Xalqaro munosabatlar tarixi fanidan



Download 54,8 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2020
Hajmi54,8 Kb.
#47272
  1   2   3
Bog'liq
СВОЙСТВА 11.12


O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


XALQARO MUNOSABATLAR TARIXI FANIDAN

11-12-SEMINAR SAVOLLARIGA TAYYORLAGAN JAVOBLARI

Bajardi: “Xalqaro munosabatlar” fakulteti “Jahon siyosati” yo’nalishi

1-bosqich talabasi Sunnatova Madina G’ofurjon qizi


  1. Versal-Vashington xalqaro munosabatlar tizimi inqirozining o’sib borishi. Yaponiyaning Xitoydagi siyosati: Manjuriya.

Versal-Vashington tizimi dunyodagi ko’pgina davlatlar taqdiriga ta’sir etdi va dunyo xaritasini kuchli mamlakatlar foydasiga o’zgartirib yubordi. Versal-Vashington tizimi dunyo tarixida birinchi marta qurollanishni cheklashi orqali insoniyat taqdirini ijobiy tomonga o’zgartirdi. U tufayli Versal-Vashington tizimi orqali dunyodagi qaram mamlakatlarning ba’zilari mustaqil davlatlarga, ba’zi mustaqil davlatlar esa qaram davlatga aylanib qoldi. Parij tinchlik konferensiyasi bir yil davom etdi (1919 yil 18 yanvardan 1920 yil 21 yanvargacha). Asosiy davlatlarning tutgan mavqelari birbiriga zid, ko’pincha tamomila qarama-qarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi asosan maxfiy shartnomalar, yashirin bitimlar asosiga qurilgan bo’lib, yangi vaziyatda bu kelishuvlarni amalga oshirib bo’lmasdi. Ana shu shartnomalarga ko‘ra, Rossiya Stambulni olishi va Dardanell bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatishi, buning evaziga Fransiyaning Elzas Lotaringiyaga egalik qilish huquqini hamda Angliyaning Misr ustidan nazoratini e’tirof etishi zarur edi. Ruminiyaga Transilvaniyani berish va’da qilingan, ammo bu Vengriya manfaatlariga mos kelmasdi. Angliya arab xalqlariga Usmonli imperiyasidan chiqish va arab davlatlari tuzishni taklif etdi. Ayni paytda bu taklif Angliya va Fransiyaning yaqin Sharqni bo’lib olish haqidagi kelishuvlariga zid edi.
Versal tinchlik shartnomasi, boshqacha aytganda, Pari , tinchlik shartnomasi Ger imaniya va lining ittifoqchilari bilan alohida-alohida tuzilgan besh ayri shartnomadan iborat edi. 1919 ylining 28 iyunida Versal saroyining Oynali zalida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Germaniya va uning ittifoqchilari urush aybdorlari deb e’lon qilindilar. Tabiiyki, ular aybdor sifatida jazolanishlari lozim edi, Germaniyadan dunyodagi eng boy temir konlariga ega bo ‘lgan Elzas Lotaringiya ajratib olindi va Fransiyaga berildi. Fransiya, shuningdek, Saar ko’mir konlarini 15 yil davomida ishlatish huquqini qo’lga kiritdi. Germaniyaning Reyn daryosidan g’arbdagi hududi Fransiya chegaralarigacha, sharqda 50 kilometrgacha harbiylardan xoli zonaga aylantirilishi, Reyn daryosining g ‘arbiy qirg’og’ida 15 yil mobaynida ittifoqchilarning qo‟shinlari turishi zarur, deb belgilandi. Shartnomaga ko ‘ra, Germaniyada majburiy harbiy xizmat bekor qilinishi, mamlakat suv osti floti, harbiy va dengiz aviatsiyasi taqiqlanishi zarur edi.

Ko’ngilli asoslarda shakllanadigan armiyaning askarlari soni 100 mingdan oshmasligi lozim edi. Bosh shtabni tarqatish, harbiy maktablarni yopish, barcha zobitlarni ishdan bo’shatish majburiy qilib qo’yildi. Mavjud qurolyarog’lar - tank va to’plar, tez otar qurollar Antanta mamlakatlariga topshuildi. Germaniya amalda to‘liq qurolsizlantirildi. Tayinlangan nazorat komissiyasi shartnoma talablari

bajarilishini kuzatib turishi zarur edi. Mazkur shartnomaga asosan Belgiya Eypen

va Malmedi okruglarini oldi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniya ixtiyoriga o’tdi.

Polsha Poznan, Yuqori Sileziyaning bir qismi, Pomeraniya, G‟arbiy va Sharqiy

Prussiya rayonlariga ega bo’ldi. Gdansk Millatlar Ligasi boshqaruvidagi “erkin

shahar” deb e’lon qilindi. Polshaning dengizga chiqishini ta‟minlaydigan maxsus

“yo’lak” ham ajratildi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari asosan

Angliya, Fransiya va Belgiya o’rtasida taqsimlandi. Angliya va Fransiya Togo va

Kamerunni, Angliya - Tanganikani, Belgiya – Ruanda Urundi va Namibiyani

(Janubi G’arbiy Afrikani) oldi. Yaponiya Tinch okeanidagi Marshall, Marian va

Karolin orollarining, shuningdek, Xitoyning Szyao Chjou viloyati va shandundagi

konsepssiyaning sohibi bo’ldi. Versal-Vashington tizimi orqali dunyoda biror bir soha ustidan hukumronlik qiluvchi yirik-yirik davlatlar paydo bo’ldi.

Versal - Vashington tizimi o’zida patsifizm ruhini aks ettirgan edi va bu tizim 20-yillarda xalqaro munosabatlarda vaqtinchalik bo’lsada, nisbatan barqarorlikni ta’minlay oldi. Biroq Versal -Vashington tizimi g’olib davlatlar o’rtasidagi hamda g’oliblar va yengilgan davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etmadi. 30-yillarda xalqaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri Versal - Vashington tizimining barbod bo’lishi hamda G’arb va Sharqda urush o’choqlarining vujudga kelishi, dunyoning yangi urush sari qadam bosishidan iborat. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida (1929-1933) Versal -Vashington tizimining barbod bo’lish jarayoni yanada tezlashdi. Yevropada kuchlar nisbatida keskin o’zgarishlar yuz berdi, davlatlar o‟rtasida raqobat yanada kuchaydi. Bu raqobat, ayniqsa, qurollanish poygasida yaqqol namoyon bo’ldi. AQSHning qo’llab-quvvatlashi bilan Germaniya xavfsizlik tizimi doirasida tenglik huquqini qo’lga kiritdi. Bu tenglik huquqi amalda Germaniyaning harbiy qudratini tiklash huquqini tan olish bilan barobar edi. Versal tinchlik shartnomasining shu tarzda taftish qilinishi sobiq g’oliblar va mag’lublar ahvolini o’zgartirib yubordi.

Vashington konferensiyasi qarorlari Versal tinchlik shartnomasiga qo’shimcha sifatida Tinch okeanida yangicha “kuchlar muvozanati” uchun asos bo’ldi. Ular AQSh

uchun Uzoq Sharqda faol siyosat eshiklarini ochar va bu mintaqada AQSh

gegemonligini o’rnatar edi. Vashington konferensiyasi xalqaro munosabatlarda


Download 54,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish