Xalqaro iqtisodiy munosabatlar



Download 0,51 Mb.
bet23/23
Sana21.05.2021
Hajmi0,51 Mb.
#65198
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Mustaqil ish 4 - 71 Daminov Abdulxamid xalqaro savdo

1990 yil

2000 yil

2015yil

Tashqi savdo aylanmasi

100

100

100

MDH mamlakatlari


60,1

37

61,6

Boshqa mamlakatlar


39,9

63

38,4

Eksport

Shu jumladan




100

100

100

MDH mamlakatlari

62,3

35,9

58,1

Boshqa mamlakatlar

37,7

64,1

41,9

Import

Shu jumladan



100

100

100

MDH mamlakatlari


57,4

38,2

65,2

Boshqa mamlakatlar

42,6

61,8

34,8

Eksport tuzilmasida MDH mamlakatlari ulushi 1990 yilga nisbatan 62,3%dan 58,1%gacha kamaygan, boshqa mamlakatlar ulushi esa 37,7%dan 41,9%gacha oshgan.

Yuqori texnologiyali va raqobatbardosh mahalliy tovar va xizmatlarning yanada rivojlanishi, shu jumladan tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturitufayli importni qisqartirishga erishildi. Ishlab chiqarishnimahalliylashtirish tufayli so‘nggi 2 yilda 97 ta mahsulot guruhi bo‘yichaimport batamom to‘xtatildi. 306 ta mahsulot turi bo‘yicha import hajmi 2 barobardan ziyod qisqardi, jumladan televizorlar, konditsionerlar, sovutgich va muzlatgichlar, changyutgichlar, maishiy yoritgichlar, avtomobil filtrlari va radiatorlar, nuqul metall ballonlar, spiral va to‘g‘ri payvandlangan po‘lat quvurlar, mis quvurlar, keramik plitkalar, linoleum,sintetik tolalardan tayyorlangan ayrim turdagi matolar, tibbiyot ampulalari, poligrafiya bo‘yoqlari, bolalar o‘yinchoqlari, sport jihozlari va boshqa mahsulotlar.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyat borasida olib borilgan islohotlar natijasida eksport va import tarkibi tubdan o‘zgardi.



29.3-jadval




Eksport tarkibi

1990 yil

2000 yil

2015 yil

Paxta tolasi

59,7

27,5

5,9

Oziq-ovqat mahsulotlari

3,9

5,4

10,6

Kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar

2,3

2,9

4,9

Elektrenergiya va neft mahsulotlari

17,1

10,3

24,2

Qora va rangli metallar

4,6

6,6

6,6

Mashinasozlik va uskunalar

1,7

3,4

1,3

Xizmatlar

1,3

13,7

24,5

Boshqalar

9,4

30,2

22,0

O’zbekistonmustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi chetga xomashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan iste’mol tovarlarini olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo‘shilgan qiymatiyuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan vako‘proq ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik modernizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.



Keyingi yillar davomida mamlakatimizda eksport va importni diversifikatsiya qilish, uning tarkibini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz eksportining tovar tarkibida ijobiy siljishlar ro‘y berdi. Xususan, 2015 yilda 1990 yilga nisbatan xizmatlar eksportining ulushi 18,8 marta, kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar – 2,1 marta, yoqilg‘i va neft mahsulotlari – 1,4 marta, qora va rangli metallar – 1,4 marta, oziq-ovqat mahsulotlari eksportining ulushi 2,7 marta o‘sgani eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibida xomashyo bo‘lmagan tayyor tovarlar ulushining oshishiga hamda eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanishiga zamin yaratdi.

2.4-jadval

Import tarkibi

1990 yil

2000 yil

2015 yil

Mashinasozlik va uskunalar

12,1

35,4

40,5

Kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar

9,7

13,6

17

Elektroenergiya va neft mahsulotlari

3,1

3,8

5,8

Qora va rangli metallar

10,2

8,6

7,4

Oziq-ovqat mahsulotlari

48,9

12,3

12,8

Xizmatlar

1,5

8,5

7,7

Boshqalar

14,5

17,8

8,8

2015 yilda mashinasozlik va uskunalar importining ulushi jami import tarkibida 40,5 foizni tashkil etgan holda 1990 yilga nisbatan 3,3 barobarga oshgan. Mazkur holat mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta qurollantirish jarayonlarini amalga oshirishda zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan mashina va ishlab chiqarish uskunalariga bo‘lgan ehtiyoj bilan izohlanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari importining ulushi 1990 yilda 48,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib 12,8 foizga, ya’ni qariyb4 barobar qisqardi. Bu esa mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish asoslarining tobora rivojlanib va mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu davrda xizmatlar importi ulushining 5 barobar o‘sishi mamlakatimizda zamonaviy xizmat turlariga bo‘lgan ehtiyojning tobora o‘sib borayotganidan darak beradi.

Respublikamiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni kuchaytirish bir qator vazifa-larning amalga oshirilishini taqozo etadi.

Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan mahsulotlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamla-katlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yo‘laklarini topish, bir so‘z bilan aytganda, faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yurgizish zarur”1.

Mamlakatimizda tashqi savdo aylanmasining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirishda quyida-gilarga alohida e’tibor qaratish lozim:



  • yuqori qo‘shilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va ularning eksport hajmini oshirish;

  • tashqi savdoga xizmat qiluvchi infratuzilmani yanada rivojlantirish;

  • mahsulot tannarxini pasaytirish orqali ularning raqobatbardoshligini oshirish;

  • tashqi savdoda diversifikatsiyalashuvni kuchaytirish;

  • eksportga yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar yetkazish jarayonini rivojlantirish;

  • jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash.

Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardosh-ligini ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:

- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajat-larini kamaytirishda ko‘maklashish;

- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlar, istiqbolli bozor-lar, raqobatchilar to‘g‘risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;

- transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;

- yangi transport yo‘laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va h.k.

Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko‘zda tutilayotgan 2012-2018 yilga mo‘ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish bo‘yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish tizimini takomillashtirish, eksportchi korxonalarni marketing, moliya va tashkiliy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘z aksini topadi.




1 O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.

1

1


1


1


1




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish