Xii bob. Rostlanuvchi obyektlar 12. 1- §. Rostlanuvchi obyektlarning xossalari



Download 85,41 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi85,41 Kb.
#330175
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Avtomatlashtirish obyektlariTJA8 - mavzu


XII bob. ROSTLANUVCHI OBYEKTLAR
12.1- §. ROSTLANUVCHI OBYEKTLARNING XOSSALARI


Kimyo va oziq-ovqat sanoatining texnologik jarayonlari o‘zining murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bunga sabab, ishlatiladigan xomashyo turlarining ko‘pligi, zarur energiya manbalarining turlari va xomashyoni qayta ishlash jarayoni bosqichlarining soni, jarayon davrlari tavsiflarining vaqtdagi o‘zgarishlaridir.

Har bir texnologik jarayon o‘zining kerakli yo‘nalishda o ‘tishiga teskari
ta’sir qilishga intilgan, ya’ni ichki va tashqi kuchlar ta’siriga uchraydi. Tizimning ishlash paytida jarayonning chiqish o‘zgaruvchilari berilgan shartlarga muvofiq bo‘lishi uchun tizimga boshqaruvchi (odatda, xomashyo tarkibi yoki boshqa xususiyatlarni o‘zgartirish kabi) ta’sirlar ko‘rsatiladi.

Tipaviy jarayonlar uzluksiz yoki diskret (uzlukli) bo‘lishi mumkin.
Xomashyo, energiya, katalizatorlar berilib, boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatilishi mobaynida texnologik jarayonda uzluksiz mahsulot ishlab chiqarilsa, bu jarayon uzluksiz deyiladi. Nisbatan qisqa vaqt, ya’ni minut, soat, kunlar oralig‘ida muayyan qiymatda (ko‘pincha donali) mahsulot ishlab chiqariladigan jarayon diskret (uzlukli) deyiladi. Bunda xomashyo va yarimfabrikatlar reglamentda ko‘rsatilgan qiymatda aw aldan belgilangan ketma-ketlikda kiritiladi.

Boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ikkala jarayon uchun ham
qo‘llaniladi, lekin so‘nggi vaqtlarda uzluksiz texnologik jarayonlarni boshqarish borasida katta yutuqlarga erishilmoqda.

Tipaviy jarayonlarning boshqa tasnifi uchun qayta ishlab chiqariladigan
xomashyo agregat holatining belgisi va uning fazali o'zgarishlari asos bo‘lishi mumkin. Bunga suyuq, gazsimon, bo‘tqasimon, qattiq, sochiluvchi, tolali materiallar oqimini boshqaruvchi tizimlarni misol qilish mumkin.

Texnologik jarayondagi (mexanik, gidromexanik, issiqlik va massa almashuvchi, diffuzion, kimyoviy, mikrobiologik va kombinatsiyalashgan) bog‘lanishlarga asoslangan tasnif mukammal tasniflardan biridir. Tipaviy jarayonlar, ko‘pincha, determinatsiyalashgan tizimlardan iborat bo‘lib, kirish va chiqish o‘zgaruvchilari awaldan m a’lum va o‘zgaruvchilar o‘rtasida muayyan bir ma’noli bog‘lanish mavjud.

Texnologik jarayonlarni tiplarga ajratish ularning matematik tavsifini va
apparaturali shakllanishining umumiyligini aniqlashdan iborat. Kimyoviy va oziq-ovqat sanoatining tipaviy jarayonlari quyidagilardan iborat:
1) mexanik jarayonlar — siljitish, tashish, tarozida tortish, granullash,dozalash, maydalash, aralashtirish, kovlash, boyitish;
2) gidrodinamik jarayonlar — suyuqliklarni uzatish va suyuq holdagi bir jinsli bo‘lmagan aralashmalarni ajratish (suyuq, bo‘tqasimon va sochiluvchi), materiallarni aralashtirish;
3) moddaning agregat holati o‘zgarmagan holda issiqlik, massa almashinuvi va termodinamik jarayonlar — siqilish, kengayish, qizish, sovish,giperfiltratsiya, kondensatsiyalash, ventilatsiya;
4) moddaning agregat holati o‘zgaradigan issiqlik va massa almashinuvili (diffuzion) jarayonlar — gaz aralashmalarining bo‘linishi, ekstraksiya, bug’latish, kondensatsiya, rektifikatsiya, distillatsiya, quritish;
5) kimyoviy jarayonlar — oksidlanish, qaytarilish, gidrooksidlarning hosil bo‘lishi, neytrallash, degidratatsiya, aromatlashtirish, sulfidlash, gidroliz, haydash, filtrlash;
6) mikrobiologik jarayonlar — xomashyoni tayyorlash va saqlash, achitish, sterilizatsiya, fiksatsiya, bug‘latish, haydash, dozalash.

Avtomatlashtirish sxemasini ishlab chiqishda texnologik jarayon belgilovchi faktordir. Avtomatlashtirish bo‘yicha tipaviy sxemani ishlab chiqish har bir xususiy hoi uchun avtomatlashtirishning prinsipial sxemasini tuzish vazifasini ancha yengillashtiradi. Texnologik parametrlari optimal bo‘lgan, agregatlarning statsionar sharoitlarida yuqori sifatli ishlashini ta’minlash uchun jarayon haqida kerakli ma’lumotlarni yetkazib berib, boshqarish aniqligini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan boshqariladigan kattaliklar va ularni nazorat qiladigan nuqtalarni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.

Texnologik jarayonlarni tadqiq qilishda sanoat korxonalarini boshqarishning tashkiliy prinsiplari bilan bog'liq bo‘lgan tizimlar strukturasinio‘rganish maqsadga muvofiq. Bunda tizimlar bir-biriga bo‘ysunadigan tizimchalarga ajratiladi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlari uchun uch bosqichli boshqarish strukturasi xosdir.

Bo‘ysunish tartibining dastlabki bosqichi tipaviy texnologik jarayonlarga asoslangan. Mahsulot ishlab chiqarishda muayyan texnologik vazifani amalga oshiruvchi jarayon va apparatlar yig‘indisi o‘rta bosqichni hosil qiladi. Umuman, sanoat korxonasi tartibining yuqori bosqichidir. Bu tartibning quyi bosqichi uchun boshqarishning vazifasi texnologik jarayonlarni stabillashtirish va optimallashtirishdan iborat. Strukturaning o‘rta bosqichidagi sexlarni avtomat -
lashtirishda energetik va moddiy sarfning kichik qiymatda ishlab chiqarishni
yuksaltirish vazifalari bajariladi. Uchinchi bosqich uchun boshqarishning vazifasi ishlab chiqarish texnika iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash masalalarini hal qilishdan iborat.

Bo‘ysunish tartibining birinchi bosqichi avtomatik rostlashning namunali jarayon va tizimlariga asoslangan. Ularning vazifasi texnologik rejimlami
stabillashtirishdir. Bo‘ysunish tartibining ikkinchi bosqichini agregat, texnologik kompleks va texnologik jarayonlarni boshqarishdagi avtomatlashtirilgan tizimlari tashkil qiladi. Ular apparatlar ishini optimal koordinatsiyalash va yuklarni ularning o‘rtasida o‘zaro optimal taqsimlash vazifalarini bajaradi. Uchinchi bosqichni sexlar yig‘indisi, ishlab chiqarish korxonasi, xomashyo zaxiralarini rejalashtirish va mahsulotni amalga oshirishlarini operativ boshqarish tizimi, ya’ni sanoat korxonasini avtomatik boshqarish tizimi tashkil qiladi.

Rostlash jarayoniga rostlanuvchi obyekt va tizimning boshqaruvchi qismining xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi. Rostlanuvchi obyekt xususiyatlarini o‘rganish avtomatik rostlash tizimini asosli loyihalash imkoniyatini beradi.

Rostlanuvchi obyektning asosiy xususiyatlari: o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish;
sig‘im, yuk, tarqalish vaqti, tezligi va kechikish.


Download 85,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish