Xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish



Download 28,9 Kb.
bet1/2
Sana04.08.2021
Hajmi28,9 Kb.
#138437
  1   2
Bog'liq
xizmat boyicha cheklash


Mavzu: Xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish.

Reja:


  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

    1. Xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish tushunchasi.

    2. Xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi.

    3. Xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish bo’yicha harbiy qism komandirining vazifalari.

  3. Xulosa.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
O’zbekiston Respublikasi rivojlangan mamlakatlar ichida o’zining Konstitutsiyasi va amalga oshirayotgan islohotlari bilan o’ziga xos nufuzga ega. Jumladan, mustaqillikning o’tgan qisqa davri mobaynida sud-huquq islohoti sohasida amalga oshirilgan ishlar ko’lami bir necha o’n yilliklarga tengki, uni alohida o’rganib chiqishni davrning o’zi taqozo etmoqda.

Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan 1997-yil 25-aprelda O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroya kodeksi1 qabul qilinib, 1997-yil 1-oktabr kuni kuchga kiritilgan. Ta’kidlash joizki, O’zbekistonning mustaqillik davridagi birinchi Jinoyat-ijroya kodeksi nafaqat tuzilishi, balki mazmuni bo’yicha ham avvalgi sho’rolar tuzumida amalda bo’lgan 1970-yil 24-iyundagi Axloq tuzatish mehnat kodeksidan tubdan farq qildi. Uning biror-bir moddasi avvalgi kodeksidagi moddani takrorolamaganligini takidlashning o’zi tubdan farq qilinganligini anglatadi. Ushbu Jinoyat- ijroya kodeksi jinoyat kodeksida belgilab berilgan aniq prinsiblarga asoslangan xolda, xalqaro normalar talablarini inobatga olingan holda ishlandi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tomonlaridan qonunlarni ishlashda va qabul qilinishida insonparvarlashtirishda va liberalizatsiyalashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratish fikrlari jinoyat-ijroya huquqi normalarini tuzilishida ham inobatga olingan holda ishlandi.

Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 25-aprelda O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroya kodeksi2 qabul qilinib, 1997-yil 1-oktabr kuni kuchga kiritildi. Ta’kidlash joizki, O’zbekistonning mustaqillik davridagi birinchi Jinoyat-ijroya kodeksi nafaqat tuzilishi, balki mazmuni bo’yicha ham avvalgi sho’rolar tuzumida amalda bo’lgan Axloq tuzatish mehnat kodeksidan tubdan farq qildi. Uning biror–bir moddasi avvalgi kodeksdagi moddani takrorlamaganligini ta’kidlashning o’zi tubdan farq qilganligini anglatadi. Ushbu Jinoyat-ijroya kodeksi jinoyat kodeksida belgilab berilgan aniq prinsiplarga asoslangan holda, xalqaro normalar talablarini inobatga olingan holda ishlandi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonlaridan qonunlarni ishlashda va qabul qilinishida insonparvarlashtirish va liberali-zatsiyalashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratish fikrlari jinoyat-ijroya huquqi normalarini tuzilishida ham inobatga olingan holda ishlandi.

Xususan, 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqida”gi qonun sud-huquq tizimini takomillashtirishga o’ziga xos asos bo’lib xizmat qildi. Ushbu qonunning mazmun-mohiyati jinoyat-ijroya qonunlariga ham kiritildi.

Xuddi shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4850-son farmonida sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo’lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash nazarda tutildi.

Jumladan unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2017 yilning 1 aprelidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan muqobil jazo turlarini qo’llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatilishi belgilandi. Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksi 46-moddasiga muvofiq qamoq shaxsni batamom ajratgan sharoit ostida saqlashdan iborat bo’lgan jazo turi hisoblanadi va jinoyat uchun javobgarlik belgilangan normalarning 205 tasidan qariyb 50 % ko’prog’ida (115 tasida) belgilangan.

Mazkur jazoning chiqarib tashlanishi - ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jamiyatdan, ularning oilasidan ajratmagan holda axloqini tuzatishga kengroq imkoniyat yaratib beradi. Jinoyat qonunchiligidan qamoq jazosining chiqarilishi natijasida jazo tizimiga jamoat ishlari kabi yangi muqobil jazolar kiritilishi mumkin. Jinoiy jazolar tizimidan qamoq kabi nisbatan qattiq bo’lgan ta’sir chorasi chiqarilayotganligi jinoiy jazolarni liberallashtirishga, huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish ta’sir choralarining ilg’or shakl va uslublarini keng qo’llash bo’yicha olib borilayotgan siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi.

“Jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi bu choralar natijasida O’zbekistonda hozirgi kunda qamoqdagilar soni jahon miqyosida eng past ko’rsatkichni, ya’ni har 100 ming nafar aholiga 166 kishini tashkil qiladi. Qiyoslash uchun aytish mumkinki, Rossiyada bu ko’rsatkich 611 kishini, AQShda 738 kishini tashkil etadi. Mamlakatimizda so’nggi o’n yil ichida ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahbuslar soni ikki barobardan ko’proq kamayganining o’zi ham bu sohada olib borilayotgan islohotlarimizning qanday ijobiy natijalar berayotganidan dalolatdir” O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2003-yilning 26-sentabrida e’lon qilgan “Birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga sudlangan shaxslarning jazo o’tash sharoitlarini liberallashtirish to’g’risida”gi farmoni sud-huquq islohotlari va jinoyat qonunini liberallashtirishning navbatdagi bosqichi jarayonida, uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etib, birinchi marta sudlangan shaxslar ozodlikdan mahrum etish jazosini manzil-koloniyalarda, o’ta og’ir jinoyat sodir etib, birinchi marta sudlanganlar esa umumiy tartibli koloniyalarda o’tashlari belgilandi. Jinoiy jazolarni ijro etishda va jazodan ozod qilishda mahkumlarning mahkumlarning axloqan tuzalishiga e’tibor qaratilishi Jinoyat-ijroya kodeksining 7-moddasida aniq belgilab berilganligi kodeksning barcha moddalari mazmun-mohiyatida inobatga olinishi ta’minlandi.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan har yili taklif etilib, O’zbekiston Respublikasi Senati tomonida qabul qilingan Amnistiya qonunining qabul qilinishi jazolarni ijro etishning insonparvarlik, odillik prinsiplarining amaliy ifodasidir.

O’zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida xalqaro andozalarga mos barcha talablarga javob bera oladigan qonunlarni qabul qilish vazifasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Har qanday davlat kabi mamlakatimizda jinoyatchilikdan butunlay xalos bo’lish imkoniyati mavjud bo’lmasada, lekin uning oldini olish, unga qarshi kurashni, jinoyatchilik miqdorini kamaytirish va jinoiy qilmish sodir etganlarni jazolash masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Davlatning ravnaqiga, uning rivojlanishiga jiddiy to’siq hisoblanuvchi jinoyatchilikka qarshi adolatli qonunlarni qo’llash orqali kurashish kutilgan samarani beradi. Jinoyatchilik ijtimoiy tarixiy hodisa, u har bir davrda o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, hozirgi sud-huquq islohotlarining yangi bosqichida mahkumlarning xulq-atvorini tuzatish, jazoning maqsadlariga erishish va h.k. masalalar o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.




Download 28,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish