Xitoy xalqining Yapon bosqinchilariga qarshi 1937-1945 yillardagi milliy ozodlik urushi



Download 15,54 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi15,54 Kb.
#303

Aim.uz

Xitoy xalqining Yapon bosqinchilariga qarshi 1937-1945 yillardagi milliy ozodlik urushi.

1937 yil iyulda Yaponiya butun Xitoyni bosib olish maqsadida yangi keng ko‘lamda hujum boshladi. Harbiy harakatlarni boshlanib ketishiga Pekin yaqinidagi Lugoutsyao ko‘prigidagi yapon harbiylarini ivg‘orona 7 iyuldaga harakati bahona bo‘lib xizmat qildi. Xitoy qo‘shinlari bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatishdi. 8 yilga cho‘zilgan Xitoy – Yapon urushi boshlandi. Yaponiya tomonidan boshlangan bu urush Xitoyning o‘z mustamlakasiga aylantirish maqsadidagi imperialistik urush edi. Xitoy xalqi uchun bu urush adolatli ozodlik urushi xarakteri kasb etdi. Xitoy xalqi yapon militaristik mamlakat hududidan haydab chiqarish , o‘z milliy mustaqilligi uchun kurashdi. Urush boshlangan kunning ertasiga XKP butun xalqni yapon agressorlariga qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi. “Bizda faqat bir yo‘l bor bu yapon bosqinchilariga qarshi umummilliy urushdir” deyilgan edi XKP ning 1937 yil 8 iyuldagi chaqiriqlarida. Shuningdek, XKP chaqiriqlarida yapon banditlari bosqiniga qarshi kurashda Gomindan bilan chuqur hamkorligi haqida gapiriladi. 15 iyulda Lushanda Chjou – En –Lay va Chan Kay Shi o‘rtasida muzokaralar bo‘ldi, unda XKP MKning ikkala partiya hamkorligi haqidagi murojaatnomasi Gomindanga topshirildi.

Millat hayot mamoti hal bo‘layotgan hozirgi vaziyatda faqat milliatni jipsligi bilan yapon imperializmi bosqinchiligini sindirib tashlash mumkin deyiladi bu hujjatda. Butun mamlakatni qamrab olgan vatanparvarlik ko‘tarinkiligi ta’sirida , shuningdek, XKP murojaatiga javoban Chan Kay Shi 17 iyulda Lushanda murojaat bilan chiqdi, unda shunday deyiladi : “Madomiki urush boshlanayaptimi, endi butun, mamlakat kattadan kichikkacha kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ona yerimizni himoya qilib yapon bosqinchilariga qarshi urush olib bormog‘i zarur”. Bu Gomindanning ko‘p yillar davomida 1- chi haqiqatdan to‘g‘ri tashqi siyosat masalalaridagi deklaratsiyasi edi.

Muzokaralar borayotgan bir vaqtda bu yerda 100 ming kishilik zarbdor gruppirovkani to‘pladi va iyul oxirida Pekin va TYAnszinga hujum boshladilar. Gomindan qo‘shinlari ustun bo‘lgan yapon kuchlari siquviga dosh berolmay 28 iyulda Pekinni 29 iyulda Tyanszinni tashlab chiqdilar. Pekin va Tyanszinni egallanishi yapon armiyasiga xitoy ichkarisiga tomon yo‘l olib berdi.

Urush boshida Xitoy uchun noqulay xalqaro vaziyat vujudga keldi. AQSH, Angliya, Fransiya, Yapon agressiyasi bilan ularning manfaatlari kamsitilishiga qaramay Xitoyni qo‘llab quvvatlamadilar. Angliya Yaponiyani AQSH bilan yanada ko‘proq SSSR bilan to‘qnashtirishga umid bog‘ladi. AQSH o‘z navbatida angliya – yapon raqobatini kuchaytirishga Yaponiyani SSSR bilan to‘qnashtirishga intildi. 1937 yil iyulda Xitoy Millatlar Ligasiga yordam so‘rab murojat qilganida, yirik davlatlar Xitoyni ma’naviy qo‘llab quvvatlash haqidagi rezolyutsiya bilan cheklanishdi, buning esa Xitoyga amaliy ahamiyati yo‘q edi. Faqat sovet delegatsiyasi agressorga kollektiv bo‘lib zarba berishning kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlari ko‘rishni zo‘r berib talab qildi. AQSH va Angliya 1937-1938 yillarda yapon agressiyasini rivojlanishini ta’minlab bergan strategik materiallarni asosiy yetkazib beruvchilar bo‘ldilar, bu esa yapon harbiy salohiyatini o‘sishiga yordam berdi.

1937 yil 21 avgustida 5 yil muddatga hujum qilmaslik haqida Xitoy – Sovet shartnomasi tuzildi, shartnoma Yaponiyaning agressiv siyosatiga zarba berdi. Sobiq SSSR urush olib borayotgan Xitoyga moddiy yordam ham berdi. Sovet Ittifoqi Xitoyga 250 mln. dollar qarz berdi. 1937 yildan sovet mamlakati Xitoyga katta miqdorda qurol – yarog‘ , yoqilg‘i va boshqa harbiy anjomlar yetkazib berdi. Xitoy osmonida sovet ko‘ngilli – uchuvchilari jang qildilar. Ulardan 200 nafardan ortig‘i haloq bo‘ldilar. O‘sha vaqtda Xitoy Milliy hukumati rahbari Chan Kay Shi “SSSRdan boshqa boronta mamlakat dunyoda Xitoyga yordam berolmaydi” deb ta’kidlab, bu Yaponiya militarizmini tor – mor etishga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalar SSSR, Angliya, Aqsh hukumati rahbarlarining Yalta konferensiyasi muzokaralarini asosiy muammolaridan biri bo‘ldi. Jahon urushi muddatlarini qisqartirish , insoniyatni ortiqcha qurbonlardan qutqarish, kurash olib borayotgan Xitoy va boshqa mamlakatlar xalqlariga yordam berishga intilib SSSR hukumati fashistlar Germaniyasi tor – mor bo‘lgandan 2-3 oy o‘tgandan keyin ittifoqchilar tomonidan turib Yaponiyaga qarshi urushga kirish majburiyatini oldi. O‘sha vaqtda Xitoy bilan kelishuvlarga mos keladigan Yaponiyaga qarshi kurashning shart sharoitlari kelishib olingan edi. 1945 yil 5 aprelda Sovet Ittifoqi Yaponiya bilan neytralitet to‘g‘risidagi shartnomani denonsatsiya qildi, ya’ni muddatdan oldin to‘xtatdi.

Germaniya ustidan g‘alaba qozonish bilan SSSR Yaponiyaga qarshi urushga kirishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Xitoy 8 yilga cho‘zilgan urush davomida tinkasi qurigan , odam soni bo‘yicha uning talofati 10 mln. kishiga yetgan edi. Son jihatdan 2 marta ustunlikka qaramay (5,5 mln. jangchi 2 mln. yapon askariga qarshi) Xitoy qurolli kuchlari Yaponiyani tor- mor etishga qodir emasdi.

1945 yil 8 avgustda Sovet hukumati Yaponiyani so‘zsiz taslim bo‘lishini talab qilgan AQSH Angliya va Xitoyning Potsdam Deklaratsiyasiga SSSRning qo‘shilishini e’lon qildi. 9 avgustda Slvet ittifoqi militaristik Yaponiyaga qarshi urushga kiradi. Shimoliy – sharqiy Xitoyni ichki rayonlariga tez kirib borgan Sovet Armiyasining hujumi boshlandi. U bir vaqtni o‘zida Saxa lindagi yapon qurolli kuchlariga zarba berdi (shuningdek, Koreya va Kurill orollarida). 10 avgustda Yaponiya bilan urushga Mongoliya Xalq Respublikasi kirdi. Sovet Armiyasining shiddatli hujumi natijasida shimoli sharqiy Xitoyning yirik shaharlari – Xarbin, Shenyan, Chongun 20 avgustda, Port – Artur 23 avgustda ozod etildi. Yapon armiyasining qarshilik ko‘rsatishi befoyda bo‘lib qoldi va Yaponiyani so‘zsiz taslim bo‘lishi haqidagi akt 1945 yil 2 sentyabrda imzolandi.



Sovet Armiyasining hujumi Xitoydagi harbiy strategik holatni keskin o‘zgartirdi, yapon militarizm kuchlarini nihoyatda qo‘parib tashladi, ozod qilingan rayonlar qamalini yemirdi. XPK boshchiligidagi armiyani hujumi uchun juda qulay shart – sharoitlarni yaratib berdi.
Download 15,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish