Xalqaro valyuta bozori


Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari



Download 0.64 Mb.
bet11/150
Sana29.08.2021
Hajmi0.64 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   150
1.2. Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari
Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chiqadi.

Rezident shaxs – bu muayyan davlat hududida yashayotgan va ushbu davlat fuqarosi bo’lgan hamda mazkur davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.

Norezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat ko’rsatayotgan, ammo shu davlat fuqarosi bo’lmagan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarining bo’linmalari hamda shu kabilar.

Shu bilan birgalikda bu erda shuni ta’kidlab o’tmoq lozimki valyuta munosabatlarining keng tarqalgan ishtirokchilaridan biri bu tijorat banklaridir. Ular xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarning asosiy hajmini amalga oshiradilar. Banklarda bozorning boshqa ishtirokchilari o’z hisob raqamlarini ochgan bo’lib, ushbu hisob raqamlar orqali ular zarur bo’lgan konversiya va depozitli-kreditli operatsiyalarni amalga oshiradilar. Banklar bozorning valyuta konversiyalariga hamda mablag’larni jalb qilish va joylatirishga bo’lgan yalpi ehtiyojlarini mijozlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar orqali o’zlarida mujassam etadilar . Mijozlar buyurtmalarini qondirishdan tashqari ular operatsiyalarni mustaqil, o’z mablag’lari hisobiga amalga oshirishlari mumkin.

Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlarida nafaqat o’z manfaatlari, balki birinchi navbatda o’z mijozlari manfaatlarining ximoyachisidir. Jahonning yirik tijorat banklari o’z mijozlarining topshiriqlarini talab darajasida bajarish, ularning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va o’z tijoriy maqsadlarida jahon moliya bozorining yirik markazlarida o’z filiallarini ochganlar.

Tijorat banklari mijozlarida va tijorat banklarining o’zlarida turli sabablarga ko’ra hamda turli maqsadlarda xorijiy valyutaga ehtiyoj paydo bo’ladi. Masalan, tijorat bankining mijozi eksportyor bo’lsa u xorijiy valyutada tushum oladi va valyuta kursi tebranishi oqibatida hosil bo’ladigan xatarlarni hisobga olgan holda unda ushbu xorijiy valyutada olingan tushumni xavf-xatardan ximoyalash zarurati tug’iladi. Shu sababli eksportyor eksport tushumini ehtimolli yo’qotishlardan sug’urtalash maqsadida o’z bankiga murojaat etadi. Agar bankning mijozi importyor bo’lsa, eksportyor bilan o’zaro tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq hisob-kitobni amalga oshirish uchun unga ma’lum bir miqdorda xorijiy valyuta zarur bo’ladi. Bunga muvofiq importyor-mijoz ushbu xorijiy valyutani sotib olish maqsadida o’z bankiga murojaat etadi.

Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valyutaga bo’lgan o’z zaruriy ehtiyojlari mavjud. Masalan, jahon valyuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valyutalarni sotib olish, valyuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valyuta tavakkalchiliklarining oldini olish maqsadida xedjinglash bilan bog’liq turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish. Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga binoan tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi xududida “so’m”ning ichki konvertatsiyasiga muvofiq naqd valyuta oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalar bilan ham shug’ullanadilar. Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq 1994 yilning 15 oktyabridan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida pul sifatida muomalada faqat respublikaning milliy valyutasi “so’m” yuradi. Boshqa davlatlarning milliy valyutalari, ya’ni xorijiy valyutalarning O’zbekiston hududida pul sifatida muomalada bo’lishi qonun bilan taqiqlangan.

Umuman olganda valyuta bozori banklararo bitimlar bozoridan iborat bo’lib, valyuta kurslari va foiz stavkalar harakatlari haqida gap ketganda barcha keyingi o’rinlarda ko’z oldiga banklararo valyuta bozorini keltirish lozim.

Kunlik operatsiyalari hajmi milliard AQSh dollarlarini tashkil qiluvchi jahonning yirik banklari valyuta bozoriga sezilarli ta’sir qiladi. Bularga Deut­sche Bank, Barclays Bank, Union Bank of Switzerland, Citibank, Chase Manhattan Bank, Standard Chartered Bank kabi banklar kiradi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat