Xalqaro iqtisodiy munosabatlar


Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash



Download 0.51 Mb.
bet20/23
Sana21.05.2021
Hajmi0.51 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash

Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari sharoitida mahsulotlar ichki narxi (Pd) uning tashqi narxidan (Pw) kam. Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol D0 dan D1 gacha o‘sadi, ishlab chiqarish S0 dan S1 gacha, eksport esa X0 dan XI ga kamayadi.

Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruv-chilarda (a+v+c+d) sohalarda yo‘qotishga duch bo‘ladilar. Xalqaro narxlarga nisbatan ichki narxning kamayishidan iste’molchilar «a» sohada yutuqqa erishsa, davlat esa «s» sohada daromadga ega bo‘ladi. Sof yo‘qotishlar (v +d) soxalardan iborat bo‘ladi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo‘lib, xorij mamlakatlarining ayrimlariga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan iborat.

Bu yerda «ixtiyoriy so‘zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o‘z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.

Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:

1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar.

2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.

Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoi-tida eksportyor ko‘rgan yuqotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.



29.4- rasm


boj

Savdo siyosatini amalga oshirishning ko‘rib o‘tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iktisodiyotining rakobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib boriladi1. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilot-lariga a’zo bo‘lishi bu jarayonining qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlanggirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.







Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat