Xalqaro valyuta bozori


-mavzu. Valyuta kursi va uni aniqlash mexanizmi



Download 0.64 Mb.
bet18/150
Sana29.08.2021
Hajmi0.64 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   150
3-mavzu. Valyuta kursi va uni aniqlash mexanizmi
Reja

3.1.Valyuta kursi tushunchasi.

3.2.Valyuta kursining turlari va unga ta’sir etuvchi omillar

3.3.Valyuta kursi o’zgarishining xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri

3.1.Valyuta kursi tushunchasi.

Valyuta tizimining muhim elementi bo’lib valyuta kursi hisoblanadi, chunki xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi turli mamlakatlar valyutalari qiymat jihatidan taqqoslamasini o’lchashni talab etadi. Shuning uchun valyuta kursi quyidagilar uchun zarurdir:

-tovarlar va xizmatlar bilan savdoda, kapitallar va kreditlar xarakatida valyutalar bilan o’zaro almashinish uchun. Eksportyor tushum sifatida olingan xorijiy valyutani milliy valyutaga almashtiradi, chunki mazkur davlat hududida boshqa davlatlarning pul birliklari pul sifatida xarakat qila olmaydi. Importyor esa xorijdan sotib olingan tovarlarga haq to’lash uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtiradi. Qarzdor shaxs tashqi qarzlari bo’yicha qarzdorligini so’ndirish va foizlarini to’lash maqsadida xorijiy valyutani milliy valyuta evaziga sotib oladi;

-milliy yoki xorijiy valyutalarda ifodalangan jahon va milliy bozorlar baholari hamda turli mamlakatlar qiymat ko’rsatkichlarini o’zaro solishtirish uchun;

-firmalar va banklarning xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarini davriy asosda qayta baholash uchun.
Tovarlar va xizmatlar bilan xalqaro savdoning kengayishi ko’pchilik davlatlar chegaralarini geografik xaritadagi shartli chiziqlarga aylantirib yubordi. Biroq ushbu davlatlarning valyutalari mustaqil bo’lib, ularning iqtisodiyotlarini tarkibiy, ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi. Valyutalari erkin konvertatsiya qilinadigan iqtisodiy tizimlarda valyuta kurslarining ayirboshlanish darajasi milliy eksport tarmoqlarining muvaffaqiyatini va boshqa mamlakatlardan import qilinadigan tovar hamda xizmatlar baholari darajasining hal qiluvchi omili bo’lib hisoblanadi.

Valyuta kurslarining muvozanatsizligi sharoitida banklar va tadbirkorlar ushbu muvozanatsizlik bilan bog’liq xavf-xatarlarni boshqarishda katta qiyinchiliklarni o’z boshidan kechiradi.

Valyuta savdosi bilan bog’liq bazis operatsiyalarni quyida ko’rib chiqish va ularni to’g’ri tushunish uchun ba’zi bir tushunchalarni o’rganib olishimiz lozim.

Valyuta sifatida banklarning xorijda xorijiy valyutada joylashtirilgan aktivlari hamda xorijda to’lovi amalga oshiriladigan xorijiy valyutadagi cheklar va veksellar tushuniladi. Bunda gap faqat naqdsiz pullar haqida boradi.

Valyutaning qiymati tovarlar bilan savdodagi singari talab va taklifga bog’liq bo’lgan bahoda ifodalanadi. Ma’lum bir miqdordagi valyutaning bahosi boshqa bir valyutaning nisbiy birliklarida belgilanadi (milliy yoki xorijiy). Xorijiy valyutaning bahosi valyuta kursi deb ataladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat