Xalqaro terrorizm



Download 62,35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.06.2022
Hajmi62,35 Kb.
#659728
Bog'liq
Xalqaro terrorizm - Vikipediya



Xalqaro terrorizm
Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm; odamlarning
behuda halok boʻlishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik
faoliyatini buzuvchs hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar oʻrtasida
transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy
xavfli harakat va kilmishlar yigʻindisi. Xalqaro terrorizm 20-asrning 60—70-yillariga kelib oʻzini
yaqqol namoyon kildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, oʻz davlatiga nisbatan
ekstremistik ruxdagi guruhlar birlashib, ijtimoiyiqgisodiy jixatdan orqada qolayotgan va kam
rivojlangan mamlakatlarda harakat koʻrsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning
rahbarlariga, xalqaro miqyosda obroʻga ega boʻlgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd
uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va
harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan, samolyotlarni olib qochish bilan shugʻullana
boshladilar. 80-yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jidsiy tus oldi. Begunoh, tinch aholi
oʻrtasida koʻpdankoʻp qurbonlar boʻlishi, xalqaro terrorchilarning boshqa yovuzliklari jahon
jamoatchiligini qatgiq tashvishlantirib qoʻydi. 1978-yil kuchli "ettilik" davlatlari rahbarlarining
Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida bayonot qabul
qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy
darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzui boʻlib qoldi. Chunki xalqaro terrorchilar
bir tizimga birlashib, baynalmilallashdi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik
ruhsagi shaxslar, narkobiznes va qurolyarogʻ savdosidan foyda koʻruvchi jinoiy toʻdalar, yollanib
xizmat qiluvchilar paydo boʻldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremizm markazlarida razil
jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, xususan,
dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qoʻyishga hamda hokimiyatga
qarshi muholafatni shakllantirishga harakat qiladi.
Oʻzbekiston Resggublikasi oʻz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va
ekstremizmning har kanday koʻrinipshga qarshi qatʼiyat bilan kurashib kelmoqda. OʻzR koʻplab
xalqaro bitimlarning , chunonchi, Xalqaro terrorizm koʻrinishlariga qarshi kurashga qaratilgan


bitimlarning , jumladan, havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi kurash
toʻgʻrisidagi 1970-yilgi Gaaga konvensiyasining , Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi
qaratilgan qonunga xilof harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1971-yilgi Monreal
konvensiyasining , Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, jumladan, diplomatik agentlarga
qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi 1973-yilgi konvensiyaning , terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi va boshqa konvensiyalarning ishtirokchisi. 2004-yil
1 yanvardan Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy aksilterror
tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi faoliyat koʻrsata boshladi.
Karimov I.A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari, T., 1997. Karimov I.A., Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi oʻz
kuchqudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bogʻliq, T., 2004.
Sayfiddin Joʻrayev.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xalqaro
_terrorizm&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot


 
Soʻnggi tahrir 5 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Xalqaro_terrorizm&oldid=226
2615
" dan olindi

Download 62,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish