Xalqaro iqtisodiy munosabatlar


O’zbekistonning jahon bozoriga kirib borishini



Download 0.51 Mb.
bet21/23
Sana21.05.2021
Hajmi0.51 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
O’zbekistonning jahon bozoriga kirib borishini

ustuvor yo‘nalishlari

Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim sohalaridan biri bo‘lib, turli mamlakatlar bilan ilmiy-texnik, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish iqtisodiyotni faol va har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yordam beruvchi vositadir.

Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o‘rin egallash, eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga kelib O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida dunyoning turli mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar amalga oshirilmoqda. Mazkur aloqalar mahsulotlar va xizmatlar savdosi, ilmiy-texnik sohadagi ayirboshlash, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, xalqaro turizm, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi kabi iqtisodiyotning muhim sohala-rida amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan faol tashqi iqtisodiy siyosat-ning samarali natijasi o‘laroq so‘nggi yillarda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatida sezilarli natijalarga erishildi.

Xususan, 2015 yilda ham jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o‘sish sur’ati sezilarli darajada sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi talabning kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-valyuta zahirasini oshirish imkonini berdi.1

Eksport salohiyatini yuksaltirish, uning hajmini oshirish, tarkibini takomillashtirish, geografiyasini kengaytirish muhim va dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, bir vaqtning o‘zida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng murakkab vazifalari qatoriga kiradi.

Eksport diversifikatsiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xom ashyo) ulushining katta bo‘lishiga barham berilishi, mahsu-lotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror bo‘lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o‘zgarishlarga ta’sirchanligi darajasini pasay-tiradi.

Tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsu-lotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi. “Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xom ashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak”1.

Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikatsiya qilish, ularni import qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruhining iqtisodiyotida muammolar ro‘y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.

O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o‘stirish imkonini bermoqda.

Respublikamizda 2015 yil tashqi savdo sohasida eksportning importga nisbatan barqaror o‘sishi bilan tavsiflanadi. 2015 yilda xalqaro savdo o‘sishi sur’atlari sezilarli darajada sekinlashuvi, tashqi talabning kamayi-shi va muhim eksport mahsulotlari jahon narxlarining pasayishiga qaramas-dan O’zbekistonda tashqi savdo aylanmasining 51,9 mln.AQSh.dollarga teng bo‘lgan ijobiy qoldig‘i ta’minlandi. Tashqisavdo aylanmasi tuzilmasida MDH mamlakatlari ulushi 1990 yilga nisbatan 60,1%dan 61,6 % gacha oshdi, boshqa mamlakatlar ulushi esa 39,9%dan 38,4%gacha kamaygan.

Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatning takomillashuvi va tadbirkorlik faolligining o‘sishi natijasida 2015 yilda tashqi iqtisodiy sohada yuqori natijalarga erishildi.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat