Xalqaro iqtisodiy munosabatlar


Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o‘zgarishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini



Download 0.51 Mb.
bet6/23
Sana21.05.2021
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o‘zgarishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin:

.

Tashqi savdo multiplikatori cheksiz harakatda bo‘lmaydi. Import tovarlarni iste’mol qilishga so‘nggi qo‘shilgan moyillikning qiymati birdan kam bo‘lganligi sababli navbatdagi qo‘shimcha o‘sishlar miqdori muntazam qisqarib, multiplikatsiya jarayoni sekin-asta so‘nib boradi.



Xalqaro savdo bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

  1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o‘rtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o‘tishi mumkin. Mamlakatlar o‘rtasidagi til va madaniy to‘siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o‘rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo‘yadi.

  2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o‘rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi.

  3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo‘lib, bu ichki savdoga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo‘yicha sezilarli farqlanadi.

Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omil-larining turli mamlakatlar o‘rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog‘liq. Shuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko‘rinishdagi tovar birjalari, auksionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko‘rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo‘llanmoqda:

1) barter – tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayir-boshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun pulning qiymat o‘lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;

2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;

3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;

4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;

5) kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko‘ra, texnologik asbob-uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko‘rinishidagi) bo‘yicha to‘lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;

6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo‘shimcha xomashyo yetkazib berish orqali to‘lash;

7) kliring operatsiyalari, ya’ni o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat