Xi-xii-asrlar O’rta Osiyo siyosiy hayoti tarixiga oid manbalarning tarixshunosligi


Mavzuning  ishlab  chiqarishga  bog’liqligi



Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana15.07.2021
Hajmi0.64 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Mavzuning  ishlab  chiqarishga  bog’liqligi:  Dissertatsiya  tadqiqoti 

natijasini  pespublikamizdagi  kollej  va  litsey  tarixchi  o‘qituvchilarining  o‘quv-

metodik  faoliyatiga  joriy  etish,  tarix  muzeylari,  sayyohlik  tashkilotlari  faoliyatiga 

tadbiq etish tavsiya etiladi. 




 



Dissertatsiyaning  tuzilishi:  Tadqiqot  kirish,  uch  bob,  sakkizta  paragraf, 

xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.  

O‘rta  Osiyoning  XI-XII  asrlar  siyosiy  hayoti  tarixini  o‘rganishda  birinchi 

darajali  manbalarning  o‘rni  va  ahamiyati  eng  muhim  hisoblanadi.  Asl  tarixiy 

qo‘lyozmalarni  o‘qish,  o‘rganish,  taqqoslash,  taxlil  qila  olish  manbashunos  – 

tadqiqotchilardan katta mahoratni talab qiladi. O‘rta asrlar davri tarixini yoritishda 

eng  ishonchli  vosita  bu  –  asl  tarixiy  qo‘lyozma  manbalardir.  XI-XII  asrlar  O‘rta 

Osiyo tarixiga oid manbalarni tadqiq etish alohida e‘tiborni taqozo etadi. Chunki, 

bir manbada ta‘kidlangan fikr boshqa manbada ham takrorlanishi mumkin. Bu davr 

manbalarining ko‘pchiligida voqea-hodisalar xronologik tarzda bayon etiladi. O‘rta 

Osiyo  tarixining  XI-XII  asrlar  birinchi  darjali  manbalariga  Abulfazl  al-

Bayhaqiyning  ―Tarixi  Mas‘udiy‖,  Abu  Nasr  Muhammad  al-Utbiyning  ―Tarixi 

Yaminiy‖, Abu Sa‘id Abdulhay Gardiziyning ―Zayn ul-axbor‖, Nizomulmulkning 

―Siyosatnoma‖,  Izzuddin  ibn  al-Asirning  ―Al-Kamil  fi-t-ta‘rix‖,  Sadriddin  al-

Husayniyning  ―Axbor  ad-daulat  as-Saljuqiyya‖,  Imodiddin  Muhammad  ibn 

Muhammad  al-Isfaxoniyning  ―Nusrat  al-fatra  va  usrat  al-fitra‖,  Abu  Sa‘d 

Abdulkarim  as-Sam‘oniyning  ―Kitob  al-ansob‖  va  boshqalarni  kiritishimiz 

mumkin. 

XIX  asr  o‘rtalaridan  boshlab  Rossiya  va  G‘arbiy  Evropalik  sharqshunos 

olimlar O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar davri tarixi bilan bog‘liq qo‘lyozma asarlarni 

o‘rganishga  bel  bog‘ladilar.  Ular  qatoriga  V.  V.  Grigorev,  V.  V.  Radlov,  N. 

Veselovskiy, V. V. Bartold, V. R. Rozen, V. P. Vasilev,  X. Vamberi,  B. Dorn va 

boshqalarni  qo‘shishimiz  mumkin.  Ushbu  nomlari  yuqorida  ta‘kidlab  o‘tilgan 

mualliflarning  barchasi  O‘rta  Osiyoning  XI-XII  asrlar  tarixini  dastlabki  ilmiy 

asosda  tadqiq  etish  ishlariga  munosib  tarzda  hissa  qo‘shdilar.  Bu  tadqiqotchilar 

barchasi sharq tillarini yaxshi bilgan hamda ular asosan birinchi darajali manbalar 

ustida  keng  ko‘lamli  tadqiqotlar  olib  borganlar.  Ularning  ko‘pchiligi  O‘rta 

Osiyoning XI-XII asrlar davri tarixiga oid ayrim  manbalarni birinchilardan bo‘lib 

tadqiq etganlardir. 




 

XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  O‘rta  Osiyo  xalqlari  tarixini  ilmiy 



asosda  o‘rganish  ishlari  boshlab  yuborildi.  Jumladan,  O‘rta  Osiyoning  XI-XII 

asrlar  siyosiy  hayoti  tarixini  ilmiy  asosda  o‘rganish  ham  huddi  shu  davrdan 

boshlangan.  Bu  davrda  dastlabkilardan  bo‘lib  Chor  Rossiyasi  tarixchilari  ancha 

faollik  bilan  tadqiqot  ishlarini  boshlab  yubordilar.  Bu  qiziqishning  Rossiya 

imperiyasi  mustamlakachilik  siyosati  bilan  ham  bog‘liq  tomoni  bor  edi  albatta. 

Lekin  shunday  bo‘lsada  O‘rta  Osiyo  xalqlari  tarixini  ilmiy  asoslarda 

o‘rganilishining boshlanishi keyingi tadqiqot ishlarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 

XIX  asr  o‘rtalaridan  sharqshunoslik  fanining  rivojlana  boshlashi  ham  O‘rta 

Osiyoning  XI-XII  asrlar  siyosiy  hayoti  tarixining  o‘rganila  boshlashida  muhim 

bo‘ldi. 


Rossiyiada  1917-yilgi  oktabr  voqealaridan  keyin  hayotning  barcha 

sohalarida  yagona  kommunistik  mafkuraning  uvtivorligi  o‘rnatildi.  Kommunistik 

mafkura  ta‘siridan  ilm-fan  sohasi  shu  jumladan,  tarix  fani  sohasi  ham  bundan 

mustasno  emas  edi.  Tarixiy  voqea-hodisani  sinfiylik  nuqtai-nazaridan  yoritish, 

tarixiy  tadqiqot  jarayonini  faqatgina  materialistik  dunyoqarash  bilan  olib  borish, 

markscha-lenincha  g‘oyalarga  sodiq  bo‘lish  Sho‘rolar  davri  tarixshunosligiga  xos 

hususiyatlar  edi.  Ushbu  hususiyatlar  Sho‘rolar  davri  tarixshunosligiga,  bu  davr 

tarixchilarining  tarixni  ob‘ektiv,  haqqoniy  tarzda,  erkin  dunyoqarash  bilan 

o‘rganishlariga  o‘zining  salbiy  ta‘sirini  ko‘rsatdi.  Lekin  shunday  bo‘lsada 

Sho‘rolar  davrida  bir-qator  buyuk  tarixchilar  yetishib  chiqdi  va  ular  tomonidan 

amalgam  oshirilgan  tadqiqotlar  bugungi  kunda  ham  o‘z  ahamiyati  va  qadrini 

yo‘qotgan emas. Xususan, Sho‘rolar davrida O‘rta Osiyoning XI-XII asrlar siyosiy 

hayoti  tarixiga  oid  samarali  tadqiqotlar  olib  borgan  bir-qator  iqtidorli  tarixchi  – 

olimlar  faoliyat  ko‘rsatishdi.  Mana  shunday  tarixchilar  qatoriga  A.  Yu. 

Yakubovskiy,  Sergey  Grigorevich  Agajanov,  Yelena  Abramovna  Davidovich, 

Boris  Dmitryevich  Kochnyev,  Qoraev  Omurqul  Qoraevich,  Ziyo  Musaevich 

Bunyodov, M. N. Fyodorov kabilarni qo‘shishimiz mumkin. 

Ushbu dissertatsiya mavzusining nomi ―XI-XII asrlarda O‘rta Osiyo siyosiy 

hayoti  tarixining  tarixshunosligi‖  deb  nomlangan  bo‘lishiga  qaramay  ishning 



 

10 


birinchi  bobi  XI-XII  asrlar  O‘rta  Osiyo  tarixiga  oid  manbalarning  o‘rganilish 

tarixiga bag‘ishlanadi. Chunki har qanday tadqiqotchi ham biror tarixiy davrga oid 

tadqiqot olib borayotganda avvalo, o‘sha davr manbalarini o‘rganishi shartdir. 

 

 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим