Xara suvo‘tlarining tallomi va hujayralarining tuzilishi



Download 293,47 Kb.
Sana28.12.2020
Hajmi293,47 Kb.
#53771
Bog'liq
1xara


  1. Xara suvo‘tlarining tallomi va hujayralarining tuzilishi.

Sinf Chara (grek. chara-suvda bo'linish mazza) turkumi bilan nomlangan u bitta Charales tartibidan iborat.

Xaralar - murakkablashgan geterotrixal tallomli tuzulishga ega. Tallomi bo‘g‘imli bo'lib bo‘g ‘im va bo‘g ‘im oraliqlari bor. Tallom apikal o‘sadi. Mitoz ochiq, sentriolasi yo‘q sitokinez fragmoplastli,plazmodesmalari yo‘q. Hara ko‘rinishidan qirqbo‘g ‘im yoki yuksak suv o ‘simligi shoxbargni eslatadi. Uning tallomi yashil rangdaga shoxlangan buta ko‘rinishida, bo‘g ‘imli mutovka ko‘rinishli, uzunligi 20-30 sm bo'lib ayrim hollarda 2 metrgacha yetadi. Ular suv havzasining tagida rangsiz rizoid bilan birikadi. Novdalari bo‘g‘imli tuzulishli, o ‘zak novdadan o‘sishi cheklangan, mutovka xolida joylashgan “barg” deb ataladigan yon novdalar chiqadi. Mutovkalanadigan joy bo‘g‘im, ikkita bo‘g‘im orasi bo'g'im oralig'i deyiladi. Har bir bo‘g‘im oralig‘i uzunligi bir necha santimetrgacha yetadigan gigant bitta hujayradan iborat. U ko‘p yadroli, bo'linmaydi. Har bir bo‘g‘im diskka jamlangan mayda bir yadroli hujayralardan iborat. Poya bo‘g‘imidagi har bir periferik hujayradan bittadan “barg” chiqadi. Apikal hujayra ko‘ndalang devor bilan ajralib segment hujayra ajratadi. Segment hujayra bo'linib ustki ko‘shbotiq va ostki qo'shqavariq hosil qiladi. Ko‘shqavariq hujayra boshqa bo'linmaydi, u o‘sib kattalashadi, nihoyat bo‘g ‘im oralig‘i hujayrasiga aylanadi. Qo‘shbotiq hujayra bo‘linganida bo‘g ‘im o ‘rtasida ikkita qolib atrofmi bir nechta hujayralar o‘raydi. Keyinchalik o ‘rtadagi hujayra boshqa bo'linmaydi, atrofidagilari bo‘linib “barg”lar hosil qiladi. “Barg” mutovkalarining asosida “poya”da tuzulishi va ko‘rinishi turlicha bo‘lgan yonbargchalar hosil bo‘ladi.Bo‘g‘im oraliqlaridagi hujayraning uzunligi 15 sm gacha yetishi mumkin, ularda shira bilan toTgan katta vakuola bo'ladi. Sitoplazmada ko‘plab yadro va pirenoidlarsiz yuksak o'simliklarning xlorofill donalariga o‘xshagan xloroplastlari bo'ladi. Haralarning sitoplazmasi harakatlanaoladi uning harakati tezligi o ‘simliklar orasidagi eng katta 1,5-2 mm\s atrofida bo'ladi.Bo'g'im oralig'ini tashkil qilgan hujayralardagi yadro cho‘ziq shaklda u mitoz bo'linish natijasida hosil bo'ladi. Hujayraning po‘sti tig'iz ikki qavatdan: ichkisellyulozali va tashqi kallozadan iborat, unda ohak to‘planadi.Bo‘g'im oraliqlari maxsus hujayralar bilan qoplanishi mumkin uni po‘stloq deyiladi yoki yalong‘och qolishi mumkin. Po‘stloqning hujayralar bo‘g'imorali bo‘ylab biroz qiyshaygan holda joylashadi. Po‘stloqning rivojlanishini turli variantlari bor. Hara bo'lgan suvda oziq moddalar juda ko‘p bo'lganda po‘stloq yo‘qolib ketadi.








  1. Xara suvo‘tlarining ko‘payishi.

Xaralarda zoosporalar yo‘q, shunga qaramay vegetativ ko‘payishning bir necha usullari bor. Avvalo novdaning asosiy qismi oson ko‘radi. Ikkinchidan vegetativ ko‘payish rizoidlarda hosil bo'ladigan tuganaklar yordamida amalga oshadi. Uchinchidan poyaning pastki bo‘g'imlarida hosil bo'ladigan kraxmalga boy yulduzsimon to‘plamlar orqali ro‘y beradi. T o‘rtinchidan vegetativ ko‘payish bo‘g'imarda chiqadigan protonemasimon o‘simtalar orqali ham amalga oshadi.Jinsiy ko‘payishi - oogam. Anteridiy va ooganiy “barg” chiqadigan bo‘g'imlardagi maxsus hujayralardan hosil bo‘dadi. Anteridiy yumaloq, diametri 0,5 mm gacha boradi. Anteridiy hosil Bo'lishi uchun bo‘g'imdan ajralgan hujayra ikkiga bo'linadi. Tashqi hujayra uch yo‘nalishda tez bo'linib sakkizta hujayradan iborat shar ko‘rinishni hosil qiladi.

Jinsiy ko'payoshda oogoniy antrediy bo'g'inlari bazal hujayralardan rivojlanib , ikki marta ko'ndalang bo'linib , uchta hujayralarga ajraladi . Bularning eng yuqorisidan bitta yirik oogamiya , pastdagisidan bir hujayrali oyoqcha v ao'rta qismidan esa bo'g'im hosil bo'ladi . Bo'g'im hujayralarining bo'linishdan markazga va chetlarga ketadigan beshta burmali nausimon hujayra hosil bo'ladi , uning uchi «toj» ga o'xshash bo'lib , karonka deb ataladi . Oogamiya ichida bitta tuxum hujayra tataqqiy etadi. Oogamiya yetilgandan keyin, uning besh burmali naysimon karonkasi o'rtasidan teshikcha hosil bo'ladi . Bu teshikcha orqali spermatazoid oogamiya ichiga kirib tuxum hujayrani urug'lantiradi . Tuxum hujayra urug'langandan keyin atrofi sellyuloza bilan o'ralib , oosporaga aylanadi . Oospora usti qalin po'st bilan o'ralib , tinim davrini kechirganidan so'ng , o'sa boshlaydi . Oospora o'sishdan oldin , uning kopulyatsion diploid yadrosi reduksion bo'linishdan 4 ta gaploid yadro hosil bo'ladi . Hosil bo'lgan yadrolarning o'rtasida to'siq paydo bo'lib , oosporank teng bo'lmagan 2 ta hujayraga ajratadi . Yuqoridagi hujayrada bitta , pastdagi hujarada 3 ta yadro qoladi . Keyinchalik bu 3 ta yadro erib ketadi . Oospora hujayrasi o'sish oldidan ko'ndalang bo'linadi , hosil bo'lgan yosh hujayralarining o'sishidan substratga tomon rizoid va yuqoriga qarab kichkina ipcha protonema o'sib chiqadi . Keyinchalik protonemada xaraning yirik tallomi taraqqiy etadi .

3. Сувўтларининг синфларга бўлиниш асослари ва уларнинг бир —

биридан фарқи.



Xara boshqa yashil suv o'tlardan vegetativ va jinsiy organlarining tuzulishi , zigotaninh taraqqiy etishi jihatidan farq qiladi . Shunga asoslanib , ba'zi mualliflar ularning mustaqil taksonamik kategoriya - bo'limga ajratiladi . Ammo , ularda pigmentlarning borligi va assimilatsiya vaqtida kraxmal hosil bo'lishini hamda boshqa belgilarini hisobga olib , xaralarni yashil suvo'tlarning murakkab tuzilgan bir tarmog'i , deb alohida sinf deb o'rganiladi.



Download 293,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish