Xom- ashyo hisoblanadi. Don ekinlaridan inson uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari un va yorma ishlab



Download 0,54 Mb.
bet1/11
Sana18.06.2021
Hajmi0,54 Mb.
#69576
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gulsara apka


I Kirish

Don – oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda muhim xom- ashyo hisoblanadi. Don ekinlaridan inson uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari – un va yorma ishlab chiqariladi.

Don – bu yuqori kaloriyali ozuqa. Uning tarkibida inson orga- nizmi uchun qimmatli bo‘lgan organik moddalar mavjud. Donning asosini oqsil va uglevodlar tashkil etadi. Xususan, donli ekinlar tarki- bida 10–15 %, dukkakli ekinlar donida 28–30 % yuqori sifatli oqsillar mavjud. Bundan tashqari, don va undan olinadigan mahsulotlar vitaminlar va mineral moddalarning muhim manbayi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida ekiladigan maydoni jihatidan ham don ekinlari birinchi o‘rinni eg‘allaydi. Butun dunyodagi qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan umumiy maydon bir milliard gektarni tashkil qilsa, shundan 70 %dan ortig‘i don ekiladigan maydon hisoblanadi.

Don ekinlari ikki guruhga bo‘linadi: kuzgi va bahorgi. Kuzgi don ekinlari kuzda ekiladi va keyingi yilning yozida hosil beradi. Bahorgi don ekinlari esa bahorda ekiladi va hosili shu yilning yozi yoki kuzi- da yig‘ib olinadi.

Bug‘doy – inson uchun eng muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi va Yer kurrasi aholisining asosiy qismi (70 %) bug‘doy unidan tay- yorlangan mahsulotlarni iste’mol qiladi. Undan tayyorlangan oziq- ovqat mahsulotlari mazali, to‘yimli, yaxshi hazm bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, g‘alla mustaqilligining qo‘lga kiritilishi mamlakatimiz aholisini nafaqat un va non mahsulotlari bilan ta’minlash, ayni paytda uning go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ravishda o‘z hisobimizdan qondirish masalasini ham hal qilish imkonini berdi».1

Bugungi kunda har yili mamlakatimizda yetishtirilayotgan boshoqli don xirmoni 6 million tonnadan oshib ketmoqda.

Bug‘doy ekini 10 ming yildan beri ma’lum. Yevropada bu ekin 4–5 ming yillardan beri ekilmoqda, Janubiy Amerikaga XVI asrning boshlarida keltirilgan. Bizda eramizdan 4-5 ming yil avval qadimiy Movarounnahr joylashgan yerlarda ekilib kelingan.

Bug‘doy yetishtirilayotgan qit’alar Yevropadan boshlab to Avs- traliya, Afrikaning janub nuqtasigacha va butun Janubiy Amerika- gacha tarqalgan. Bug‘doyni baland tog‘larda ham yetishtirilishi is- botlangan, masalan, Ximalayda dengiz sathidan 3000–4000 m ba- landlikda ham hanuzgacha bug‘doy etishtiriladi.

Bugungi kunda bug‘doy yetishtirish bilan dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari shug‘ullanadi va jahon dehqonchiligida maydoni va ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha bu ziroat ekini birinchi o‘rinda turadi. Bug‘doy ekin sifatida AQSH, Kanada, Avstraliya, Argentina, Is- paniya, Turkiya, Xitoy, Fransiya, Hindiston, Germaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda katta maydonlarda ekiladi. Bug‘doy donida 11–20 % oqsil, 67–75 % kraxmal, 2 % yog‘ va shuncha miqdorda kul modda bo‘ladi.



Bug‘doy doni anatomik qismlarining nisbati o‘rtacha quyidagicha: hosil va urug‘ po‘stlari – 5,5–7,5 %, aleyron qatlam – 7,5–10 %, murtak – 1,5–3,0 % va endosperm – 81–83 %ni tashkil etadi.

Yumshoq bug‘doy 3 toifa bo‘ladi: birinchisi – kuchli (1-2 sinf). Jahon tajribasida «kuchli bug‘doy» deb, unidan xamir tayyorlanib, ma’lum non pishirish texnologik jarayonidan so‘ng mag‘zi yaxshi g‘ovakli, hajmi va shaklini saqlab qoluvchi non olinadigan bug‘doyga aytiladi. Bunday bug‘doylarni non yopishda sifati past bo‘lgan bug‘doy turlariga aralashtirilganda, yaxshi sifatga ega bo‘lgan un aralashmasini hosil qilish mumkin («Demetriya», «Ofeliya», «Ski- fyanka», «Kupava», «Yuna» va boshqalar); ikkinchisi – o‘rta (3 sinf): bunday bug‘doylardan «kuchli bug‘doy»ni aralashtirmasdan yaxshi non olishda foydalaniladi. Shu xususiyatlari uchun bunday bug‘doy navlari (respublikamizda ekilayotgan aksariyat navlar) qim- matbaho hisoblanadi; uchinchisi – kuchsiz bug‘doydan past sifat- ga, ega bo‘lgan non olinadi. Undan yuqori sifatli non olish uchun «kuchli bug‘doy» qo‘shiladi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish