darsning turi: O`quvchilarda BKMlarni rivojlantirish

Darsning metodi: noan’anaviy.

Darsning jihozlari: har bir guruh uchun gullarning xilma-xilligi oid yozilgan kartochkalar, uyga vazifani so’rash varaqasi, plakatlar, vidiolavhalar.


Texnologik bosqichlar

O`qituvchining faoliyati

O`quvchilarning faoliyati

I bosqich tashkiliy qism

Salomlashish, o`quvchilarning darsga tayyorligini, davomatni aniqlaydi, o`quvchilar diqqati va e’tiborini darsaga to`la jalb etadi, darsda amal qilinadigan qoidalarni eslatadi, o`quvchilarda darsga qiziqish uyg`otadi, faollashtiradi, o`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajarilayotgan topshiriqlarni aniqlaydi. Topshiriqlarning ditaktik maqsadi, bajariladigan o`quv topshiriqlari yuzasidan ko`rsatmalarni anglaydi. O`z o`quv faoliyatini anglaydi.

II.O`tgan mavzu yuzasida o`quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash

O`tgan mavzu yuzasidan tuzilgan savollarga javob yoriladi va yonidagi o`quvchi bilan fikr almashadi, o`quvchilar bilimlari nnazorat qilinadi va baholanadi.

O`tgan mavzu yuzasidan tuzilgan savollarga javob yuboriladi.

III.bosqich o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish

O`quv dasturining didaktik maqsadi, bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.

O`quv dasturining didaktik maqsadi, bajariladigan o`quv topshiriqlari yuzasidan ko`rsatmalarni anglaydilar

IV.bosqich

Yangi mavzuni o`rganish va mustahkamlash

O`quvchilarning guruhlarida mustaqil ishini tashkil etadi. O`quv dasturidan o`rin olgan dasturidan o`rin olgan topshiriqlarni mustaqil o`zgartirishini ta’minlaydi. Topshiriq yonida guruhlar o`rtasida, savol-javob, o`yin testlar, o`quv bahsi, munozara, jadval to`ldirish o`tkazadi. Tegishli hollarda yordam uyushtiradi.

O`quvchilar bilan hamkorlikda o`quv faoliyatini tashkil etadi. O`quv dasturidan o`rin olgan topshiriqlarni mustaqil o`zgartiradi. Guruhlar o`rtasida o`tkaziladigan savol-javob, o`yin, test, munozarada faol ishtirok etadi.

V.bosqich

O`quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash

O`quvchilar guruhdagi ishiga qarab va fikrini tushuntirib berishga qarab reyting asosida baholanadi.

Guruhda aktiv qatnashishadi, topshiriqlarni, jadvallarni bajaradilar.

VI.bosqich

Erishilgan natijani tashkil qilish va yakunlash

Guruhda faoliyatni tahlil qiladi, o`quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarni beradi.

Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini belgilaydi.


Darsning borishi:

I.Tashkiliy qismi:

Navbatchi o`quvchi axborotini eshitish, sinfni darsga tayyorgarligini tekshirish, sinf ozodachiligiga e’tibor berish, guruhlarga ajratish


II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

O`qituvchi so`rash varaqasidagi jumlalarni doskaga yozadi.Guruhlar nomlab olinadi.

1-guruh: Boychechak (1-qator)

2-guruh: Binafsha (2-qator)

1. Boychechak guruhi savoli.

Gul qismlari haqida ma’lumot bering va gul qanday tuzilgan?

2. Binafsha guruhi savoli:

Changchi va urug’chi haqida ma’lumot bering va ular qanday tuzilgan?

O`quvchilar doskada yoritilgan savollarga javobni daftariga qisqacha yozadilar so`ng bir partadagi o`quvchilar bir-birlarining daftaridagi javoblarini o`qib, fikr almashadi, shundan keyin o`qituvchi daftarlarni tekshirish, baholash uchun yig`ib oladi.
III. Yangi mavzuni bayoni.

Gullar bir jinsli yoki ikki jinsli bo`ladi.Gulda faqat urug`ochi yoki changchining о zi bo`lsa, bunday gul bir jinsli gul deyiladi (tol, gazanda, tut, qayin) Agar gulda faqat changchi bo`lsa, bunday gul changchili gul deyilad.Aksincha, gulda faqat urug`chi bo`lsa, bunday gul urugchili gul deb ataladi.

Bitta gulda ham changchi, ham umg`chi bo`lsa, bunday gul ikki jinsli gul deyiladi (o`rik, gilos, olma shaftoli) Juda ko`pchilik о`simliklarning guli ikki jinsli bo`ladi

Ayrim o'simliklarning bitta tupida ham changchi, ham umg'chi gul alohida-alohida joylashadi.Bunday o'simliklar bir uyli оsimlik deyiladi.Bunga makkajo`xorini tо1 qilib keltinsh mumkin.

Bir turdagi o`simlikning changchili gullari bir tupda va urug`chili gullari boshqa tupda bo`lsa, bunday o`simliklar ikki uyli o`simlik deyiladi. Masalan: gazanda

Gullar to`g`ri va qiyshiq gullarga bo'linadi. Agar gulqorg`on ikkitadan ortiq teng bo`lakka ajralsa, u to`g`ri gul deyiladi. Masalan, olma na'matak, behi va shaftoli guli. Agar gul faqat teng ikki bo`lakka ajralsa yoki umuman teng bo'lakka ajralmasa qiyshiq gul deyiladi. Bunga gladiolus, nastarin, isfarak, rayhon, armarak, kiyiko't, burchoq, loviya, beda va boshqalarning gullari kiradi. Demak gullar bir yoki ikk jinsli bo`ladi.

Shuni ham aytish kerakki, ayrim gullar, masalan: g`za guli olma gulidan gulkosachasining tashqi tomonidagi yirik tishchali uchta bargchasi (ostgulkosachasi) bilan farq qiladi, shuningdek, g`o`zaning urug'chisi o`ziga xos tuzilgan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

O`qituvchi o`quvchilarga vazifa beradi.

1-topshiriq

Vazifa: Tarqatilgan kartochkalarda savol yozilgan va o`simliklar nomlari yozilgan. O`quvchilar savolni o`qib ko`rib, “Beshinchisi ortiqcha” o`yinni o`ynaydilar.Qaysi guruh birinchi bo`lib topshiriqni bajarsa rag`bat kartochkasi bilan taqdirlanadi.

1.Bir jinsli gullar

Tol, tut, qayin, o`rik, granada

2.Ikki jinsli gullar:

Gilos, olma, granada, shaftoli, o`rin

3.To`g`ri gullar:

Beda, olma, na’matak, behi, shaftoli

4.Qiyshiq gullar

Nastarin, isfaran, beda, kiyin o`t, behi

O`quvchilar ishlarini tugatgach, o`qituvchi o`quvchilarga test kalitini topshiradi.Testlar 5 savollardan iborat.

2-topshiriq

O`qituvchi o`quvchilardan kitob bilan ishlash ko`nikmasini shakillantiradi. O`quvchilar darslikdan foydalanib savollarga javob yozadilar va jadvallarni to`ldiradilar.

Savollar:

1)Qanday o`simliklar bir uyli o`simliklar deyiladi?

2)Qanday o`simliklar ikki uyli o`simliklar deyiladi?

3)Qanday o`simliklar bir jinsli o`simliklar deyiladi?

4)Qanday o`simliklar ikki jinsli o`simliklar deyiladi?

5)To`g`ri gulga ta’rif bering .

6)Qiyshiq gulga ta’rif bering.


Bir uyli

Ikki uyli

Bir jinsli

Ikki jinsli

To`g`ri gul

Qiyshiq gul

Makkajo`hori

Bodring


Qovun

Tarvuz


Granada

Tol


Terak

Tol

Granada


Tut

Qayin


O`rik

Gilos


Olma

Shaftoli



Olma

Na’matak

Behi

Shaftoli



Lola

Suvyig`ar

Qo`ng`iroq gul


Gladious

Nastarin

Isfarak

Parpi


Rayhon

Kiyikno`t

Burchoq

O`qituvchi o`quvchilarga savol beradi.

Bugungi darsdan nimani bilib oldinggiz?


5. O`quvchilarni baholash.

O`quvchilar guruhdagi ishiga qarab fikrni tushuntirib bera olishiga, savollarga bergan javobiga qarab reyting asosida baholanadi.



6. Uyga vazifa berish:

Quyidagi jadvalni davom ettirish.




Har bir o`quvchi mustaqil holda botanika daftariga to`g`ri va qiyshiq gullar nomlarini yozish

To`g`i gul

Qiyshiq gul

Olma

Gladiolus

Namatak

Nastarin

Shafoli

Rayhon

Yangi ma’lumotlarni olib kelish va shu mavzuga oid ma’lumotlar bilan birga, o`simliklarning dorivorlik xususiyatlarini daftarga yozib kelish.




Z.Nasretdinova

Til va adabiyot ta’limi kafedrasi

katta o`qituvchisi

6- sinf

Ona tili

Darsning texnologik xaritasi


Fan

Ona tili

Dars mavzusi

Gapning uyushiq bo`laklari haqida ma’lumot

Davomiyligi

45 daqiqa

Dars maqsadi

Didaktik (ta’limiy)



DTS talablari asosida o‘quvchilarga

“ Gapning uyushiq bo’laklari” haqida ma’lumot berish.





Rivojlantiruvchi


O`quvchilarni mashq tahlili asosida mustaqil, ijodiy fikrlashga yo`naltirish.




Tarbiyaviy

Yangi mavzuning tahlili asosida o`quvchilarnng qalbida Vatanparvarlik tuyg`ularining shakllanishiga, a’lo o`qish ham ularning Vatan ravnaqiga qo`shgan hissasi ekanligini anglashlariga ko`maklashish.



Kutilayotgan natija

O`quvchilar darsda faol qatnashib , Gapning uyushiq bo`laklari haqida ma’lumotni o`zlashtirib oladilar.

DARS JIHOZI

Didaktik materiallar

Ona tili darsligi, plakat, kartochkalar, rag`batlantiruvchi qog`ozlar, doska, rangli bo`rlar, skoch, markerlar.


Ta’limning texnik vositalari


Videoproyektor



Dars mazmuni

T/r

Bosqich

Vaqt

Metod va faoliyatning tavsifi

1

Tashkiliy

5- daqiqa

O`qituvchinig bugungi mavzu yuzasidan kirish so`zi.

2

Yangi mavzu(O`tilganlarni takrorlash)

5- daqiqa

5- daqiqa

5- daqiqa


„Refleksiya “ metodida o`tgan mavzuni takrorlash.

”Juftlikda ishlash” metodida tarqatmadagi materialni o`rganadilar.

”Har kim har kimni o`qitadi ” metodi bo`yicha mavzu bo`yicha o`rgangan ma’lumotlarini bir birlariga o`rgatadilar.

O`quvchilar o`z o`rtoqlaridan nimani o`rganganliklari so`raladi.O`qituvchi javoblarni doskaga yoki flipchartga yozib boradi.



3

Amaliy mashg`ulot

10- daqiqa



”Har kim har kimni o`qitadi” metodi asosida ish davom ettiriladi.

4

Nazorat

10- daqiqa

“YQXO’M” metodida yangi mavzu xulosalanadi.

5

Dars yakuni

5 - qaqiqa

Dars o`qituvchinbing xulosasi bilan yakunlanadi.



I. Dars mavzusi: Gapning uyushiq bo`laklari haqida ma’lumot.

II. Dars maqsadi: 1. Ta’limiy maqsad: DTS talablari asosida o‘quvchilarga “ Gapning uyushiq bo`laklari” haqida ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: Yangi mavzuning tahlili asosida o‘quvchilarnng qalbida Vatanparvarlik tuyg`ularining shakllanishiga, a’lo o`qish ham ularning Vatan ravnaqiga qo`shgan hissasi ekanligini anglashlariga ko`maklashish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mashq tahlili asosida mustaqil, ijodiy fikrlashga yo`naltirish.

III.Dars turi:Aralash dars

IV.O`qitish metodlari:“Reflekjsiya”, “Juftlikda ishlash”, “Har kim har kimni o`qitadi”, “YQXO`M” “Suhbat”

V. Dars jihozi: Ona tili darsligi, plakat, kartochkalar, rag`batlantiruvchi qog`ozlar, doska, rangli bo`rlar, skoch, markerlar, A3 qog`ozi, Videoproyektor.
VI.Darsning borishi:

O‘qituvchi Videoproyektor yordamida o`quvchilarga bugungi mavzuning rejasi bilan tanishtiradi.



Reja:

1. Kechagi kunga nazar.

2.“Juftlikda ishlash” orqali yangi ma’lumotlarni olish.

3. “Har kim har kimni o`qitadi”

4.Birgalikda katta xirmon to`playmiz.

5. “YQXO`M” ni tinglaymiz.

6.Davra suhbati.
O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar biz siz bilan o`tgan darsda “To`liq va to`liqsiz gaplar ” haqida suhbatlshdik.Keling hozir bir daqiqa ichida o`ylanib, har biringiz o`rganilgan mavzu yuzasidan birta ma’lumotni og`zaki tarzda taqdim qilasiz.(Bunda o`qituvchi “Refleksiya ” metodidan og`zaki tarzda foydalanadi.)

O`quvchilarning javoblari quyidagicha bo`lishi mumkin:

-Gaplar o`z bo`laklarining to`la ifodalanganligi yoki ifodalanmay qolganiga ko`ra ikkiga bo`linadi.

-To`liq yoki to`liqsiz gaplar bo`lishi mumkin.

- Shoira o`zi yozgan she’rni o`qidi.(To`liq gap)

- O`zi yozgan she’rni. (To`liqsiz gap)

O`qituvchi: Hozir gapning uyushiq bo`laklari haqida suhbatlashamiz.Bunda sizlar juftlikda ishlaysizlar.Bunda har bir juftlikka bir tarqatma beriladi.Tarqatmadagi materialni o`rganib, yoningizda o`tirgan ikkinchi bir juflik bilan ma’lumot almashasizlar.(Bunda o`qituvchi “Har kim har kimni o`qitadi” metodi asosida ish olib boradi.)

O`tkazish tartibi:

1.Har bir juftlikka mavzuga oid dalil va faktlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi.

2.Bir necha daqiqa ichida o`quvchilar mavzuga doir ma’lumotlarni daftarlariga yozadilar.(O`qituvchi sinf ichida aylanib yurib, o`quvchilar topshiriqni qanday tushunganliklarini kuzatadi.)

3. O`quvchilar to`plagan ma’lumotlarini orqasida o`tirgan sinfdoshlari bilan muhokama qilishlari taklif qilinadi.Mashq har bir juftlik ikkinchi bir juftlikka gapirmagunicha davom etadi.

4.O`quvchilar bir vaqt kesimida faqat bir juftklik bilan suhbatlashadi.Vazifa shunday qo`yiladiki , o`quvchilar yangi ma’lumotlarni boshqa o`quvchilardan bilib oladilar.

5.Mashqni bajarib bo`lganlaridan so`ng, o`quvchilar o`z o`rtoqlaridan nimani o`rganganliklari so`raladi.O`qituvchi javoblarni doskaga yoki flipchartga yozib boradi.

Bugungi mavzu yuzasidan tarqatmalar:

Birinchi tarqatma

Gapda bir xil sintaktik vazifa bajarib, bir xil so`roqqa javob beruvchi , o`zaro teng aloqada , boshqa bo`laklar bilan esa tobe aloqada bo`lgan bo`laklar uyushiq bo`laklar deyiladi.

Ikkinchi tarqatma

Uyushiq bo`laklar o`zaro teng bog`lovchilar yoki tenglasahish ohangi orqali birikadi.

Uchinchi tarqatma
Uyushiq bo`laklar bir - biridan pauza bilan ajralib, sanash ohangi bilan aytiladi.Har bir uyushiq bo`lakning o`z ayrim uyushiq bo`lagi bo`ladi.

To`rtinchi tarqatma


Gapning kesimi va egasi ham , ikkinchi darajali bo`laklari ham uyushib kelishi mumkin.

Beshinchi tarqatma

Uyushiq kesimlar: Shavkat yozdi, o`qidi va dam oldi.

Oltinchi tarqatma

Uyushiq egalar:Siz bilan biz ulug` ishga bel bog`ladik.

Yettinchi tarqatma

Uyushiq hol: Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi.

Sakkizinchi tarqatma

Uyushiq to`ldituvchi:Taram – taram olmalarni, asl nashvattilarni, po`sti yupqa luchchak shaftolilarni, quymoqqa o`xshash anjirlarni aytmaysizmi, bay-bay.

To`qqizinchi tarqatma

Uyushiq aniqlovchilar:Chaqaloq kichkina , oppoq va dumaloq qo`llarini cho`zib, menga talpinar edi.
O`quvchilar berilgan vaqt davomida topshiriqni bajarib bo`lishgach, “Har kim, har kimni o`qitadi ” metodi bo`yicha yangi o`zlashtirilgan ma’lumotlarning mustahkamlash jarayoni boshlanadi.

O`qituvchi , hurmatli o`quvchilarlar, mana bir – biringizdan ko`p ma’lumotlarni o`rgandingiz deb o`ylayman.Keling , biz ham paxtakorlarga o`xshab , bilgan ma’lumotlarimizdan katta xirmon yasashga harakat qilamiz.

Endi navbat darsimizninmg “ Birgalikda katta xirmon to`playmiz ” sahifasiga.Siz o`z o`rtoqlaridan nimani o`rganganliklaringizni aytib turasiz, men esa javoblarni doskaga yozib boraman.(Bu vaqtda barcha o`quvchilar daftarlariga doskaga yozilayotgan ma’lumotlarni yozib boradilar)

Darsimizning oxirgi sahifalaridan biri juda ajoyib nom bilan sahifalangan.

“YQXO`M” ni tinglaymiz.
YQXO`M” metodi.

Bu metod o`quvchilarning darsdan olgan taassurotlarini tez aniqlashga imkon beradi.Uning qiziqarli nomi quyidagi so`zlarning bosh harflari yig`indisidan iborat.

Yaxshi……

Qiziq……..

Xalaqit berdi………

O`zim bilan olib ketaman…….

Mening kayfiyatim……

Bunda siz 223 – mashqni o`qib , undagi uyushiq bo`laklarni hamda mashq matnidan siz uchun Yaxshi, Qiziq, Xalaqit bergani, O`zingiz bilan olib ketadigan ma’lumotlar va Mening kayfiyatim bugungi dars yuzasidan kabi ma’lumotlarni bayon qilasiz.(Bu topshiriq ham juftlikda bajariladi.)

Bir juftlikning “YQXO`M” metodi bo`yicha taqdimoti quyidagicha bo`lishi mumkin.

Yaxshi,Salomatning singlisi, Akramning ukasi – 6- sinf a’lochilari ekanligi, chunki Salomat ham Akram ham mening sinfdoshim.Singlisi bilan ukasi uyushib kelayotgani men uchun yaxshi.

Qiziq, “Har kim har kimni uyushiq bo`laklar bo`yicha o`qitganda ” barcha sinfdoshlarimiz o`qituvchi rolida o`zini tekshirib ko`rdi.

Xalaqit berdi, uyushiq bo`laklarni o`rganayotganimda gap bo`laklari haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligim.

O`zim bilan olib ketaman, Gapning kesimi va egasi ham , ikkinchi darajali bo`laklar ham uyushib kelishini olib ketamiz.

Mening kayfiyatim, juda yaxshi, chunki sinfdoshlarim bilan hamkorlikda ishlab yangi mavzuni o`zlashtirishga harakat qildik.

Davra suhbatida o`qituvchi “YQXO`M” metodi bo`yicha o`quvchilarning bugungi mavzu yuzasidan fikrlarini eshitib, darsni xulosalaydi.

Faol qatnashgan o`quvchilar takomillashtirilgan reyting tizimida ballar asosida baholanadi.

Z.Nasretdinova

Til va adabiyot ta’limi kafedrasi

katta o`qituvchisi

Adabiyot 6-sinf

Mavzu: O`. Hoshimovning “Dunyoning ishlari” .

Darsning texnologik xaritasi



Fan

Adabiyot

Dars mavzusi

Dunyoning ishlari .

Davomiyligi

45 daqiqa

Dars maqsadi

Didaktik (ta’limiy)



DTS talablari asosida o‘quvchilarga O`.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida ma’lumot berish.


Tarbiyaviy



Yangi mavzu asosida o`quvchilarda milliy qadriyatlarimizdan onani ulug`lash, qadrlash ko`nikmalarini shakllantirishga ko`makllashish


Rivojlantiruvchi


O`quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo`naltirish, “Dunyoning ishlari”qissasining matni asosida matn tahlil qilish ko`nikmalarini shakllantirish, hamda o`z taqdimotini asosli sharhlashga yo`naltirish.O`quvchilarni matn tahlili asosida mustaqil, ijodiy fikrlashga yo`naltirish.Hamkorlikda ishlash orqali bir-birini eshitish, tinglash va taqdimotlar olib borish asosida muomala qilish ko`nikmalarini shakllantirish.


Kutilayotgan natija

O`quvchilarni darsda faol qatnashib ,O`.Hoshimovning “Dunyoning ishlari”ning mazmunini o`zlashtirib oladilar.

DARS JIHOZI

Didaktik materiallar

«Dunyoning ishlari » hikoyasi bo`yicha tayyorlangan tarqatma materiallar, flipchart (katta bichimli) qog`ozlari, markerlar, skotch, slaydlar, oddiy qalam (sinfdagi o`quvchilar soni bilan teng miqdorda), mavzuga oid adabiyotlar, lug`at, darslik.

Ta’limning texnik vositalari


Videoproyektor



Dars mazmuni

T/r

Bosqich

Vaqt

Metod va faoliyatning tavsifi

1

Tashkiliy

4- daqiqa

O`qituvchinig bugungi mavzu yuzasidan kirish so`zi.Bunda o`qituvchi darsning rejasi bilan tanishtiradi O`quvchilarni o`qituvchining o`zi bilgan usulida guruhlarga bo`ladi.

.


2

Yangi mavzu(O`tilganlarni takrorlash)

3- daqiqa

5-daqiqa


12-daqiqa



Yozuvchi ijodi bo`yicha o`qituvchining kichkina ma’ruzasi.

Har bir guruh o`tgan mavzuni eslab , o`zinig ijobiy fikrlar piramidasini yasaydi. O`quvchilar piramida yasash uchun davra bo’lib turadilar.Guruh sardorining oldinga cho`zilgan qo`li, uning asosi bo`ladi. Qolgan o`quvchilar boshlovchining qo`li ustiga qo`llarini qo`yib, “O`tkir Hoshimovning ijodi to`g`risida bir fikr aytadi .”Qancha ko`p fikr aytilsa piramidaning cho`qqisi baland bo`lib, o`rganilayotgan mavzu mustahkamlanadi.

“Ikki qismli kundalik” metodida matn tahlil qilinadi. Har bir guruhga alohida tarqatma beriladi, unda “Dunyoning ishlari” qissasining Gilam paypoq hikoyasi qismlarga bo`linib, tarqatmalarga yozilgan bo`ladi. “Ikki qismlik kundalik” metodi asosida tahlil qilinadi.

Guruh taqdimoti.

”Ikki qismlik kundalik” usulida quyidagicha tartibda ish olib boriladi.Fikr -qismida kartochkadagi so`zlar yoziladi,sharh- qismida guruh ishtirokchilari hamkorlikda matn mazmuni bo`yicha tushunchalarini izohlab yozadilar.(O`qituvchi o`quvchilar bilan hamijodkor bo`lib, barcha guruhga yordam beradi, maslahatlar beradi, lekin o`qituvchining fikri hukmron bo`lmaydi, u faqat yo`nalish beradi.)


3

Amaliy mashg`ulot

12- daqiqa

Guruh taqdimoti.

Har bir guruhdan bir o`quvchi “ikki qismlik kundalik” bo`yicha bajargan topshirig`ini taqdim qiladi.O`qituvchi boshqa guruh ishtirokchilari bilan hamkorlikda topshiriq qay darajada bajarilganligini kuzatib , to`ldirib boradilar.




4

Nazorat

6- daqiqa

3/3 metodida mustahkamlash.Bunda quyidagi ish olib boriladi.

O`rganilgan mavzu yuzasidahn topshiriq beriladi.

Topshiriq: Har bir guruh ”3/3 metodi” bo`yicha bugungi mavzu yuzasidan 3ta aniq ma’lumot va 3 ta mos kelmaydigan ma’lumotni yozadi.Ma’lumotlarni joylashtirish tartibi chalkashtirilgan bo`lishi shart.Bir guruhning ma’lumotlari ikkinchi bir guruh tekshiradi.Ular aniq ma’lumotlarga belgi qo`yishlari kerak.

Berilgan vaqt o`z nihoyasiga yetgach tekshirgan guruh taqdimotga chiqadi.Taqdimot vaqtida har bir guruh o`z ishining to`g`i yoki no`to`g`ri tahlil qilinganligini kuzatib tasdiqlab turadi.




5

Dars yakuni

5 - daqiqa

Dars o`qituvchinbing xulosasi bilan yakunlanadi.Bunda o`qituvchi “Suhbat” metodidan foydalangan holda ish olib boradi. Guruhdagi o`quvchilar takomillashtirilgan reyting tizimida ball asosida baholanadi. Uyga vazifa qilib O`, Hoshimovning ”Dunyoning ishlari ” qissasini o`qib kelish topshirig`i beriladi.



I. Dars mavzusi: O`. Hoshimovning “Dunyoning ishlari” .

II.Dars maqsadi: 1. Ta’limiy maqsad: DTS talablari asosida o`quvchilarga O`.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida ma’lumotha berish.

2.. Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo`naltirish, “Dunyoning ishlari”qissasining matni asosida matn tahlil qilish ko`nikmalarini shakllantirish, hamda o`z taqdimotini asosli sharhlashga yo`naltirish.

3.Tarbiyaviy maqsad: Yangi mavzu asosida o`quvchilarda milliy qadriyatlarimizdan onani ulug`lash, qadrlash ko`nikmalarini shakllantirishga ko`makllashish

III.Dars turi: Aralash dars

IV. O`qitish metodlari: “Ijobiy fikrlar piramidasi”, “Ikki qismli kundalik”, “3/3 metodi”, “Suhbat” , “Guruhlarda ishlash”.

V. Dars jihozi: Adabiyot darsligi, plakat, kartochkalar, rag`batlantiruvchi qog`ozlar, doska, rangli bo`rlar, skoch, markerlar.

Darsning asosiy tushuncha va atamalari:

- Gilam paypoq olib kelaman;

- Ha, endi keksalik- da, o`rgilay;

- Voy, endi nima qilaman!

-Oyoqlari shishib , azob berar edi;



Kutiladigan natija: O`quvchilarni darsda faol qatnashib ,O`.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” hikoyasining mazmunini o`zlashtirib oladilar . Nutq so`zlash ko‘nikmasini shakllantirish, o`z fikrini faol tarzda asosli dalillar orqali ifodalashga yo`naltirish, hikoyani tahlil qilish orqali matn mag`zini chuqur anglab olib, o`zi yashab turgan hayot bilan taqqoslab kerakli xulosalarni chiqara olishi.

Darsning borishi

Bu dars quyidagi reja asosida o`tkaziladi

1.“Suhbat ” metodi asosida o`qituvchining kirish so`zi.

2.Guruhlarga bo`lish.

3.Ijobiy fikrlar piramidasi yasaladi.

4.“Ikki qismlik kundalik” metodi asosida matn tahlili.

5.3/3 metodida mustahkamlash.

6.Davra suhbati.



Birinchi bosqich:

O`qituvchining kirish so`zi:Hurmatli o`quvchilar,o`zbek adabiyotida o`zining “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning so`nggi kuni”dek dilbar hikoyalari va “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” kabi qissalari, “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”, hamda “Inson sadoqati”, “To`ylar muborak”, “Qatag`on” singari drammalari orqali munosib o`ringa ega O`.Hoshimov haqida ma’lumotga egamiz. Bugun biz, siz bilan uning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida suhbatlashamiz.

Rangli kartochkalar yordamida o`quvchilarni guruhlarga bo`lish. O`quvchilarning sonidan kelib chiqib tarkibida 5-7 o`quvchidan iborat guruhlar tarkib toptiriladi. ) Har bir guruh o`ziga nom qo`yib, guruh shiorini va sardorini saylaydi.)

Ikkinchi bosqich:

Har bir guruh o`tgan mavzuni eslab , o`zinig ijobiy fikrlar piramidasini yasaydi. O`quvchilar piramida yasash uchun davra bo`lib turadilar.Guruh sardorining oldinga cho`zilgan qo`li, uning asosi bo`ladi. Qolgan o`quvchilar boshlovchining qo`li ustiga qo`llarini qo`yib, “O`tkir Hoshimovning ijodi to`g`ri sida bir fikr aytadi .”Qancha ko`p fikr aytilsa piramidaning cho`qqisi baland bo`lib, o`rganilayotgan mavzu mustahkamlanadi.

Masalan,bir guruhning “Ijobiy fikrlar piramidasi ” quyidagicha bo`lishi mumkin.

Bir o`quvchining fikri: “O`tkir Hoshimov 1941 yil tug`ilgan.ikkinchi o`quvchi : “Ustoz Said Ahmad unga bag`ishlab “Ijod va jasorat” maqolasini yozgan”Uchinchisi : “Yozuvchi bizning zamondoshimiz bo`lgani bilan faxrlanamiz” To`rtinchisi: “U hikoyalari va qissalari bilan mashhur”va hokazo kabi fikrlar bildiriladi.



Uchinchi bosqich:

Har bir guruhga alohida tarqatma beriladi, unda “Dunyoning ishlari” qissasining Gilam paypoq hikoyasi qismlarga bo`linib, tarqatmalarga yozilgan bo`ladi. “Ikki qismlik kundalik” metodi asosida tahlil qilinadi.

Guruh taqdimoti.

”Ikki qismlik kundalik” usulida quyidagicha tartibda ish olib boriladi.Fikr -qismida kartochkadagi so`zlar yoziladi,sharh- qismida guruh ishtirokchilari hamkorlikda matn mazmuni bo`yicha tushunchalarini izohlab yozadilar.(O`qituvchi o`quvchilar bilan hamijodkor bo`lib, barcha guruhga yordam beradi, maslahatlar beradi, lekin o`qituvchining fikri hukmron bo`lmaydi, u faqat yo`nalish beradi.)

Birinchi tarqatma:

Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelaman.Kavkaz tomonda ko`p bo`ladi.Juba deyishadi, jurabi deyishadi.Oyim noyob narsaga ega bo`lganidek, uzundan – uzoq duo qiladi.Shundoq mehribon o`g`li borligini aytib qo`shnilarga maqtanadi.

Ikkinchi tarqatma:

Oyimning oyog`i kasal.Salqin tushishi bilan shishib ketadi, og`riydi,

Qo`ni – qo`shnilar ahvol so`rasa, ularniyam, o`ziniyam yupatadi.

- Ha, endi keksalik-da, o`rgilay.Lekin onamning oyoq og`rig`i faqat keksalikdan emas.

Uchinchi tarqatma :

Bolaligimda ko`p kasal bo`lar edim: ko`k yo`tal, bezgak, ..Shuning uchun oshxonadagi mixda ko`k qarg`aning patidan tortib, gultojixo`rozgacha ilig`liq turardi. Oyog`im zaxga tegishi bilan tomog`im og`rishga tushadi.Oyoq bilan tomoqning nima aloqasi borligini haliyam tushunolmayman.

To`rtinchi tarqatma:

Bir kuni akalarim bilan yaxmalak o`ynab terlab ketdim. Terlab turib muz yedim.Kechqurun isitmam ko`tarildi.Tomog`im hippa bo`g`ib qo`ydi.Hushimdan keta boshlaganimda onamning chirqillab yig`laganini eshitdim

Beshinchi tarqatma:

Oyog`ingizdan ayrilibsiz-k1 – dedi Hoji buvi boshini chayqab.Oyimning kalishini ichi qorga to`la edi.Qarg`aning miyasini chaqib surmasangiz, cho`loq bo`lib qolasiz.Oyimning ikkala oyog`i qip- qizil g`o`sht edi.



  • Sovuq yegani yo`q, - dedi sekin.-Qaytaga isib ketdi.

Hoji buvi uning oyog`ini uqalab ko`rdi.

  • Sezyapsizmi?

Nimani ? – dedi oyim oyog`iga emas, menga qarab.

Masalan, bir guruhning taqdimoti quyidagicha bo’lishi mumkin.

Namuna:

Fikr

Sharh

Oyog`ingizdan ayrilibsiz-ku – dedi Hoji buvi boshini chayqab.Oyimning kalishini ichi qorga to`la edi.Qarg`aning miyasini chaqib surmasangiz, cho`loq bo`lib qolasiz.Oyimning ikkala oyog`i qip- qizil g`o`sht edi.



  • Sovuq yegani yo`q, - dedi sekin.-Qaytaga isib ketdi.

Hoji buvi uning oyog`ini uqalab ko`rdi.

  • Sezyapsizmi?

Nimani ? – dedi oyim oyog`iga emas, menga qarab.



Ushbu parchada ona o`z bolasini davolash uchun o`zini unutganini ko`ryapmiz.Qish fasli. Hammayoq qor bilan o`ralgan . Ona bolasini davolatish uchun Hoji buvinikiga qorlarni bosib kelgan.Faqat bolani o`ylagan onaizor, oyog`ini sovuqqotganini sezmagan. Hattoki qizarib ketgan, agar Hoji buvi aytmaganda, hali o`zi buni sezmaydigan darajada.Bu yerda o`zbek onalariga xos mehr – muhabbat hayotiy tarzda ifodalangan.

Guruh taqdimoti.

Har bir guruhdan bir o`quvchi “ikki qismlik kundalik” bo`yicha bajargan topshirig`ini taqdim qiladi.O`qituvchi boshqa guruh ishtirokchilari bilan hamkorlikda topshiriq qay darajada bajarilganligini kuzatib , to`ldirib boradilar.

To`rtinchi bosqich:

O`qituvchi hikoyadagi tahlil qilinmay qolgan qismlarini og`zaki tarzda , o`quvchilar bilan birgalikda tahlil qiladilar.



Beshinchi bosqich:

3/3 metodida mustahkamlash.Bunda quyidagi ish olib boriladi.

O`rganilgan mavzu yuzasidahn topshiriq beriladi.

Topshiriq: Har bir guruh ”3/3 metodi” bo`yicha bugungi mavzu yuzasidan 3ta aniq ma’lumot va 3 ta mos kelmaydigan ma’lumotni yozadi.Ma’lumotlarni joylashtirish tartibi chalkashtirilgan bo`lishi shart.Bir guruhning ma’lumotlari ikkinchi bir guruh tekshiradi.Ular aniq ma’lumotlarga belgi qo`yishlari kerak.

Berilgan vaqt o`z nihoyasiga yetgach tekshirgan guruh taqdimotga chiqadi.Taqdimot vaqtida har bir guruh o`z ishining to`g`ri yoki no`to`g`ri tahlil qilinganligini kuzatib tasqiqlab turadi.

Masalan bir guruhning bugungi mavzu yuzasidan ”3/3 metodi ” bo`yicha yozgan ma’lumoti quyidagicha bo`lishi mumkin.

1.Har yili Kavkazga dam olishga borganda onasiga gilam paypoq olib kelar edi.

2.Qo`ni – qo`shnilar ahvol so`rasa, ularga yolg`on gapirib,

- Ha, endi oyog`imni sovuq olgan, deb qo`yar edi.

3.Lekin onamning oyoq og`rig`i faqat keksalikdan edi.

4. Oyog`ingizdan ayrilibsiz-ku – dedi Hoji buvi boshini chayqab.

5.Oyimning etikini ichi suvga to`la edi.

6.Qarg`aning miyasini chaqib surmasangiz, cho`loq bo`lib qolasiz.

(1, 4,6 – javoblar to`g`ri; 2,3,5- javoblar xato;)


Beshinchi bosqich:

Bu bosqichda o`qituvchi davra suhbati olib boradi. Bunda o`quvchilar davra bo`lib o`tiradilar.

O`qituvchining savollari:

1.Nima uchun qahramonimiz har yili oyisiga gilam paypoq olib kelar edi?

2.Onaning hatti – harakatini qanday izohlaysiz?

3.Nima uchun ”Ona – ulug` zot” deb aytamiz?

4.Siz onangizga qanday yordam berasiz?

O`quvchilar bugun o`rgangan ma’lumotlarini yana bir marta eslab takrorlaydilar.

Uyga vazifa qilib O`, Hoshimovning ”Dunyoning ishlari ” qissasini o`qib kelish.

Dars o`qituvchinig xulosasi bilan yakunlanadi.



Jumaniyozova To`tijon

Tabiiy va aniq fanlar ta`limi

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish