Xasis va tovuq



Download 56 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi56 Kb.
#11218
KRILOV I.A.
XASIS VA TOVUQ
Derlar xor bo’ladi xasis oxiri,

Chunki u boriga qilmay qanoat,

Bo’lgan sari bo’lsam, deb o’ylar faqat.

Ammo ikki bo’lmas hech qachon biri.

Bunga misol o’ylab o’tirmay uzoq -

Bir cho’pchak aytayin, quloq solib boq:


Bir kishi bo’larkan o’tgan zamonda,

Yo’q ekan uning hech kasbu hunari.

Ammo molu dunyo ko’p ekan unda,

Sandiqlarda to’la oltinu zari.

Sabab: bo’lar ekan unda bir tovuq,

Shundayin tovuqki - hech baxosi yo’q.

Tug’ib berar ekan u har kun tuxum,

Oddiy tuxum emas - naq oltin tuxum.

Boshqa-ku, shungayam shukr qilardi,

Ammo xasis nafsi qachon to’yardi?

Oqib turgan boylik ko’rinibdi oz,

O’ylabdi: "Tovuqni so’ysam bo’lar - soz,

Yuramanmi bekor, qutqilab, chidab,

Xazina bor deyman uning ichida..."

Shundayin qasd qilib noshukur banda

Tovuqning bo’yniga tortibdi pichoq.

Xazina axtarib titkilaganda -

Chiqibdi ichidan jo’n ichak-chavoq...



FALOKAT BOSGAN DEHQON
Bir Dehqonning uyiga

Kechasi o’g’ri kirdi.

Hovlisiyu omborin

Titkilab birin-birin,

Nima kirsa qo’liga -

Hammasini shipirdi.

O’g’rida bormi vijdon?-

Bechora bizning Dehqon

Boy yotib, gado turdi,

Qip-qizil xonavayron.

Eng yomon dushmaning ham

Ko’rmasin bunday kunni.

Dehqon chekar g’am-alam,

Bosh yerda, egik bo’yni,

To’pladi oshnolarin,

Xeshu aqrabolarin,

Dedi: "Ayting, ne qilay,

Boshimni qayga uray?"

Shunda dehqonga har kim

Maslahat bera boshlar,

Do’sti Kirpich bosh qashlar:

"Aytmovdimmi sengakim -

Solma, deb elga rosa

Boyligingdan ovoza".

Klimich dedi: "Quda,

Omboringni sen juda -

Uyingdan uzoq qurma,

Keyin attang, deb yurma".

"Ombor-ku, mayli, go’rga, -

Gap qotdi qo’shni Foka,-

Senga soqchi it kerak,

Tug’di mendagi ko’ppak,

Bir kuchukni ola qol,

Qo’shnim uchun bemalol,

Bir yaxshilik qilayin,

Daryoga tashlamayin".

Xullas kalom, do’st-yordan

Chiqdi ming xil maslahat.

Ammo qaniydi yordam?

Yordam chiqmadi faqat.


Boshingga ish tushsa do’stlarni sina,

Olasan ulardan maslahatgina.

Haqiqiy yordamdan agar so’z ochsang,

Eng yaqin o’rtoging bo’lar gung, garang.


DEHQON VA ILON
Dehqonning oldiga keldi-da Ilon,

Der: "Inoq yashaylik edi, qo’shnijon!

Bundan buyon mendan cho’chimagin sen,

Qaragin, butunlay boshqachaman men:

Bahor terimni ham o’zgartdim hatto".

Ilonning so’ziga ishonmay Dehqon

Qo’liga boltani oldi-da shu on

Dediki: "O’zgargan bo’lsa-da tering,

Baribir eskicha - yovuzdir diling" -

Va Ilon boshini yanchdi u shartta.


Mabodo ishonchni yo’qotsang agar,

Ming niqob o’zgartir, bari bir bekor.

Aldashning foydasi bo’lmas mutlaqo,

Xuddi Ilon kabi olasan jazo.


QO’YLAR VA ITLAR
Qarangki, qaysi bir qo’y podasida

Ochko’z bo’rilardan asrash qasdida -

Oshirildi soqchi itlarning soni,

Axir, yo’q bu ishning yomon tomoni,

Lekin ko’paydiki Itlar shu qadar -

Endi bo’rilar-ku solmas xavf-xatar,

Ammo ovqat yeydi Itlar ham axir,

Oldin qo’ylar yungin g’ajishdi taqir,

Keyin chek tashlashib, terin shilishdi,

Podada endi -

Bor-yo’qi besh-olti qo’y qolgan edi -

Ularni ham Itlar yeb bitirishdi.



BO’RI BILAN TULKI
Tulki tovuq go’shtin rosa tushirib,

Qolganin ertalik uchun yashirib,

Uxlay deb yotgandi g’aram oldida,

To’satdan och Bo’ri kelib qoldi-da -

Dediki: "Ahvolim ko’p yomon, o’rtoq,

Topolmadim hatto quruq so’ngak ham,

Ochlikdan batamom quridi sillam,

Itlar quvaladi, cho’ponlar uyqoq,

Bilmadim, boshimni qayerga ursam".

"Hali shunaqa de" “Ha, xuddi shunday".

"Juda qiynalibsan, bechora hay-hay,

Yemaysanmi, o’rtoq, maboda pichan?

Mana, bir qaram bor, tortinma qecham".

Do’stining pichanmas, go’shtdaydi dardi,

Tulki yashirgandan og’iz ochmadi,

Ammo meqribonlik qildiki chunon -

Bo’ri och jo’nadi o’z ini tomon.

MAYNA
Har kimda ham bor o’zicha talant, layoqat.

Lekin birov yutug’iga ko’ngli ketib sust,

Bu hunarning past-balandin bilmasdan durust-

O’sha ishga urinadi ba'zilar, afsus.

Undaylarga bermoqchiman shunday maslaqat:

Bo’lsin desang agar ishing puxta jo-bajo

Yuragingdan suygan ishga urin doimo.
Bir Mayna polopon bo’lmay turiboq

Sa'vaday sayrashni qilgandi odat.

Unga butun o’rmon solardi quloq,

Uynoqi ovoz-la kuylasa har vaqt.

Boshqa-ku, shunga ham qilardi shukur,

Ammo hasadchiydi maynacha qurg’ur.

Bulbulning shuhratin eshitib bir kun,

Xayol qildi: "Hech gap emas, men uchun -

Ashula kuylamoq Bulbul singari,

Undan ham oshirib yuboray hali".

So’ng sayray boshladi Bulbulga o’xshab,

Chiranib, bor kuchin Mayna qildi sarf,

Goh chinqirib ko’rdi, gohi xirillab,

Gohida miyovlab, gohi chirillab,

Xullas, jami qushni qildi-ku bezor.

Ey, tentak Maynacha, chiranma bekor -

Yaxshisi, sen Sa'va bo’lib sayray qol,

Ko’rdingki, Bulbulday bo’lishing mahol...


NOSHUD AYIQ
Deqqonning arava do’g’asin yasab

Yaxshigina pulga sotishin ko’rib,

(Bu ish chidam, hunar etadi talab)

Ayiq ham bu ishga go’yo qo’l urib

Yashamoqchi bo’ldi, qarang, bir zamon.

Qasiru qusurga to’ldi-ku o’rmon.

Qancha daraxtlari qilsa-da nobud

Ayiqvoy noshud -

Uddalay olmadi deqqon hunarin.

Maslahat olay deb keldi u sarp:

"Sabab nimaykin, bilmadim, qo’shni,

Menga dosh kelolmas har qanday daraxt,

Hech buka olmadim do’g’aga faqat,

Axir, siri nima, aytgil, bu ishni?"

"Sirimi ?- der deqqon,- sabr va chidam,

Bu narsa aslida senda yo’q, oshnam".


CHUMOLI
Bor ekan bir Chumoli, juda pahlavon,

Bunaqasin sira ko’rmagan tarix.

Derlarki u (darj etmish rostgo’y muarrix) -

Ko’targan ekan birdan ikki arpa don.

Boz ustiga botiru, qo’rquv bilmas mard.

qayda ko’rsa chuvalchang,

Tishlab qolin qilar tang,

qattoki o’rgimchakka dadil solar chovt.

Dovruqi ketgan juda

qumursqalar inida,

Paqlavonning ta'rifi - tillarda doston.

Biling, ortiqcha maqtov - qamisha ziyon.

Ammo ko’p boshqachaydi bizning Chumoli,

Doim maqtovda edi fikru xayoli.

qar qanaqa loflarga ishonardi u,

Bo’lib o’z zo’rligiga maqliyo, magrur -

qasd qildiki, shaqarga borsa-yu, shartta

Zo’rligini namoyish etsa - albatta

qoyil qolardi unga kichigu katta.

Aravasiga pichan ortgandi deqqon,

Chiqib olib ustiga asta shu zamon -

Shaqarga kirib bordi "Rustami doston".

Afsus u kutganday bo’lmadi ammo,

O’ylovdiki, shaqarga kelgan qamono -

Gurro-gurro yigilar jami olomoi,

Kilib qolaylik deya uni tomosho.

Lekin qech kimsa unga bermay e'tibor,

qar kim o’z tashvishi-yu, o’z ishi-la band.

Chumoli qarchand -

Uziga qaratay deb qammani yakbor -

Bir bargnp tortqilardn u yonu-bu yon,

Dam egilib, dam turar, chiranar chunon,

Koshki birorta odam qo’ysaydi qarab,

Bizning Chumoli polvon niqoyat charchab,

Arava oldidagi ko’ppak itga der:

"Uzing baqo ber,

Bormi shaqarliklarda ko’zu farosat,

Shuncha qarakatimni ko’rmasa, naqotq

Chumolilar inida Mashqur edim-ku, juda",-

Deya yuzi shuvut Chumoli polvon

Yo’l oldi o’zining iniga tomon.
Uchraydi shundayin shum, masxaraboz,

Zo’rman, deb olamga solsa-da ovoz,

Lekin aslida Kuchayadi faqat maqallasida.
SA'VA BILAN KAPTAR
Sa'va tushib qoldi yovuz tuzoqqa,

Bechora o’zini urar har yoqqa.

Yoshgina Kaptarcha oldi mazaqqa:

"Uyatmasmi,- dedi,- kuppa-kunduzi

Ilinib qolibsan, ko’z bormi o’zi ?

Meni aldayolmas hech kimsa bu xil,

Aytgan gaplarimga o’zimman kafil".

Qarangki, shu on -

O’zi ham tuzoqqa ilinib qoldi.

Xo’p, ajab bo’ldi!

Sen bundan buyon -

Birovning g’amidan kulma, Kaptarxon.



KAKKU VA XO’ROZ
"Qanday sayraysan, Xo’roz,

Savlatdor, jarang ovoz!"

"Sen-chi, erkam Kakkujon,

Sayrashing cho’ziq, ravon,

O’rmonda qo’shiqchi yo’q senday yoqimtoy va soz!"

"Seni, qo’shnim, o’lguncha eshitishga tayyorman!"

"To’satdan, suluvginam,

Sayramay qolsang bir dam,

O’lay agar, toqatim toq, kutaman!

Boshlay qolsa ekan, deb qon yutaman...

Qaydan bu xilda ovoz?

Bunday ohang qayda bor?

Sof, muloyim, jarangdor...

Ha, naslingiz shundoqroq: o’zi mittigina qush,

Lekin sayragan chog’da ip esholmas bulbul ham!"

"Qulluq, qo’shni, ko’nglim xush,

Agar chin dildan aytsam,

Sen jannat qushchasidan sayraysan yoqimliroq,

Eshitganlar hammasi shunday maqtashar inoq".

Qaydandir uchib kelgan Chumchuq dedi shu zamon:

"Do’stlar, biri-biringizni maqtang to

bo’gilguncha,

Lekin kuyingiz yomon!"
Gunohdan jindak qo’rqmay, uyalmay Kakku

nechun -

Xo’rozni maqtar buncha?

Xo’roz oldin Kakkuni xo’p maqtagani uchun!



BO’RI BILAN SICHQON
Och Bo’ri podadan bir qo’yni sudrab

Olib qochdi uzoq xilvat o’rmonga.

Mehmonga chorlagan emas, turgan gap,

Tilkaladi ko’zi to’lgancha qonga.

Terisini shilib obdon, shoshilmay,

Saronjom qilishga tushdi-ki, bay-bay,

Suyaklarini bir-bir chaynab, kemirdi,

Ko’rinsa hamki go’sht - ochofatga oz,

Tamom qilolmasdan, to’yib kekirdi

Va kechki ovqatga qoldirib bir oz -

Yemishning oldida yotdi cho’zilib,

Hazmi - taom qilib, ko’zi suzilib.

Yonida yashovchi ushoq Sichqoncha

Qarang, ziyofatning qidin olgancha -

O’t-o’lan oralab biqinib kelib,

Sekin bir parcha go’sht epini qilib -

Kavagiga qarab ko’tarib qochdi.

Bo’rivoy yarq etib ko’zini ochdi,

Chidolmasdan bunday yuzsiz tolonga

Ayyuqannos soldi butun o’rmonga:

"Voy dodu hayhot!

Bosqinchidan dod!

Ushlanglar, to’singlar kazzob o’g’rini,

Talab ketdi tamom boru yo’qimni!"


Shunday hangomani ko’rdim shaharda:

Hakamning soatini o’g’ri uribdi.

O’zi-ku qirt kazzob bo’lgani qolda,

"Ushla o’g’rini", deb dodlab yuribdi.



DAVLATMAND VA SHOIR
Katta Davlatmand-la Shoir bir mahal

Qilishdi janjal.

Hamda hukamolar etishsin deb hal -

Har ikov kelishdi qozixonaga.

Shoir turar yupun, g’aribu nochor,

Na egni durustu na chorig’i bor.

Boy esa o’ralib zar - shohonaga

Turardi bezrayib, mag’rur, dimog’dor.

Shoir yaratganga qildi iltijo:

"O’zing rahm ayla, ey qodir xudo!

Yetib borgay senga bu o’tli ohim,

Axir, o’zing aytgil, nadir gunohim?

Yoshligimdan tamom sho’rdir peshonam,

Na yemishim tayin, na issiq xonam.

Bor-yo’g’im hammasi - xayolda xolos.

Holbuki, mening bu raqibim, paqqos -

Mehnatsiz, idroksiz qiynamasdan jon -

Qasrlarda surar bemalol davron.

Noz-ne'matlar ichra yo’q bosib yashar,

Shumi adolating, xalloqi bashar?"

Tangridan Shoirga keldi bir nido:

"Nahotki, sen uchun arzimas aslo -

Lirang jaranglashi asrlar aro?

Uni-chi? Hech kimsa olmas yodiga,

Nomi qolmas hatto zurriyotiga.

Axir, tanlagansan o’zing qismatni,

Oltinu zar emas, o’lmas shuhratni.

Davlatmandga etdim men dunyo ato,

Yetsa edi uning idroki, ammo -

Sezsaydi o’zining arzimasligin,

Sen yaxshi bilgin:

U o’z toleidan bo’lib norozi -

Sendan ko’ra ko’proq nolirdi hozir".
BO’RI BILAN MUSHUK
O’rmondan qishloqqa halloslab chopib

Kirib keldi bir kun ochofat Bo’ri.

Mehmon bo’lib emas - bir panoh topib -

O’zin qutqarmasa - quriydi sho’ri.

Orqadan ovchilar tozi quvdirib

Bo’rining jonini olishdi rosa.

Koshkiydi bironta eshikka kirnb

Ko’zdan yashirinib jonin saqlasa.

Ammo darvozalar barisi qulfloq,

Bo’rivoy har tomon alanglab shu choq -

Ko’zi tushdi devor uzra Mushukka,

Boshladi shu zamon yalinishlikka:

"Mushukjon, jon do’stim, ayta qol tezroq,

Bunda deqqonlardan kim rahmdilroq?

Hu, quvib kelyapti ko’p ovchi, tozi,

Meni dushmanlardan yashirsin hozir".

"Unday bo’lsa, tezroq Stepanga chop,

Ko’p rahmdil odam",- der Mushuk shu top.

"Yo’q-e, chang solganman uning qo’yiga".

"Balki Dem'yan qo’yar seni uyiga?"

Qo’rqamanki, qasdin olar u mendan,

Tortib ketgan edim echkisin zimdan".

"Trofimga bor-chi?"- "Xudo saqlasin,

Bahorda yegandim uning to’qlisin".

"Ahvoling chatoq-ku... Ehtimol, Klim..."

"Ox, do’stim, buzog’in qilganman tilim..."

"Uh-ho’, ishing besh-ku, qara-ya, quda -

Sen butun qishloqni tullabsan juda.

Meni yashirsin, deb chekma ohu voh,

Bunda topolmaysan o’zingga panoh.

Barcha harakating ketar behuda.

O’zingning qilmishing - o’zingdan ko’rgin,



Nima ekkan bo’lsang - o’shani o’rgin".
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish